Tasdiqlayman



Download 1.79 Mb.
bet3/19
Sana11.01.2017
Hajmi1.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

5. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Bu bosqichda o'qituvchi o"quvchilaming bilim doirasini kehgaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollardan foydalanadi:



Frontal savollar:

  1. O'zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini sanab bering.

  2. Eski o'zbek tili va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida tushuncha bering.

  3. Hozirgi ozbek adabiy tiliga qaysi lahjalar asos qilib olingan?

6. Darsning yakuni:

o'qituvchi o'tilgan yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarning tushunmagan savollariga javob beradi. Darsni mustahkamlashdagi o'quvchilar javobini muhokama qilib, o'quvchilar bilimini vaholaydi vaholarni izohlaydi hamda darsni yakunlaydi.

7. Uyga vazifa:
A. Rafiyev. N. G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. "SHARQ" DMAK. 2002 yil. 15-17 bet. O'qish va konspektlash. A.Yassaviy hikmatlaridan to'rt qatorini leksik, morfologik va uslubiy jihatdan tahlil qilish.
1. MAVZU:Davlat tili tog'risidagi qonun va undan kelib chiqadigan vazifalar. Ona tilimni puxta bilaman mavzusida vahs – munozara o'tkazish

2. Dars turi: _________________________

3. Dars vaqti: __ daqiqa

4. Dars tipi:

- o'quvchilarning oldingi bilimlarini aniqlash;

- yangi mavzuni o’zlashtirish.

5. Darsda qo'llaniladigan usullar:

Innovatsiyon texnoligoyalari asosida "Muz yorar", "Mustaqil ish" usullari, test usuli
6. Darsda qo'llaniladigan nazorat turlari:

- Frontal savollar.

  • Mustaqil ish turi.

  • Nazorat ishi .

7.Dasr maqsadlari:

  1. Ta'limiy maqsad:

  • "Davlat tili to'g'risida"gi qornun matni bilan tanishish;

  • Qonun matnidan kelib chiqadigan vazifalarni belgilash;

  • Qonun talablarini vajarishni o'rganish;

B. Tarbiyaviy maqsadi:

- o'quvchilarda davlat tiliga nisvatan hurmat hissini to'la shakllantirish;

  • amaliy faoliyatda davlal tilidan foydalahish ko'nikmasini shaklantirish;

  • o'quvchidagi axloqiy va estctik tushunchalar asosida so'zIash ko'nikmasini yanada o'stirish;

- Ona tiliga muhabvat hissini kuchaytirish;

V. Rivojlantiruvchi maqsad:

  • "Davlat tili to’g'risida"gi qonuni maltii bilan ishlash ko'ikmasini rivojlantirish;

  • qonun matnidan kelib chiqadigan vazifalarni vajarish ko'nikmasini o'stirish;

  • Mustaqil fikrlash va o'z fikrini aniq, to'lq vayon qilish ko'nikmasini rivojlantirish.

  • o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivqjlantirish.

8. Darsni o'tish joyi: _______________________________

9. Darsning didaktikasi (integratsiya):

A. Fandagi mavzular aro bog'lanish:

Mavzu: 1. O’zbek lilining taraqqiyol bosqichlari. Eski-O’zbek adabiy tili va hozirgi adabiy O’zbek tili, ularning o'zaro munosavati.

B. Fanlararo bog'lanish:

1. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish:

Mavzu. 1. Til birliklarining nutqdagi vazifasi va qo'llanishi.

2. O’zbekiston tarixi:



Mavzu: 1.80 -90 yillardagi ijtimoiy-siyosiy hayot.

3. Huquqshunoslik

Mavzu: 1. "Davlar tili to'g'risida"gi qonun.

V. Hayot bilan bog'lash:

  • Meditsina amaliyotida davlat tilidan qay yo' sinda foydalanish asosida tushuntirish.

  • Ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi nutqiy faoliyat bilan bog'lanish

  • Ichki kechinma, fikr-mulohaza, dunyoqarashni tushuntirish.

10. Kerakli bilimlar doirasi:

  • Til haqida ma'lumotlarga ega bo'lish;

  • Til va tafakkurning farqlarini bilish;

  • Tilning inson faoliyatidagi ahamiyatini bilish;

  • Turli munosavatlarni ifodalashda til va tafakurning munosavatini bilish.

11. Darsni jihozlash:

Til haqida mashhur kishilarning fikri yozilgan ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, diktant matni. Slayd, kodoskop, ekran.

DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI










1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari



Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa



Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.


Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish



Taqsimlash

qog’ozchalari



2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.



Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish

_____ daqiqa


O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.



An’anaviy

nazorat usuli



Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.


Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va


bo’r

5

Taqdimot

______ daqiqa



Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa



Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa



Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r

13. O'qituvchi uchun adabiyotlar:

A. ASOSIY:


  1. A.Raflyev. N. G'ulomova. "Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. "SHARQ" NMAK.2002 yil.

  2. G'.Abdurahmonov. H.Rustamov. "Ona tili" 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. "O'qituvchi". 1995 yi

  3. Xalq ta'limi jurnali. 1996 yil 1 son. 2-5 va 108 betlar. Qonun matni.

DARS BOSQICHINING MAZMUNI .

1. Tashkiliy qism: o'qituvchu o'quvchilar bilan salomlashadi. o'quv xonasining tozaligini tekshiradi, xonani ko'rgazmali qurollar, texnik-axborot vositalar bilan jihozlanishi, o'qitiladigan mavzuga mosligiga e'libor beradi. Navvatchini aniqlab, davomatni tckshiradi. o'quvchilarning tayyorgarligi (kitob, daftari, ruchka kabi oquv qurollari va kiyinishi)ni tekshiradi.

2. O'qituvchining kirish so'zi: bu bosqichda o'qituvchi o'quvchilarni yangi o'quv yili boshlangani bilan tabriklaydi. So'ng ularning bilimlarini qayta esga olish uchun savollar beradi. Yangi mavzu nomini aytadi va dars o'tish rejasi, darsning maqsadi bilan o'quvchilarni lanishtiradi hamda ularni doskaga yozib qo'yadi. Oqituvchi o'quvchilarning diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni darsni o'zlashtirishga, bilimlarni puxta egallashga tayyorlashi kerak.

3. O'quvchilarning egallagan bilimini tekshirish va vaholash: o'qituvchi o'tilgan mashg'ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqib, o'quvchilarning bilimini tekshiradi.
1. Frontal savollar.
1. Adabiy til deganda nimani tushunasiz?

2. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini sanag.

3. Eski O’zbek yozma tilining xususiyatlaridan aytib bering.

4. Uyga vazifani tekshirish.

A.Yassaviy hikmatlaridan to'rt qatorini leksik, morfologik

va uslubiy jihatdan tahlil qilish.


o'quvchilarning o'tgan mavzu boyicha olgan bilim va ko'nikmalarini tekshirishadi hamda o'zlashtirish darajasini izohlaydi. o'quvchilarni ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o'stirishda raustaqil ish usulidan foydalanib yodoshiladi. o'qutuvchi o'quvchUarni javob berishdagi xato Va kamchiliklarini to'g'rilaydi, tushunturadi. o'quvchilar tomonidan yaxshi o'zlashtirilmagan bo'limlarni qisqacha so'zlab beradi. o'quvchilarni vaholaydi. Vaholarni e'lon qiladi.

4. Yangi mavzuni tushuntirish: bu bosqichda o'qituvchu o'quv dasturiga

Bu bosqichda o'qituvchu o'quv dasturiga asoslanib, o'quvchilarga kerakli bilim doirasi bo'yicha mavzuni tushuntiradi va o'quvchilar ma'ruzaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o'quvchilar hamkorligida ularning fikrlashi uchun yo'llanmalar berib ishlaydi. "Ona tilimni puxta bilaman" mavzusida vahs munozara o'tkaziladi.

MAVZU: Davlat tili to'g'risida"gi qonun va undan kclib chiqadigan vazifalar.

"Ona tilimni puxta bilaman" mavzusida vahs — munozara o'tkazish

REJA:

1. "Davlat tili" tushunchasi haqida.



2. "Davlat tili to 'g'risida "gi qonun moddalari.

3. Moddalardan kelib chiqadigan vazifalar.

4. "Ona tilimni puxta bilaman " mavzusida vahs— munozara.

Tayanch so'z va iboralar: Davlat tili, konstitutsiyaviy huquq, qonunni vajarish, O’zbek tilining adabiy til normalari, joriy qilish, so'zsiz amal qilish, modda, davlat muassalari, boshqa xalqlar tili, til o'rganish, ftiqarolarning tnuomala tili, hujjat tili, zaruriyat, ish yuritish.

"Davlat tili" deganda biz davlar va jamiyat boshqaruvida, vazirliklar, boshqarma, tashkilot, korxona, muassasalari va xalqaro doirada mazkur davlat nomidan ish yuritganda qo'llaniladigan til tushuniladi.

Ma’lumki, XX asr boshlaridan, aniqrog'i 1906 yildan boshlab O’zbek yozuvini isloh qilish va tilning ijtimoiy-huquqiy maqomini liklash bo'yicha harakat boshlandi. Bu harakat turli ob'ektuv savablar natijasida 1927 yilga, keyinchlik esasavabsiz muddatga surildi. Chunki, tilimizga davlat tili maqomi berilishidan hukumronlar manfaat ko'rmasdilar. Shuning uchun tilning ijtimoiy-siyosiy huquqini tiklash borasidagi har qanday urinish g'oyaviy-siyosiy qo'poruvchilik deb vaholanardi. Ona tilining haqsizligi, o'z yurtida, vatanida o'z ona tilisida emas valki, boshqa o’zi bilmagan tilda so'zlashishga majbur qilish xalqning milliy haqsizligini talab qilishga olib keldi. Oltmishinchi, yetmishinchi yillarda bir guruh ziyolilar tilning ozodligi, unga davlat tili maqomi berilishini talab qilib chiqa boshladilar. Saksoninchi yillarning boshlariga kelib bu harakatga mahalliy siyosatchilar ham aralasha boshladi. Shundan so’ng, keng xalq O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishini talab qilib miting va namoiyshlar qila boshladi. 1986 yilda o'sha paydagi O’zbekiston rahvari ln'omjon Usmonxo'jayev hukumat majlisini ochiq ravishda O’zbek tilida yuritdi. Bunga o'sha paytdagi va'zi rahvarlar va mustamlakachi kuchlar juddiy tanqid bilan qarashi. Ammo g'isht qolipdan ko'chgan, millat o'zligini taniy boshlagan. Bu jarayon 1989 yil 21 oktyabrda Oliy Kengashning navvatdagi favqullodda yig'ilishida "Davlat tili to'g'risida" gi qonunning qabul qilinishi bilan tugadi. Endi O’zbek tili davlat tili maqomiga erishgan edi. Lekin hali ham ko'plab idoralarda ish yuritish hamon rus tilida olib borilardi. Faqat mustaqillikdan keyingina O’zbek tili rasman adabiy normalari asosida davlat boshqaruvida ishlatila boshlandi. Bu yil tilimiz davlat tili maqomini olganiga ........ yil to'ladi. To'g'ri …….. yil ichida mazkur qonunga bir necha marta o'zgartirishlar kiritildi va uning yangi tahrirdagi matni e'lon qilindi. Bu 1995 yil dekabr oyida bo'lib o'tdi.

Hozirda amal qilinayotgan qonun yangi tahrirdagi variantdir. Unda 24 - modda bor. Qonunning 1-moddasi "O’zbekiston Respublikasining davlat tili O’zbek tilidir" degan tarixiy maqsad bilan boshlanadi.

Mazkur moddadan kelib chiqadigan birinchi vazifa O’zbekistonning har bir fuqarosi O’zbek tilida yozish, o'qishni, ish yuritishni bilishi shartligidir. Bu vazufalarni vajarish maqsadida respublikamizning varcha maktablarida, u xoh O’zbek tilida ta'lim beruvchi, xoh rus, qozoq, qirg'iz, tojik bo'lsin O’zbek tili fani kiritildi va uning dasturini o'zlashtirish varcha o'quvchular uchun majbur etib belgilandi.

2-modda. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o'z ona tilisini qo'llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.

Mazkur moddadan quyidagi vazifalar kelib chiqadi. Avvalo, O’zbek tilidan boshqa tilda so'zlashuvchi kishilarning o'z ona tillarini o'rganishga qarshilik qilinmasligi, O’zbek tilida so'zlashishga majbur qilinmasligi belgilanadi.

Qonunning 3- moddasi quyidagichadir. O’zbek tilining O’zbekiston Respublikasi huhudida davlat lili sifatida amal qilishning huquqiy asoslari ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalasida hamda diniy va ibodat bilan bog'liq udumlarni ado elishda qollanishini tartibga solmaydi.

Fuqarolar millatlararo muomala tilini o'z xohishlariga ko'ra tanlash huquqiga egadirlar.

Ana shu modda muhim ahamiyatga ega bo'lgan moddalardan biri sanalib, unda uchta tamoiyl belgilanadi.

1. Davlat tilining huquqiy asoslari ko'rsatilgan. Bular mazkur qonun va u asosidagi boshqa yuridik hujjatlar, President farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat, shahar va tuman hokimlari qarortlari, turli darajadagi vazirlilar, boshqarmalar, idoralar, tashkilotlar farmoiysh va buyruqlari davlat tilida ish tashkil etishga asos boMishi mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, mazkur qonun birinchi galdagi asosdir.

2. Shaxsga shaxsiy muomalada (ish yuritishda emas)tilini taniash huquqini o'zi tanlash imkonini beradi.

3. Turli diniy marosimlar o'sha dinniy talabi bo'yicha zarur bo'lgan tilda olib boriladi.

Yuqoridagi tamoiyllar mazkur qonunning adolatli tamoiyl asosiga qurilganinga dalil bo'ladi.

Qonundagi varcha moddalar ham o'ziga xos maqsadda tashkillangan, ularning ijlimoiy hayotdagi qadri cheksizdir. Ammo, ular orasidagi 7, 8 -moddalarining ahamiyatiga toxtalmasdan iloj yoq.

7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda O’zbek tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.

Davlat o"zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlaydi, shu jumladan, unga hamma e'torof qilgan ilmiy-tenikaviy va ijtimoiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi.

Yаngi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan so'ng va oliy Majlisning tegishli qo'mitasining roziligi bilan o’zbek tiliga joriy etiladi.

Mazkur moddada mamlakatimizning varcha hududlarida faoliyat ko'rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar O’zbek lilining adabiy normalariga rioya qilishlari shartligi vazifa qilib belgilangan. Shundan kelib chiqib, varchamiz davlat tili talablarini bilishimiz va unga zarur hollarda amal qilishimiz kerak.

Shuningdek, moddada Oliy Majlisning atamalar qomitasining ish faoliyati ko'rsatib o'tilgan.

8- modda. O’zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokomiyad va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlar tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi. Bu hujjatlalrning tarjimalari zarur hollarda boshqa tillarda ham e'lon qilinadi.

Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida va mazkur millat tilida e'lon qilinadi.

Bu modda ham katta ijtimoiy-siyosiy ahamiayga ega bo'lgan moddalardandir. Unda qatiy ravishda davlal tilida qonunlar va boshqa hujjatlar tayyorlanishi ko'rsatilgan. Bu bizga ham tegishli deylik, xususiy korxona ochmoqchimiz, uning Hizomi, vayyonnomalari, biyruqlari va muhrlari alvatta O’zbek tilida bolishi kerak.

Xullas, qonun O’zbek tilining tarixiy huquqini tikladi. Endi O’zbeklar yurtida O’zbekcha gapiriladigan, O’zbekcha ish yuritiladigan bo'ldi. Lekin hali uni takomillashtirish jahon standartlari darajasiga olib chiqish har bir fuqaroning oldidagi vazifadir. Buning uchun avvalo har birimizda, O’zbek tili va uning adabiy normalari haqida tushuncha bo'lishi kerak. Hammamiz O’zbek tilini yaxshi bilishimiz zarur. hozir hammani ham O’zbek tilini yaxshi biladi deya olmaymiz. Buning savabi nimada? Siz bu fikrga nima deysiz?

1-oquvchi. O’zbek tili bizning ona tilimiz, Ona tilini bilish har bir o'g'il-qizning burchi. Lekin uni birdaniga puxta egallay olmaymiz. Chunki, O’zbek tili dunyodagi eng boy va ko'rkam tillardan biridir. Uni puxta egallash uchun tinimsiz o'qish va izlanish kerak.

2-oquvchi. Men guruhdoshimning fikriga qishmcha qo'shilgan holda, biroz e'tirozim bor. O’zbek tili ona tilim deyapsiz. Ona tili sut bilan kiradi. Uni go'daklikdan o'rganamiz. Shuning uchun uni o'n-o'n ikki yoshgacha puxta egallash mumkin. Bundan keyin uni yaxshi bilmaslik gunoh hisoblanadi.

3-o'quvchi. Zamonlar o'tadi, taraqqiyot natijasida turli madaniy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Shu jumladan tilimizdagi va'zi so'zlar unutiladi, yahgi kirib keladi. Shuning uchun tilni bir umr o'rganish kerak.

4-o'quvchi. To'g'ri, lekin O’zbek tilini puxta bilish uchun ko'proq vadiiy kitob o'qish, tinmsiz tahlil qilishni odat qilish kerak.

5-o'quvchi. To'g'ri, biz qornimiz ochqaganda ozuqaga qanchalik ehtiyoj sezsak, mutolaaga, til takomiliga ham shunchalik ehtiyoj sezishimiz karak. Ularni doimo ta'min1ab turishga esa bizdan ko'p vaqt talab qilmaydi.

6-o'quvchi. Shu o'rinda hazrat Navoiyning chuqur mazmun va jo'shqin histuyg'ularini mujassam etgan quyidagi vaytini keltirmoqchiman: Turk nazmida chu tortib men alam, Ayladim ul mamlakatni yakqalam.

o'qituvchi: Ona tlining ulug'ligi haqida ko'plab adiblar, olimlar, siyosatchilar, davlat va jamoat arboblari fikr bildirishgan. Shulardan biri taniqli shoir Habib Sa'dulla quyidagilarni yozgan: Onatilim, sening nafosating korsin deb olam, Navoiy sarf etdi butun umrini. Buyuk Hindistonda shoh bo’lganda ham, Bobur bitdi senda dardli she'rini.

Xullas, ona tilini sevish bu o'zlikni anglash, anglangan o'zlik orqali vatanga muhabvat, komillikka intilish degani. Ular kim o'z tilida so'zlashsa o'zini erkin his etadi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa