O‘zbekistonda xoldinglar faoliyat mexanizmi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12 oktyabrdagi 398-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xoldinglar to‘g‘risida”gi Nizom
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida», «Raqobat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq xoldinglar tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini belgilaydi.
Xoldinglarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari kiradigan aksiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi. Aksiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi o‘zida korxona sarmoyasida qatnashishning istalgan shaklini ifodalaydi. Ushbu shakl xolding qatnashchilari umumiy yig‘ilishida va
uning boshqaruv organlari tomonidan muayyan qarorlar qabul qilinishi yoki rad etilishining so‘zsiz huquqini ta’minlaydi. Aksiyalarining nazorat paketlari xolding aktivlariga kiruvchi korxona sho‘’ba korxona hisoblanadi. Sho‘’ba korxonalar mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Xolding O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan istalgan faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Xolding boshqa xoldingning sho‘’ba korxonasi bo‘lishi mumkin. Xolding aktivlari:
qimmatli qog‘ozlar;
muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek xolding mablag‘lari hisobiga sotib olingan yoki hosil qilingan mulklar;
v) pul mablag‘lari va boshqalar hisobidan tashkil topadi.
Xolding xorijiy sarmoya ishtirokida yoki to‘liq uning asosida, shu jumladan xorijiy korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin.
Xolding aktivlari tarkibiga, sho‘’ba korxonalar aksiyalari nazorat paketlari bilan bir qatorda, aksiyalarning paritet paketlari (qatnashchi ikkita bo‘lgan taqdirda
50 foiz) va boshqa xo‘jalik jamiyatlari sarmoyasida qatnashish paketlari (aksiyalarning nazorat paketlari emas) kirishi mumkin.
Xolding amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya faoliyatini amalga oshirishga, shu jumladan istalgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga haqli bo‘ladi.
Sho‘’ba korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi, bosh xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalarning nazorat paketi qiymati ham shu jumlaga kiradi. Bosh xolding ta’sis shartnomasida qayd etilgan shartlarda sho‘’ba korxonaning qarzlari bo‘yicha javob berishi mumkin.
Sho‘’ba korxona o‘zining xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalari paketi miqdoridan qat’i nazar, biror-bir shaklda xolding aksiyalariga egalik qilishi mumkin emas, garov va trast (ishonilgan mulk) ham shu jumlaga kiradi.
Sho‘’ba korxonalar aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida xoldingning vakillari mazkur sho‘’ba korxona aksiyalarining nazorat paketiga muvofiq ovozga ega bo‘ladilar. Ro‘yxati ustavda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan sho‘’ba korxonalarni rivojlantirishning strategik muhim masalalarini hal etish uchun ustavda darajali ko‘pchilik haqidagi norma belgilab qo‘yiladi.
Xoldinglar yuridik shaxs hisoblanadi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida», «Raqobat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar xolding muassislari va qatnashchilari bo‘lishlari mumkin.
Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning qatnashish xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Xoldingning nomiga «xolding» so‘zi qo‘shilgan bo‘lishi hamda uning turi («AJ» aksiyadorlik jamiyati) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Xolding tashkil etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Xoldinglar turdosh korxonalarni kooperatsiyalashga ko‘maklashish hamda ular tomonidan kelishilgan investitsiya siyosati amalga oshirilishi uchun tashkil etiladi. Xoldingga yoki uning sho‘’ba korxonalaridan biriga xolding kompaniyaning sho‘’ba korxonalari mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) uchinchi shaxslar tomonidan sotilishi huquqi berilishiga, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar xolding tomonidan biror-bir shaklda belgilab qo‘yilishi huquqi berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagi tarmoqlarda xoldinglar tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
savdo, moddiy-texnika ta’minoti, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat, kommunal xo‘jalik, transport (temir yo‘l, aviatsiya, truboprovod transporti va mutlaq ravishda xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi korxonalardan tashqari), xalq badiiy hunarmandchiligi.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan yoki davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishda, sotib olish va ijaraga berishda cheklashlarga ega bo‘lgan davlat korxonalari va mol- mulki asosida xoldinglar tashkil etishga ushbu cheklashlar bekor qilingunga qadar yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashkil etilayotgan xoldinglar barcha turdagi xo‘jalik uyushmalari (ittifoqlar, kontsernlar, konsortsiumlar, korporatsiyalar va boshqalar)ning yoki korxonalarning boshqa birlashmalari, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining huquqiy vorislari bo‘lishi mumkin emas.
Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonaning (korxona bo‘linmasining) sho‘’ba korxonaga aylantirilishiga ana shu korxona mehnat jamoasining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bunday rozilik umumiy yig‘ilishda barcha xodimlarning yarmidan ko‘pining ovozi bilan qabul qilinadi.
Sarmoyasining 50 foizdan ortig‘ini boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari va o‘zga moliyaviy aktivlari tashkil etgan xolding moliyaviy xolding hisoblanadi.
Moliyaviy xolding aktivlari tarkibiga faqat qimmatli qog‘ozlar va o‘zga moliyaviy aktivlar, shuningdek xolding boshqaruvi apparati faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun bevosita zarur bo‘lgan mol-mulk kirishi mumkin.
Aktivlari tarkibi ta’sis etish paytida ko‘rsatib o‘tilgan talabga muvofiq kelmaydigan moliyaviy xolding davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida uni bajarish uchun zarur bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan talabning bajarilmasligi ushbu xoldingning aksiyalari emissiyasi prospektini ro‘yxatdan o‘tkazgan organning taqdimnomasi asosida xo‘jalik sudi tomonidan moliyaviy xoldingni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
Moliyaviy xoldinglar mutlaq darajada investitsiya faoliyati yuritishga haqlidirlar, ular uchun faoliyatning boshqa turlari taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda davlat mulkini boshqarish vakolati berilgan organlar) moliyaviy xoldinglar ustav fondiga korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish tartibida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav sarmoyasining 20 foizidan ortig‘ini tashkil etuvchi aksiyalar paketini qo‘shishga haqli emaslar.
Moliyaviy xolding sho‘’ba korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga aralashishga haqli emas. Moliyaviy xolding vakillari faqat sho‘’ba korxonalar aksiyadorlari yig‘ilishlarida qatnashishlari mumkin. Moliyaviy xolding vakillarining kuzatuv kengashi, boshqaruv va sho‘’ba korxonalari boshqaruvining boshqa organlari tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Moliyaviy xolding o‘ziga tegishli aksiyalar bilan qimmatli qog‘ozlarning tashkil etilgan bozoridan (fond birjasidan) boshqa joyda bitishuvlar sodir etishga haqli emas. Fond birjasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan aksiyalar bilan amalga oshirilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda xoldinglar tashkil etilishi mumkin.
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishda xoldinglar tashkil etish to‘g‘risidagi taklif davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritiladi.
Taklifda:
xolding tashkil etish zarurligi asoslanishi, uning faoliyati maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan bo‘lishi;
tashkil etilayotgan xoldingga kiritilishi taklif etilayotgan korxonalar (bo‘linmalar) ro‘yxati berilgan bo‘lishi;
ishlab chiqarishning umumiy hajmida ko‘rsatib o‘tilgan korxonalar (bo‘linmalar) tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ulushi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan bo‘lishi;
xolding boshqaruv organlarining vakolatlarini, xoldingning sho‘’ba korxonalar bilan o‘zaro munosabatlari tartibini belgilovchi xoldingning ta’sis hujjatlari loyihalari mavjud bo‘lishi kerak.
Arizaga ilovada sho‘’ba korxonalar sifatida xolding tarkibiga kiritish taklif etilayotgan korxonalar (bo‘linmalar) mehnat jamoalarining qarori bo‘lishi lozim. Ushbu qaror mazkur Nizomning II bo‘limi 8-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Qayta o‘zgartirilayotgan va davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalar asosida tashkil etilayotgan xoldingning muassislari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar, shuningdek paylar, ulushlar, aksiyalar ko‘rinishidagi o‘z
mablag‘larini qo‘yish xohishini bildirgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishlari mumkin. Xolding qatnashchilari soni cheklanmagan.
Yirik korxonani qayta tuzish va davlat tasarrufidan chiqarish tartibida uning tarkibidan yuridik mustaqil (sho‘’ba) korxonalarni ajratgan holda xolding tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:
butun korxonaning yoki ajratib chiqarilayotgan bo‘linmalarning ustav sarmoyasini ko‘paytirish maqsadga muvofiqligini baholaydilar, zarurat bo‘lganda ehtimol tutilgan o‘zga investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar.
Yuridik mustaqil korxonalarning aksiyalari paketlarini birlashtirish tartibida xolding kompaniya tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:
tashkil etilayotgan xolding kompaniyaga kiritilayotgan, yoxud xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘layotgan va umumiy asoslarda davlat tasarrufidan chiqarilishi kerak bo‘lgan korxonalar ro‘yxatini aniqlaydilar;
korxonalar mehnat jamoalarining qarorlarini va (yoki) ularning korxonalarni xoldingning sho‘’ba korxonalariga aylantirishga roziligini hisobga oladilar;
qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etishning ehtimol tutilgan usullarini ko‘rib chiqadilar, zarurat bo‘lganda ehtimol tutilgan o‘zga investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar.
Korxona (ajralib chiqadigan bo‘linma) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi.
O‘zga investorlarning ishtirokisiz tashkil etilayotgan xoldingning ustav fondiga qo‘shiladigan mulk qiymati qonun hujjatlariga muvofiq baholanadi.
O‘zga investorlar ishtirokida xolding tashkil etishda kompaniya qatnashchilari tomonidan qo‘shiladigan ulushlar miqdori mol-mulkning bozor bahosidan kelib chiqib, tomonlarning roziligiga ko‘ra baholanadi.
Sho‘’ba korxonalarga (bo‘linmalarga) aylantiriladigan korxonalar xodimlari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organning roziligi bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga va yopiq obuna natijalariga muvofiq ular tomonidan berishga va sotishga mo‘ljallangan aksiyalarni xoldingning ustav fondiga qo‘shishlari mumkin. Eslatib o‘tilgan aksiyalarning o‘rniga sho‘’ba korxonalarning xodimlariga xolding aksiyalari beriladi (nominal qiymati bo‘yicha sotiladi).
Xolding tashkil etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan qabul qilingan taqdirda:
sho‘’ba korxonalarning aksiyalari paketlari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan xolding ustav sarmoyasini to‘lash tartibida qo‘shiladi. Bunda xolding ustav sarmoyasi aksiyalarning ushbu paketlari va unga muassislar tomonidan beriladigan boshqa aktivlarning jami nominal qiymatiga teng bo‘ladi;
sho‘’ba korxonalarning qolgan aksiyalari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga taqsimlash (sotish) uchun beriladi;
xolding aksiyalari uning qatnashchilari o‘rtasida ularning ulushlariga muvofiq taqsimlanadi.
Davlat mulkida bo‘lgan xolding aksiyalari sotilishi kerak.
Xolding kompaniyaning u yoki bu aksiyalari paketini biror-bir muddatga davlat mulkiga biriktirib qo‘yishga, agar bunga aksiyalari xolding kompaniya aktivlari tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan yo‘l qo‘yilgan holdagina yo‘l qo‘yiladi.
Nodavlat yuridik shaxslar tomonidan xoldinglar:
nodavlat yuridik shaxslar aksiyalarining nazorat paketlarini ixtiyoriy birlashtirish;
nodavlat xo‘jalik jamiyati tomonidan boshqa xo‘jalik jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan tuziladi.
Xoldinglar yilning har choragida o‘z balanslarini, foyda va zararlar schyotlarini, shuningdek boshqa korxonalarning o‘zlariga tegishli aksiyalari haqidagi to‘liq ma’lumotlarni hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotni e’lon qilishga majburdirlar.
Xolding tomonidan istalgan korxonaning (shu jumladan o‘zining sho‘’ba korxonasining) aksiyalarining 5 foizidan ortig‘ining oldi-sotdisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bitim tuzilgan paytdan boshlab bir hafta muddatda albatta e’lon qilinishi kerak.
Xoldinglar tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyatini to‘xtatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan xolding kompaniyalari va ular tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari soni quyidagi rasmda keltirilgan (15.4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |