Tasdiqlayman


Yurak qon tomir kasalliklarida DJTni qo‘llash



Download 6,32 Mb.
bet56/173
Sana21.01.2017
Hajmi6,32 Mb.
#767
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   173
Yurak qon tomir kasalliklarida DJTni qo‘llash.

Yurak ishemik kasalliklarida DJTni qo‘llash.

Yurak ishemik kasalliklarning klinik kechishi ko‘krakda to‘satdan boshlanadigan og‘riq huruji bilan xarakterlanadi, u yurak mushaklarining qon bilan ta'minlanishining o‘tkir yetishmasligi bilan kechadi. Stenokardiyaning quyidagi kechishlari farqlanadi :

-kuchlangan stenokardiya – jismoniy yuklama (yurish, yuqoriga ko‘tarilish, og‘irlik ko‘tarish) vaqtida og‘riq paydo bo‘ladi;

-tinch stenokardiya – og‘riqlar jismoniy yuklamasiz paydo bo‘ladi.

Stenokardiyaning 4 ta funksional sinfi farqlanadi :

1-funksional sinf – unga qon aylanishi yaxshi kompensatsiyalangan, jismoniy yuklamalarga tolerantligi 600 kgm/min yoki 100 vatt bo‘lgan, stenokardiya huruji keskin paydo bo‘ladigan bemorlar kiradi.

2-funksional sinf – unga kuchlangan vaqtda stenokardiya huruji kam, yurganda havo yetishmasligi va jismoniy yuklamalarga tolerantligi 300-600 kgm/min yoki 50-100 vatt bo‘lgan bemorlar kiradi.

3-funksional sinf – unga oddiy jismoniy yuklama bajarish vaqtida, qon aylanishi yetishmasligining I – II A darajasida, yurak ritmining buzilishida yuzaga keladigan kuchlangan stenokardiya xurujli tez-tez bo‘ladigan va jismoniy yuklamalarga tolerantligi 300 kgm/min kam yoki 50 vattdan kam bo‘lgan bemorlar kiradi.

4-funksional sinf – unga qon aylanishi yetishmasligining II B darajasi bilan tinch va kuchlangan stenokardiya hurujlari tez-tez qaytariladigan bemorlar kiradi.

DJT qo‘llanilishiga qarshi ko‘rsatmalar :

-nostabil stenokardiya;

-rivojlanib boruvchi stenokardiya;

-spontan stenokardiya;

-birinchi marta bo‘lgan stenokardiya;

-anevrizm holati;

-yurak-o‘pka yetishmasligining II B darajasi;

-mersal (xilpilovchi) aritmiya;

-paraksizmal taxikardiya;

-tez-tez bo‘ladigan ekstrasistola va h.z.

DJTning vazifalari:

1.Jismoniy yuklamalarga tolerantlikni oshirish.

2.Hurujlarning qaytarilish soni va davomiyligini kamaytirish.

3.Mushak qisqarishida tomirlarning normal reaksiyasini tiklash uchun neyrogumoral-rugulyator mexanizmini stimullash.

4.Yurak-qon tomir sistemasining faoliyatini yaxshilash.

5.Aterosklerotik jarayonlar bilan kurashish maqsadida modda almashinuvini faollashtirish.

6.Qon aylanishning ekstrakardial omillarini yaxshilash.

7.Bemorning ruhiy-emotsional holatini yaxshilash.



8.Organizmni sog‘lomlashtirish va mustaxkamlash.

Bemorning holati va kasallikning kechishiga qarab davolovchi jismoniy tarbiya to‘shak, yarim to‘shak va erkin harakat tartibotlarida o‘tkaziladi. Bemorlarni ko‘krak sohasidagi og‘riqlar tinch holatda yoki yengil jismoniy yuklama (yurish) bajarish vaqtida bezovta qilsa, DJT to‘shak harakat tartibotida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan. Bu tartibotda davolovchi gimnastika muolajasi tavsiya etilib, statik va dinamik nafas mashqlari, qo‘l-oyoqlarning distal qismi uchun mashqlar, yoqa sohasi, ko‘krak qafasi va orqaning massaji tavsiya etiladi. Bemorning ahvoli yaxshilanib borishi bilan u yarim to‘shak harakat tartibotiga o‘tkaziladi. Bu bemorlar jismoniy mashqlarni orqada yotgan, stulda o‘tirgan yoki tayanib turgan va turgan dastlabki holatlarda bajaradi. Yotgan dastlabki holatda mayda, o‘rta va yirik mushak guruhlariga va qo‘l-oyoq bo‘g‘imlariga faol mashqlar beriladi. Oyoq mushaklari uchun statik (izometrik) mashqlar, mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashq, nafas mashqlari (diafragmal, tovushli, fiziologik) beriladi, bemorlarning orqasi va oyoqlari massaj qilinadi. Mashqlar sekin sur'atda bajariladi. Stulda o‘tirgan dastlabki holatda – tana va qo‘l-oyoq mushaklari uchun, vestibulyar apparat va e'tiborga, bo‘shashtiruvchi, diafragmal va tovushli nafas mashqlari bajariladi. Tayanib turgan yoki turgan dastlabki holatda – statik va dinamik nafas mashqlari bilan birgalikda tananing hamma mushaklari uchun mashqlar tavsiya etiladi. Mashq bajarishda yengil gimnastik snaryadlardan (gimnastik tayoqcha, to‘p) foydalanish mumkin. Erkin harakat tartibotida hamma mushak guruhlari uchun faol mashqlar gimnastik snaryadlarni (gimnastik tayoqcha, to‘p, yengil vazndagi gantella) qo‘llash bilan tavsiya etiladi. Shu bilan bir qatorda koordinatsiyaga, muvozanatga, statik va dinamik nafas mashqlari, mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar qo‘llaniladi. Turgan dastlabki holatda bajariluvchi mashqlar soni oshirib boriladi. Davolovchi gimnastika muolajasidan tashqari ertalabki badan tarbiya, me'yorli yurish, zinopoyadan ko‘tarilish (1 tadan prolet qo‘shib boriladi), ochiq, toza havoda sayr qilish tavsiya etiladi. Stenokardiya bilan kasallangan bemorlar uchun jismoniy yuklamalarga tolerantlikni (chidamlilik) oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bu bemorlarga chidamlilikka chiniqtirish tavsiya etiladi. Chiniqtirish tadbirini boshlashdan oldin bemorlarning ish bajarish qobiliyati veloergometrda aniqlab olinadi, ularning yurak qisqarish soni aniqlanadi. Og‘riq, yurakning tez urishi, havoning yetishmasligi, EKGdagi o‘zgarishlar va ko‘tara olmaslikning boshqa belgilarining paydo bo‘lishi kritik daraja bo‘lib hisoblanadi. Bemorlarning funksional imkoniyatlarini oshirishda 2 ta chiniqtirish usulidan foylanish mumkin. Birinchisi – yuklama bo‘linib-bo‘linib beriladi; Ikkinchisi – yuklama uzoq vaqt beriladi. Ikkila usulda ham boshida 15-20 minut davomida tayyorlash mashqlari beriladi, ya'ni 10-12 ta umumrivojlantiruvchi mashqlar. Ikkala usulda siklik yuklamalarning birini bajarish tavsiya etiladi, ya'ni veloergometr pedalini aylantirish, maxsus moslamadagi eshkakni eshish, turgan joyida yoki yuguruvchi yo‘lkani qo‘llash bilan yugurish, zinopoyadan chiqib-tushish yoki oddiy yurish. Bo‘linib-bo‘linib beriladigan yuklama bilan chiniqtirishdagi ish intensivligi pulsning kritik darajaga yetguncha bo‘lgan holatida bo‘lishi kerak. Olingan ish tezligi 3 minut davomida ushlab turiladi, so‘ngra 3 minut dam oladi. Mashg‘ulot davomida bunday ishlash sikli 5-8 marta qaytarilishi mumkin. 7-10 kundan keyin uzoq davom etuvchi yuklamalarga o‘tiladi – 5 minut ish, 5 minut dam. Uzoq vaqt davom etuvchi yuklama dam olmasdan 10-30 minut davomida bajariladi. Puls kritik darajadan minutiga 10-15 marta kam urish bilan xarakterlanadi. Bo‘linib-bo‘linib beriladigan yuklama bilan chiniqtirish ancha samarali hisoblanadi, lekin shu bilan birga ancha havfli ham, chunki yuklama pulsning kritik darajasida bajariladi. Shuning uchun jismoniy ish bajarish qobiliyatini shifoxonada bo‘linib-bo‘linib beriladigan yuklama bilan, shifoxonadan chiqqanidan so‘ng uzoq vaqt beriluvchi yuklama bilan shifokor nazorati ostida poliklinika yoki dispanserda oshirib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shifoxonada davolanganidan keyin bemorlar reabilitatsiyani poliklinika, dispanser yoki sanator-kurortlarda o‘tadi. U yerda ularga davolovchi gimnastika muolajasi, ertalabki badan tarbiya, individual topshiriqlar, me'yorli yurish, sog‘lomlashtiruvchi yugurish, mexananoterapevtik apparatlarda, trenajer-larda mashqlar, harakatli o‘yinlar, sportga oid o‘yinlar, yaqin turizm, sayr etish tavsiya etilishi mumkin.

Miokardning o‘tkir infarktida DJTni qo‘llash.

Miokardning o‘tkir infarkti miokardning qon bilan ta'minlanishining buzilishi hisobiga yuz beradigan nekrotik jarayonlarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. U surunkali yurak ishemik kasalligidan so‘ng rivojlanadi. Miokard infarktining xarakteriga va asoratiga qarab (mayda va yirik o‘chog‘li, transmural) quyidagi qarshi ko‘rsatmalar farqlanadi :

-tana haroratining ko‘tarilishi;

-doimiy og‘riq sindromi;

-mersal aritmiya;

-tez-tez bo‘ladigan ekstrasistola.

Bemorlarni davolashda to‘shak, yarim to‘shak (palata) va erkin harakat tartibotlaridan foydalaniladi.

Qat'iy to‘shak harakat tartibotida bemorlar holatiga qarab o‘rta hisobda 4-7 kun bo‘ladilar.

DJTning vazifalari :

-bemorlarning ruhiy-emotsional holatini yaxshilash;

-modda almashinuvini yaxshilash, ayniqsa miokardda;

-bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish;

-ekstrakardial qon aylanishi omillarini yaxshilash;

-diafragmal nafasga o‘rgatish;

-o‘ziga-o‘zi xizmat qilishning oddiy usullariga o‘rgatish;

-yelka bo‘g‘imida og‘riqning rivojlanishini yoki yelka-qo‘l sindromining rivojlanishining oldini olish.

Davolovchi gimnastika muolajasi orqada yotgan dastlabki holatda, o‘rta hisobda 6-9 minut davomida olib boriladi. Muolaja davomida qo‘l-oyoqlarning mayda va o‘rta mushak va bo‘g‘imlariga, diafragmal va fiziologik nafas mashqlari va boshni asta-sekin aylantirish mashqlari tavsiya etiladi.

Kengaytirilgan to‘shak harakat tartibotida bemorlar o‘rta hisobda holatiga qarab 1 kundan 14 kungacha, ba'zi holatlarda 4-8 kundan 18-20 kungacha yoki 7-9 kundan 20-23 kungacha davom etishi mumkin.

DJTning vazifalari :

-lozim bo‘lsa asoratlarning oldini olishni davom ettirish;

-qon aylanishning ekstrakardial omillarini asta-sekin chiniqtirish;

-sistemalarning o‘zaro aloqalarini yaxshilash va tiklash;

-vestibulyar apparatning funksional holatini tiklash;

-bemorni o‘tirgan holatga o‘tkazish va o‘rgatish;

-bemorni turishga va yurishga tayyorlash va h.z.

Davolovchi gimnastika muolajasi vaqtida mashqlar orqada, yon boshda yotgan, krovatda va stulda o‘tirgan dastlabki holatlarda bajariladi. Orqada yotganda mayda va o‘rta mushak va bo‘g‘im guruhlariga mashqlar berilib, mashqlar kompleksiga asta-sekin bemorning ahvolini faollashtiruvchi mashqlar qo‘shib boriladi, ya'ni yostiqdan boshni asta-sekin ko‘tarish, qo‘llar bilan qarama-qarshi tizzalarga tortilish, galma-galdan to‘g‘ri oyoqlarni yon tomonlarga harakat qildirish. Yon boshda yotgan dastlabki holat – yuqorida oyoq tizza va tos-son bo‘g‘imida bukilgan, bir vaqtning o‘zida oyoqni to‘g‘rilash va qo‘lni yuqoriga ko‘tarish, bu mashqlar diafragmal va fiziologik nafas mashqlari bilan birga olib boriladi. Bemor asta-sekin krovatda o‘tirishga o‘rgatiladi. Krovatda o‘tirgan holatda galma-galdan oyoqlarni tizza va tos-son bo‘g‘imida bukiladi, tanasi asta-sekin yon tomonlarga va oldinga bukiladi, “yurish” mashqi bajariladi, yirik mushaklarga mashqlar beriladi. Bemor asta-sekin stulga o‘tkaziladi va bu holatda keskin harakatlar bajarilmaydi. Bu holatda “yurish” imitatsiyasi bajariladi, bemor stulga tayangan holda tanasini ko‘taradi, tizza, tos-son, yelka va bilak bo‘g‘imlarida harakat qiladi. Muolaja vaqtida hamma mashqlar sekin sur'atda bo‘shashtiruvchi mashqlar bilan birga olib boriladi. Muolaja krovatda yotgan holatda tugatiladi. Davolovchi gimnastika muolajasi 10-15 minut davomida o‘tkaziladi.

Yarim to‘shak (palata) harakat tartiboti o‘rta hisobda 14-kundan 18-kungacha, 18-kundan 22-kungacha yoki 23-29 kunlargacha olib boriladi.

DJTning vazifalari :

-bemorlarni vertikal holatga o‘tkazish va moslashtirish;

-tayanch-harakat apparatini asta-sekin chiniqtirish;

-asta-sekin miokardning funksional holatini yaxshilash;

-palata miqyosida o‘ziga-o‘zi xizmat qilishni o‘rgatish va h.z.

Davolovchi gimnastika muolajasining davomiyligi 15-20 minut. Muolajada yotgan, stulda o‘tirgan, stulga yoki krovatga tayanib turgan dastlabki holatlari tavsiya etiladi. Nafas mashqlari bilan birga mayda, o‘rta va yirik mushak guruhlari uchun mashqlari tavsiya etiladi. Mashqlar sekin sur'atda bajarilib, asta-sekin sur'ati oshirib boriladi. Muolajadan muolajaga mashqlarning qaytarilish soni oshirib boriladi. Mashqlar kompleksiga koordinatsiyaga, muvozanatga mashqlar va me'yoriy yurish kiritiladi. Palatada me'yoriy yurish 1-kuni 1-2 marta, 2-3 kunlari 3-4 marta bajariladi. Agar me'yoriy yurishning 3-4 kunlarida salbiy ta'sirlar kuzatilmasa, bemorlarga xojatxonaga borishga ruxsat etiladi. Shu bilan bemorga orqa va yoqa sohalarini massaj qilish tavsiya etiladi.

Erkin harakat tartiboti bemorlarning koridorga chiqishi bilan boshlanadi. O‘rta hisobda 17-21 kunlargacha, 22-25 kunlargacha yoki 29-35 kunlargacha davom etadi.

DJTning vazifalari :

-yurak-qon tomir sistemasini chiniqtirish;

-tayanch-harakat apparatini chiniqtirishni davom ettirish;

-zinapoyada yurish ko‘nikmasini o‘rgatish;

-mayishiy ko‘nikmalarga tayyorlash va h.z.

Muolaja DJT zalida olib boriladi. Gimnastik mashqlar stulda o‘tirgan yoki turgan dastlabki holatlarda bajariladi, ko‘proq muolaja vaqtida stulda o‘tirgan dastlabki holat qo‘llaniladi. Hamma mushak guruhlariga, koordinatsiyaga, muvozanatga mashqlar, nafas mashqlari, umumiy bo‘shashtiruvchi mashqlar tavsiya etilib, sekin va o‘rta sur'atlarda bajariladi. Muolajaning davomiyligi 25-30 minut, mashqlar 5-8 martagacha qaytariladi. Davolovchi gimnastik muolajadan tashqari bemorlarga ertalabki badan tarbiya, me'yorli yurish, zinapoyadan ko‘tarilish va boshqalar tavsiya etiladi. Me'yorli yurish 60 m/min tezlikdan boshlanib, 100 m/min tezlikkacha olib boriladi. Zinapoyadan ko‘tarilishda bemor nafas olishni to‘g‘ri bajarishi kerak, ya'ni nafasni ushlab turib mashq bajarish mumkin emas. Bemor shifoxonadan chiqqanidan keyin sanator-kurortda reabilitatsiya o‘tishi tavsiya etiladi. DJT erkin avaylovchi-chiniqtiruvchi harakat tartibotida buyuriladi. U yerda davolovchi gimnastika muolajasida snaryadlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, nafas mashqlari bilan birga, trenajerlarda mashqlar – me'yoriy yuklama bilan veloternajerda, orqa va yoqa sohalariga massaj, me'yorli yurish, sayr etish, terrenkur – kichik masofalardan boshlab, masofani uzaytirib borish tavsiya etiladi. Muolaja vaqtida va undan so‘ng mashqlarning samaradorligi tekshiriladi, ya'ni bemorning AB va pulsini o‘lchash, ob'ektiv va sub'ektiv tekshirish natijalarini baholash, EKG, Exokardiografiya, spirometriya, veloergometrda yuklama testini bajarish, qon analizi natijalariga qarab samaradorlik baholanadi.

Harakat tartibotini kengaytirishga organizm tomonidan adekvat va noadekvat reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin. Adekvat reaksiyalarda – berilayotgan yuklama cho‘qqisida puls minutiga 20 marta ko‘p urishgacha oshadi, sistalik qon bosimi 10-20 mm.sm.ust. gacha oshadi. Nodeavat reaksiyalarda – aritmiya, og‘riqlar, keskin taxikardiya paydo bo‘ladi, sistolik qon bosimi pasayadi, minutiga 20-30 marta urishga oshgan pulsning dastlabki ko‘rsatkichiga sekin qaytishi kuzatiladi.




Download 6,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish