«tasdiqlayman»


Korporativ boshqaruvning nemis modeli



Download 1,32 Mb.
bet12/174
Sana05.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#317372
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   174
Bog'liq
Ro`yxatga olindi № (1)-конвертирован

Korporativ boshqaruvning nemis modeli


Korporativ boshqaruvning german modeli kontinental-evropa modeli deb ham ataladi. Bu model korporatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar barcha manfaatdor shaxslar – aksiyadorlar, moliyaviy tuzilmalar, xodimlar, davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi bilan xarakterlidir. Ko‘pincha ular yirik aksiyalar paketiga egalik qiladilar, korporatsiyalarga o‘z vakillarini qo‘yadilar va boshqalar. Ular korporativ tuzilmalarning tarkibi sifatida qabul qilinadi va boshqaruvda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi, ya’ni ijtimoiy hamkorlik prinsipi amal qiladi.

Germaniyada aksiyadorlik kapital boshqa qator mamlakatlarga qaraganda sezilarli darajada markazlashgan. Bunda aksiyadorlik kapitaliga bir necha yirik yuridik shaxslar – banklar va korporatsiyalarning o‘zaro egalik qilish amaliyoti kuzatiladi. Moliyaviy institutlar 70 foizgacha aksiyalarni nazorat qiladi. Tashqi aksiyadorlar va individual investorlarning roli minimal darajada.

Banklar direktorlar kengashida o‘z vakillari orqali monitoring va nazorat funktsiyalarini amalga oshiradi, qimmatli qog‘ozlar emissiyasini tashkil qiladi, ishonchnoma asosida aksiyalarni boshqaradi. Mazkur jihat german modelining eng asosiy xususiyati hisoblanadi.

Kapital bozorining past darajada rivojlanganligi sababli banklar korporatsiyalarni tashqi moliyalashtirishning asosiy manbasi sifatida ko‘zga tashlanadi. Bu holat nodo‘stona birlashish va qo‘shib olishlarga imkon bermaydi.

Aksariyat aksiyadorlar depozitariy vazifasini ham bajaruvchi banklar orqali aksiyalar sotib oladilar. Korporatsiyalar materiallari asosida banklar korporatsiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini aksiyadorlarga yo‘naltiradi. Agarda takliflar va tavsiyalar bo‘yicha aksiyadorlarda e’tirozlar bo‘lmasa, banklar o‘z fikri bo‘yicha masalani ovozga qo‘yadi.

Shuning uchun korporatsiyalarni boshqarishda banklar iqtisodiy va ma’nan javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Mazkur modelning boshqa xususiyatlariga quyidagilarni ham kiritish mumkin:


  • umumiy yig‘ilishda aksiyadorlarning ovozlar soni chegaralanishi;

  • individual aksiyadorlar ulushining pastligi;

  • xorijiy investorlarning faol ishtiroki.

Korporativ boshqaruvning german modelida direktorlar kengashi ikki palatali, ya’ni mustaqil direktorlardan tashkil topgan kuzatuv kengashi va menejerlardan iborat ijroiya organi. Ular o‘rtasida funktsiyalar, vakolatlar,

javobgarlik aniq taqsimlangan holda belgilab qo‘yilgan. Kuzatuv funktsiyasi qaror qabul qilish funktsiyasidan ajratilgan.

Ikki palatali direktorlar kengashining amal qilishi autsayderlar manfaatlarini himoya qilishni kafolatlamaydi, shunga ko‘ra ko‘pincha kengash nazoratni amalga oshiruvchi emas, balki maslahatchi funktsiyasini bajaruvchi boshqaruv raisi yonidagi organ sifatida ko‘zga tashlanadi.

Germaniyada direktorlar kengashining bosh maqsadi aksiyadorlarning alohida guruhlari manfaatlarini himoya qilish emas, balki umumiy holda korporatsiya raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi.

Kengash tuzilmasi va son tarkibi korporatsiya ustavida emas, balki qonunchilik asosida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra kuzatuv kengashi a’zolari soni 20 kishi bo‘lishi kerak va uning uning son tarkibi o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bank vakillari uning a’zolari bo‘lishi mumkin.

Aksiyadorlar soni 500 tadan kam bo‘lgan, faoliyat ko‘lami yirik bo‘lmagan korporatsiyalarda yalpi kuzatuv kengashi aksiyadorlar tomonidan saylanadi. Aksiyadorlar soni 500 tadan 2000 tagacha bo‘lgan o‘rta tipdagi korporatsiyalarda kuzatuv kengashi tarkibining uchdan bir qismi, 2000 dan ortiq aksiyadorlarga ega yirik korporatsiyalarda esa yarmi (20 tadan o‘ntasi)ni aksiyadorlar saylaydi. Kengashning qolgan a’zolari mehnat jamoasi tarkibidan va kasaba uyushmalari tashkilotlaridan saylanadi. Ya’ni “kuzatuv kengashi a’zolarining yarmi ishchi- xodimlardan shakllantiriladi”15 va bunday yondashuv manfaatlar muvozanatiga erishish imkonini beradi.

Kuzatuv kengashi ijroiya kengashi a’zolarini besh yillik muddatga tayinlaydi, lekin shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin. Ijroiya organi bevosita korporatsiya faoliyatiga javobgar sifatida bo‘yicha umumiy nazoratni amalga oshiradi, korporatsiya hisobotlarini, katta miqdordagi kapital qo‘yilmalarini, strategik qarorlarni, aktivlarni sotib olish yoki qo‘shib olish amaliyotlarini tasdiqlaydi. Bunday qarorlar qabul qilish qonunga asosan tartibga solinadi. O‘z navbatida ijroiya kengashi (boshqaruv) menejerlardan tashkil topadi va kuzatuv kengashi oldida hisobdor hisoblanadi.

German modelida quyidagi masalalar aksiyadorlar tomonidan ma’qullanishi talab etiladi:



    • sof foydani taqsimlash;

    • katta miqdordagi xarajatlar to‘g‘risida qarorlar;

    • ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

    • menejerlarni rag‘batlantirishning yuqori chegarasini oshirish;

    • birlashishlar, qayta tashkil etishlar va boshqalar.

German modeli insayderlar, kompaniya menejerlarining samarali nazorati, yuqori barqarorlikka ega ichki va tashqi munosabatlar, bankrotlik riski nisbatan pastligi, turli xil nizolar yuzaga kelish ehtimoli pastligi bilan ham tavsiflanadi. Shuning uchun kompaniyalarni uzoq muddatli rivojlantirish masalalariga ustuvor darajada e’tibor qaratiladi. Yana bir xususiyat bu mutaxassislar, xususan menejerlar bilim va malakasiga juda yuqori darada talablar qo‘yilganligidir.





15 Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 157.

    1. Download 1,32 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish