ini qo‘llash bo‘yicha munosabatlar
bog‘liq munosabatlar va boshqalar
kazib berish bo‘yicha munosabatlar
zib berish bo‘yicha munosaatlar
Yetkazib berish (transport) bilan bog‘liq munosabatlar
12.4-rasm. Korporativ tuzilmalar moliyaviy munosabatlari tasnifi
Bugungi kunga kelib korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlarini kengaytirib borishlari natijasida vakolatxonalar, sho‘’ba korxonalar, filiallar tashkil etishga e’tibor qaratadilar. Bunday tarkibiy bo‘linmalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar ham korporativ moliyaviy
munosabatlarda foydani maksimallashtirib borish hamda mulkdorlar moddiy farovonligini oshirib borish nuqtai nazaridan alohida e’tibor talab qiladi.
Bizga ma’lumki, milliy amaliyotda korporativ tuzilmalarning, ayniqsa aksiyadorlik jamiyatlarining yuqori turuvchi tashkilotlar (xo‘jalik birlashmalari, xoldinglar, kompaniyalar, uyushmalar, kontsernlar va hokazo) bilan bevosita bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatishi keng qo‘llaniladi. Bunda xoldinglar aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketiga bevosita egalik qiladi va natijada moliyaviy qarorlar qabul qilish bevosita xolding qarori asosida tashkil etiladi.
Bugungi kunda korporativ tuzilmalar faoliyatini tijorat banklarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bank tizimi amalda lokomotiv vazifasini bajarishi, xo‘jalik yurituvchi barcha sub’ektlarni o‘z ishlarini qayta tashkil etishga, bozor mexanizmlarini dadil va jadal egallashga da’vat etuvchi omil bo‘lishi darkor”47.
Tijorat banklari korporativ tuzilmalarning naqd pulsiz hisob-kitoblarini tashkil etishlari bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditlash (investitsiyalash), faktoring, lizing va boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra “Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan, shuningdek sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”48. Shundan kelib chiqqan holda sug‘urta kompaniyalarikorporativ tuzilmalar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion institut ham hisoblanadi va moliya bozori orqali korporativ tuzilmalarga investitsiya kiritadi.
Korporativ tuzilmalar tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va ularni joylashtirish fond birjalari orqali amalga amalga oshiriladi. Bunda investorlar bevosita fond birjalarida joylashtirilgan korporativ qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish orqali korporativ tuzilmalar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Bundan tashqari fond birjasi ham aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.
Shu o‘rinda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan fond bozori orqali aksiyalar muomalasi tashkil etilganligi, shuningdek tor doirada korporativ obligatsiyalar muomalasi mavjudligini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 2017 yil 1 yanvar holatiga 30463,5 milliard so‘mlik aksiyalar muomalaga chiqarilganligini ko‘rishimiz mumkin (12.1-jadval).
47 Каримов И.А. Банк тизими, пул муомаласи, кредит, инвестиция ва молиявий барқарорлик тўғрисида. – Т.: “Ўзбекистон”, 2005. – 386-бет. (528)
48 Ўзбекистон Республикаси “Суғурта фаолияти тўғрисида”ги Қонуни, 3-модда.
12.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |