Prezident
|
Vitse-prezident
|
|
|
|
Xarajatlarni hisoblash Xarajatlarni boshqarish Axborotlarni qayta ishlash
Bosh kitobni yuritish (to‘lov qaydnomalari,
tushumlar va to‘lovlar hisobi)
Hukumatga hisobotlar (qimmatli qog‘ozlar, soliqlar bo‘yicha)
Ichki nazorat Rejalarni tayyorlash
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash Prognozlash
|
|
Vitse-prezident
(G‘aznachilik xizmati)
|
|
|
|
Kapital qo‘yilmalarni byudjetlashtirish
Pul oqimlarini boshqarish
Tijorat banklari va investitsion banklar bilan aloqalar
Kreditlarni boshqarish
Dividend to‘lovlari va xususiy aktsiyalarni sotib olish
Moliyaviy tahlil va rejalashtirish
Investorlar bilan aloqalar
Sug‘urta / risklarni boshqarish
Birlashishlar va qo‘shib olishlar tahlili
Ijarani boshqarish (pensions manag-t)
Soliq tahlili va soliqlarni rejalashtirish
|
12.5-rasm. Moliyaviy boshqaruv sxemasi54
Hozirgi sharoitda moliyaviy direktor boshqaruv a’zolarining yoki direktorlar kengashining a’zosi hisoblanadi va boshqaruvchilar o‘rtasida markaziy o‘rinni egallaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Moliyaviy direktor bosh direktor bilan birgalikda aksiyadorlar oldida to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, moliyaviy natijalar bo‘yicha hisobot beradi. Moliyaviy direktorlikka nomzodlar direktorlar kengashi tomonidan shaxsan tasdiqlanadi. Aynan shu jihat moliyaviy direktorning mustaqilligi va o‘z faoliyati bo‘yicha aksiyadorlarga hisobot berishini anglatadi. Moliyaviy direktorning bosh vazifasi biznesni boshqarishning izchil va samarali ishlash tizimini ta’minlash orqali korporativ tuzilmaning barcha bo‘linmalari operatsion strategiyalarini va aksiyadorlar uzoq muddatli maqsadlarini integratsiyalash bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, moliyaviy direktor va u boshqaradigan moliya xizmati har qanday o‘rta va yirik korxonada muhim rol o‘ynaydi. Moliyaviy direktor faoliyati bir vaqtning o‘zida uch xil doirada: funktsional, korporativ va boshqaruv ko‘rinishida amalga oshirilishini ta’kidlash lozim. Shuning uchun ham moliya xizmatining zamonaviy rahbari ilmli, keng dunyoqarashga ega ijodiy fikrlaydigan
54 James C. Van Horne, John M. Wachowicz.Fundamentals of financial management . – 13th ed. – Pearson Education, 2009. – P. 9 (719)
mutaxassis, amaliy muammolar (pul oqimlarini boshqarish, korporativ tuzilma faoliyati haqidagi tezkor ma’lumotlar bilan ichki va tashqi foydalanuvchilarni ta’minlash, investitsion loyihalarni baholash, soliq imtiyozlari va engilliklaridan maksimal foydalanish, moliyaviy resurslarni qidirib topish va jalb qilish hamda boshqalar)ni hal qilish qobiliyatiga ega, shuningdek strategik vazifalar (birlashish va qo‘shib olishlar, investorlar bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligi tahlili va boshqalar)ni hal qila oladigan bo‘lishi lozim.
Korporativ moliyani boshqarish nazariyasi va amaliyoti iqtisodiy taraqqiyotdan kelib chiqqan holda doimiy ravishda rivojlanib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib korporativ moliyani boshqarishning muhim nazariy asoslari sifatida amal qilayotgan kontseptsiyalari quyidagilardir:
pul oqimlari kontseptsiyasi;
pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha qiymati kontseptsiyasi;
risk va daromadlilik kontseptsiyasi;
bozor samaradorligi haqida gipoteza;
portfel nazariyasi va moliyaviy aktivlarni baholash modeli;
kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi;
agentlik munosabatlari nazariyalari va boshqalar.
Keltirib o‘tilgan korporativ moliyani boshqarish kontseptsiyalarining har biri xususida quyida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Pul oqimlari kontseptsiyasihar qanday korporativ tuzilma (MChJ, AJ va boshqalar) faoliyat ko‘lami va turidan qat’iy nazar o‘z moliyaviy munosabatlarini pul mablag‘lari harakati asosida ishlashini anglatadi. Pul oqimlari harakatini tashkil etishda e’tibor qaratiladigan asosiy jihat bu pul mablag‘larining kirib kelishi va chiqib ketishidagi o‘zaro mutanosiblikka erishish hisoblanadi. Bunda vaqt va miqdor omili birlamchi e’tibor talab qiladi. Ya’ni moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijasi korporativ tuzilma ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‘lari miqdori korporativ tuzilmadan chiqib ketayotgan pul miqdoridan katta bo‘lishi lozim, boshqa tomondan esa olinadigan pul mablag‘larining kelib tushish vaqti chiqib ketish vaqtidan qisqaroq bo‘lishi talab etiladi. Keltirilayotgan bu ikki jihat har qanday korporativ tuzilma uchun moliyaviy barqarorlik va to‘lovga layoqatlilikni ta’minlashdan tashqari faoliyat samaradorligiga erishishga ham xizmat qilishini qayd etib o‘tishimiz lozim. Aynan har bir pul oqimining soliq oqibatlariga alohida e’tibor qaratish ham lozim bo‘ladi.
Pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha qiymati kontseptsiyasi korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur kontseptsiyaga muvofiq biz turli vaqtlarda egalik qiladigan pul mablag‘lari bir xil bo‘lmagan qimmatga egalik qiladi. Ustiga-ustak biznesda va kundalik hayotimizda pulga egalik qilish vaqti pul mablag‘larining miqdoriga nisbatan katta ahamiyatga ega. Masalan, milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt o‘tgandagina nisbatan qadrliroq. Ya’ni u ayni paytda joriy iste’molni qanoatlantirishga sarflanishi yoki kelajakda qo‘shimcha daromad olish uchun investitsiya sifatida qo‘yilishi mumkin. Ma’lum vaqtdan so‘ng zarur miqdordagi pul mablag‘lariga egalik qilish uchun korporativ tuzilma ma’muriyati mavjud pul mablag‘ini
hozirning o‘zida yo‘naltirish lozim bo‘ladi. Bunda qaror qabul qilishda kelgusidagi pul oqimlari pul mablag‘larining joriy vaqtdagi qiymatidan kelib chiqqan holda baholashni amalga oshirish lozim. Pul mablag‘larining joriy qiymati va kelgusi qiymatini baholash uchun moliyachilar pul oqimlarini diskontlash bo‘yicha maxsus metodikadan foydalanadilar. Pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha qiymati kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda soliqlarni faqat oxirgi sanada amalga oshirishga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi.
Risk va daromadlilik kontseptsiyasi bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati risk bilan bevosita bog‘liq holda amalga oshirilishidan kelib chiqqan holda korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalaridan olinishi mumkin bo‘lgan natijalarni baholash bilan bir vaqtda natijaga erishishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan risklarga ham e’tibor qaratish lozimligini nazarda tutadi. Mazkur kontseptsiyaga muvofiq agar riskning yuzaga kelishi natijasida kutilgan daromadning pasayishi biznes uchun salbay oqibatlarga olib kelmasa risklarni qabul qilish mumkin. Ma’lum bir natijaga erishish, biznesning kelgusi taraqqiyotini ta’minlash uchun risklarni to‘g‘ri baholash, ularni kamaytirish bo‘yicha o‘z vaqtida va mos chora-tadbirlarni qo‘llash talab etiladi. Bunda soliq riski va uning oldini olish e’tibor talab qiladi.
Bozor samaradorligi haqida gipoteza bozordagi holat haqida muntazam ravishda axborotga ega bo‘lish va ularni tahlil qilishga doimiy ravishda e’tibor qaratgan holda samarali moliviy qarorlar qabul qilish zaruriyatini o‘zida ifodalaydi. Chunki bozordagi holat har qanday aktivning haqiqiy bahosini belgilab beradi va shundan kelib chiqqan holda qabul qilingan moliyaviy qaror korporativ tuzilma moliyaviy barqarorligi o‘sishiga xizmat qiladi.
Portfel nazariyasining mohiyati biznesda mablag‘larni turli xil aktivlar, korxonalar va faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash lozimligi bilan ifodalanadi. Investitsion portfelning bunday tartibda shakllanishi barcha risklar yig‘indisi bitta yo‘nalishdagi risklar bilan taqqoslanganda ancha past bo‘lishiga xizmat qiladi. Masalan, pul mablag‘larini bir vaqtning o‘zida bir nechta sohaga joylashtirish natijasidagi risklar pul mablag‘larini faqat bitta sohaga joylashtirishdagi risklarga qaraganda kamroq. “Moliyaviy aktivlarni baholash modeli esa alohida moliyaviy aktiv va butun bozor riski va daromadliligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi”55.
Moliyaviy resurs jalb qilish va undan maqsadli foydalanish (maqsadli taqsimlash) masalasi korporativ moliyani boshqarishdagi eng asosiy va kun tartibidagi doimiy masalalardan hisoblanadi. Korporativ tuzilmada faoliyatni tashkil etish yoki davom ettirish uchun zarur kapitalni shakllantirishda qarz mablag‘lari jalb qilish yoki o‘z moliyaviy resurslari bilan cheklanish lozimligiga aniqlik kiritiladi. Mazkur masalaga har tomonlama asoslangan javob topish kapital tarkibi nazariyasining tadqiqot predmetini tashkil etadi. Korporativ moliyani boshqarishda kapital tarkibi nazariyasi asosida faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha
55В.В.Ковалёв, Вит.В.Ковалёв. Корпоративные финансы и учёт: понятия, алгоритмы, показатели. Учебное пособие. – М.: Проспект, 2015. – Ст. 444 (1000)
qarorlar qabul qilish jarayonida hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillarni to‘g‘ri anglash faoliyat samaradorligiga xizmat qiladi.
Dividend siyosatinazariyasi doirasida ko‘rib chiqiladigan, olingan foydani taqsimlash masalasi ham yuqoridagi muammo bilan bevosita bog‘liq va muhimligi bo‘yicha kam bo‘lmagan muammo hisoblanadi. Dividend siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning ta’sischilarga dividendlar ko‘rinishida to‘lanadigan qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan qismi o‘rtasidagi optimal nisbatni belgilashni nazarda tutadi.
Agentlik munosabatlari nazariyasi ikki ishtirokchi o‘rtasidagi munosabatda ulardan birining o‘z funktsiyalarini boshqa shaxsga, ya’ni agentga o‘tkazishini ifodalaydi. Korporativ moliyani boshqarish nuqtai nazaridan eng muhim agentlik munosabatlari sifatida mulkdorlar va menejerlar o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek kreditorlar va aksiyadorlar o‘rtasidagi munosabatlarni keltirish mumkin. Masalan, biznesda kapital egalari moliyaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun yollanma menejerlar (agentlar)ni jalb qilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Lekin menejerlar o‘z ish joyini saqlash, karerasini rivojlantirish, ish haqini oshirish va boshqa maqsadlarda shaxsan o‘zi uchun foydali, biznes egasi uchun esa zararli qarorlar qabul qilishi mumkin. “Printsipal – agent” munosabatlarida yuzaga keladigan nizolarni iqtisodchilar agentlik muammolari, agentlik nizolari yoki manfaatlar to‘qnashuvi natijasidagi muammolar, deya ataydilar. Agentlik munosabatlari nazariyasi agentlik munosabatlarida yuzaga keladigan muammolarning mohiyati va yuzaga kelish sabablarini o‘rganadi, shuningdek ularning oldini olish yoki salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beruvchi metodlar va instrumentlarni ishlab chiqadi.
Umumiy holda har bir korporativ moliyani boshqarishning har kontseptsiyasi ma’lum bir jihatlari bilan soliq amaliyotiga bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlashimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |