Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari tahlili29
2016-2017 yillarda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan 107 ta aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo‘yicha o‘rtacha ballar va ularning eng yuqori bahoga nisbatan foizi quyidagi jadvalda keltirilgan (6.11-jadval):
6.11-jadval Korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari, ballarda30
№
|
Yo‘nalis h
|
Mumkin bo‘lgan
yuqori ball
|
Olingan o‘rtacha baho
|
Eng yuqori bahoga nisbatan
foizda
|
1
|
Kodeksni joriy etishga tayyorlanish taomillarini baholash
|
135
|
111,5
|
82,6
|
2
|
Kodeks tavsiyalariga amal qilinishini baholash
|
360
|
55,
6
|
15,4
|
3
|
AJ tashkiliy tuzilmasi
muvofiqligini baholash
|
30
|
14,68
|
48,9
|
4
|
Tanlov o‘tkazilishini baholash
|
45
|
-11,5
|
-25,6
|
5
|
MHXS va XASga muvofiq e’lon qilishga o‘tishni baholash
|
50
|
28,72
|
57,4
|
6
|
Zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy
etilishini baholash (ISO, ERP, ITTKI va b.)
|
55
|
-16,2
|
-29,5
|
7
|
Axborot siyosatini baholash
|
320
|
-22,24
|
-7,0
|
29 Мазкур параграф Ш.Абдужабборовнинг “Корпоратив бошқарув тизимини баҳолаш нимани кўрсатди?” (// Корхонани бошқариш. – Тошкент, 2017. - №10. https://e.management.mcfr.uz/article.aspx?aid=594590) мақоласи асосида киритилди. 30 https://e.management.mcfr.uz/article.aspx?aid=594590 Управление предприятием. №10. 2017
8
|
Moliyaviy natijalarni baholash
|
150
|
13,
62
|
9,1
|
9
|
AJ faoliyatining boshqa yo‘nalishlarini baholash
|
55
|
-
28,
1
|
-51,1
|
|
Jami:
|
1200
|
14
6,8
|
12,2
|
O‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini har bir yo‘nalish bo‘yicha quyidagicha bo‘lgan:
Kodeksni joriy etishga tayyorlanish taomillarini baholash. 6.11- jadvaldan ko‘rinib turganidek, aksiyadorlik jamiyatlari Kodeksni joriy etishga tayyorlanish taomillarini muvaffaqiyatli bajarganlar. Baholangan 107 ta aksiyadorlik jamiyatidan 11tasi (10,2%) barcha talab etiladigan taomillarni bajargan va mazkur yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori – 135 ball to‘plagan. Aksiyadorlik jamiyatlarining uchdan ikki qismi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 85 foizini oldi. Umuman, mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘rtacha ball 111,5 ballni (82,6 foiz) tashkil etdi.
Kodeks tavsiyalariga amal qilinishini baholash. Kodeks tavsiyalariga amal qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha baholash natijalari ancha past bo‘ldi. Vaholanki, bu korporativ boshqaruv tizimining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. 107ta aksiyadorlik jamiyatidan birortasi eng yuqori – 360 ball ololmadi. O‘rtacha baho 55,6 ballni (eng yuqori bahoning 15,4 foizi2) tashkil etdi. Atigi bitta aksiyadorlik jamiyati 320 ball (88,9 foiz) to‘plab, eng yuqori bahoga yaqinlashdi va faqat 16ta AJ (har ettinchisi) 100 (27,7 foiz) va undan ko‘p ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur yo‘nalishda ichki hujjatlarni Korporativ boshqaruv kodeksining yig‘ilishlarga, kuzatuv kengashining majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish chog‘ida aksiyadorlarning huquqlariga rioya qilish, bunda zamonaviy aloqa va kommunikatsiya vositalaridan foydalanishga doir tavsiyalariga moslashtirish borasidagi tavsiyalari ko‘proq bajarilgan. Xususan, deyarli barcha aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar va investorlar bilan o‘zaro munosabatlar uchun mas’ul xodimlar tayinlangan (93,3 foiz), ovoz berishda ular umumiy nuqtai nazarni shakllantirishlari uchun aksiyadorlar kelishuvlari tuzish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan (94,4 foiz), istak bildirgan aksiyadorlarga to‘ldirilgan byulletenlarning nusxalari berilgan (97,2 foiz). 98ta aksiyadorlik jamiyatining veb- saytida teskari aloqa ishlaydi, u orqali aksiyadorlar yozma va elektron so‘rovlar yuborishlari mumkin.
Elektron pochta orqali ovoz berish, shuningdek umumiy yig‘ilishni videokonferentsiya aloqasi tarzida o‘tkazish imkoniyati yaratilgani deyarli barcha aksiyadorlik jamiyatlarining ichki hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa-da, aslida aksiyadorlik jamiyatlarining 28 foizidagina bu imkoniyat haqiqatda bor. Faqat 29ta AJning (27,1 foiz) yillik umumiy yig‘ilishida bir vaqtning o‘zida ijroiya organi rahbarlari, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi raislari hamda auditorlik tashkilotining vakillari ishtirok etgan. 73 foiz aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hisobot beradigan AJ boshqaruv va nazorat organlari ma’ruzasi (hisoboti)ning shakli va mazmuniga qo‘yiladigan talablar belgilanmagan.
O‘rta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi AJlarning 38,9 foizidagina tasdiqlangan, AJlarning faqat 12,9 foizida zamonaviy boshqaruv usullari, shu jumladan SWOT, GAP-tahlil va boshqa yondashuvlar, maxsus dasturiy mahsulotlar va hokazolar qo‘llaniladi. Korporativ qonunchilikka rioya qilinishini nazorat qilishga ehtiyoj borligiga qaramay, korporativ maslahatchi lavozimi AJlarning 13,9 foizidagina joriy etilgan.
AJ tashkiliy tuzilmasi muvofiqligini baholash. Aksiyadorlik jamiyatlarining 90 foizi o‘z tuzilmasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli Farmoni talablariga muvofiq holga keltirgan. 47,7 foiz aksiyadorlik jamiyatlarida tuzilmadagi lavozimlarning har biri bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalari yangilangan. Shu bilan birga, har beshinchi aksiyadorlik jamiyatida bu ish haligacha oxiriga etkazilmagan yoki umuman boshlanmagan.
Tanlov o‘tkazilishini baholash. Ijroiya organi rahbari va a’zolarini tanlov o‘tkazish orqali lavozimga tayinlash baholanganda, aksiyadorlik jamiyatlariga ko‘plab savollar tug‘ildi. Deyarli barcha (99,1 foiz) AJlar o‘z ustavlariga tanlov o‘tkazish to‘g‘risida band kiritgan, biroq, 80ta AJda tanlov o‘tkazish bo‘yicha ichki hujjatlar baholash davrida tasdiqlanmagan bo‘lgan. Faqat 6ta aksiyadorlik jamiyatidagina rahbarlar tanlov asosida lavozimga tayinlangan, 59ta AJda lavozimga tayinlashda faqat bitta nomzodning arizasi ko‘rilgan, 42ta AJda esa tanlov o‘tkazilmagan yoki o‘tkazilganlik to‘g‘risida axborot yo‘q. Natijada, mazkur yo‘nalish bo‘yicha eng ko‘p +45 ball to‘plash mumkin bo‘lgan bir paytda, o‘rtacha baho -11,5 ballni tashkil etgan.
MHXS va XASga muvofiq e’lon qilishga o‘tishni baholash. O‘rganish natijasida aksiyadorlik jamiyatlari hisobotlarni MHXS va xalqaro audit standartlariga muvofiq e’lon qilishga mas’uliyat bilan yondashganlari ma’lum bo‘ldi. 86ta AJ moliyaviy hisobotlarni MHXSga muvofiq tuzgan va Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilgan, 99ta AJda MHXSga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlar xalqaro audit standartlari bo‘yicha auditdan o‘tkazilgan. Shu bilan birga, 66ta AJda xodimlarning MHXS bo‘yicha malakalari oshirilmagan.
Zamonaviy boshqaruv tizimlari (ISO, ERP, ITTKI va boshq.) joriy etilishini baholash. Baholash jarayonida zamonaviy boshqaruv tizimlarini tatbiq etish aksiyadorlik jamiyatlarining zaif joyi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu masala faqatgina 37,0 foiz aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlari yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan. Faqat har uchinchi aksiyadorlik jamiyatida amaldagi sifat menejmenti tizimining sertifikati bor. 70ta aksiyadorlik jamiyatida SMT bo‘yicha tashqi audit o‘tkazilmagan. AJlarning yarmidan ko‘pida SMT talab etadigan jarayonlarni ishlab chiqish (tatbiq qilish) va ishchi holatda saqlash uchun rahbariyat vakili yo‘q.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ishlanma va marketing mahsulotlarini moliyalashtirishga etarlicha e’tibor berilmaydi. Faqat 6 foiz AJlarda bu maqsadlarga sof foydaning kamida 10 foizi yo‘naltirilgan, 67 foiz AJlarning hujjatlarida bunday yo‘nalishlarni moliyalashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma yo‘q yoki bu haqida axborot taqdim etilmagan. Bu yo‘nalishda eng yuqori baho +55 ball
bo‘lgan paytda, aksiyadorlik jamiyatlari olgan o‘rtacha baho -16,2 ballni tashkil etgani bejiz emas.
Axborot siyosatini baholash. Aksiyadorlik jamiyatlarida axborot siyosati masalalariga ham etarlicha e’tibor qaratilmaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha +320 ball olish mumkin bo‘lsa-da, o‘rtacha baho -22,24 ballni tashkil etgan. Bu hol rasmiy saytlarda davlat tilida joylashtirilishi talab etiladigan axborotning ko‘p qismi e’lon qilinganligiga qaramay (ikkita jamiyatning saytlaridagina oshkor etilishi lozim bo‘lgan axborotning yarmi yo‘q) kuzatilmoqda. Baholangan AJlar, asosan, axborotni ingliz tilida e’lon qilish talabi bajarilmaganligi tufayli ballarni yo‘qotgan (92ta AJda joylashtirilishi talab etiladigan axborotning 20 va undan ortiq pozitsiyasi ta’minlanmagan). 72 foiz jamiyatlarning saytida fundamental va texnik tahlil to‘g‘risida axborot (ko‘pchilik AJlarda bu nimaligini bilmaydilar, hatto), mutaxassislar va ekspertlarning prognozlari va fikrlari yo‘q.
AJlarning 82 foizi uchun korporativ boshqaruv tizimini baholash chog‘ida yuqori ball olish imkoniyatini beradigan yo‘nalish – OAV bilan olib boriladigan ishni faollashtirish. Tahlil 60ta AJ bo‘yicha OAVda jamiyat faoliyati to‘g‘risida e’lon qilingan materiallar yo‘qligini, 29 AJda so‘nggi bir yilda faqat bittadan material e’lon qilinganini ko‘rsatdi.
Moliyaviy natijalarni baholash. Biznes-rejada belgilangan moliyaviy natijalarga erishish har bir aksiyadorlik jamiyati uchun muhim yo‘nalish hisoblanadi. O‘rganilgan 107 AJdan 69tasi oxirgi hisobot davri yakunlari bo‘yicha belgilangan sof foyda ko‘rsatkichlarini bajarishning uddasidan chiqqan, 52tasi esa bu ko‘rsatkichni 10 va undan ortiq foizga oshirib bajargan. Rentabellik bo‘yicha biznes-rejadagi prognoz ko‘rsatkichlari 62ta AJda bajarilgan, 32ta AJda debitorlik qarzlari kamayishiga erishilgan. Shu bilan birga, 38ta AJda sof foyda bo‘yicha prognoz bajarilmagan, 40ta AJ rejadagi rentabellik darajasiga chiqmagan. Umuman olganda, o‘rganilgan AJlarda mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘rtacha baho atigi 13,9 ballni tashkil etdi, vaholanki mumkin bo‘lgan eng yuqori baho 150 ballni (9,1 foiz) tashkil etadi.
AJ faoliyatining boshqa yo‘nalishlarini baholash. AJ faoliyati yo‘nalishlari ichida O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207-sonli qarorida belgilangan aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyatini samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari asosida baholash talabi etarlicha bajarilmaganligi ayniqsa ko‘zga tashlanadi. Xususan, 59,8 foiz AJlarning kuzatuv kengashi yig‘ilishida o‘rganilgan davrdan oldingi oxirgi chorak yakunlari bo‘yicha SMK natijalari ko‘rib chiqilmagan. 74,1 foizida ijroiya organining AJni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risidagi hisoboti tinglanmagan yoki strategiya tasdiqlanmagan. Faoliyatning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganilgan AJlar olgan o‘rtacha baho -28,1 ballni tashkil etdi, olish mumkin bo‘lgan eng yuqori baho esa +55 ballni tashkil etadi.
Umuman olganda, o‘rganilgan 107 ta aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruv tizimiga berilgan o‘rtacha baho 146,8 ballni tashkil etdi, baholash shkalasi bo‘yicha bu qoniqarli holat. Ammo, buni kasalxona bemorlari bo‘yicha
o‘rtacha harorat desa bo‘ladi. Olingan ballar bo‘yicha AJlar qanday taqsimlanganini quyidagi rasmda ko‘rish mumkin (6.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |