"tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi" kafedrasi "intellektual transport tizimlari" mutaxassisligi magistranti abdullaev yashinbek


Loyihalovchilar ixtiyorida transport oqimlarini modellashtirish



Download 0,74 Mb.
bet12/13
Sana21.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#832049
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kurs ishi Bakirov Lutfillo

Loyihalovchilar ixtiyorida transport oqimlarini modellashtirish uchun ko‘plab maxsus tizimlar mavjud. Modellashtirilgan jarayonning talab qilinadigan batafsil darajasiga qarab, makro yoki mikromodellar qo‘llaniladi. Makro va mikromodellar yordamida transportni modellashtirish orqali muammoli joylarni aniqlash, transport oqimlarini optimallashtirish hamda rejalashtirilayotgan qaror va chora-tadbirlarni tizimga joriy etilgandagi o‘zgarishlarni bashorat qilish, shuningdek, yaqin istiqboldagi kutiladigan natijalarni ko‘rish mumkin (2-rasm).

2-rasm.Mikro va makromodellar.
Makro va mikromodellarni alohida tavsiflaydigan bo‘lsak, birinchi holda, transport oqimi barcha mavjud transport vositalarini o‘z ichiga olgan bir butunlikni tashkil etadi. Makrotizimga transport zichligi, uning intensivligi va o‘tkazish qobiliyati ta'sir qiladi. Asosan, bunday modellar yirik loyihalar uchun qo‘llaniladi: avtomobil' yo‘llari, mintaqalararo yo‘l tarmoqlari. Mikrotizimlar boshqa tabiatga ega. Ular bir-biri bilan o‘zaro ta'sirini hisobga olgan holda alohida transport vositalari uchun mo‘ljallangan. Bu yerda
tezlik mezonlari va uni o‘zgartirish imkoniyatlari muhim ahamiyatga ega.
Mikromodellarning mohiyatini tushunish uchun siz transportning normal ishlashi doimiy ravishda buzilgan chorrahalarda muammoli vaziyatlarni tasavvur qilishingiz kerak. Harakatni optimallashtirish bo‘yicha loyihalarni yaratish, masshtabdan qat'i nazar, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i tahliliga asoslanadi. Transport tizimlari shaharlar, aholi punktlari va mintaqalararo darajada logistika aloqalarini ta'minlaydi. Yo‘llar, transport vositalari, piyodalar va boshqa harakat ishtirokchilarining ishlashini optimallashtirish orqali mavjud sharoitlarda muammoli mezonlar bo‘yicha optimal ko‘rsatkichlarga erishish mumkin. Shu sababli, ob'ektiv dastlabki ma'lumotlarni yig‘ish va uni tahlil qilish bosqichi muhim ahamiyatga ega. Aynan ular tezlikni, harakat intensivligini, transport qobiliyatini va xavfsizligini kerakli darajada ushlab turganda, to‘siqlarni malakali ravishda bartaraf etishga imkon beradi.
Optimallashtirish masalalarini xal qilishda nimalarni e'tiborga olish talab etilishini to‘liqroq yoritib bersak. Aholi punktlari masshtabi bilan farqlanadi, bu ham yo‘llarning turida namoyon bo‘ladi. Bu yo‘llardagi harakatlanish polosalarining kengligi, burilishlarning dizayni, rampalar, ariq(kyuvet)lar va boshqalarni tartibga solish mezonlariga taalluqlidir. Aholi punktlaridagi ko‘plab yo‘llar asosiy vazifalarni bajarishda qiyinchiliklarga uchramoqda. Bu doimiy ravishda o‘sib borayotgan avtomobillar soni bilan bog‘liq. Transportni modellashtirish ekspluatasiyadagi noqulayliklarni kamaytirishga yordam beradi. Modellashtirish asosini transport oqimini optimallashtirish algoritmi tashkil etadi (3-rasm).

3-rasm. Transport oqimini optimallashtirish algoritmi


Modellashtirishga qanday vazifalar kirishi kerak. Ishning asosiy qismi yo‘lda mavjud vaziyat haqida batafsil ma'lumot to‘plashdan iborat. Bu uzoq vaqt talab etadi. Bu yerda nafaqat texnik parametrlar va yo‘l qoplamasining holati, polosalar kengligi haqidagi umumiy ma'lumotlar, balki stasionar kuzatuvlar ham kerak bo‘lishi mumkin. Ishlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: harakat intensivligini o‘lchash, ustuvor tezlik chegaralarini va transport turini o‘rganish. Yo‘l tarmog‘ining qanchalik bandligini tushunish muhimdir. Muhandislar hududdan foydalanishni hamda transport xizmatlari belgilangan vazifalarni qay darajada bajara olayotganligini tahlil qiladi. Yig‘ilgan ma'lumotlar asosida transport oqimlarini simulyasiya(imitasion) modellashtirish amalga oshiriladi. Bu prognoz
qilinayotgan vaziyatni ko‘rish, taklif etilayotgan modelning zaif tomonlarini aniqlash va uni amalga oshirishdan oldin kamchiliklarni tuzatish imkonini beradi.
Bu muhim qadam, chunki sxemalarni tekshirish transport va piyodala oqimi to‘g‘risidagi amaldagi ma'lumotlardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Kalibrlash uchun ma'lumotlar kuzatish detektorlaridan olinadi. Modellashtirish jarayonida ekspluatasiyaning mavsumiyligini ham hisobga olish kerak. Yilning sovuq va issiq vaqtlarida harakat sharoitlari keskin farq qilishi mumkin.
Harakatni optimallashtirishning asosiy vazifasi transport oqimlarini qayta taqsimlashdan iborat. Buning uchun svetofor ob'ektlari va yo‘l belgilaridan foydalaniladi. Yukni tushirish uchun ko‘pincha boshqa ko‘cha bo‘ylab harakatni yo‘naltirish usuli qo‘llaniladi. Bu o‘tkazish qobiliyatini oshirishga hamda eng tig‘iz soatlarda aholining ishga yoki ish joyidan ketayotganda tirbandlikdan qochishiga imkon beradi. Agar piyodalar va velosiped yo‘llarini qo‘shish zarurati tug‘ilsa, ular optimallashtirilgan modelni yaratishda kiritilishi kerak.
Tadqiqot natijasida, qabul qilingan qarorlarning samarasini tavsiflash imitasion modellashtirish orqali ko‘rishimiz mumkin. Murakkab holatlarda yo‘lni kengaytirish va qatorlarni ko‘paytirish masalasi qo‘yilishi mumkin. Ammo yangi yo‘lni loyihalash va qurish - bu ishning kengroq miqyosdagi boshqa yo‘nalishi hisoblanadi.
Transport oqimini modellashtirishni qo‘llash ham yirik shaharlar, ham o‘rtacha shaharlar uchun bir xil darajada muhimligini doim nazarda tutishimiz lozim. Avtomobil' yo‘llari uzunligidan qat'i nazar, me'yoriy harakatni ta'minlashi kerak

Yo’nalishli taksi ∆Ri=2.28/0.46=4.95
Bu yerda: ∆Ri- juda katta sig’imla avtobusga keltirilgan ko’cha yo’l tarmog’ining i- turdagi transport turlari bo’yicha yuklanishining koeffitsiyenti. Katta shaharlarda amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko’ra yuklanishga keltirilgan koeffitsiyenti quyidagi jadvalda keltirilgan shu bilan birga, SHJT ishining haqiqiy sharoitlari hisobga olingan. Tig’iz vaqtlarda transport turlari bo’yicha SHKYT yuklanish koeffitsiyentining

Ushbu masalaning innovatsion yechimi sifatida istiqbolli transport turi sifatida samarali hisoblangan velotransportni SHJTga integratsiya qilish tavsiya etiladi. Aholining piyoda yurish va velosiped haydashga eʼtiborini qaratgan holda,SHJT turlari jihatdan yanada muvozanatli va barqaror multimodal transport tizimini yaratish zarur.


Muvozanatli va barqaror transport tizimini yaratish bo’yicha saʼyharakatlarni amalga oshirishda istiqbolli transport turi sifatida velotransportni SHJTga integratsiya qilish shaharning logistik quvvatini oshiradi. Shu bilan bir qatorda mavjud magistral yo’llarda katta sig’imla avtobuslar harakatlansa magistral ko’chalarga olib chiquvchi qisqa masofali ko’chalarda nisbatan kichik sig’imli avtobuslar harakatlanishi samarasi yuqori.
SHJT rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko’ra, odamlar uchun multimodal tashishga moslashtirilgan ko’chalar piyoda, velosipedda, jamoat transportida, shuningdek shaxsiy transportda xavfsiz, jozibali va qulay manzilga borish/qaytish imkoniyatlarini taklif etadi.
Multimodal tashishga moslashtirilgan ko’chalar shaharlarning logistik quvvatini oshirishga yordam beradi, ijtimoiy yo’qotishlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, ko’chalarda shaxsiy avtomobillarning kamayishi, shahardagi otmosferaga chiqayotgan zaharli gazlari (SO2) chiqishi kamayishiga turtki bo’ladi. Bu o’z navbatida shaharda sog’lom ekologik muhit va aholining farovon hayot sifatini yaxshilashga hamda iqtisodiy o’sishga hissa qo’shadi. Shahar yo’lovchi tashish transport tizimini isloh qilish nafaqat tashuvchilarni davlat tomonidan tartibga solishni, balki ularning tashkiliy faoliyatini optimallashtirishni ham talab qiladi. Jamiyatning barcha jabhalarda jadal rivojlanishi shahar aholisining ichki ishlab chiqarish ehtiyojlarini ko’payishiga, aholining harakatchanligini doimiy ravishda oshib borishiga olib kelmoqda, bu esa shahar yo’lovchi tashish yo’nalishlarini qayta taqsimlanishiga olib keldi.
Texnologiyasini vujudga keltirishga imkoni bergani holda aholigi manzillararo harakatlanish vositasini erkin tanlash imkonini yaratadi. Aholi uchun aniq mavjud yo’nalishlarni ko’rsatuvchi belgilarni yaratish instrumenlari “On-line”-real vaqt tartibida internetda mavjud [11]. Velosiped infratuzilmasini rivojlantirish va veloturargohlarni tashkil etishga berilayotgan takliflarni yig’ish va tushayotgan talabni qondirish uchun doimiy ravishda Onlayn GIS dasturiy vositalaridan foydalanish mumkin. Aholiga manzillararo harakat vositalari sonini ko’paytirish orqali ularga eshikdan eshikkacha borish yo’nalishini ixtiyoriy aniqlash imkoni yaratiladi.

SHJT ga velotransportni integratsiya qilish orqali multimodal tashish texnologiyalari.
Natijada shaharning istalgan joyiga SHJT multimodal tashish texnologiyasida borish, SHKYT yuklanishini yumshatish, atmosferaga avtomobillar yetkazayotgan zararini kamaytirish, aholi salomatligini saqlash hamda boshqa ijobiy natijalarga erishish mumkin bo’ladi. Taklif etilayotgan uslub jamoat transporti va uning infratuzilmasini jamiyat ehtiyojlarini hisobga olgan holda xizmat ko’rsatish sifatiga, ommoboplik va havfsizlikka eʼtibor berishga imkon beradi [13,14]. O’z navbatida, bu yondashuv yo’lovchi tashish hajmini ko’paytirish va shahar transport tizimlarining samaradorligini oshirish bilan avtomobil yo’llarining yuklanishini kamaytirishga olib keladi.


XULOSA
SHJT multimodal tizimida tashishni qo’llab-quvvatlash uchun ajratiladigan maqsadli subsidiyalar jamg’armasini yaratish va uch bosqichli Respublika, Vazirliklar hamda mahalliy hokimiyat darajasida amalga oshirish taklif etiladi. Respublika hukumati jamg’armani moliyaviy manbaalar bilan to’ldirish uchun kerakli vakolatlarga ega, bunga misol qilib benzin narxini belgilash orqali, binzin asosan yengil avtomobillar harakati uchun sarflanadi. Shuningdek, avtomobillarni sotishdan olinadigan soliqlar, jarimalar, davlat raqamlarini sotish kabi boshqa manbalardan qisman foydalanish nazarda tutilishi mumkin. Jamiyatning har bir aʼzosi qanday harakatlanish usulini tanlashi uning SHKYT yuklanishi hamda atrof-muhitni zararlanishidagi o’z hissasi bildiradi. Shahar aholisi ongli ravishda SHKYT yuklanishining oldini olish hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun o’zining adolatli xissasini qo’shishi zarur.
SHJT xizmatidan foydalanishdan ko’ra aholi uchun albatta o’zlarining shaxsiy avtomobillardan foydalanish qulay, shinam, havfsiz va arzondir, ammo buning oqibatida SHKYT yuklanishi ortadi hamda bu butun shahar aholisi hayotiga salbiy taʼsir ko’rsatadi. Taqsimlashning maqbul shaklini topish va uni transport tizimini rivojlantirishga yo’naltirish kerak, bu transportni tashkillashtirishning ustuvor vazifalaridir.
Bu SHJT xizmat ko’rsatish standartlariga rioya qilgan holda yo’lovchi tashish hajmini oshirish imkonini yaratadi.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish