Undosh harflar orasida tutuq belgiga ham o'rin berilgan. Aslida bu o'zbek tiliga o'zlashgan so'zlar orqali kirib kelgan va muslahkam o'rnashib qolgan, shuning uchun uning qo'llanish tamoyillariga ham imlo qoidalarida o'rin ajratilgan.
So'ngra asos va qoshiMchalar imlosi berilgan. Bunda qoshiMcha qo'shilishi bilan asos tarkibida yuz beradigan tovush tushushi, tovush o'zgarishi, tovush ortirilishi kabi xususiyatlarga e'tibor qaratilgan. Masalan:
QoshiMcha qo'shilishi bilan so'z oxiridagi unli o'zgaradi:
1) a unlisi bilan tugagan fe'llarga -v, -q , -qi qo’shimchalari qo'shilganda a unlisi o tarzda aytiladi: sayla + V = saylov, oqla + V = oqlov, sina + V = sinov, tanla + V = tanlov; so'ra + q = so’roq, bo'ya + q = bo'yoq, o'yna + qi = o'naqi, sayra + qi = sayroqi kabi;
2) 1 unlisi bilan tugagan ko'pchilik fe'llarga -v, - q qoshiMchalari qo'shilganda asosda tovush o'zgarishi sodir bo'ladi: o'qi + v = o'quv, sovi+q= sovuq kabi. Undosh bilan tugagan varcha fe'llarga -uv, - uq qo’shimchalari qoshiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |