«tasdiqlayman»


Izoh: Bilimning va malakaning boshlang‘ich darajasi – bemor uchun “havfsizlik” asosini ta’minlaydigan minimal bilim bo‘lib hisoblanadi



Download 3,06 Mb.
bet7/10
Sana22.06.2017
Hajmi3,06 Mb.
#11947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Izoh: Bilimning va malakaning boshlang‘ich darajasi – bemor uchun “havfsizlik” asosini ta’minlaydigan minimal bilim bo‘lib hisoblanadi.

7. Tekshirish savollari.



  1. Isitmalashga sabab bo‘luvchi etiopatogenetik omillar

  2. Isitmalash turlari

  3. Isitma differensial diagnostikasi

  4. Isitmada qo‘llaniladigan dori vositalar

  5. Isitmalashda UASh taktikasi QVP va OP da


8. ADABIYoT

Asosiy

  • Ichki kasalliklar, Bobojanov S. T: Yangi asr avlod, 2008

  • Vnutrennie bolezni, tom 2 Muxin N.A. M.:GEOTAR - Media, 2009

  • Textbook of Internal Medicine Editor-in-Chief William N. Kelley 1997


Qo‘shimcha

  • Umumiy amaliyot vrachlar uchun ma’ruzalar tuplami , Gadaev A.G., T., 2012

  • Obщaya vrachebnaya praktika, Pod red.F.G.Nazirova, A.G.Gadaeva. M.: GEOTAR-Media, 2009.

  • Spravochnik vracha obщey praktiki. Dj.Myorta. M.: Praktika, 1998.

  • Sbornik prakticheskix navыkov dlya vrachey obщey praktiki. Gadaev A., Axmedov X.S. T., 2010.

  • Umumiy amaliyot vrachlar uchun amaliy ko‘nikmalar tuplami Gadaev A.G., Axmedov X.S., 2010. T.

  • Terapevticheskiy spravochnik Vashingtonskogo Pod red. M.Vudli M.: Praktika, 2000.

  • Umumiy amaliyot shifokori uchun qo‘llanma F.G.Nazirov, A.G.Gadaev taxr. M.: GEOTAR-Media, 2007.

  • Diagnostika bolezney vnutrennix organov. Okorokov A.N. 2005.

  • Lechenie bolezney vnutrennix organov. Okorokov A.N.2005.

  • Differensialnыy diagnoz vnutrennix bolezney. Vinogradov A.V. M.: Meditsinskoe informatsionnoe agenstvo, 2009.

  • Vnutrennie bolezni: uchebnik.- v 2-x t. (2 t.) Pod red. Martыnova i dr. M.: GEOTAR - Media, 2005:

Internet resursы:

http://www.medpoisk.ru/,http://www.tripdatabase.com/,http://www.klinrek.ru/cgi-bin/mbook,http://www.intute.ac.uk/medicine/

http://elibrary.ru http://www.freebooks4doctors.com/ http://www.medscape.com/

http://www.meducation.net/ http://www.thecochranelibrary.com

Meditsinskie saytы:

Med.-site.narod.ru

www.medicum.ru

www.medtext.ru

www.medkniga.ru
Amaliy mashg‘ulot № 4

Tema: «Isitmalash ingfeksion kasaldliklarda ular taqqoslama tashxislash (bakterial, virusli). UASh taktikasi. Tor mutaxasisga yo‘llanma uchun ko‘rsatma yoki kasalxona bo‘limiga ko‘rsatma. Davolash tartibi, dispanser kuzatuvi, KVP yoki OPda nazorat va reabilitatsiya sharoitlari. Proflaktika tartibi. O‘qutish tamoillari ».



O‘qitish texnologiyasi

Mashg‘ulot vaqti: 6,4 soat a

O‘quv mashg‘ulotinting tuzilishi.

  1. O‘quv tematik kabinet.

  2. UASh xonasi.

  3. O‘quv qo‘llanma, fantomlar, mulyajlar, tarkatma material, vaziyatli masalalar va testlar tuplami

  4. Televizor, video apparatura, multimedia

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : UASh kvalifikatsion xarakteristikasiga mos ravishda sog‘liqni saqlashning birinchi bo‘g‘inidayoq UAShga infeksion kasalliklarida (bakteriali, virusli), zamonoviy tashxislash, taqqoslama tashxislash va ularni QVP va OPda olib borish o‘rgatish.

Pedagogik vazifalar:

  1. isitma tashhisi savollarinii ko‘rib chiqish.

  2. isitmali bemorlarni namoyish qilish.

  3. isitmalarda klinik laborator instrumentall tekshiruvlarni muhokama qilish.
  4. isitma yalarda qiyosiy tashhis o‘tkazish.


  5. UASh kvalifikatsion xarakteristikasi doirasida isitmalarga bog‘liq uslublar savollarni muhokama qilish.

  6. Davolash tamoillari (nomedikamentoz va medikamentoz).

  7. QVP va OP sharoitlarida isitmalagan bemorlarda dispanser kuzatuvi va monitoring o‘tkazish usullari.

  1. isitmalar bilan kechadigan kasalliklarda birlamchi,ikkilamchi,uchlamchi profilaktika tamoillari.




O‘quv jarayoni natijalari:

UASh bilishi kerak:

  1. isitmalar kelib chiqishining sabablari va mexanizmlari.

  2. isitmalarning klinik kechishi.

  3. isitmalarning tashhisi.

  4. isitmalarning qiyosiy tashhisi.

5. isitmalarda qo‘llaniladigan medikamentoz preparatlar, ularning farmakodinamikasi va dozirovkasi.

6.QVP va OP sharoitlarida isitmali bemorlarda dispanser kuzatuvi va monitoring o‘tkazish usullari.

7. isitmalar bilan kechadigan kasalliklarda birlamchi,ikkilamchi,uchlamchi profilaktika prinsiplari

UASh bajara olishi kerak:


  1. isitmalar tashhisida shikoyat va anamnez ma’lumotlarini tahlil qilish.

2. isitmalar turli ko‘rinishlarini laborator instrumental va klinikasi bo‘yicha tashhislash va qiyosiy tashhislash.

3.Aniqlangan isitmalarda davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash.

4. Isbotlangan effektiv preparatlarni tanlash.

5.Davolashning nomedikamentoz usullarini tavsiya qiliish.

6.QVP va OP sharoitlarida monitoring o‘tkazish




O‘qitish usullari

«galereya bo‘ylab sayohat» usuli , demonstratsiya , videokuruv , diskussiya , suxbat , test

O‘quv jarayonini tashkillashtirish shakllari

Yakka tartibda ishlash, kichik guruhlarda ishlash, kollektivda ishlash

O‘qitish vositalari

Tarkatma o‘quv material, viziual materiallar, videofilmlar, mulyajlar, grafik organayzerlar, , tablitsalar, stendlar.

Kayta bog‘lanish usul va vositalari

Blis-surov , testlash, tibbiy xaritalarni tuldirish

Amaliy kunikmalarni bajarish




Mashg‘ulotning texnologik xaritasi

«Isitmalash ingfeksion kasaldliklarda ular taqqoslama tashxislash (bakterial, virusli). UASh taktikasi. Tor mutaxasisga yo‘llanma uchun ko‘rsatma yoki kasalxona bo‘limiga ko‘rsatma. Davolash tartibi, dispanser kuzatuvi, KVP yoki OPda nazorat va reabilitatsiya sharoitlari. Profilaktika tartibi. O‘qitish tamoillari






Amaliy mashgulot boskichlari

Mashgulot shakli
O‘tkazish joyi

Mashgulot

davomiyligi

225

1

Kirish kismi




10

2

Yangi pedagogik texnologiyalar bilan mavzuni tushintirish tablitsalar plakatlar rentgenogrammalar.

Surov, muxokama

Dars xonasi UASh xonasi

40

3

Xulosa muxokama




10

4

Amaliy kisimni bajarish uchun vazifalarni belgilash

Tibbiy kartalarni tuldirish bo‘yicha kursatmalarni tushintirish.



muxokama
UASh xonasi

20

5

O‘qituvchi nazorati ostida mashgulotlarni amaliy kismini tushintirish.

Profisional surov bemorlar bilan suxbat.
bemorlarni

polikliniqada va uyda

ko‘rish

20

6

Tekshiruv natijalari irterpritatsiyasi kuruv palpatsiya, perkussiya ausqo‘ltatsiya UKT, UST,bioximik analizlar interpritatsiyasi


Kasallik tfrixi

Laborator ma’lumotlar





25

7

Talabalarni nazariy va amaliy bilimlarini tekshirish.


Og‘izaki surov testlar muxokama
Polikliniqadagi o‘quv xona

75

8

Amaliy dars bo‘yicha xulosani belgilash 100 balli sistema bo‘yicha Baholash va ballarni e’lon qilish uyga vazifa berish.

Axborot mustakil ish bo‘yicha savollar

25

2. Motivatsiya

UAShga 10% bemor isitma bilan shikoyat qilib tibbiy yordamga murojaat etadilar. Bunday sharoitda UASh e’tibori isitma bilan kechadigan kasalliklarni, QVP va OP sharoitlarida tibbiy yordam ko‘rsatish va maxsus statsionarlarga yuborishga ko‘rsatma bo‘ladigan shikoyatlar tashhisiga qaratiladi. Ushbu xolatlar UASh tayyorlash programmasiga berilgan tematikani asosi hisoblanadi



3.Fanlararo va fanlar ichidagi bog‘liqlik.

Ushbu mavzuni o‘qitishda talabalarning Anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya bilan, Biologiya, Ma’yor fiziologiya, Bioximiya,. Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Propedevtika ichki kasalliklar , Tuberqo‘lez,. Onkologiya, Rentgenologiya va tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya fanlari asosidagi bazis bilimlariga tayanadilar.



4 Mashgulot tarkibi

4.1. Nazariy qism

Isitmalashning yuqumli tabiatli ekanligiga shubha tug‘ilsa UAV ularning qaysi guruhga mansubligini aniqlashi lozim: bakterial, parazitar yoki virusli. Ba’zan bakterial va virusli infeksiya birga kelishi mumkin (mikst-infeksiya).



Bakterial infeksiyali isitmalashda tana harorati yuqori ko‘tarilishi asosan kechki vaqtga to‘g‘ri keladi. Qayta qaltirash, kuchli terlash, umumiy qon taxlilida – leykotsitoz, tayoqcha yadroli chapga siljigan neytrofilez, EChTning oshishi, toksik donodor neytrofillar bo‘lishi mumkin. Shuningdek ba’zan bemor lablarida gerpes kuzatiladi.

Virusli infeksiyali isitmalashda epidemiologik anamnezni aniqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Ular ko‘picha burun-xalqum yallig‘lanish belgilari va teridagi toshmalar bilan birga kechadi. Kam holatlarda esa qaltirash ham kuzatiladi va ularda umumiy intoksikatsiya belgilari ustun turadi. Umumiy qon taxlilida leykopeniya, neytropeniya xisobiga chapga siljish ammo EChT sezilarli o‘zgarmaydi.

Parazitar infeksiyali isitmalash o‘ziga xos klinik belgilar bilan kechib, ularni tashxislashda har bir tur uchun maxsus tashxisiy uslublar qo‘llaniladi.

Yuqumli kasalliklar

Yuqorida qaydetilganidek isitmalashning aksariyatini yuqumli kasalliklar tashkil etishini nazarda tutgan xolda biz Respublikamizda uchraydigan ushbu xastaliklardagi isitmalash va unda UAV taktikasiga to‘xtalib o‘tamiz.

Hafta mobaynida tana harorati zinapoya shaklida 39-400 Sgacha ko‘tarilib, so‘ngra doimiy turdagi “tifoz status”li isitmalashga aylansa, lekin taxikardiya kuzatilmasa, kasallikning 8-9 kunlarida qorin va ko‘krakning yonbosh yuzasida qizg‘ish dog‘lar paydo bo‘lib ular bosganda yo‘qolsa, limfoadenopatiya, splenomegaliya hamda qonning umumiy taxlilida leykopeniya, neytropeniya, aneozinofiliya aniqlansa unda ushbu kasallikning yuqorida keltirilgan klinik va ob’ektiv manzarasi qorin tifi, A va V paratiflar ekanligi haqida ma’lumot beradi. Ularning qo‘zg‘atuvchisi salmonellalar bo‘lib, infeksiya manbayi - bemor yoki bakteriya tashuvchidir. Tarqalish yo‘llari – oziq – ovqat, ichimlik suvi va maishiy aloqalar.

Tashxislash: II xafta davomida qonni ekib qo‘zg‘atuvchini aniqlash; Vidal reaksiyasi (tif-paratifoz antigeniga agglyutinatsii); qon zardobida 1:200 nisbatda aralashgandagina reaksiya musbat hisoblanadi.

Davolash: levomitsetin kuniga 2,0 g (tana harorati tushgandan so‘ng to‘rt kun davomida u me’yorida saqlanguncha buyuriladi).

UAV taktikasi: bemorni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga (bo‘limiga) yotqizish. Davolashning muhim tadbirlaridan biri bu bemorlarga to‘g‘ri parvarishni va yotoq rejimini tashkillashtirishdan iborat. O‘tirishga bemorlarga tana haroratining me’yorlashganining 7-8 kunlari, yurishga esa 10-11 kunlari ruxsat beriladi. Ularning terisi va og‘iz bo‘shlig‘ini tozalab yaxshi parvarish qilish talab qilinadi. Ich kelish ravonligini kuzatish, shifokor ruxsatisiz tozalovchi xuknalar qilish man qilinadi. Yengil xazm bo‘luvchi va yumshoq taomlar tavsiya qilinib, bemor sog‘aygan sari u kengaytirilib boriladi.

Tana harorati intermitirlovchi yoki doimiy, gektik 39 - 400S bo‘lib, bemor isitmaning paydo bo‘lgan vaqti soatini aniq bilsa, qaltirash, xolsizlik, bosh, bel qo‘l va oyoq og‘rig‘i, ishtahasizlikka shikoyat qilsa, xastalikning birinchi kuni teri oqimtir uning sezuvchanligi yuqori bo‘lsa, taxikardiya va xansirash. Ikkinchi kuni terida pushti rangda dog‘, keyinchalik gemorragik xar xil xajm va shaklda toshmaga aylansada ular polimorf bo‘lsa (ya’ni paydo bo‘lish vaqtlari har - xil bo‘lganligi uchun ular yangi gemorragikdan to nekrotikgacha ayrim xollarda esamurda dog‘lari) unda meningokokli infeksiya to‘g‘risida o‘ylash kerak. Bunday bemorlarni zudlik bilan shifoxonaga yotqizish shart.

Yuqori va o‘zoq davom etuvchi tana harorati (39-400 S), limfoadenopatiya, jigar, taloq va moyak kattalashishi, harakat tayanch tizimi zararlanishi, asab tizimining nevrit, polinevrit va radiqo‘lit shaklida yallig‘lanishi, qon taxlilida nisbiy limfotsitoz bilan leykopeniya, EChT oshishi brusellez kasalligiga xosdir. U infeksion-allergik kasallik bo‘lib, unga chalingan sut emizuvchi hayvonlarning ajralmalari va suti orqali yuqadi.

Tashxisi: teri ichiga allergik Byurne sinamasi; serologik tekshiruv (Rayt-Xeddelson reaksiya, brusellez antigeni bilan bog‘lanuvchi kripitatsiya reaksiyasi [RSK]).

Davolash: tetrasiklin (kunda 1.0 g), levomitsetin (kunda 2.0 g) yoki streptomitsin (kunda 1.0 g) 7-10 kun. Davolash kursi 2-3 marta takrorlanadi.

Ushbu kasallikka shubha bo‘lganda UAV bemorni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga (bo‘limiga) yotqizishi lozim. Kasallikni oldini olish uchun hayvonlarni rejali ravishda muntazam veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish va aholi o‘rtasida sanitariya- oqartuv ishlari olib borish kerak.

Sil kasalligi mavjud bo‘lgan o‘choqlarda yashovchi yoki so‘rab surishtirilganda oilasida, ish joyida ushbu xastalikka chalingan bemorlar borligi aniqlansa hamda yuqori isitmalash intoksikatsiya, xansirash, yo‘tal belgilari bilan boshlansa o‘pka silinin disseminirlangan, subfebrilli isitmalash, nisbatan qoniqarli ahvol, aksariyat xollarda uzoq davom etuvchi (oylab) balg‘amsiz yo‘tal bilan kechsa o‘choqli, isitmalash qon tuflash bilan birga kuzatilsa infiltrativ shakllari to‘g‘risida o‘ylash lozim.

Sil kasalligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot ushbu mavzuga bag‘ishlangan ma’ruzada keng yoritilgan.

Uzoq to‘xtovsiz davom etuvchi gipertermiyaning sabablaridan biri sepsis hisoblanadi. Isitmalashning sepsisga xos turlari: gektik, kam hollarda doimiy, remittirlovchi yoki to‘lqinsimondir. Uning qo‘zg‘atuvchisi streptokokk, stafilokokk, esherixii, protey va boshqa qator omillar bo‘lishi mumkin.

Sepsisga xos belgilardan biri bemorda birlamchi infeksion o‘choq mavjudligi (har doim ham aniqlashning imkoni yo‘q) va undan qo‘g‘atuvchining qonga o‘tishi hamda zararlangan fagotsitlarda rivojlanishi (septitsemiya) xisoblanadi. So‘ngra ikkilamchi yiringli o‘choq shakllanadi (septikopiemiya). Sepsis ba’zan shok bilan asoratlanishi mumkin, unda yiringli o‘choqlarni barcha a’zolarga tarqalishi (jigar, o‘pka, bosh miya va boshqalar) kuzatiladi. Infeksiyaning birlamchi o‘chog‘i aniqlansa sepsis ikkilamchi deb ataladi, maboda u topilmasa birlamchi yoki kriptogen sepsis to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Sepsis qo‘zg‘atuvchisi teri (chipqon, terining tarqalgan yaralari va boshqalar), ayolllar jinsiy a’zolari kasalliklari va unda o‘tkazilgan muolajalar natijasida, urogen, otogen, kriptogen yo‘llar orqali tarqalishi yoki kasallik jarrohlik amaliyotidan keyin rivojlanishi mumkin.

UAV bemorda sepsis mavjudligiga shubha qilgan xollarda uni zudlik bilan ixtisoslashtirilgan bo‘limga (reanimatsiya) yotqizishi lozim.

Uzoq muddatli isitmalash 15-20% hollarda chegaralangan o‘choqli yallig‘lanish oqibatida paydo bo‘ladi. Bemorda yiringli jarayon o‘chog‘i aniqlansa isitmalash sababini tashxislash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Lekin ayrim xollarda yiringli o‘choqni topishni imkoni bo‘lmasada (paranefrit, diafragma hamda jigar osti abssessi va boshqalar) remmitirlovchi isitmalash va yiringli jarayonga xos bo‘lgan leykotsitozni mavjudligi uni borligidan dalolat beradi.

Shuningdek isitmalashga yurak qon-tomir tizimi (yurak anevrizmasi, tromboflebit), ko‘krak qafasi (o‘pka abssessi va gangrenasi, yiringli bronxoektazlar, plevra empiemasi) va qorin bo‘shlig‘i (bakterial peritonit, virusli gepatit, o‘tkir va surunkali xolesistit, jigar, jigar osti, diafragma hamda toz sohasi abssesslari), siydik chiqarish yo‘llari (o‘tkir va surunkali pielonefrit, apostematoz nefrit, buyrak karbunqo‘li va sili, paranefrit) kasalliklarida, prostatitlarda, teri, teri osti yog‘ va suyak to‘qimasining infeksiyalarida (in’eksiya keyin xosil bo‘lgan infiltratlar, abssesslar hamda flegmonlar), yotoq yaralari, tish va jag‘ infeksiyasida (jag‘ osteomielitlari) ham sabab bo‘ladi.

Umumiy amaliyot vrachi birinchi navbatda isitmalashni qanday tabiatli ekanligiga shubhalanib shunga ko‘ra laborator – asbobiy tekshiruvlarni o‘tkazib uni tasdiqlashi lozim.

«Akliy Xujum» nomli ish uyinini o‘tkazish uslubi

"Akliy xujum" usuli.

Usulni asosiy koidalari:

- fikrlash kobiliyatini shakllantirishini tuxtatib kuyadigan tanbex va kamchiliklarni aytmaslik;

- uziga xos sifatli goyalarni shakllantirishni ragbatlantirish;

- turli takliflarni yechish;

- goyalarni kombinatsiyalash, ularni rivojlantirish;

- kiska javoblar, argumentatsiyasiz;

- guruxni ikki guruxga bulish; fikr beruvchilar va fikrni rivojlantirish;
Ushbu uyin uzining fikrinini nuktai nazarini shakllantirishga, optimal yechim xosil kilishga karatilgan.

Xar bir talabaga 1 savoldan beriladi.

.




Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

1

Nazariy qism

20-17,2

ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball


4.2 Taxlil qismi

4.2.1. Vaziyatli masalalar:

1. 43 yoshli erkak, mol fermasida ishlaydi, bezgak tutishi, sovuq qotishi, kuchli terlash, bel soxasidagi kuchli og‘riqlarga shikoyat qilib keldi. Ko‘rikda bo‘yin, jag‘ osti, qo‘ltiq, chov soxasidagi limfa tugunlari kattalashgan. Jigar qovurg‘a yoyi ostidan 5 sm ga pastda, taloq kattalashgan. Palpatsiyada: ko‘krak va bel sohasi umurtqalarining o‘siqlari og‘riqli. Bel sohasining teri osti kletchatkasi paypaslanganda og‘riqli tugunlar (fibrozitlar) aniqlandi. Yelka bo‘g‘imi sohasida periartrit holatlari bor. Umumiy qon tahlili: leykopeniya, limfotsitoz. R-grafiya: bel sohasi umurtqasida spondiloartrit.
1. Bo‘g‘im sindromi va limfoadenopatiya bilan kechadigan kamida 3 ta kasallikni ayting;

2 Sizning dastlabki tashhisingiz;

3. Qanday qo‘shimcha tekshiruvlarni o‘tkazish lozim (me’yorini ko‘rsating). Ulardan qaysi biri tashhis qo‘yishda hal qiluvchi o‘rin tutadi;

4.UASh taktikasi;

2. Bemor K., 32 yoshda, UAVga peshob ajralishining kamayishi, yuz va oyoklarida shishlar, tana xaroratining 39 S ko‘tarilishi, yurak soxasidagi og‘riqlar, yurak tez urishi, bo‘g‘imlarda og‘riqlar, sochlarning tukilishi shikoyatlari bilan murojaat qildi. Kasallik tarixidan: o‘zini 1,5 yildan beri kasal deb xisoblaydi, xastaligini ruxiy zuriqish bilan bog‘laydi. Ko‘zdan kechirganda: teri qoplamlari rangpar, yonoqlarida eritematoz toshmalar, yuz va oyoqlarida shishlar. O‘pkalarida vezikular nafas, quyi qismlarida jarangdor nam xirillashlar. Yurak chegaralari o‘rta umrov chizig‘idan 2 sm. chapga siljigan, tonlari bir oz bo‘g‘iqlashgan, aorta ustida II ton aksenti. Tomir urishi bir daqiqada 120 marta. AQB 160/120 mm.sim.ust. teng. Qorni yumshoq, og‘riksiz. Jigar va taloq kattalashmagan.

UQT: Nv – 90 g/l, erit. – 2,8 mln. leyk. – 4000, EChT – 38 mm/s.

UPT: nisbiy zich. – 1020, oqil – 0,66 %, leyk. – 3-4/1, erit. – 12-13/1, yassi sil. – 2-3/1, donador – 2-1/1.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan to‘rtta kasallikni sanab bering;

2. Birlamchi diagnoz;

3. Yukori axborotli tekshirish usullari;

4. Ushbu kasallikni Amerika revmatologlar assotsiyasi tomoonidan tavsiya etilgan kamida 10 ta diagnostik mezonini keltiring;

5. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;

3. Bemor 24 yoshda, UAVga kurak soxasida og‘riqlar, xarakat cheklanishi. Kasallik tarixidan: bir necha oy mobaynida subfebril tana xarorati bezovta qiladi, bir necha yil ilgari sil kasalligi bilan xasta bemor bilan aloqada bo‘lgan. Ko‘zdan kechirganda: bemor oriq. Teri qoplamlari rangpar. 6 – 7 ko‘krak umurtqalari oralig‘ida mushak tarangligi mavjud, turtib chiqqan o‘tkir o‘siqlar paypaslanganda og‘riqli. Umurtqa pog‘onasi ko‘krak qismi rentgenografiyasi: suyak o‘zgarishlari 6–7 ko‘krak umurtqalari qirrasi bo‘ylab joylashgan, umurtqalar aro disklar yemirilish jarayonida. Jaroxatlangan umurtqa tanasi yuza qismida yassilashgan, ponasimon shaklga ega.


1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan uchta kasallikni sanab bering;

2. Birlamchi diagnoz;

3. Yukori axborotli tekshirish usullari;

4. Ushbu bemordagi kasallikka diagnoz qo‘yish foydalaniladigan kamida beshta mezonni sanab bering;

5. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;

5. Bemor D., 24 yoshda, talaba UAV huzuriga tana xaroratining 38 S gacha ko‘tarilishi, teri sarg‘ayishi, bexollik, ko‘ngil aynashi, terida qichishish kabi shikoyatlar bilan keldi. Ko‘ngil aynishi, tana xarorati ko‘tarilishi kabi belgilar bir xafta davomida bezovta qilib, bemor o‘zini shu vaqt ichida xasta xisoblaydi. Yaxshilab surishtirilganda undan bir xafta oldin artralgiya kuzatilgan. Kechadan boshlab, teri qoplamlari va ko‘z sklerasi sarg‘imtir tusga kirgan. Bemor o‘rta to‘lalikda. Yurak, nafas a’zolari tomonidan o‘zgarishlar yo‘q. Tomir urishi bradikardiyaga moyil. AQB 110/70 mm.sim.ust. Qorni shishgan, paypaslaganda o‘ng qovurg‘a yoyi osti soxasi og‘riqli. Jigar qovurg‘a yoyi ravog‘idan 3 sm pastda, paypaslaganda yumshoq, qirralari silliq. Taloq paypaslanmaydi.


1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan uchta kasallikni sanab bering;

2. Birlamchi diagnoz;

3. Yukori axborotli tekshirish usullari;

4. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;

_________________________________________________________________

6. . Bemor K., Xindiston safaridan qaytgan. Kelganidan bir xafta o‘tgach, kechasi titroq, sovuq qotish, tana xaroratining 40 S gacha ko‘tarilishi, ter bosishi kuzatilgan. Xarorat 8 soat davom etib, so‘ng me’yoriga kelgan. Ikki kun o‘tgach, qayta tana xarorati ko‘tarilishi, titroq kuzatilgan. UAVga murojaat etgan. Ko‘zdan kechirganda: teri qoplamlari va ko‘rinarli shilliq qavatlari bir oz sarg‘imtir tusda. Jigar va taloq kattalashgan.


1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan to‘rtta kasallikni sanab bering;

2. Birlamchi diagnoz;

3. Yukori axborotli tekshirish usullari;

4. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;

_________________________________________________________________

7. Bemor N. 36 yosh, tana haroratini 37,7oS gacha qaltirash bilan ko‘tarilishi, holsizlik, tez-tez siyish, belda va ba’zan qorinda og‘riq shikoyatlari bilan UAShga murojaat qildi. Anamnezidan o‘zini uch kundan buyon kasal xisoblaydi, ammo mukammalroq so‘rab surishtirilganda so‘nggi to‘rt yilda yuqoridagi shikoyatlar ba’zan bezovta qilib turishi va tabiblarda davolanganligi aniqlandi. Ob’ektiv ko‘rikda yurak qon-tomir va nafas a’zolari tomonidan o‘zgarishlar yo‘q. Yurak urish soni bir daqiqada 88 ta. AQB 130/80 mm. sim. ust. Paypaslab ko‘rganda qorin yumshoq. Bel soxasini urib ko‘rish belgisi chap tomonda musbat.

UQT: Nv-105 g/l, eritr. – 3,7x1012, leyk. – 10,8x109, EChT-23 mm/ch

UPT: solishtirma og‘irligi-1018, oqsil-0,066‰, leykotsitlar 18-25/1, eritrotsitlar 4-6/1,bakteriyalar +++.

UTT chap buyrak kosa-jomcha senmentlari kengaygan va deformatsiyalangan.
1. Yuqoridagi belgilar kuzatiladigan kamida beshta kasallikni sanab bering;

2. Birlamchi diagnoz;

3. Diagnozni aniq tasdiqlash uchun qo‘llaniladigan qo‘shimcha tekshirish usullari;

4. Leykotsituriya manbaini aniqlash uchun qanday sinama o‘tkaziladi;

5. UASh taktikasi va davolash tamoyillari

8. 19 yoshli bemor, shamollashdan keyin tana xarorati ko‘tarilishi, diffuz xarakteriga ega bo‘lgan, ovqat iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan qorindagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar bilan UAShga murojaat qilgan. Anamnezidan surunkali tonziliti tez-tez xuruj qilib turgan. Oxirgi marta tana xarorati ko‘tarilishi xam shamollash bilan bog‘liq edi. Umumiy axvoli o‘rtacha og‘irlikda, teri nam, bo‘g‘imlarda og‘riqlar va tizza bo‘g‘imlarining shishganligi ko‘zatiladi. Oyoq va qo‘llarida, bosib ko‘rganda yo‘qolmaydigan simmetrik papulez – gemorragik toshmalar kuzatiladi. Yurak tonlari ritmik, taxikardiya, yurak cho‘qqisida sistolik shovqin, chap chegarasi 1,5 sm.ga kattalashgan, o‘pkada vezikular nafas. AQB 170/110 mm.sim.ust. Tili oq karash bilan qoplangan, qorni dam, palpatsiyada turli qismlarida xar xil intensivdagi og‘riqlar kuzatildi. Qorin pardasini tasirlanishi musbat.


1. Yuqorida keltirilgan simptomlar kuzatiladigan beshtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanab

o‘ting;


2. Sizning taxminiy tashhisingiz;

3. Ushbu kasallikning u yoki bu organni shikastlanishi bilan kechadigan 3ta klinik turini ayting;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;





Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

2

Vaziyatli masala

50-43 ball

42,5- 35,5 ball

35- 27,5 ball

27-18,5

ball

18 ball


Testlar

1. Krupoz pnevmoniyaning «ko‘yilish» bosqichiga xos belgi:

a) bronxial nafas olish

b) dag‘al nafas olish

v) krepitatsiya

g) tovushli nam xirillashlar

d) katta pufakchali nam xirillashlar
2. Krupoz pnevmoniyaga rentgenologik jihatdan xos:

a) soyalanishning aniq chegaralari

b) soyalanishning noaniq chegaralari

v) bir xil bo‘lmagan soyalanish

g) bir xil soyalanish

d) bulutsimon soyalanish


3. Mikoplazmali pnevmoniya ko‘proq kuzatiladi:

a) yozda


b) kuzda

v) qishda

g) bahorda

d) yil davomida bir xil


4. Gripp epidemiyasi kuzatilmagan xollarda pnevmoniyani ko‘pincha chaqiradi:

a) pnevmokokk

b) stafilokokk

v) streptokokk

g) Fridlender tayoqchasi

d) Iton mikoplazmasi


5. Klinik-rentgenologik belgilar saqlanib qolsa kuyidagi xolda pnevmoniyani kechishi cho‘zilib ketgan hisoblanadi:

a) 3 haftadan ko‘p

b) 4 haftadan ko‘p

v) 2 haftadan ko‘p

g) 1 xaftadan ko‘p

d) 15 kundan ko‘p


6.. Pnevmoniyaning barcha uchta qo‘zg‘atuvchisi – pnevmokokk, mikoplazma va legionellaga ta’sir qiladi:

a) gentamisnn

b) levomitsitin

v) metasiklin

g) ampioks

d) eritromitsin







Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball


4.2.2 organayzer grafigi: KLASTER.

Klaster ( klaster – o‘ram, bog‘lam) – axborotlarni yig‘ish saqlash xaritasi – birorta omil yoki fikr atrofida shunga yaqinlarini yig‘ib taxlash bilim olish faoliyatini kuchaytirib, erkin va ochiqchasiga mavzuga mos fikrlar berishga undaydi.

Klaster tuzish qoidalari bilan tanishtiriladi. Markazdagi doskaga mavzu va 1-2 ta kalit so‘zlari yoziladi.

Ushbu kalit so‘z atrofiga mavzuga bog‘liq aylana ichiga olingan “yo‘ldosh” deb ataluvchi kichik yozuvlar yoki takliflar yoziladi. Ular markaziy kalit bilan bog‘lanadi. Bunday xolatlarda kichik yo‘ldoshlarning yana bir necha mitti yo‘ldoshchalari bo‘lishi mumkin bo‘lib yozish to ular tugaguncha olib borilad




4.3. 4.3. AMALIY KISMI

Dars tugagach UASh uzlashtirishi kerak bulgan amaliy kunikmalar ruyxati

  1. isitmasi bor bemorlarda kurik utkazish.

  2. isitmasi bor bemorlarni laborator-instrumental malumotlarini tushuntirish.

.

Isitma

Noaniq tabiatli isitma, isitma infeksion kasalliklarda (bakterial, virusli ), isitma revmatik kasalliklarda va o‘smalarda.





Baho

A’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


5. Malaka, ko‘nikma va bilimni tekshirish usullari

ogzaki;


- yozma;

- vaziyatli masala;



- o‘zlashtirilgan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish

5.1. Kriterii otsenok znaniy i umenie prakticheskix navыkov studentov.



Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

1

Nazariy qism

20-17,2

ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball

2

Vaziyatli masalalar

50-43 ball

42,5- 35,5 ball

35- 27,5 ball

27-18,5

ball

18 ball

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


6. JORIY BAXOLASh MEZONLARI


Baho darajalari

Reyting

ballar

Talaba uzlashtirish xarakteristikasi.







20

Amaliy mashg‘ulotga qatnashish bali. Savollarga javob bermaydi. Amaliy ko‘nikmani bajara olmaydi.




Qoniqarsiz

20 - 54,9

Talaba qoniqarsiz javob beradi.

Talaba asosiy bilimlarga va ko‘nikmalarga ega emas. Shuningdek:

  • Noaniq tabiatli isitma termini haqida tushinchaga ega emas

  • Isitma turlarini bilmadi

  • Isitma bilan kechuvchi kasalliklarni sanab bera

  • Xavfli infeksion isitma kasalliklarini sanab berolmaydi

  • Infeksion isitmalarni tashxislash usullarini bilmaydi

  • Infeksion isitmalar qanday instrumental tekshiruv usullari qo‘llanilishini bilmaydi.

  • Infeksion isitmalarda qo‘llaniladigan dori vositalari guruxini bilmaydi

  • Infeksion isitmali bemorlar bilan muloqatni anamnez yig‘ishni bilmaydi

  • Infeksion isitmali bemorlar bilan muloqatda ular axvalini baholay olmaydi

  • Infeksion isitmali bemorlarga ratsional tekshiruv rejalarini tuza olmaydi.

  • Infeksion isitmalarni bir biridan taqqosla tashxislay olmaydi.




Talabalarning birlamchi bilim va ko‘nikmalarga ega ekanliklari




Qoniqarli
55-70,9%

55-60,9

Past sifatli qoniqarli javob Talabaa asosiy bilimlar va kunikmalar yega bo‘lishga xarakat qiladi, lekin jabov berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadi.




61-65,9

Urta sifatli qoniqarli javob.

Talabaa asosiy bilimlarga va ko‘nikmalar yega, lekin jabov berishda yoki ko‘nikmalarni bajarishda xatolarga yo‘l qo‘yadi.






66-70,9


Yukori sifatli qoniqarli javob. .

Talaba asosiy bilimlar va kunikmalarga ega:



  • Noaniq tabiatli isitma termini haqida tushinchaga ega

  • Isitma turlarini biladi

  • Infeksion isitmalar farqini biladi

  • Infeksion isitmalarni tashxislash usullarini biladi

  • Infeksion isitmalar qanday instrumental tekshiruv usullari qo‘llanilishini biladi.

  • Infeksion isitmalarda qo‘llaniladigan dori vositalari guruxini biladi

  • Infeksion isitmali bemorlar bilan muloqatni anamnez yig‘ishni biladi

  • Infeksion isitmali bemorlar bilan muloqatda ular axvolini baholay oladi

  • Infeksion isitmali bemorlarga ratsional tekshiruv rejalarini tuza oladi.

  • Infeksion isitmalarga taqqoslama tashxis o‘tkaza oladi




Yuqori barajadagi bilim




Yuqori barajadagi bilim

Yaxshi
71-85,9%


71-75,9

  • Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) 66-70,9» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega

  • Infeksion isitma etiologiya va patogenezini biladi.

  • Infeksion isitmada qo‘llaniladigan dori vositalarining ta’sir mekxanizmini biladi.

  • Isitmalash bilan og‘rigan bemorga dorilarni to‘g‘ri tanlay oladi.




76-80

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) 71-75,9» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Infeksion isitma rivojlanish patogenezini biladi.

  • Turli tabiatli isitmalashda birlamchi , ikkilamchi va uchlamchi profilaktika usullarini biladi.




81-85,9

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) + «71-75,9» va «76-80» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini qo‘llagan xolda medikamentoz va nomedikamentoz davolash masalalari bo‘yicha konsultatsiya o‘tkaza oladi.

  • Infeksion isitmani dispanserizatsiya va reabilitatsiya tamoillarini biladi.





A’lo

86-100%

86-90

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) +«81-85,9» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Infeksion isitmani davolash tamoillarini biladi.

  • Infeksion isitmani davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini nojo‘ya ta’siri biladi

  • Infeksion isitma to‘g‘rida internet saytlarida ishonarli ma’lumotlar biladi.





91-95


Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) + «86-90, bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Infeksion isitma rivojlanish etiopatogenezini chuqur biladi

  • Infeksion isitma laboratorno-instrumental tekshiruv usullarrini biladi.




96-100

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) + «91-95 bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Ilmiy isbotlangan dalillar va qo‘shimcha bilan javob beradi (maqola va internet)

  • Ingiliz tilida shikoyat, anamnez yig‘di va qisqa bo‘g‘im sindromi haqida gapirdi

  • Mavzuni auditoriyaga tushinarli qilib yangi ped texnologiyani qo‘llagan xolda tushintirdi.




Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish