Davolovchi jismoniy tarbiya shakllari
DJT shakllari ikki guruhga bo‘linib o‘rganiladi :
1.Shifoxonada qo‘llaniladigan DJT shakllari :
-ertalabki badan tarbiya
15 – 20 minut davomida bajariladi, qo‘llashdan maqsad organizmning umumiy tonusini ko‘tarish, tetiklashtirish. Shakl yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;
-davolovchi gimnastika muolajasi
shifoxonada o‘tkziladigan shakllarning asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Muolaja 3 qismdan iboratdir, ya'ni - kirish qismi, bunda organizm asosiy yuklamani bajarishga tayyorlanadi. Birinchi qismda yengil mashqlar berilib, umumiy vaqtning 15-25 %ni tashkil etadi;
- asosiy qismi, bunda organizmga aso-siy mashqlar beriladi va uning jismoniy yuklamaga moslashishi amalga oshiriladi. Mashqlar, yuklamalar asta-sekin o‘sib boradi, avvaliga umumiy vaqtning 50 %, keyinchalik 70 % ajratiladi;
-tugallanish qismi – bunda organizmga yengil, bo‘shashtiruvchi mashqlar beriladi, organizmning dastlabki holatiga qaytishi ta'minlanadi. Avvaliga umumiy vaqtning 25 %, keyinchalik 15 % ajratiladi.
Davolovchi gimnastika muolajasini amalga oshirish uchun har bir sistema kasalligiga, har bir kasallikka alohida gimnastik mashqlar kompleksi tuziladi va yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;
-bemorlarga beriladigan individual topshiriqlar
bemorlarga kasalligini bilgan holda shifokor yoki metodist tomonidan individul bajarishi uchun mashqlar beriladi. Masalan : nafas organlari kasalligida – drenajlovchi dastlabki holatlarda mashqlar baja-rish, maxsus tovushli nafas mashqlari va h.z.;
-me'yorli yurish
bu shakl yurak-qon tomir sistemasi, nafas organlari, tayanch-harakat apparati kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida qo‘llaniladi. Shakl davolovchi shifokor yoki metodist tomonidan nazorat qilinadi. Masalan : miokardning o‘tkir infarkti – bemorlar me'yorli yurishni palatada, so‘ngra koridorda ma'lum masofalarni o‘tish bilan amalga oshiradilar.
2.Shifoxonadan tashqarida qo‘llaniladigan DJT shakllari :
-terrenkur
Har xil ko‘tarilib tushish burchagiga, masofa uzunligiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yo‘lka. Bu shakl asosan sanatoriya-kurortlarda, dispanserlarda qo‘llaniladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas organlari, oshqozon-ichak yo‘li, tayanch-harakat apparati kasalliklari va modda almashinuvi buzilishi bor bemorlarga tavsiya etiladi. Davolash maqsadida buyurilishi uchun terrenkurning 4 ta mashruti tavsiya etiladi, ular :
-1-marshrut – ko‘tarilish burchagi 4 gradusdan oshmaydi, masofa uzun-ligi 500 metr;
-2-marshrut – ko‘tarilish burchagi 5-10 gradus, masofa 1000 metrgacha;
-3-marshrut – ko‘tarilish burchagi 11-15 gradus, masofa 2000 metrgacha;
-4-marshrut – ko‘tarilish burchagi 16-20 gradus, masofa 3000-5000 metrgacha.
-sog‘lomlashtiruvchi yugurish
me'yorli sur'atda yugurish uchun oyoqlar ma'lum balandlikka ko‘trilib yuguriladi;
-sayr qilish, ekskursiya
sog‘lomlashtirish, organizmni mustahkamlash, chiniqtirish, emotsional tonusni tiklash maqsadida foydalaniladi;
-yaqin turizm
asosan sanatoriya-kurortlarda, tog‘li sharoitda qo‘llanilib, bemorlarga kuniga ko‘p emas, kam emas o‘rta hisobda 15 kmgacha yurish tavsiya etiladi;
-o‘yinli darslar
shifoxonadan tashqarida o‘yin vositalaridan foydalangan holda o‘yinli darslar amalga oshiriladi. Bu bilan bemorlar organizmini o‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirib boriladi.
-ommaviy jismoniy tarbiyaviy chiqishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |