«tasdiqlayman»


Prakticheskoe zanyatie №3



Download 3,06 Mb.
bet6/10
Sana22.06.2017
Hajmi3,06 Mb.
#11947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Prakticheskoe zanyatie №3

Tema: «noaniq genezli isitmalash. Xarakter, isitma turlari, isitmalashda tekshiruv rejasi. UASh taktikasi. Tor mutaxassisga yuborish yoki maxsus bo‘limga gospitalizatsiya qilishga ko‘rsatmalar. QVP yoki QP sharoitlarida davolash tamoyillari, dispanser kuzatuv, nazorat va reabilitatsiya. Profilaktika tamoyillari. O‘rganiluvchi mavzu tamoyillari.”
O‘qitish texnologiyasi


O‘quv vaqti: 6,4 soat

O‘qish mashg‘ulotlari strukturasi.

1.O‘quv tematik kabinet.

2.UASh kabineti.

3.O‘quv qo‘llanmalari, fantomlar, mulyajlar, tarqatma material, vaziyatli masala va testlar to‘plami

4.Televizor, video apparatura, multimedia




O‘quv mashg‘uloti maqsadi: UAShga isitma turlarini va noaniq tabiatli isitma bilan bog‘liq bo‘lgan xollarda tekshiruv rejalarini tuzishni o‘rgatish, ushbu bemorlarni “Umumiy amaliyot shifokorining kvalifikatsion xarakteriktikasi”bo‘yicha QVP OP sharoitada olib borish.

  • Pedagogik vazifalar:

  • Noaniq tabiatli isitma diagnostikasi savollarni ko‘rib chiqish.

  • Noaniq tabiatli isitma klinik-laborator-instrumental tekshiruvlarni muxokama qilish.

  • Noaniq tabiatli isitma differensial diagnostikasi

UASh kvalifikatsion xarakteristikasi doirasida taktika olib borish savollarini muhokama qilish.



  • Davolash usullarini muhokama qilish(medikamentoz va nomedikamentoz)

  • QVP vaOP sharoitida bemorlarni kuzatish va monitoring o‘tkazish usullarini muhokama qilish

  • Mazkur kasalliklarning birlamchi,ikkilamchi va uchlamchi profilaktika usullarini muhokama qilish.

O‘quv jarayoni natijalari:

UASh bilishi kerak:

  • Noaniq tabiatli isitma mexanizmi va kelib chiqish sabablari

  • Noaniq tabiatli isitma klinik ko‘rinishlari.

  • Noaniq tabiatli isitma diagnostikasi .

  • Noaniq tabiatli isitma differensial diagnostikasi.

  • Mazkur kasalliklarda davolash tamoillari(medikamentoz va nomedikamentoz).

  • QVP vaOP sharoitlarida bemorlarni dispanser kuzatuvi va monitoring usullari

  • Mazkur kasalliklarning birlamchi ikkilamchi va uchlamchi profilaktika usullari.


UASh bajara olishi kerak:

  • Noaniq tabiatli isitma bilan kechadigan kasalliklarni tashhisida mavjud shikoyat va anamnezlarni e’tiborga olish.

  • Diareyani laborator­­-instrumental tekshiruvlar va klinika bo‘yicha tashhislash va qiyosiy tashhislash.




  • Noaniq tabiatli isitmani davolashda medikamentoz dori vositalarini to‘g‘ri tanlash.

  • Davolashning nomedikamentoz usuli bilan konsultatsiya qilish.

QVP vaOP sharoitlarida monitoring o‘tkazish.




O‘qitish usullari

«rotatsii» usuli, piramida, namoyish etish, video ko‘rish, munozara,suhbat, testlarni yechish va situatsion masalalar.




O‘quv ishlarini tashkillashtirish shakllari

Yakka tartibda ishlash, guruhlarda ishlash, kollektiv, auditoriya, auditoriyadan tashqarida.




O‘qitish vositalari

Tarqatma o‘quv materiallari,viziual materiallar, videofilmlar, mulyajlar, grafik organayzerlar, tibbiyot kartalari komplektlari, jadvallar, stendlar




Qayta bog‘lanish vositalari va imkoniyatlari

Blis-o‘yin, testlashtirish, prezentatsiya o‘qish vazifalarini bajarish natijalari, tibbiyot varaqalarini to‘ldirish, “mutaxassislik so‘rovnomasi”amaliy ko‘nikmasini to‘ldirish.





Mashg‘ulotning texnologik xaritasi

Mavzu: «noaniq genezli isitmalash. Xarakterlari, isitma turlari, isitmalashda tekshiruv rejasi. UASh taktikasi. Tor mutaxassisga yuborish yoki maxsus bo‘limga gospitalizatsiya qilishga ko‘rsatmalar. QVP yoki QP sharoitlarida davolash tamoyillari, dispanser kuzatuv, nazorat va reabilitatsiya. Profilaktika tamoyillari. O‘rganiluvchi mavzu tamoyillari.”




Amaliy mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakllari

O‘tkazish joyi

Mashg‘ulot davomiyligi

225

1

Kirish qismi(mavzu bilan tanishish)




10

2

Yangi pedagogik texnologiya qo‘llagan holda amaliy mashg‘ulotlar mavzularini muhokama qilish ( «rotatsii »usuli), shuningdek demonstratsion materiallar (tibbiyot kartalari komplektlari , jadvallar, plakatlar, rentgenogrammalar), natijaviy darajalarni aniqlash.

So‘rov,muhokama

O‘quv xonalari,UASh kabinetlari.

40

3

Muhokama xulosasi.




10

4

Amaliyot bosqichini bajarish uchun vazifani aniqlash- mutaxassislik so‘rovi. Tibbiyot varaqalarini to‘ldirishda berilgan vazifalarni bajarish uchun tushuntirish va tavsiyalar.

Muhokama

UASh xonasi

20

5

O‘qituvchi kuzatuvi ostida amaliy qismni olib borish

Mutaxassis.So‘rov,Tibbiyot varaqalarini to‘ldirish va bemorlar bilan suhbat, vaziyatli masalalar.

Bemorni poliklinikada qabul qilish, uyda ko‘rik.




20

6

Bemorlarni tekshiruv interpretatsiyasi- shikoyatlar, ko‘zdan kechirish,bemorlar palpatsiya, perkussiya, auskultatsiyasi, UQA,USA va bioximicheskie analiz tekshiruvi va tashhis qo‘yish.

Kasallik tarixlari,

Vaziyatli masalalarning laborator ma’lumotlari.




25

7

Talabalarni nazariy,amaliy bilimlarini muhokama qilish,materialni mustahkamlash,bilimlarni baholash darajalarini aniqlash.


Oraliq nazorat, testlar, muhokama, amaliy ko‘nikmalar.

Poliklinika o‘quv xonasi.

75

8

Amaliy mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha xulosa chiqarish,100 balli sistema asosida baholarni e’lon qilish.Keyingi mashg‘ulot uy vazifasi.(nazorat savollari)

Mustaqil ish bo‘yicha savollar va ma’lumot berish. Poliklinika o‘quv xonasi.

25


2. Motivatsiya

Diareya shikoyati bilan bemorlar ko‘pincha birinchi bo‘lib UAShga murojaat qilishadi. Bu xolatda UASh etibori QVP sharoitida birlamchi yordam ko‘rsatish uchun yoki maxsus statsionarga yullanma berish uchun qabziyat bilan bog‘liq turli xil kasalliklar diagnostikasiga qaratiladi. Bu xol UASh tayyorlash dasturida ushbu mavzuni qo‘shilishiga asos bo‘ladi.



3. Fanlar aro va fan ichida bog‘liqlik

Anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya, Biologiya, Normal fiziologiya, Bioximiya,. Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Ichki kasalliklar propedevtikasi, Tuberkulez,. Onkologiya, Rentgenologiya va Tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya.



4. Dars mazmuni

4.1. Nazariy qism
Isitmalash – tana haroratining me’yoridan yuqori ko‘tarilishi hisoblanib ayrim hollarda kasallikning yagona belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ilmiy man’balarda yoritilishicha birlamchi tizimga murojaat qilgan bemorlarining 10%da tana haroratining ko‘tarilishi qayt etiladi. Isitmalash organizmning himoya vositalaridan biri bo‘lib, makrofaglar va antitelalar faollashuvini oshirish bilan bir qatorda viruslarning replikatsiyalanishiga to‘sqinlik qiladi.

Simulyatsiya


Dori vositasilarining nojo‘ya ta’siri

O‘pka kasalliklari


  • O‘pka abssesi

  • Sil

  • Sarkoidoz

  • O‘pka raki

Yiringli infeksiya


  • O‘pka abssesi

  • Poddiafragmal absses

  • Jigar abssesi

  • Paranefrit

  • O‘t pufagi empiemasi

Xavfli o‘smalar

  • Jigar

  • Buyrak

  • Oshќozon

  • Oshќozon osti bezi

  • Limfoma va limfagranulamatoz

  • Leykoz

  • Parodontit

  • Limfa tugunlari kattalashishi

  • Limfoma va limfagranulamatoz

  • Leykoz

  • OITS-infeksiya



  • Sarkoidoz

  • Infeksion mononuklez



  • Yurak ќon tomir kasalliklari

  • Infeksion endokardit

Davomiyligiga ko‘ra isitmalashni qisqa ( 4 kundan kam), o‘rtacha (4-14 kun) va uzoq muddat (14 kundan ko‘p) kechuvchi turlari farqlanadi. Qisqa muddatli isitmalash UAV faoliyatida ko‘p uchraydi va uning asosiy sababi o‘tkir respirator infeksiyalar bo‘lsada, boshqa yuqumli kasalliklarni ham (zotiljam, siydik yo‘llari infeksiyasi va boshqalar) nazardan qochirmaslik lozim. O‘rtacha muddatdagi isitmalash gripp, sinusit, yuqumli mononukleoz, enterovirusli infeksiya, bakterial endokardit, periodontit, virusli gepatit, xolesistit, o‘t yo‘llari empiemasi, abssesslar, o‘tkir salpingooforit, endometrit, sitomegalovirusli infeksiya, qorin tifi, bezgak, zoonozlar (brusellez va leptospiroz) va qator boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Uzoq muddatli isitmalash ayrim yuqumli kasalliklarda [sil, brusellez, orttirilgan immun tanqislik sindromi (OITS)], biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarida, yomon sifatli o‘smalar va leykozlarda qayd etiladi.

Davomiylik muddatidan tashqari tana haroratining ko‘tarish darajasiga qarab isitmalashni subfebril (37-37.90 S), febril (38-39.90 S) va gektik (40 -40.90 S) kechishi farqlanadi. Ayrim bemorlarda gipertermiya ya’ni o‘ta yuqori isitmalash (410 Sdan yuqori) kuzatilib bu xolat issiq haroratda uzoq qolganda, yomon sifatli o‘smalarda, ba’zi infeksiyalarda, gemorragik insult oqibatida gipotalamus zararlanganda uchraydi.



  • Isitmalash muddati va uning darajasi bir necha kun davomida tana haroratini qayd etish varaqasida belgilab borilsa ma’lum egri chiziqlar xosil bo‘ladi va ularning taxlili asosida ayrim xollarda shifokor taxminiy tashxisiy xulosalar chiqarishi mumkin

Uch va turt kunlik tanaffusdan keyingi isitmalash (1 rasm a) bezgak kasalligiga xos bo‘lib tana harorati har uch yoki to‘rt kundan keyin ko‘tarilib turadi.

To‘lqinsimon isitmalashda (1 rasm b) tana haroratini sekinlik bilan juda yuqori darajagacha ko‘tarilib, bir necha kun saqlanib turgandan so‘ng qanday ko‘tarilgan bo‘lsa shu xolatda me’yorigacha tushishi hamda ma’lum vaqtdan keyin ushbu jarayonning yana qayta takrorlanishi kuzatiladi. Isitmalashning bu turi asosan surunkali brusellez va limfogranulematoz kasalliklarida uchraydi.

Doimiy isitmalashda (1 rasm v) tana harorati ko‘rsatkichi baland bo‘lib, uning me’yoridan yuqoriga tebranish darajasi kun davomida 10S dan oshmaydi. Bu turdagi isitmalash odatda virusli infeksiyalarda (masalan grippda) kuzatiladi.

Remittirlovchi isitmalashda (1 rasm g) kun davomida tana haroratining me’yoridan yuqoriga tebranish darajasi 10Sdan yuqori, lekin 20Sdan oshmaydi. Bu ko‘rinishdagi isitmalash yiringli infeksiya (toz suyagi abssessi, o‘t pufagi empiemasi, yarali infeksiya va boshqalar) hamda xavfli o‘smalarda uchraydi.

Yuqorida keltirilganlardan tashqari tebranuvchi, qaytalovchi, holsizlantiruvchi va noto‘g‘ri isitmalash egri chiziqlari farqlanadi va ular haqida qo‘yida biz qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.



Tebranuvchi isitmalashda tana haroratini kun mobaynida me’yoridan yuqoriga tebranish darajasi 10Sdan ko‘p va unda minimal kunlik ko‘rsatkichi 370Sdan yuqori bo‘lib, sitomegalovirusli, mononukleozli va yiringli infeksiyalarga (masalan, xolangitda) xos.

Qaytalovchi isitmalashda tana haroratini to‘satdan yuqoriga ko‘tarilib (isitmalash davri) bir necha kun davomida saqlanishi va undan so‘ng shunday tezlikda me’yorigacha tushib ma’lum muddat shu xolatda turishi (isitmasiz davr) hamda unga ushbu jarayonni qayta-qayta takrorlanishi xarakterli. Isitmalash egri chizig‘ining bunday ko‘rinishi deyarli barcha xollarda asosan qaytalanuvchi tif kasalligida qayd etiladi.

Holsizlantiruvchi yoki gektik isitmalashda tana haroratining me’yoridan yuqoridagi kunlik tebranish darajasi 3-50S tashkil etadi. Bunday isitmalash sil va sepsis kasalliklarida uchraydi.

O‘zgargan shakldagi isitmalashda ertalabki tana haroratining kechkiga nisbatan yuqori bo‘lishi kuzatiladi (sog‘lom odamlarda tana harorati ertalab kechkiga nisbatan pastroq bo‘ladi). Bu turdagi isitmalash sil, sepsis va yomon sifatli o‘smalarda bo‘lishi mumkin.

Noto‘g‘ri isitmalash tana haroratining kecha kunduz ko‘tarilishidagi mutonosiblikning yo‘qolishi bilan xarakterlanadi. Bunday turdagi isitmalash meningit, gripp va boshqa kasalliklar uchun xosdir


Obe’ktiv tekshirish quyidagi tartibda o‘tkaziladi hamda ularning har biriga sinchkovlik bilan alohida ahamiyat beriladi.

teri ko‘rigi (toshmalar);

- burun bo‘shlig‘i atrofi ko‘rigi va palpatsiyasi;

- og‘iz bo‘shlig‘i va tishlar ko‘rigi (periodontit);

- yurak auskultatsiyasi (yurak va perikard ishqalanish shovqinlari;

- nafas yo‘llari tekshiruvi (o‘pka to‘qimasining qattiqlashish belgilari, plevrit);

- qorin sohasi ko‘rigi va palpatsiyasi (jigar, taloq va buyrak paypaslanganda ularning kattalashishi va og‘riqli sohalarning aniqlanishi);

- rektal va vaginal tekshiruv;

- limfa tugunlari palpatsiyasi;

- oyoq tomirlari ko‘rigi (tromboz).



Laborator va asbobiy tekshiruvlar

Asosiy laborator va asbobiy tekshiruvlar:

- umumiy qon taxlili (gemoglobin, rang ko‘rsatkich, leykotsitlar, EChT);

- siydik taxlili (umumiy taxlil va uni ekish);

- qon biokiyoviy taxlili;

- qonni ekish;

- ko‘krak qafasi va burun bo‘shliqlari rentgenografiyasi;

- axlatni mikroskopik tekshirish va ekish;

- balg‘am taxlili (agar bo‘lsa);

- qorin tifi, yuqumli mononukleoz, brusellez, sitomegalovirusli infeksiya, toksoplazmoz va zahmni tashxislashdagi o‘tkaziladigan maxsus tekshiruvlar;

- OITS antitelasiga qon taxlili;

- immunnologik buzilishlarni aniqlash uchun o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tekshirishlar [revmatizm, sistemali qizil volchanka (SQV) va boshqalar];

- tuberqo‘linli sinama;

- oshqozon ichak tizimini rentgenokontrast tekshiruv;

- ultra tovush tekshiruvi

- hosiladan punksiya qilib olingan materialni sitologik tekshirish;



- laparoskopiya;

- biopsiya, masalan kattalashgan limfa tugundan, teri, jigar, suyak ko‘migidan gistologik tekshirish uchun.

Yuqorida sanab o‘tilgan laborator – asbobiy tekshiruvlar u yoki bu kasallikka xos anamnez, klinik belgilar bo‘lganda uni tasdiqlash uchun aniq ko‘rsatmalar asosida o‘tkaziladi
Noaniq tabiatli isitmalash

Quyidagi xolatlarda isitmalash noma’lum tabiatli deb ataladi:

- tana harorati 380 S dan yuqori bo‘lsa;

- uning davomiyligi 3 xaftadan uzoq cho‘zilsa;

- shifoxona sharoitida bemor o‘ta sinchkovlik bilan tekshirilishiga qaramasdan uning sababi bir xafta mobaynida aniqlanmasa.

UAV bemorda noaniq tabiatli isitmalashga shubha qilganda kam uchraydigan kasalliklar to‘g‘risida emas balki, birinchi navbatda keng tarqalgan patologik jarayonlar (ularni atipik kechishi) haqida o‘ylashi lozim. Uning sababini aniqlashda sinchkovlik bilan yig‘ilgan anamnez ( ilgari o‘tkazilgan kasalliklar, kasbi - xayvonlar bilan ishlashi, yaqin orada safarda bo‘lganligi va boshqalar) muhim ahamiyatga ega.


GALEREYa BO‘YIChA «TUR USULINI» QO‘LLANILIShI
Maksad: berilgan muammo bo‘yicha talabalarni mallumotlarni kritik Baholashga o‘rgatish. Bunda talabalarga fikrlash uchun vakt beriladi sungra 2, 3, 4, 8, kichik guruxlarda muxokama o‘tkazish boshlanadi , kachonki uyinda barcha gurux ishtrok etmaguncha bu usul xar bir talabaga o‘z nuqtai nazarini aytib bera olish kobiliyatini beradi. O‘qituvchi talabalarga konkret vazifa beradi. O‘qituvchi talabalarga gurux tuzib olishini aytadi.

Sungra esa xar-bir gurux yechgan masalani almashishi aytiladi

Auditoriyada bir necha raqamlangan mashqlar osib qo‘yiladi. Xar bir kichik gurux (2-3 kishi)ga 10 minut vaqt muxokama uchun beriladi, xar bir mashq uchun keyin kollektiv bo‘lib javoblar ichidan sifatlisini tanlab olinadi



Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

1

Nazariy qism

20-17,2

ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball


4.2 Taxlil qismi

4.2.1. Vaziyatli masalalar:

Vaziyatli masalalar.

1. Bemor 68 yoshda, UAVga tana xararatining qaltiroq bilan ko‘tarilishiga, kurak soxasida doimiy og‘riq, tunlari kuchayishi, tana vaznining kamayishi, bir necha oy mobaynida noxushlik xissiga shikoyatlar bilan murojaat qildi. Kasallik tarixidan: surunkali bronxit bilan og‘riyda va uzoq yillar tamaki chekadi. So‘nggi yillar ichida tekshiruvdan o‘tmagan. Tana vazni 10 kg ga kamaygan. Ko‘zdan kechiraganda: bemor oriq, teri qoplamlari rangpar, zaxil (yersimon rangda), tinch xolatda xansirash. O‘pkalarida sustlashgan veziqo‘lyar nafas asosida tarqoq quruq xirillashlar, chap kurak osti soxasida nafas eshitilmaydi. Yurak tonlari bir oz bo‘g‘iqlashgan. Jigar qovurg‘a yoyi ravog‘idan 5 sm turtib chiqqan, paypaslaganda sezgir, qattiq.

UQT: Nv-83 g/l, erit.-3,2*10-12, leyk.-9,7*10-9, t/ya-7%, s/ya-49%, eoz.-4%, limf.-39%, mon.-1%, EChT-43mm/s. Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi: bronx-o‘pka surati deformatsiyasi, ildiz oldi limfa tugunlari kattalashgan, limfangait, chap o‘pka quyi bo‘lagi atelektazi, uning yuqorisida noaniq chegarali soyalanish, o‘ng o‘pka surati o‘tkazuvchanligi yuqori darajada.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan to‘rtta kasallikni sanab bering;

2. Birlamchi diagnoz;

3. Yukori axborotli tekshirish usullari;

4. Diagnozni aniqlash uchun Siz bemorni qaysi yuqori axborotli qo‘shimcha tekshirishga yuborasiz;

5. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;

____________________________________________________________________________

3. 18 yoshli qizda dengiz soxilida yozgi dam olishdan so‘ng yuzida eritema, poliartrit, soch to‘qilishi, yurak urishi, tana xarorati 39 S gacha ko‘tarilishi kuzatildi va UAVga murojaat qildi.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan to‘rtta kasallikni sanab bering;

2. Birlamchi diagnoz;

3. Yukori axborotli tekshirish usullari;

4. Ushbu kasallik qaysi guruxga kiradi. Ushbu guruxga kiradigan kamida uchta kasallikni sanab bering;




SKV, SSD, revmatizm, revmatoidnыy artrit

20

SKV, akt. faza, ostroe techenie (kardit, lyupus-dermatit, poliartrit)

20

OAK,OAM, ostrofazovыe pokazateli, obщiy belok, belkovыe fraksii, immunologicheskie issledovaniya krovi, krov na LE-kletki, antinuklearnыy faktor, antitela DNK, immunoglobulinы, sirqo‘liruyuщie immunnыe kompleksы, EKG, ExoKG

20

DBST - SKV, SSD, Dermatomiozit

20

Gospitalizatsiya v revmatologicheskoe otdelenie

20
5. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;
32. Bemor 56 yoshda, 2-3 kun oldin 2 soat davomida quyoshda turgach, ko‘zlari atrofida qirmizi rangga ega shish, yuzida eritema, mushaklarda og‘riq, mushak sustligi, tana xaroratining 39 S gacha ko‘tarilishi yuzaga keldi. UAV ga murojaat qildi.
1. Ushbu shikoyatlar qaysi kasallikda uchrashi mumkin;

2. Birlamchi diagnoz;

3. Yukori axborotli tekshirish usullari;

4. Ushbu kasallik diagnozini qaysi tekshirish usuli yordamida aniq tasdiqlash mumkin va bu kasallikda qonda qaysi mushak fermenti oshadi;

5. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;
33. Bemor 34 yoshda, bir yil avval abort amalga oshirilgan. Shundan so‘ng tana xarorati ko‘tarilishi, sovuq qotish bezovta qilgan. Ginekologda endometrit tashxisi bilan davolangan. Bir oy o‘tgach, bo‘g‘imlari, mushaklarida og‘riq, karaxtlik, oyoq-qo‘llarining sovuq qotishi paydo bo‘lgan. Ayni vaqtda UAV xuzuriga tizza va qo‘llarining mayda bo‘g‘imlarida og‘riqlar, dag‘al taomning yutish mushqo‘lligi, umumiy xolsizlik, tana xarorati ko‘tarilishiga shikoyatlar bilan keldi. Bemor o‘zida qizilo‘ngach raki extimolidan xavfda. Ko‘zdan kechirganda: teri qoplamlari rangpar, qo‘l barmoqlari sovuq, qo‘ltiq osti limfa tugunlari kattalashgan, og‘riqsiz. Bo‘g‘zi toza. O‘pkalarida veziqo‘lyar nafas. Yurak tonlari bir oz bo‘g‘iqlashgan. Tomir urishi bir daqiqada 80 marta, ritmik. AQB 100/60 mm.sim.ust. Qorni yumshoq, og‘riqsiz.
1.Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchraydigan kamida to‘rtta kasallikni sanab bering;

2.Birlamchi diagnoz;

3. Ushbu kasallikda ko‘proq qaysi ichki a’zolar shikastlanadi va kasallikka xos bo‘lgan kamida beshta belgini sanab bering;

4. Kasallikni tasdiqlash uchun o‘tkazilishi lozim bo‘lgan axborotli tekshirish usullari va ular ichidan xal qiluvchi ahamiyatga ega ekani;

5. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi va davolash tamoyillari;
_______________________________________________________________________

523 yoshli bemor ayol boldir va tizza bo‘g‘imlarining shishi va og‘rig‘iga, ko‘zlardagi og‘riqqa, yurak soxasida sanchuvchi og‘riqlarga, yurak urib ketishiga shikoyat qilib UAShga murojaat qildi. Kasallik shamolashdan so‘ng 2 xafta o‘tgach boshlandi. Avval ko‘z yoshlanishi va og‘riq paydo bo‘ldi, keyin esa bo‘g‘imlari shishdi. 2 kun davomida tana xarorati ko‘tarildi. Ob’ektiv ko‘rikda: blefarokon’yunktivit belgilari, bo‘g‘imlar soxasida shish, yurak cho‘qqisida sistolik shovqin. YuQS – bir daqiqada 100ta, ritmik. EKG da: o‘ng ko‘krak tarmoqlarida manfiy T tishchasi. EChT-30 mm/s. ASLO-250bir, S reakt.oqsil+, DFA–0,27. LOR ko‘rigi: surunkali tonzilit. Bemor so‘ziga ko‘ra ushbu xolat 2 yildan beri kuz faslida takrorlangan.

1. Yuqorida keltirilgan simptomlar kuzatiladigan uchtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanab

o‘ting;


2. Sizning taxminiy tashhisingiz;

3. Ushbu kasallikning birlamchi profillaktikasini olib borishni batafsil bayon qiling;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;
4. 24 yoshli bemor ayol bo‘g‘imlardagi og‘riqlarga, tana xaroratini ko‘tarilishiga, yo‘tal, ko‘ngil aynash, qayt qilish, ko‘rish qobiliyatini pasayishiga, teri qoplamlarining qichishi va soch to‘qilishiga shikoyat qilib UAShga murojaat qildi.O‘zini bir necha yildan beri kasal deb xisoblaydi. Ob’ektiv ko‘rikda umumiy axvoli o‘rtacha og‘irlikda. Teri va shilliq qavatlar rangpar. Yuzida eritematoz toshmalar. Quyosh nuri ta’sirida terisida pufakchalar paydo bo‘ladi. O‘ng o‘pkaning pastki qismida perkutor bo‘g‘iq tovush, auskultatsiyada veziqo‘lar nafas susaygan, yakka nam xirillashlar. Yurak chegaralari chapga 1,5 sm ga kengaygan. YuQS bir daqiqada 90ta, ritmik. AQB 110/60 mm.sim.ust. Yarali stomatit. Qorni yumshoq, epigastral soxada og‘riq kuzatiladi. Jigar +4 sm.

UQT: Nv-60 g/l, er –2,5 mln, leyk.-4 ming. EChT-40 mm/s. Qonda mochevina - 10 mmol/l; kreatinin - 0,8 mmol/l. UPT: solishtirma og‘irligi -1012, oqsil -2,65%, er -10-12, silindrlar – gialinli, donador.


1. Yuqorida keltirilgan simptomlar kuzatiladigan beshtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanab

o‘ting;


2. Sizning taxminiy tashhisingiz;

3. Ushbu kasallikda bo‘g‘imlarning shikastlanishi qanday o‘ziga xos xususiyatga ega (3tadan kam bo‘lmagan xos belgini ko‘rsating);

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;

_________________________________________________________________________

7. 22 yoshli bemor UAShga zo‘riqishda paydo bo‘ladigan nafas siqishi, yuragini utib ketishi, yurak soxasidagi og‘riqlar, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, tana xaroratini 37,5S gacha ko‘tarilishiga shikoyat qilib keldi. Ob’ektiv ko‘rikda: axvoli qoniqarli, lablari ko‘kargan, o‘pqada tarqalgan quruq xirillashlar. Auskultatsiyada: yurak cho‘qqisida birinchi tonning bir oz kuchaygani va sistolik shovqin eshitiladi. Rentgenologik tekshiruvda: kontrast modda yuborilganda, qizil o‘ngach kichik radius yoyi bo‘yicha og‘gan. EKGda: mersal aritmiya.
1. Yuqorida keltirilgan simptomlar kuzatiladigan uchtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanab

o‘ting;


2. Sizning taxminiy tashhisingiz;

3. Ushbu kasallikda bo‘g‘mlarning shikastlanishining uchtadan kam bo‘lmagan belgalarin ko‘rsating;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;
8. 39 yoshli bemor UAShga tana xarorati 39 S ga ko‘tarilishi, mushaklardagi og‘riq, qo‘l va oyoq panjalarida assimetrik polinevrotik og‘riqlarga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan bemor uch oy ichida 10 kg ga ozib ketgan, AQB 200/140 mm.sim.ust. gacha kutarilgan, yurak chegaralari chapga 2 sm ga kengaygan, yurak cho‘qqisida sistolik shovqin, jigar o‘lchamlari Kurlov bo‘yicha 10-9-8 sm, taloq paypaslanmaydi. UQT: gemoglobin 125 g/l, leykotsitlar 16,5*109 l, EChT 42 mm/soat, HbsAg musbat. Siydik taxlili: solishtirma og‘irligi 1014, oqsil 0,099‰, koptokchalar filtratsiyasi 85ml/daqiqada. EKG: chap qorincha gipertrofiyasi, chap qorinchaning oldingi septal qismi miokardida o‘choqli o‘zgarishlar aniqlandi.
1. Yuqorida keltirilgan simptomlar kuzatiladigan beshtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanab

o‘ting;


2. Sizning taxminiy tashhisingiz;

3. Ushbu kasalikka xos to‘rttadan kam bo‘lmagan klinik sindromlarni sanab o‘ting;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;




Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

2

Vaziyatli masala

50-43 ball

42,5- 35,5 ball

35- 27,5 ball

27-18,5

ball

18 ball


Testlar

1. Tana haroratini ma’lum bir qonuniyatsiz kun davomida bir oz yoki juda yuqori ko‘rsatkichlarga ko‘tarilishi qaysi turdagi isitmaga xos:

a) remitirlovchi

b) gektik

v) to‘lqinsimon

g) noto‘g‘ri

d) almashib turuvchi
2. Noma’lum etiologiyali isitmaga xos:

a) tana haroratini 38ºS dan yuqori bo‘lishi

b) tana harorati 37ºS bo‘lib 1ºS va undan ko‘proqqa o‘zgarib turadi

v) isitma 3 xaftadan ko‘p davom etishi

g) o‘zoq vaqt davom etgan subfebrilitet

d) shifoxonada 3 kun davomida chuqur tekshirishlar o‘tkazilgandan keyin ham sababi noaniqligicha qoladi

ye) shifoxonada bir hafta davomida chuqur tekshirishlar o‘tkazilgandan keyin ham sababi noaniqligicha qoladi
3. 23 yoshli erkak tizza va boldir tovon bo‘g‘imlaridagi og‘riqlarga shikoyat kiladin, tana xarorati 37.5°S gacha ko‘tariladi, siyishi og‘riqli, uretradan yiringli ajralmalar. Xozirgi paytda surunkali gonoreya diagnozi bilan teri-tanosil kasalliklari dispanserida davolanmokda. Bemorda qanday kasallik borligi to‘g‘risida uylash lozim:

a) reyter sindromi

b) gonokokkli uretrit

v) gonokokkli poliartrit

g) revmatik xujum

d) revmatoidli poliartrit


4. Brusellezli artritga quyidagilardan qaysi biri xos:

a) limfopeniya

b) limfa tugunlarining kattalashishi

v) leykotsitoz

g) to‘lqinsimon isitmalash

d) bo‘g‘imlar deformatsiyasi

5. Gonoreyali artritga xos bo‘lgan belgilar:

a) yuqori darajadagi isitmalash

b) ko‘chib yuruvchi artrit

v) ko‘proq tizza va boldir tovon bo‘g‘imlarining zararlanishi

g) subfebril isitmalash

d) ko‘chib yuruvchi artralgiya

ye) ko‘proq qo‘l barmoq bo‘g‘imlarining shikastlanishi
6. Dizenteriyadan keyin rivojlanuvchi artritga quyidagilar xos:

a) yallig‘lanish jarayoniga aksariyat bo‘g‘imlarning tortilishi

b) suyaklar destruksiyasi

v) anamnezda dizenteriya mavjudligi

g) ko‘chib yuruvchi artrit

d) bo‘g‘imlar deformatsiyasi

ye) yaqqol kuchli og‘riqning kuzatilishi

7. Quyidagilar psoriatik artritga xos:

a) bemorda psoriaz kasalligining mavjudligi

b) terida o‘zgarishlarning yo‘qligi

v) sosiskasimon barmoq

g) og‘riqlarning ko‘chib yurishi

d) ko‘proq barmoq bo‘g‘imlari distal qismining zararlanishi

ye) isitmalash

38 yoshli bemor oyog‘ining bosh barmog‘ida kuchli og‘riq, shish, tana xaroratini 390S gacha ko‘tarilishiga shikoyat qilib shifokorga murojat etdi.
1. Bemor tashxisini aniqlang:

a) deformatsiyalovchi osteoartroz

b) Bexterev kasalligi

v) revmatoid artrit

g) podagra

d) revmatizm

2. Ushbu xurujni bartaraf etish uchun tanlov preparatini aniqlang:

a) antibiotiklar

b) krizanol

v) sulfasalozin

g) allopurinol

d) anturan

ye) kolxitsin
3. Ko‘proq xos bo‘lgan laborator o‘zgarishlarni ko‘rsating:

a) HLA B 27 antigenini paydo bo‘lishi

b) streptokokkli antitela titrini oshishi

v) qon tarkibida siydik kislotasini oshishi

g) S- reaktiv oqsilni paydo bo‘lishi

d) leykotsitoz, EChT oshishi





Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

3

Test

15-12,9 ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball


4.2.2 organayzer grafigi: «klaster»

Klaster ( klaster – o‘ram,bog‘lam) – axborotlarni yig‘ish saqlash xaritasi – birorta omil yoki fikr atrofida shunga yaqinlarini yig‘ib taxlash bilim olish faoliyatini kuchaytirib, erkin va ochiqchasiga mavzuga mos fikrlar berishga undaydi.

Klaster tuzish qoidalari bilan tanishtiriladi. Markazdagi doskaga mavzu va 1-2 ta kalit so‘zlari yoziladi.

Ushbu kalit so‘z atrofiga mavzuga bog‘liq aylana ichiga olingan “yo‘ldosh” deb ataluvchi kichik yozuvlar yoki takliflar yoziladi. Ular markaziy kalit bilan bog‘lanadi. Bunday xolatlarda kichik yo‘ldoshlarning yana bir necha mitti yo‘ldoshchalari bo‘lishi mumkin bo‘lib yozish to ular tugaguncha olib boriladi.




4.3. Amaliy qism

Isitma bilan og‘rigan bemorlar ko‘rigini o‘tkazishni


  1. Isitma bilan og‘rigan bemor laborator va instrumental tekshiruvlarini interpritatsiya qilish

.

Isitma

Isitma noganiq genezli, isitma infeksion kasalliklarda (bakterial, virusli ), isitma revmatik kasalliklarda va o‘smalarda.





Baho

A’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


Mashg‘ulot, ko‘nikmalar va bilimlarni nazorat qilish shakllari

  • Og‘zaki

  • Yozma

  • Vaziyatli masalalarni yechish

  • Asosiy amaliy ko‘nikmalarni ko‘rsatib berish

5.1. Talabalarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini Baholash mezonlari.




Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

Qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

1

Nazariy qism

20-17,2

ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball

2

Vaziyatli masalalar

50-43 ball

42,5- 35,5 ball

35- 27,5 ball

27-18,5

Ball

18 ball

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


6. Joriy nazoratning Baholash mezonlari


Baho darajalari

Reyting

ballar

Talaba uzlashtirish xarakteristikasi.







20

Amaliy mashg‘ulotga qatnashish bali. Savollarga javob bermaydi. Amaliy ko‘nikmani bajara olmaydi.




Qoniqarsiz

20 - 54,9

Talaba qoniqarsiz javob beradi.

Talaba asosiy bilimlarga va ko‘nikmalarga ega emas. Shuningdek:

  • Noaniq tabiatli isitma termini haqida tushinchaga ega emas

  • Isitma turlarini bilmadi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmalar farqini bilmaydi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmalarni tashxislash usullarini bilmaydi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmalar qanday instrumental tekshiruv usullari qo‘llanilishini bilmaydi.

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmalarda qo‘llaniladigan dori vositalari guruxini bilmaydi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmali bemorlar bilan muloqatni anamnez yig‘ishni bilmaydi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmali bemorlar bilan muloqatda ular axvalini baholay olmaydi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmali bemorlarga ratsional tekshiruv rejalarini tuza olmaydi.

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmali bemorlardla taqqoslamsa tashxis o‘tkaza olmadi.




Talabalarning birlamchi bilim va ko‘nikmalarga ega ekanliklari




Qoniqarli
55-70,9%

55-60,9

Past sifatli qoniqarli javob Talabaa asosiy bilimlar va kunikmalar yega bo‘lishga xarakat qiladi, lekin jabov berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadi.




61-65,9

Urta sifatli qoniqarli javob.

Talabaa asosiy bilimlarga va ko‘nikmalar yega, lekin jabov berishda yoki ko‘nikmalarni bajarishda xatolarga yo‘l qo‘yadi.






66-70,9


Yukori sifatli qoniqarli javob. .

Talaba asosiy bilimlar va kunikmalarga ega:



  • Noaniq tabiatli isitma termini haqida tushinchaga ega

  • Isitma turlarini biladi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmalar farqini biladi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmalarni tashxislash usullarini biladi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmalar qanday instrumental tekshiruv usullari qo‘llanilishini biladi.

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmalarda qo‘llaniladigan dori vositalari guruxini biladi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmali bemorlar bilan muloqatni anamnez yig‘ishni biladi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmali bemorlar bilan muloqatda ular axvolini baholay oladi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmali bemorlarga ratsional tekshiruv rejalarini tuza oladi.

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmali bemorlarda taqqoslamsa tashxis o‘tkaza oladi




Yuqori barajadagi bilim




Yuqori barajadagi bilim

Yaxshi
71-85,9%


71-75,9

  • Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) 66-70,9» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega

  • Revmatik va o‘smalardagi isitma etiologiya va patogenezini biladi.

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmada qo‘llaniladigan dori vositalarining ta’sir mekxanizmini biladi.

  • Isitmalash bilan og‘rigan bemorga dorilarni to‘g‘ri tanlay oladi.




76-80

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) 71-75,9» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Revmatik va o‘smalardagi isitma rivojlanish patogenezini biladi.

  • Turli tabiatli isitmalashda birlamchi , ikkilamchi va uchlamchi profilaktika usullarini biladi.




81-85,9

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) + «71-75,9» va «76-80» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini qo‘llagan xolda medikamentoz va nomedikamentoz davolash masalalari bo‘yicha konsultatsiya o‘tkaza oladi.

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmani dispanserizatsiya va reabilitatsiya tamoillarini biladi.





A’lo

86-100%

86-90

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) +«81-85,9» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmani davolash tamoillarini biladi.

  • Revmatik va o‘smalardagi isitmani davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini nojo‘ya ta’siri biladi

  • Revmatik va o‘smalardagi isitma to‘g‘rida internet saytlarida ishonarli ma’lumotlar biladi.





91-95


Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) + «86-90, bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Revmatik va o‘smalardagi isitma rivojlanish etiopatogenezini chuqur biladi

  • Infeksion artrit laboratorno-instrumental tekshiruv usullarrini biladi.




96-100

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) + «91-95 bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Ilmiy isbotlangan dalillar va qo‘shimcha bilan javob beradi (maqola va internet)

  • Ingiliz tilida shikoyat, anamnez yig‘di va qisqa bo‘g‘im sindromi haqida gapirdi

  • Mavzuni auditoriyaga tushinarli qilib yangi ped texnologiyani qo‘llagan xolda tushintirdi.




Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish