«tasdiqlayman»


-rasm. 2015 yilda oddiy aksiyalar bo‘yicha nominalga nisbatan 16,37 foiz va undan yuqori dividend to‘lagan ellikta AJining tarmoqlar kesimidagi soni



Download 1,32 Mb.
bet138/174
Sana05.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#317372
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   174
Bog'liq
Ro`yxatga olindi № (1)-конвертирован

16.5-rasm. 2015 yilda oddiy aksiyalar bo‘yicha nominalga nisbatan 16,37 foiz va undan yuqori dividend to‘lagan ellikta AJining tarmoqlar kesimidagi soni

16.5-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Paxtasanoateksport xolding kompaniyasi tarkibidagi AJlari yuqori dividend to‘lagan. Shuningdek, O‘zbekneftegaz va O‘zavtosanoat tarkibidagi 6 tadan AJ ham tuzib chiqilgan reytingga kirgan.

Dividend to‘lovlarini amalga oshirgan AJlarining eng yuqori 50 taligi reytingi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich 2014 yilda aksiya nominal bahosiga nisbatan 22,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda bu ko‘rsatkich 14,37 foizga teng bo‘lgan. Bunday pasayish sababini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi «2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni asosida iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha 2015 yil davomida AJlari tomonidan yangi loyihalar amalga oshirila boshlanganligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yangilash va kengaytirishga, innovatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin.

Mamlakatimizda qator yillardan buyon dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga nisbatan to‘lov manbaida undiriladigan 10 foizlik soliq stavkasi amal qilib kelmoqda. Fikrimizcha, foyda solig‘i stavkasi 7,5 foiz bo‘lib turgan holatda dividendlarga nisbatan soliq stavkasini ham pasaytirish maqsadga muvofiq. Chunki moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini kengaytirish natijasida erishilgan natijadan 7,5 soliq to‘lash, olinishi noaniq bo‘lgan dividend bo‘yicha to‘lanadigan 10 foizlik soliqdan afzal, albatta.

AJlari aksiyalari nominal bahosi tahlil qilinganda ayrimlarida bir so‘mlik, shuningdek Universal sug‘urta aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tomonidan bir tiyinlik aksiya muomalaga chiqarilganligini ko‘rishimiz mumkin. AJlariga xorijiy investorlarni jalb qilish masalasi qo‘yilgan vaqtda aksiya nominal bahosining bunday pastligi taklif jarayonida ma’lum bir muammolarni yuzaga keltiradi. Chunki bir so‘mlik yoki bir tiyinlik aksiyani xorijiy investorlarga erkin almashtiriladigan valyutada taklif qilish o‘ziga xos qiyinchilik tug‘diradi. Keyin keltirilayotgan nominal bahodagi aksiya bo‘yicha dividend miqdori haqida so‘z yuritish yana bir o‘ziga xos jihat. Aynan shundan kelib chiqqan holda aksiya nominal bahosi bo‘yicha minimal miqdorni ham belgilash lozim, deb o‘ylaymiz.

O‘rganishlar, o‘tkazilgan tahlillar va tadqiqotlarimiz natijasi sifati quyidagi xulosalar, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:

Birinchidan, AJlarining samarali dividend siyosati qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish, aholi daromadlarini oshirish va o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, qo‘shib olishlardan himoyalanish, IPO o‘tkazish orqali aksiyalarni xalqaro fond birjalarida joylashtirish natijasida xorijiy kapital jalb qilishga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, davlat byudjeti daromadlar tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lmagan dividendlar bo‘yicha to‘lov manbaida undiriladigan 10 foizlik soliq stavkasini bosqichma-bosqich pasaytirib borish maqsadga muvofiq. Chunki, foyda solig‘i stavkasi 7,5 foiz bo‘lib turgan bir vaqtda dividend bo‘yicha 10 foizlik soliq stavkasining qo‘llanilishi ma’lum darajada mahalliy investorlarning fond bozoridagi faoliyatiga salbiy ta’kir ko‘rsatishi mumkin.

Uchinchidan, AJlari faoliyatiga xorijiy investorlarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir vaqtda aksiyalar nominal bahosi bo‘yicha minimal miqdorni qonunchilikda belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq. Chunki aksiya

nominal bahosi qanchalik past bo‘lsa, o‘z navbatida dividend miqdori ham past bo‘ladi. Natijada aksiyani erkin almashtiriladigan valyutada xorijiy investorga taklif etish jarayonida ma’lum bir murakkablik yuzaga kelishi mumkin.




Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish