Qo‘shimcha topshiriqlar
Kompaniyaning minoritar va majoritar aksiyadorlari manfaatlarning qarama-qarshiligi kelib chiqishi sabablari, ularning oldini olish yo‘llari va bartaraf etish imkoniyalari bo‘yicha jadvalni to‘ldiring.
Kelib chiqish sabablari
|
Oldini olish yo‘llari
|
Bartaraf etish imkoniyatla ri
|
1.
|
1.
|
|
2.
|
2.
|
...
|
...
|
Kompaniyaning va aksiyadorlar o‘rtasida manfaatlarning qarama- qarshiligi kelib chiqishi sabablari, ularning oldini olish yo‘llari va bartaraf etish imkoniyalari bo‘yicha jadvalni to‘ldiring.
Kelib chiqish sabablari
|
Oldini olish yo‘llari
|
Bartaraf etish imkoniyatla ri
|
Kompaniyaning Boshqaruv va nazorat organlari o‘rtasida manfaatlarning qarama-qarshiligi kelib chiqishi sabablari, ularning oldini olish yo‘llari va bartaraf etish imkoniyalari bo‘yicha jadvalni to‘ldiring.
Kelib chiqish sabablari
|
Oldini olish yo‘llari
|
Bartaraf etish imkoniyatla
ri
|
1.
|
1.
|
|
2.
|
2.
|
...
|
...
|
Kompaniyaning mansabdor shaxslari, xodimlari va mijozlar o‘rtasida manfaatlarning qarama-qarshiligi kelib chiqishi sabablari, ularning oldini olish yo‘llari va bartaraf etish imkoniyalari bo‘yicha jadvalni to‘ldiring.
Kelib chiqish sabablari
|
Oldini olish yo‘llari
|
Bartaraf etish imkoniyatla
ri
|
1.
|
1.
|
|
2.
|
2.
|
...
|
...
|
Kompaniya hamda mansabdor shaxslar, xodimlar o‘rtasida manfaatlarning qarama-qarshiligi kelib chiqishi sabablari, ularning oldini olish yo‘llari va bartaraf etish imkoniyalari bo‘yicha jadvalni to‘ldiring.
Kelib chiqish sabablari
|
Oldini olish yo‘llari
|
Bartaraf etish imkoniyatla
ri
|
1.
|
1.
|
|
2.
|
2.
|
...
|
...
| VIII bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA ICHKI NAZORAT TIZIMI
Ichki nazorat tizimining tashkiliy jihatlari va amal qilish mexanizmi Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining qonunchilik hujjatlari talablari hamda ichki hujjatlar qoidalari asosida borishini nazorat qilib borish maqsadida ichki nazorat tizimi ham amal qiladi. Bunda ichki nazorat tizimi faoliyati aksiyadorlik jamiyati Ustavi, korporativ boshqaruv kodeksi va ichki me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Shu o‘rinda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadigan “Ichki nazorat to‘g‘risida”gi Nizomda ichki nazorat tizimining maqsad va vazifalarini, uning ishlash prinsiplarini hamda aksiyadorlik jamiyati va shaxslarning ichki nazoratdagi javobgarligini belgilaydi.
Samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish maqsadida kompaniya:
kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomda uning tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish talablarini aks ettiradi;
kuzatuv kengashiga homiylik (xayriya) yoki beg‘araz yordam ko‘rsatish (olish) tartibi va shartlarini belgilash hamda bu borada qaror qabul qilish huquqini fakat aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va qonun hujjatlarida belgilangan doirada, bu haqda barcha aksiyadorlar uchun ma’lumotlarni oshkor etgan tarzda beradi;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan, har yili mustaqil professional tashkilotlar – maslahatchilarni jalb etgan holda biznes-jarayonlar va loyihalarning kompaniya rivojlanish maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan tahlil o‘tkazadi;
kompaniya samarali ichki nazorat tizimini joriy qilishning asosiy maqsadini barcha aksiyadorlar, shu jumladan, minoritar aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni belgilaydi; ijroiya organining affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni mustaqil amalga oshirishi uchun kompaniyaning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni aniqlash masalasini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida muhokama qilinishini ta’minlaydi;
kompaniyaning ichki audit xizmatiga ichki nazoratni, shu jumladan, 50 foizdan ziyod ulushi kompaniyaga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar bilan o‘tkazilgan operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatini beradi;
kompaniya tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv organlari yig‘ilishlarida o‘zining vakillarini kompaniya nomidan ovoz berish tartibini belgilaydi; kompaniya umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi shaxsga shunday shaxs hisobidan o‘zi to‘ldirgan byulleten nusxasini olish imkonini beradi;
kompaniya ijro organidan muntazam ravishda kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyati yuzasidan ularning tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofik, bajarilgan ishlar va erishilgan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida hisobot talab qiladi;
kompaniya ichki nazorat organi (taftish komissiyasi va ichki audit xizmati)ning kuzatuv kengashi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, minoritar
aksiyadorlar qo‘mitasi (agar mavjud bo‘lsa) va aksiyadorlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Kompaniyada samarali ichki nazorat tizimini joriy qilish uchun aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi "Ichki nazorat to‘g‘risidagi nizom"ni tasdiqlaydi. U quyidagilardan iborat bo‘ladi:
kompaniyaning ichki nazorat organi tarkibiga hamda uning a’zolari malakasiga talablar;
ichki nazorat tizimi to‘g‘risidagi hisobot tarkibi va uni shakllantirish reglamenti;
kompaniya ichki nazorat organi tizimi samaradorligini baxolash uchun mustaqil professional tashkilotlar maslahatchilarni jalb qilish tartibi;
ichki nazorat organi ishini monitoring qilish mexanizmlari tavsifi, uning a’zolariga to‘lanadigan kompensatsiya va mukofot pullarini hisoblash tartibi.
"Ichki nazorat to‘g‘risidagi nizom" kompaniya xodimlari, boshqaruv va nazorat organi a’zolari uchun rioya etilishi majburiy bo‘lgan hujjat hisoblanadi.
Kompaniya "Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizom" talablariga muvofiq, kuzatuv kengashi tarkibiga bittadan kam bo‘lmagan (ammo ustavda ko‘zda tutilgan kuzatuv kengashi a’zolari sonining 15 foizidan kam bo‘lmagan) mustaqil a’zo kiritadi.
Quyidagilar kompaniya kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘lishi mumkin:
so‘nggi besh yil mobaynida kompaniya, uning sho‘’ba va affillangan korxonalarida ishlamagan shaxslar;
kompaniya, uning sho‘’ba va affillangan korxonalari aksiyadori bo‘lmagan shaxslar;
kompaniya, uning sho‘’ba va affillangan korxonalari bilan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish xaqining besh ming baravari miqdoridan yuqori summaga tegishli shartnomaga ega bo‘lgan yirik mijozlari yoki mol etkazib beruvchilari bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar;
kompaniya, uning sho‘’ba va affillangan korxonalari bilan xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnomaga ega bo‘lmagan shaxslar;
kompaniya, uning sho‘’ba va affillangan korxonalari rahbarlari bo‘lgan yoki so‘nggi besh yil mobaynida shunday lavozimlarda ishlagan shaxsning oila a’zosi bo‘lmagan shaxslar;
kompaniyani nazorat qiluvchi shaxs (yoki kompaniya ustidan jamoa tarzida nazorat olib boruvchi gurux va/yoki tashkilot a’zosi) bo‘lmagan shaxslar;
kompaniya bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma orqali bog‘liq bo‘lmagan va kompaniyaning soxasi bo‘yicha yuqori turuvchi tashkiloti (kompaniya) yoki yirik aksiyadorining hodimi bo‘lmagan shaxslar.
Bizga ma’lumki, taftish komissiyasi va ichki audit xizmati aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning va ichki nazorat tizimining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. “Ichki audit xizmatining vazifasi kompaniyada risklarni boshqarish hamda ichki nazorat tizimining samarali amalga oshirilayotganligini
mustaqil baholashdan iborat”33. Taftish komissiyasi milliy amaliyotda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga bo‘ysunadi, xalqaro amaliyotda esa “direktorlar kengashiga bo‘ysungan holda holat yuzasidan maslahatlar berib boradi”34. Quyida taftish komissiyasi va ichki audit xizmati faoliyat mexanizmi xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |