«tasdiqlayman»



Download 1,1 Mb.
bet5/5
Sana13.02.2017
Hajmi1,1 Mb.
#2472
1   2   3   4   5

6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar

Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o’sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo’jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyasiya darajasi prognoz ko’rsatkichidan past bo’ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.

O’tgan yil yakunlariga ko’ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor xorijiy investisiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga chuqur va har tomonlama puxta o’ylab yondashish natijasidir.

O’tgan yili ana shunday tovarlar ishlab chiqarishning o’sish hajmi 14,4 foizni tashkil etdi va yalpi sanoat hajmida ularning ulushi 35,5 foizga yetdi. Bunday tovarlarning raqobatdoshligi nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham tobora ortib bormoqda.

2013 yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000 yilga nisbatan 2,3 barobar ko’paydi. Faqat o’tgan yilning o’zida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 foizga, jumladan, dehqonchilik – 6,4 foizga, chorvachilik – 7,4 foizga o’sdi.

Aytish kerakki, izchil yuqori o’sish sur’atlari bilan birga, yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ulushining kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, 2000 yilda bu boradagi ko’rsatkich 30,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda faqatgina 16,8 foizni tashkil etdi.

Buni avvalambor iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o’zgarishlarning, mamlakatimiz bir paytlardagi agrar respublikadan bosqichma-bosqich ravishda sanoati rivojlangan zamonaviy davlatga aylanib borayotganining yaqqol tasdig’i sifatida qabul qilishimiz darkor.

Qishloq xo’jaligining o’zida keng ko’lamli o’zgarishlar va sifat jihatdan yangilanishlar yuz bermoqda.

Yurtimizda ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xo’jaligi ekinlarini rayonlashtirish borasida har tomonlama puxta o’ylangan siyosat olib borilayotgani eng muhim xomashyo va eksportbop mahsulot bo’lmish paxta yetshtirishning nisbatan barqaror hajmini saqlagan holda, boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetshtirishni bir necha barobar ko’paytirish imkonini berdi. Eng muhimi, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’liq ta’minlashga zamin tug’dirdi, kerak bo’lsa, ularni chet mamlakatlarga eksport qilishga imkon bermoqda. Xususan, g’alla yetshtirish 2000 yilga nisbatan 2 barobar, kartoshka – 3,1 marta, sabzavot – 3,2 barobar, uzum – 2 marta, go’sht va sut – 2,1 karra, tuxum – 3,4 barobar oshdi.

O’tgan 2013 yilda mirishkor dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnati bilan misli ko’rilmagan natijalarga erishildi – 7 million 800 ming tonna g’alla, 8 million 400 ming tonna sabzavot yetishtirildi. Mamlakatimizning ulkan xirmoniga 3 million 360 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetkazib berildi.

Qishloqlarimiz hayotida yuksak natijalarga erishishda, avvalo, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy shakli sifatida fermerlikni yo’lga qo’yganimiz va uning rivoji uchun keng imkoniyatlar ochib berganimiz hal qiluvchi rol o’ynadi.

Bugungi fermer xo’jaliklari samarali faoliyat yuritish uchun o’z ixtiyorida ijara asosidagi yetarlicha ekin maydonlariga ega bo’lgan, yuksak samarali zamonaviy texnika bilan ta’minlangan, ilg’or texnologiyalarni puxta egallagan yirik xo’jaliklardir. Muxtasar aytganda, ular qishloqlarimizning tayanch ustunidir.

Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetshtirish bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va qishloq aholisiga xizmat ko’rsatish kabi yo’nalishlarda samarali faoliyat ko’rsatmoqda va o’z istiqbolini topmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda bunday fermer xo’jaliklarining soni 18 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.

2008 yildan boshlab mamlakatimizda qariyb 1 million 500 ming gektar sug’oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi, yer osti suvlari yuqori bo’lgan maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam 10 foizga qisqardi, kuchli va o’rtacha sho’rlangan maydonlar 113 ming gektarga kamaydi.

Yangi ish o’rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari doimo e’tiborimiz markazida bo’lib qolmoqda.

Ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo’yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013 yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Bu ish o’rinlarining 60,3 foizdan ortig’i qishloq joylarda yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o’rni tashkil etildi.

O’tgan yili biz uchun eng ustuvor vazifa bo’lmish kasb-hunar kollejlarining 500 ming nafardan ortiq bitiruvchisi ish bilan ta’minlandi va aytish joizki, buning ahamiyatini baholashning o’zi qiyin. O’z xususiy ishini ochib, biznes bilan shug’ullanishga qaror qilgan kollej bitiruvchilariga 140 milliard so’mdan ziyod imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.

2013 yilda qishloq joylardagi 353 ta massivda umumiy maydoni 1 million 500 ming kvadrat metr bo’lgan 10 mingta shinam uy-joylar barpo etildi, bu ko’rsatkich 2012 yilga nisbatan 17 foizga ko’pdir. Ushbu maqsadlar uchun qariyb 650 million dollar qiymatidagi mablag’ yo’naltirildi. Buning 106 million dollari Osiyo taraqqiyot bankining kredit mablag’laridir.

Qishloqlarimizni obod qilish, qishloq aholisining turar-joy sharoitlarini yaxshilash bo’yicha bizning bunday tajribamiz xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg’otmoqda.

2013 yilda ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ta’lim standartlari va dasturlarini takomillashtirish, maktablar, lisey va kollejlar, oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalariga katta e’tibor berildi.

O’tgan yili 28 ta yangi kasb-hunar kolleji qurildi, 381 ta umumta’lim maktabi, oliy o’quv yurtlari tizimidagi 45 ta obyekt, 131 ta kasb-hunar kolleji va liseylar rekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 55 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 112 ta bolalar sporti obyekti va 4 ta suzish havzasi foydalanishga topshirilib, ularning barchasi zarur uskuna va inventarlar bilan jihozlandi.

2013 yilda xalqimizning real daromadlari 16 foizga oshdi, o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 20,8 foizga ko’paydi.

2013 yilda 2000 yilga nisbatan aholimizning iste’mol xarajatlari 9,5 barobar oshganining o’zi ko’p narsadan dalolat beradi.

So’nggi yillarda jon boshiga to’g’ri keladigan eng muhim oziq-ovqat tovarlari bo’yicha iste’mol hajmi muttasil o’sib bormoqda, ayni vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlarni xarid qilish va xizmatlar uchun to’lanadigan sarf-xarajatlar miqdori ham sezilarli ravishda ko’paymoqda. Misol uchun, mustaqillik yillarida go’sht iste’moli – 1,4 marta, sut – 1,3 barobar, sabzavot va poliz mahsulotlari – 2,6 marta, kartoshka – 2 barobar, mevalar iste’moli – 6,4 karra oshdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar qo’yidagilardir:

– qishloq xo’jaligini intensiv asosda rivojlantirish;

– yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash;

–seleksiya ishlarini chuqurlashtirish;

–yuksak samarali zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish;

–suvdan oqilona foydalanish;

– dehqon va fermerlarning dardi bilan yashash;

–yerga mehr, uning unumdorligini oshirish va birinchi navbatda dehqon va fermerga doimiy e’tibor, ularning manfaati haqida g’amxo’rlik qilish.

–2013-2017 yillarda qabul qilingan sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar davlat dasturida ko’zda tutilgan chora-tadbirlarning Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, barcha manfaatdor idoralar, Fermerlar kengashi va avvalambor fermer so’zsiz bajarilishini ta’minlash;

– O’zbekistonda pensiyalarning o’rtacha miqdorini o’rtacha ish haqiga nisbatan 41 foizga yetkazish;

– iqtisodiyotimizning 2014 yilga mo’ljallangan asosiy vazifa va ustuvor yo’nalishlari avvalo bu sohaning yuqori sur’atlar bilan o’sib borishini ta’minlash, buning uchun mavjud barcha rezerv va imkoniyatlarni safarbar etish borasida qabul qilingan strategiyani davom ettirish;

–yalpi ichki mahsulot hajmini 8,1 foizga, sanoatni 8,3 foizga, qishloq xo’jaligini 6 foizga, chakana savdo aylanmasini 13,9 foizga ko’paytirish, bozor xizmatlarini 16,2 foizga oshirgan holda, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga yetkazish;

– yuridik shaxslar uchun foyda solig’i stavkasini 9 foizdan 8 foizga, jismoniy shaxslar uchun eng kam soliq hajmini 8 foizdan 7,5 foizga tushirish;

–asosiy kapitalga kiritiladigan investisiyalar hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2013 yilgi 23 foiz darajasida saqlab qolish;

–barcha investisiyalarning 73 foizdan ortig’i ishlab chiqarish obyektlarini barpo etishga, kapital qo’yilmalarning qariyb 40 foizi mashina va uskunalar sotib olishga yo’naltirish;

–ular qatorida «Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodining ishlab chiqarish quvvatini 200 ming tonnadan 600 ming tonnaga oshirish» bo’yicha va boshqa muhim loyihalarni nihoyasiga yetkazish mo’ljallanmoqda.




X U L O S A VA TAKLIFLAR

Qishloq xo’jaligini rivojlantirishdagi asosiy tarmoq Respublikamiz fermerchiligini to’g’ri va ilmiy asosda boshqarish asosiy vazifalardan biridir. Bu albatta malum bir mexnat, mashaqqat yoki ilmiy izlanishlar natijasidir

Mazkur bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi olimlarimiz tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida Payariq tumani fermer xo’jaliklari misolida “Irrigatsiya eroziyasi sharoitida makkajo’ xori yetshtirishning iqtisodiy samaradorligi” mavzusidagi ilmiy izlanish natijalari qanchalik samara berishini o’rganishga qaratilgan bo’lib, uning pirovard natijasida makkajo’xori hosildorligini oshirib va tuproq eroziyasini kamaytirish xisobiga uning unumdorligini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqishga erishilgan.

Eroziya tasirida yuvilgan tuproqlarning agrofizik xususiyatlari va uning turli o’g’itlar tasirida o’zgarishini o’rganish sug’oridadigan dexqonchilik sharoitining eng dolzarb muammolaridan biridir.



Bajarilgan ushbu malakaviy bitiruv ishi yuzasidan quyidagi qisqa xulosalarni keltirish mumkin:

1. Irrigatsiya eroziyasi tasirida tuproq yemiriladi va unumdorligi ancha pasayadi. 2.Bu tuproqlar bir qator xossalari bilan “oddiy” (eroziyaga chalinmagan)

tuproqlardan farqlanadi. Eroziya tasirida tuproqning morfologik belgilari,

xaydalma qavatning rangi, mexanik tarkibi o’zgaradi.

3. Irrigatsiya eroziyasi sharoitida Siderat sifatida raps+gorox+no’xat

foydalanilganda tuproqning haydov qatlamida va haydov osti qatlamida

makroagregatlar yetarlicha ko’payadi, agrofizikaviy xossalarini yaxshilanib,

donadorligi ta’minlab, uning unumdorligini oshiradi.

4.Siderat ekin turlari aralashmasini qo’llanilishi yetishtirilayotgan biomassa

tarkibining xilma-xil hamda ko’p bo’lishi, tuproq tarkibidagi turli shaklidagi

azot, harakatchan fosfor va kaliy miqdorlarini nisbatan yuqoriroq bo’lishiga

olib keladi.

5.Sideratlarni aloxida qo’llash xisobiga qo’shimcha sof daromad 250.3-298.6

ming so’m/ga oralig’ida bo’ldi. Lekin raps+gorox va raps+gorox+no’xat

variantlarida bu ko’rsatkich ancha yuqori bo’ldi, yani 727.8 - 860.6 ming so’mni

tashkil qildi.

6.Sideratlarni qo’llash natijasidagi shartli rentabelligi variantlar bo’yicha katta

farq qildi. Sideratlarni aloxida qo’llash xisobiga qo’shimcha yoki shartli

rentabelligi oshadi, lekin raps+gorox variantida va raps+gorox+no’xat

variantida bu ko’rsatkich ancha yuqori bo’ldi.


Payariq tumani “Irrigatsiya eroziyasi sharoitida makkajo’ xori yetshtirish bo’yicha olingan natijalar va qilingan hulosalar asosida quyidagi takliflarni keltirish mumkin:

1.Payariq tumani fermer xo’jaliklarida “Irrigatsiya eroziyasi sharoitida

makkajo’xori yetshtirishda uning unumdorlini oshirish maqsadida

sideratlarni qo’llash tavsiya etiladi.



  1. Binobarin, yozda g’alladan bo’shagan maydonlarga Siderat ekin sifatida gorox, no’xat va rapsni sof holda yoki goroxni raps bilan, no’xatni raps va gorox bilan aralash holda foydalanish va bu maydonlarda makkajo’xori o’stirish natijasida tarmoq rentabelligini oshirish va gektaridan yuqori sof foyda olish imkoniyati ta’minlanadi.

  2. Demak, Samarqand viloyati Poyariq tumani irrigatsiya eroziyasiga uchragan

tipik bo’z tuproqlar sharoitida, yozda g’alladan bo’shagan maydonlarga Siderat ekin turlarini ekish, va shu joyda makkajo’xori ekish tavsiya qilinadi.

4.Makkajo’xoridan yuqori va sifatli hosil olish bilan birga, tuproq



unumdorligini saqlash va soha rentabelligini ham oshirish mumkin ekan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T.: O’zbekiston, 2008.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetshtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida. PF–4041. 20.10.2008.

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida.

PQ–1112. 15.05.2009

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-2017.yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risidagi 2013- yil 19 apreldagi qarori.

  2. O’zbekiston Respublikasining. Yer kodeksi to’g’risidagi qonuni.

T-1998.

  1. O’zbekiston Respublikasining. Yer kadastri to’g’risidagi qonuni.

T-1998.

  1. “O’rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal etishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo’llash” mavzuidagi xalqaro konferensiyasi. materiallari,- Toshkent: 2010. Jamiyat gazetasi 2011.yanvar sonida.

  2. Boshoqli don ekinlari urug’ini yetishtiruvchi xo’jaliklarni, shunindek ilmiy muassasalar – navlar originatorlarini, seleksiya va urug’chilik sohasi olimlarini rag’batlantirish to’g’risidagi. Nizom: 05.08.2009

  3. Karimov I.A. Qishloq xo’jaligi taraqqiyoti-to’kin xayot manbai.- T: O’zbekiston,1998. -185 b.

  4. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat.- T: O’zbekiston, 2006. -271 b.

  5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –T: O’zbekiston, 2009.

  6. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. – Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, -Toshkent,28.01.2010.

  7. Karimov I.A. Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash-mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizasiya qilishning eng muxim sharti// nomli xalqaro konferensiyasining ochilish marosimidagi nutqi.- Toshkent. 2012. fevral.

  8. Karimov I.A. 2011-yil yakuniga bagishlangan 2012-yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kutaradigan yil bo’ladi: ma’ruzasi. T.2012

  9. Abdullayev A.A. Aybeshov X.A. Fermer xo’jaligi iqtisodi. –Andijon.: Aloqachi, 2008. -187 b.

  10. Abdullayev B.N. Irrigatsiya eroziyasi va uni kamaytirish yo’llari. Ilmiy anjuman materiallari. T.2009. 53-55 bet

  11. Abdullayev B.N. Tuproq unumdorligi holati va uni yaxshilash omillari. Ilmiy anjuman mater. G’allaorol ITI . 2012, 15-18 bet

  12. Abdullayev B.N. Muxiddinov A. Payariq tumani bo’z tuproqlari sharoitida Sideratlarning makkajo’xorini o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga tasiri.- Samarqand : MBI, 2012. 87 bet

  13. Azizqulov B. Ilg’or texnologiyalar iqtisodiy samaradorligi// O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2008. 9-son. 35-b.

  14. Bairov A.J. Arifjonov G. Sug’oriladigan tuproqlar agrokimyoviy xossalarini baholash muammolari // Yer resurslaridan samarali foydalanish muammolari: Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.- Toshkent: 2007. -B. 148-150.

  15. Boboxo’jaev I.I , Uzoqov P. Tuproqshunoslik. - T.: 1995. 452 bet

  16. Kenjayev Y.Ch. Qisqa navbatli almashlab ekishda siderasiyaning tuproq

unumdorligi va g’o’za hosildorligiga tasiri. Qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini uchun yozilgan dissertasiya. T.2010.-128 bet

  1. Agrar siyosat va qishloq xo’jalik bozorlari. Murtazayev O., G’aniyev I., Hasanov Sh. Axrorov F. –Samarqand.: N.Doba, 2009.

  2. Moyliboyev S, Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurashish. T:Mehnat, 1984. -241bet.

  3. Norxo’jayev X. va O.Haqberdiyevlar., Ilmiy-amaliy anjuman materiallari.T: ToshDAU: 2009. 25-31bet

33.Oripov R. va Y.Kenjayevlar.Sideratlarlar ekish, unumdorlik va xosildorlik. // O’zbekiston qishloq xo’jaligi / 2008, 30-31bet

34. Pisarev B.A., Mineral o’g’itlardan makkajo’xorikorlikkda samarali foydalanish imkoniyatlari, T,1986.72 bet.

35.Xamdamov X.X. Xoshimov F.X, Mo’minov K.M. Eroziyalashgan yerlar

unumdorligini oshirish omillari. - T.: Mehnat.1987. 255 bet

36. Xazratqulov Sh. Siderat ekinlarning tuproq unumdorligi va makkako’xori

xosiliga tasiri. Ilmiy konferensiya mat. Samarqand, 2011, 58-59 bet

37. .Xolmonov N va boshq. Siderat ekinlarning irrigatsiya eroziyasiga ta’siri. Ilmiy konferensiya mat.- Samarqand: Samqxi,2012. 124-128 bet

38. Xoliqulov Sh, Uzoqov P, Boboxo’jaev I.I Tuproqshunoslik- T.: TDAU,2010, 571 bet.

39. Internet ma’lumotlari:

39.1.www.samqxi.uz. Samarqand Qishloq Xo’jalik Instituti rasmiy sayti.

39.2. www.lex.uz Qonunchilik sayti.

39.3.www.agro.uz, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi sayti.

39.4. www. edu.uz, Oliy va o’rta maxsus kasb-xunar talim vazirligi sayti.

39.5. www.ziyo.net Talim partali sayti.



ILOVA. I N T E R N E T M A’ L U M O T L A R I

Ilova
I N T E R N E T M A’ L U M O T L A R I


Suv tasiridagi yoppasiga yuvilish eroziyasi



ВЛИЯНИЕ ИРРИГАЦИОННОЙ ЭРОЗИИ НА СОДЕРЖАНИЕ ОБЩЕГО АЗОТА И ДИНАМИКИ НИТРАТНОГО АЗОТА НА ТИПИЧНЫХ СЕРОЗЕМНЫХ ПОЧВАХ

Махматмуродов А.У.

(Самаркандский селскохозяйственный институт)

Аннотация. Установлено, что в просессе ирригасионной ерозии происходят существенные количественные и качественные изменения в азотистом фоне почв. Содержание всех форм азота в еродированных почвах снижаеся и тем болше, чем интенсивнее выражена ерозия. Исследованиями была подтверждена прямая зависимост между количеством внесения азотных удобрений и накоплением усвояемых форм азота в еродированных типичных сероземных почвах.

Ключевые слова: ирригасионная ерозия, типичные сероземы, общей азот, нитратный азот, смыв почвы.

Введение. Обеспечение селскохозяйственных култур в течение вегетасионного периода достаточным количеством питателных веществ являеся важнейшим условием получения высоких урожаев. Особую значимост имеет оптимизасия азотного питания растений на сероземных почвах, подверженных ерозии. Разработка приемов, направленных на повышение еффективности исползования азота селскохозяйственными културами и снижение его потер, требует всестороннего изучения просессов трансформасии азота удобрений и почвы, его содержания и динамики. Выявление природы и закономерностей развития етих просессов дает возможност более строго дифференсироват дозы азотных удобрений с учетом запасов азота в почве и потребности растений в нем течение вегетасии. Анализ литературных источников показывает, что по изучению влияния ирригасионной ерозии на общего, подвижного и нитратного азота и питание растений на еродированных почвах в Узбекистане известны толко единичных работах. Однако нет конкретных данных по динамике общего и подвижного азота на еродированных сероземах. В связи с етим, изучение влияние ирригасионной ерозии на еродированных сероземах при выращивании кормовых култур являеся весма актуалными.

Материалы и методы. Обектом наших исследований были ирригасионно-еродированные типичные сероземные почвы. Анализ работы по етой почве показал, что имеющиеся сведения не дают полного представления о свойствах почв, в частности недостаточно изучено содержание питателных веществ и особенно их динамика. В задачу наших исследований входило определение содержания общего и динамики нитратного азота в орошаемых типичных сероземных почв при разной степени еродированности для осенки уровня их плодородия.

Еродированные почвы отличаюся от не еродированных по морфологическим признакам, физическим, агрохимическим свойствам, продуктивности и т.д. Для их изучения были заложены 6 почвенных разреза на несмытых, 8-на среднесмытых. 10-на силносмытых и 6- на намытых почвах.

При проведений исследований степен смытости почв уточнялас по резултатам химических анализов. Учитывали изменение запасы гумуса в полуметровом слое согласно рекомендасиям М.Н.Засловского (1987). А также по мощности гумусового горизонта А+В (Махсудов, 1989).

В почвенных образсах определяли следующие показатели: азот - по И.В.Тюрину, а легкогидролизуемый по И.В.Тюрину и М.И.Кононовой, щелочно-гидролизуюмый азот по Корнфилду, описанный А.П.Голубевой (1969) аммиачный азот в 1% КСл по Е.А.Аринушкиной (модификасия СИНАО) по ГОСТу-26180-84. нитратный азот- ионоселективным методом по ГОСТу 13496-10. азот, фосфор и калий в одной навеске по И.М.Малсевой и Л.Н.Грисенко, описанными в книге: “Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых раёнах” - Ташкент. 1963.



Резултаты и обсуждения. В просессе ирригасионной ерозии происходят существенные количественные и качественные изменения в азотистом фоне почв. Содержание всех форм азота в еродированных почвах снижаеся и тем болше, чем интенсивнее выражена ерозия. Количество азота в исследованных почвах колеблеся от 0,09 до 0,13%. В пахотном горизонте количество азота составляет в несмытых типичных сероземах 0,10, в среднесмытых-0.06 и в намытых почвах-0,11 %. К нижним горизонтам его содержание резко снижаеся. Так. В подпахотном горизонте ета величина составляет 0,04-0,06 %, а на глубине 70-80 см количество азота в различной степени еродированности почвы почти одинаковое и не превышает 0,03-0,04%.

Уменшение содержание азота в еродированных почвах по сравнению с нееродированными влечет за собой уменшение их запасов, исчисляемых в тоннах на 1 га. Запас общего азота в пахотном слое среднесмытой типичной сероземной почвы - на 30,2, а силносмытой - на 36,8 % менше, чем несмытой. Для нееродированных сероземов в селом характерны сравнително болшие запасы общего азота. Наиболее обеднены азотом типичные сероземы, запасы которого в пахотном горизонте составляют около 4.21 т/га. В полуметровом слое етих почв запасы азота возрастают и составляют 6,6 т/га.



Многочисленными нашими исследованиями установлено, что почвы. Подверженные ирригасионной ерозии имеют низкое содержание подвижным усвояемых соединений азота и других питателных веществ, что в селом обусловливает неудовлетворителный режим питания селскохозяйственных култур.


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish