ATB «Qishloq qurilish bank» - jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari taklif etadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martidagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-sonli Farmoniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratib kelinmoqda.