«tasdiqlayman»



Download 3,06 Mb.
bet2/10
Sana22.06.2017
Hajmi3,06 Mb.
#11947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Amaliy mashg‘ulot № 1

Mavzu: “ Bo‘g‘im sindromi bilan kechadigan kasalliklar. Revmatizm, revmatoidli va infeksion artritlar differensil tashhisi. UASh taktikasi. Maxsus bo‘limga yoki tor mutaxassisgayuborishga ko‘rsatma. QVP yoki OP sharoitida davolash prinsiplari , kuzatish, nazorat va reabilitatsiya. Mavzuni o‘qitish tamoillari ”
O‘qitish texnologiyasi


Mashg‘ulot vaqti: 6,4 soat

O‘quv mashg‘ulotinting tuzilishi. artrit va artralgiyalar

  1. O‘quv tematik kabinet.

  2. UASh xonasi.

  3. O‘quv qo‘llanma, fantomlar, mulyajlar, tarkatma material, vaziyatli masalalar va testlar tuplami

  4. Televizor, video apparatura, multimedia

O‘quv mashg‘ulot maqsadi:

“UASh kvalifikatsion xarakteristikasi”bo‘yicha ko‘rib chiqilgan talablarga ko‘ra sog‘liqni saqlashni birlamchi bo‘g‘inida bemorni olib borishga, seronegativ spondiloartritlarning optimal variantlarda davolashni olib borishga,tashhis va qiyosiy tashhisga UAShni o‘rgatish.



Pedagogik vazifalar:

artrit va artralgiyalar tashhisi savollarinii ko‘rib chiqish.

artrit va artralgiyalarli bemorlarni namoyish qilish.

artrit va artralgiyalarda klinik laborator instrumentall tekshiruvlarni muhokama qilish.


artrit va artralgiyalarda qiyosiy tashhis o‘tkazish.


UASh kvalifikatsion xarakteristikasi doirasida artrit va artralgiyalarga bog‘liq uslublar savollarni muhokama qilish.

Davolash prinsiplari (nomedikamentoz va medikamentoz).

QVP va OP sharoitlarida artrit va artralgiyalarli bemorlarda dispanser kuzatuvi va monitoring o‘tkazish usullari.

artrit va artralgiyalar bilan kechadigan kasalliklarda birlamchi,ikkilamchi,uchlamchi profilaktika tamoillari.



O‘quv jarayoni natijalari:

UASh bilishi kerak:

  1. Artrit va artralgiyalar kelib chiqishining sabablari va mexanizmlari.

  2. Artrit va artralgiyalarning klinik kechishi.

  3. Artrit va artralgiyalarning tashhisi.

  4. Artrit va artralgiyalarning qiyosiy tashhisi.

5. Artrit va artralgiyalarda qo‘llaniladigan medikamentoz preparatlar, ularning farmakodinamikasi va dozirovkasi.

6.QVP va OP sharoitlarida artrit va artralgiyalarli bemorlarda dispanser kuzatuvi va monitoring o‘tkazish usullari.

7.Artrit va artralgiyalar bilan kechadigan kasalliklarda birlamchi,ikkilamchi,uchlamchi profilaktika prinsiplari

UASh bajara olishi kerak:


  1. Artrit va artralgiyalar tashhisida shikoyat va anamnez ma’lumotlarini tahlil qilish.

2. Artrit va artralgiyalar turli ko‘rinishlarini laborator instrumental va klinikasi bo‘yicha tashhislash va qiyosiy tashhislash.

3.Aniqlangan artrit va artralgiyalarda davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash.

4. Isbotlangan effektiv preparatlarni tanlash.

5.Davolashning nomedikamentoz usullarini konsultatsiyalash.

6.QVP va OP sharoitlarida monitoring o‘tkazish.



O‘qitish usullari

«galereya bo‘ylab sayohat» usuli , demonstratsiya , videokuruv , diskussiya , suxbat , test

O‘quv jarayonini tashkillashtirish shakllari

Yakka tartibda ishlash, kichik guruhlarda ishlash, kollektivda ishlash

O‘qitish vositalari

Tarqatma o‘quv material, viziual materiallar, videofilmlar, mulyajlar, grafik organayzerlar, jadvallar, stendlar.

Kayta bog‘lanish usul va vositalari

Blis-so‘rov, testlash, tibbiy xaritalarni to‘ldirish

Amaliy ko‘nikmalarni bajarish




Mashg‘ulot ning texnologik xaritasi №1

Mavzu: “ Bo‘g‘im sindromi bilan kechadigan kasalliklar. Revmatizm, revmatoidli va infeksion artritlar differensil tashhisi. UASh taktika Maxsus bo‘limga yoki tor mutaxassisgayuborishga ko‘rsatma. QVP yoki OP sharoitida davolash prinsiplari, kuzatish, nazorat va reabilitatsiya. Mavzuni o‘qitish tamoillari ”



Amaliy Mashg‘ulot boskichlari

Mashg‘ulot shakli
O‘tkazish joyi

Mashg‘ulot

davomiyligi

225

1

Kirish kismi




10

2

Yangi pedagogik texnologiyalar bilan mavzuni tushintirish jadvallar plakatlar rentgenogrammalar.

So‘rov, muxokama

Dars xonasi UASh xonasi

40

3

Xulosa muxokama




10

4

Amaliy kisimni bajarish uchun vazifalarni belgilash

Tibbiy kartalarni tuldirish bo‘yicha kursatmalarni tushintirish.



muxokama
UASh xonasi

20

5

O‘qituvchi nazorati ostida Mashg‘ulot larni amaliy kismini tushintirish.

Profisional so‘rov bemorlar bilan suxbat.
bemorlarni

polikliniqada va uyda

ko‘rish

20

6

Tekshiruv natijalari irterpritatsiyasi kuruv palpatsiya, perkussiya ausqo‘ltatsiya UKT, UST,bioximik analizlar interpritatsiyasi


Kasallik tfrixi

Laborator ma’lumotlar





25

7

Talabalarni nazariy va amaliy bilimlarini tekshirish.


Og‘izaki so‘rov testlar muxokama
Polikliniqadagi o‘quv xona

75

8

Amaliy dars bo‘yicha xulosani belgilash 100 balli sistema bo‘yicha Baholash va ballarni e’lon qilish uyga vazifa berish.

Axborot mustakil ish bo‘yicha savollar

25




  1. Motivatsiya

Artrit va artralgiyalarga shikoyati bor bemorlar tibbiy yordamga murojaat etadilar Bu sharoitda UASh e’tibori turli kasalliklar bilan kechadigan,QVP va OP sharoitlarida tibbiy yordam ko‘rsatish va maxsus statsionarlarga yuborishga ko‘rsatma bo‘ladigan shikoyatlar tashhisiga qaratiladi. Ushbu xolatlar UASh tayyorlash programmasiga berilgan tematikani asosi hisoblanadi

3.Fanlararo va fanlar ichidagi bog‘liqlik.

Ushbu mavzuni o‘qitishda talabalarning Anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya bilan, Biologiya, Ma’yor fiziologiya, Bioximiya,. Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Propedevtika ichki kasalliklar , Tuberqo‘lez,. Onkologiya, Rentgenologiya va tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya fanlari asosidagi bazis bilimlariga tayanadilar.



4 Mashg‘ulot tarkibi

4.1.Nazariy kism

Mavzuni muhokama qilishda quyidagi momentlarga ahamiyat beriladi. revmatizm va revmatoidli artritning klinik kecheshiga ahamiyat berish kerak.

Revmatik poliartrit diagnostikasida quyidagilar muhimdir:

- streptakokk infeksiyasi o‘tkazganligi bilan bog‘liqligi (1-2 xaftadan keyin);

- o‘rta va yirik bo‘g‘imlarni zararlananishi, ularni ko‘chuvchan xaraterda bo‘lishi va bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi; Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari (NYaQDV) yaxshi samara berishi va bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlar izsiz yo‘qolishi;

- ichki a’zolarni zararlanishi: kardit, kichik xoreya, xalqasimon eritema, teri osti tugunchalari;

Kichik diagnostik mezonlarga isitma, artralgiya, EChT ni, o‘tkir fazali ko‘rsatgichlarni (antistreptolizin -O titri) oshishi, EKG da P-Q oralig‘ining uzayishi.

Umumiy amaliyot vrachi oxirgi vaqtlarda revmatizmni turg‘un surunkali, 2-3 bo‘g‘imlar, xatto bir bo‘g‘im zararlanishi, bilan yoki revmatoid artritni eslatuvchi proliferativ o‘zgarishlar bilan kechayotganligini unutmasligi kerak. Revmatoid artritdan farqli o‘laroq revmatizmda ertalabki qotib qolish, jarayonni simmetrikligi kuzatilmaydi va qonda revmatik omil aniqlanmaydi. Bo‘g‘imlarni bunday o‘tkir yallig‘lanishi, jarayonni har xil vaqt oralig‘ida tez -tez qaytalanib turishi noaniq etiologiyali, polisindrom revmatizmda bo‘lishi mumkin. U ko‘proq o‘rta va keksa yoshdagi erkaklarda uchraydi. Bunda bir yoki bir nechta bo‘g‘im zararlanadi (ko‘proq tizza, keyin bilak-kaft yoki panja mayda bo‘g‘imlari). Xuruj bir necha soatdan bir necha kungacha davom etib, keskin og‘riqlar va periartiqo‘lar to‘qimalar shishi bilan kechadi, shuningdek bo‘g‘imlardagi jarayon to‘liq yaxshi bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Qonda eozinofiliya, limfotsitoz kuzatiladi.



Revmatoid artrit.

Bu biriktiruvchi to‘qimalarning surunkali sistemali autoimmun yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan bo‘g‘imlarni kuchayib boruvchi eroziv destruktiv poliartriti ko‘rinishida kechadi.

Umumiy amaliyot vrachi bemorlardan kasalligi to‘g‘risida batavsil so‘rashi va ko‘rik chog‘ida quyidagi tashxisiy mezonlarga e’tibor berishi kerak:

- bo‘g‘imlardagi ertalabgi qotib qolish;

- bo‘g‘imlarni 1,5 oydan ortiq vaqt davomida shishishi;

- panja bo‘g‘imlarini simmetrik ikki tomonlama zararlanishi («morj suzg‘ichlari»);

- regionar mushaklarni tez atrofiyaga uchrashi;

- og‘riqsiz, harakatchan revmatoid tugunchalarni bo‘lishi;

- ichki a’zolarni zararlanishi (plevrit, gastrit, jigarni kattalashishi, miokardit, perekardit, buyrik amiloidozi, poliserozitlar va boshqalar);

- qonda α1 va α2, gamma-globulinlarni oshishi;

- qon zardobida yoki sinovial qobiqda revmatoid omilni bo‘lishi (Voler – Rouz reaksiyasi, lateks- test), S- reaktiv oqsilni oshishi;

-T -limfotsitlar miqdori va T- supressorlar faoliyati pasayishi, disimmunnoglobulinemiya;

- sinovial suyuqlikda yaqqol namoyon bo‘lgan sitoz; biopsiyada: sinovial qobiqdagi gistologik o‘zgarishlar (sinovial, limfoid va plazmatik xujayralar proliferatsiyasi, gipertrofiyasi va nekrozi).

Kechroq paydo bo‘ladigan diagnostik belgilar:

- tana xaroratini uzoq vaqt davomida subfebril ko‘rsatgichlargacha ko‘tarilib turishi;

- umumiy oriqlash;

- eritrotsitlar cho‘kish tezligini (EChT) turg‘un oshishi;

- rentgendagi o‘zgarishlar: bo‘g‘im oldi, epifizar osteoparozi, bo‘g‘im yorig‘ini torayishi, uzuratsiyalar;

- bo‘g‘imlardagi turg‘un yallig‘lanishli o‘zgarishlar, ularda deformatsiya va kontraktura rivojlanishi bilan.

Agar poliartrit ikki yil davomida revmatik omilsiz kechsa, unda revmatoid artrit tashxisi quyidagi mezonlar aniqlanganda qo‘yiladi:

- jarayon qo‘l va oyoqlar panjasidagi barcha mayda bo‘g‘imlarni ¼ qismiga tarqalgan;

- Qo‘l panjasining tipik zararlanishi ularni defiguratsiyasi yoki suyaklararo oraliqning shishishi bilan birga kechsa;

- Kamida bitta bo‘g‘imda revmatoid artritga xos rentgenologik o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa.



Kasallikning bo‘g‘im- visseral turi 10 % xollarda kuzatilib, agressivligi, tez zo‘rayib borishi va doimiy faol kechishi bilan farq qiladi. Bunlay xollarda umumiy amaliyot vrachi bemorlarni shifoxonaga yo‘llashi lozim. Yuborilmagan taqdirda bemorning umumiy ahvoli og‘irlashib boradi va ambulator davo foyda bermaydi.

Infeksiyaga bog‘liq artritlar

Yiringli artrit – mikrob birlamchi o‘choqdan gematogen yo‘l bilan bo‘g‘im bo‘shlig‘iga tushishi natijasida yuzaga keladi. Ko‘pincha isitmalash, qaltirash, regionar limfoadenit asosida bitta yirik bo‘g‘im shikastlanadi. Bo‘g‘imda kuchli og‘riq, uning ustidagi terining qizarishi, shishi, funksiyasi buzilishi kuzatiladi. Punksiyada xira yiringli sinovial suyuqlik olinadi va unda ko‘p miqdorda neytrofillar aniqlaniladi.

So‘zakli artrit ko‘proq tizza va boldir-tovon bo‘g‘imlari shikastlanishi bilan kechadi. Odatda bitta bo‘g‘im shikastlanadi. Ayrim hollarda yuqori xarorat va qaltirash bilan kechuvchi, ko‘chib yuruvchi poliartralgiyalar kuzatilishi mumkin. Bo‘g‘im shishadi, ushlab ko‘rganda maxalliy xarorat yuqori bo‘ladi. Erta kontrakturalar, mushak atrofiyasi, bo‘g‘im defiguratsiyasi rivojlanadi. Tovon bo‘g‘imi shikastlanishi axillobursitlar, tendovaginitlar, tovon ekzostozlari, mushak atrofiyasi, yassioyoqlik «gonoreyali yassioyoq» ko‘rinishida kuzatiladi. Sinovial suyuqlikda gonokokklar aniqlanadi, leykotsitlar miqdori 50 tadan 150 109/l gacha bo‘lishi mumkin.

Brusellyozli artritda bitta yoki bir nechta periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pag‘ona shikastlanadi. To‘lqinsimon isitma, qaltirash, gepatosplenomegaliya, limfoadenopatiya, nerv sistemasini zararlanishi, leykopeniya, limfatsitoz, EChT oshishi negizida artralgiyalar, artritlar, periartritlar, bursitlar, sakroileitlar, spondilitlar, spondiloartritlar kuzatiladi. Tashxis qo‘yishda epidanamnez, Rayt-Xeddelson reaksiyasi, brusellyoz antigeni bilan teri sinamasi (Byurne reaksiyasi) katta ahamiyatga ega.

Zaximli artrit asosan kechqurunlari avj oluvchi og‘riq sindromi bilan kechadi. Bo‘g‘im ustidagi teri rangpar, taranglashgan. Palpatsiyada bo‘g‘im og‘riqsiz, funksiyasi saqlangan, Vasserman reaksiyasi musbat bo‘ladi

Laym kasalligi boreliya chaqiradigan endemik yuqumli kasallik bo‘lib, iksod kanasi orqali yuqadi. Kasallikning o‘ziga xos bo‘lgan belgilari, xalqasimon ko‘chib yuruvchi (migratsiyalanuvchi) eritema, qaytalanuvchi mono- yoki oligoartrit, isitmalash, artralgiya, bosh og‘rig‘i, bo‘yin mushaklari rigidligi bilan birga kechadi. Kichik bo‘g‘imlar artriti, meningit, miokardit, perikardit, yurak o‘tkazuvchanligi buzilishi, miya va periferik nervlar shikastlanishi, hamda quloq solingagi yoki sut bezi so‘rg‘ichi yakka limfotsitomasi kabi asoratlar kuzatilishi mumkin. Tashxislashda spiroxeta borreliyaga qarshi IgG antitelasi 1: 80 va undan yuqori titrda bo‘lishi, sinovial suyuqlikni ekish natijalari ahamiyatga ega.

Tuberqo‘lyozli artritda periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasi zararlanishi kuzatiladi. Jarayon ko‘proq bitta bo‘g‘imda (tizza, toz-son, boldir-tovon, bilak-tirsak) joylashadi. Kasallik asta sekin rivojlanadi: bir oz og‘riq, shish, bo‘g‘imda suyuqlik to‘planishi, mushaklar atrofiyasi paydo bo‘ladi. Bo‘g‘im tashqi ko‘rinishi rangpar, yengil gipertermiya, bo‘g‘im bo‘shlig‘ida suyuqlik mavjud, defiguratsiyalangan. Kechki bosqichlarida oqmalar hosil bo‘lishi mumkin. Rentgenda suyak trabeqo‘lalarining o‘choqli o‘zgarishlari, suyak bo‘g‘im oxirlarining destruksiyasi va erishi, ularning siljishi, yarim chiqishlari aniqlanadi. Diagnostika epidanamnez, boshqa a’zolarda tuberqo‘lyoz o‘choqlari topilishi, musbat tuberqo‘lin sinamasi, rentgenogrammadagi o‘zgarishlar, to‘qimalar biopsiyasi, sinovial suyuqlik ekmasi natijalari kabi o‘ziga xos klinik va labaratoriya belgilariga asoslaniladi.

Virusli artritlar ko‘proq virusli gepatitda, qizilcha va epidparotitda rivojlanadi. Virusli gepatit bilan og‘rigan bemorlarda artrit sariqlik oldi davrida paydo bo‘ladi va sariqlik avj olgan vaqtda yo‘qoladi. Qizilchada bo‘g‘imlar zararlanishi poliartrit ko‘rinishida, generalizatsiyalashgan papulyoz toshmalar bilan birga kechadi. Tenosinovitlar rivojlanishi unga xosdir. Epidemik parotitda o‘zgarish bitta yoki ikkita yirik bo‘g‘imda kuzatiladi. U ayollarga nisbatan erkaklarda ko‘proq uchrab, qotib qolish, shish, teri eritemasi, quloqoldi bezi shishi kabi klinik belgilar bilan nomoyon bo‘ladi. Virusli artritlarda o‘zgarishlar 2 haftadan – 2 oygacha bo‘lgan vaqt davomida to‘liq orqaga qaytadi.

O‘tkir parazitar artritlar barcha gelmentlar va bir qator sodda xayvonlar tomonidan chaqiriladi. Bo‘g‘imning jarohatlanishi parazitning bo‘g‘im bo‘shlig‘iga yoki suyak to‘qimasiga kirib olishi natijasida yuzaga keladi. Tashxis laboratoriya va asbobiy tekshirish usullari asosida qo‘yiladi: eozinofiliya, qonda va sinovial suyuqlikda IgE miqdorining oshishi kuzatiladi, najasda parazit yoki uning tuxumi topiladi.
GALEREYa BO‘YIChA «TUR USULINI» QO‘LLANILIShI
Maksad: berilgan muammo bo‘yicha talabalarni mallumotlarni kritik Baholashga urgatish. Bunda talabalarga fikrlash uchun vakt beriladi sungra 2, 3, 4, 8, kichik guruxlarda muxokama o‘tkazish boshlanadi , kachonki uyinda barcha gurux ishtrok etmaguncha bu usul xarbir talabaga uz nuktai nazarini aytib bera olish kobiliyatini beradi. O‘qituvchi talabalarga konkret vazifa beradi. O‘qituvchi talabalarga gurux tuzib olishini aytadi.

Sungra esa xar-bir gurux yechgan masalani almashishi aytiladi

Auditoriyada bir necha raqamlangan mashqlar osib qo‘yiladi. Xar bir kichik gurux (2-3 kishi)ga 10 minut vaqt muxokama uchun beriladi, xar bir mashq uchun keyin kollektiv bo‘lib javoblar ichidan sifatlisini tanlab olinadi


  1. Bo‘g‘im sindromining differensial diagnostikasi:

  2. .Revmatmning klinik kechish xususiyatlari

  3. Revmatioidli artritning klinik kechish xususiyatlari

  4. Infeksion artritning klinik kechish xususiyatlari (brusellez, sil, zaxm).

javoblar

1. Revmatik poliartrit diagnostikasida quyidagilar muhimdir:

- streptakokk infeksiyasi o‘tkazganligi bilan bog‘liqligi (1-2 xaftadan keyin);

- o‘rta va yirik bo‘g‘imlarni zararlananishi, ularni ko‘chuvchan xaraterda bo‘lishi va bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi; Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari (NYaQDV) yaxshi samara berishi va bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlar izsiz yo‘qolishi;

- ichki a’zolarni zararlanishi: kardit, kichik xoreya, xalqasimon eritema, teri osti tugunchalari;

Kichik diagnostik mezonlarga isitma, artralgiya, EChT ni, o‘tkir fazali ko‘rsatgichlarni (antistreptolizin -O titri) oshishi, EKG da P-Q oralig‘ining uzayishi konda eozinofiliya, limfotsitoz kuzatiladi.

2. Revmatoidli artrit Bu biriktiruvchi to‘qimalarning surunkali sistemali autoimmun yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan bo‘g‘imlarni kuchayib boruvchi eroziv destruktiv poliartriti ko‘rinishida kechadi.

quyidagi tashxisiy mezonlarga e’tibor berishi kerak:

bo‘g‘imlardagi ertalabgi qotib qolish; bo‘g‘imlarni 1,5 oydan ortiq vaqt davomida shishishi; panja bo‘g‘imlarini simmetrik ikki tomonlama zararlanishi («morj suzg‘ichlari»);regionar mushaklarni tez atrofiyaga uchrashi; og‘riqsiz, harakatchan revmatoid tugunchalarni bo‘lishi;ichki a’zolarni zararlanishi (plevrit, gastrit, jigarni kattalashishi, miokardit, perekardit, buyrik amiloidozi, poliserozitlar va boshqalar); qonda α1 va α2, gamma-globulinlarni oshishi; qon zardobida yoki sinovial qobiqda revmatoid omilni bo‘lishi (Voler – Rouz reaksiyasi, lateks- test), S- reaktiv oqsilni oshishi; T -limfotsitlar miqdori va T- supressorlar faoliyati pasayishi, disimmunnoglobulinemiya; sinovial suyuqlikda yaqqol namoyon bo‘lgan sitoz; biopsiyada: sinovial qobiqdagi gistologik o‘zgarishlar (sinovial, limfoid va plazmatik xujayralar proliferatsiyasi, gipertrofiyasi va nekrozi, umumiy oriqlash; eritrotsitlar cho‘kish tezligini (EChT) turg‘un oshishi;rentgendagi o‘zgarishlar: bo‘g‘im oldi, epifizar osteoparozi, bo‘g‘im yorig‘ini torayishi, uzuratsiyalar; bo‘g‘imlardagi turg‘un yallig‘lanishli o‘zgarishlar,

3. Brusellyozli artritda bitta yoki bir nechta periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pag‘ona shikastlanadi. To‘lqinsimon isitma, qaltirash, gepatosplenomegaliya, limfoadenopatiya, nerv tizimini zararlanishi, leykopeniya, limfatsitoz, EChT oshishi bilan birga artralgiyalar, artritlar, periartritlar, bursitlar, sakroileitlar, spondilitlar, spondiloartritlar kuzatiladi. Tashxis qo‘yishda epidanamnez, Rayt-Xeddelson, Byurne (brusellyoz antigeni bilan teri) sinamalari katta ahamiyatga ega.



Zaximli artrit asosan kechqurunlari avj oluvchi og‘riq sindromi bilan kechadi. Bo‘g‘im ustidagi teri rangpar, taranglashgan. Palpatsiyada bo‘g‘im og‘riqsiz, funksiyasi saqlangan, Vasserman sinamasi musbat bo‘ladi

So‘zakli artrit ko‘proq tizza va boldir-tovon bo‘g‘imlari shikastlanishi bilan kechadi. Odatda bitta bo‘g‘im shikastlanadi. Ayrim hollarda yuqori xarorat va qaltirash bilan kechuvchi, ko‘chib yuruvchi poliartralgiyalar kuzatilishi mumkin. Bo‘g‘im shishadi, ushlab ko‘rganda maxalliy xarorat yuqori bo‘ladi. Erta kontrakturalar, mushak atrofiyasi, bo‘g‘im defiguratsiyasi rivojlanadi. Tovon bo‘g‘imi shikastlanishi -axillobursitlar, tendovaginitlar, tovon ekzostozlari, mushak atrofiyasi, yassioyoqlik («gonoreyali yassioyoq») ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Sinovial suyuqlikda gonokokklar aniqlanadi, leykotsitlar miqdori 50 tadan 150x 109/l gacha bo‘lishi mumkin.




Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

Yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

1

Nazariy qism

20-17,2

ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball


4.2. Taxlil qismi

4.2.1. Vaziyatli masalalar:

Vaziyatli masalalar:

1. Xozirda shikoyatlari bo‘lmagan 18 yoshli bemor dispanser ko‘rikdan o‘tish uchun UAShga murojaat qildi. Anamnezida tez-tez angina, revmatizm, poliartrit bilan og‘rigan. Revmatolog nazoratida bo‘lgan va davolanib turgan. Ob’ektiv ko‘rikda: bemor xolati qoniqarli. Teri qoplamalari rangpar, bo‘g‘imlari o‘zgarishsiz. O‘pqada veziqo‘lyar nafas. Ps - bir daqiqada 86ta ritmik (celler et altus), Myusse simptomi musbat. AQB 140/20 mm.sim.ust. Cho‘qqi turtkisi gumbazsimon, 6 qovurg‘a oralig‘ida, o‘rta umrov chizig‘idan tashqarida. Yurak chegaralari: o‘ng chegarasi – to‘shning o‘ng qirrasida, chap chegarasi - axillaris anterior chizig‘ida, yuqori chegarasi 3 qovurg‘a oralig‘ida. Aortada II ton susaygan, yaxshi eshitilish markazi Botkin-Erb nuqtasida bo‘lgan diastolik shovqin. Jigar va taloq paypaslanmaydi. EKG: Ritm sinusli. Interval PQ-0,22 sek. UQT: Hb-116g/l, leyk 9,8, EChT-18mm/s. DFA-0,22, Seromukoid-180, S-reaktiv oqsil, timol sinamasi manfiy, fibrinogen 550%.




  1. Diastolik shovqin bilan namoyon bo‘ladigan kamida 3 ta kasallikni sanab o‘ting va bu kasalliklarda shovqinning yaxshiroq eshitilish nuqtasini ko‘rsating;

  2. Dastlabki to‘liq tashhisni yozing;

  3. Tashhisni aniqlashda qanday qo‘shimcha instrumental tekshirish usullari o‘tkazish lozim;

  4. Ushbu patologiya uchun xos bo‘lgan kamida to‘rtta asoratlarni ayting;



Javoblar

1

Revmakardit, anemiya, tireotoksikoz, miokardit

2

Revmatizm, faoligi II, birlamchi revmakardit o‘tkazuvchanlikning buzilishi AVbloqada I st., revmatik poliartrit. yondosh. Sur Tonzillit

3

O‘tkir fazali sinamalar, ExoKG, tanglaydan surma – kons lor vrach

4.

Revmatologiya bo‘limida yotqizish (penitsillin, NPVS, askorutin, diazolin, bitsillin-5, tamoq sanatsiyasi)

2. . 21 yoshli ayol UAV ga bo‘g‘imlarda og‘rik, xarorat ko‘tarilishi, ko‘krak kafasida og‘rik, jismoniy zo‘riqishda xansirash, umumiy xolsizlik kabi shikoyatlar bilan murojaat qildi. 2 xafta oldin angina o‘tkazgan.

Ob’ektiv ko‘rganda: axvoli o‘rta og‘irlikda. Teri qoplamasi oq rangda,toza. AQB 100/70 mm.sim.ust. Yurak chegaralari o‘ngga va chapga bir oz kengaygan, tonlari bo‘g‘iqlashgan cho‘qqida yumshoq sistolik shovqin, taxikardiya. O‘pqada veziqo‘lyar nafas. EKGda PQ intervali 0,24 sekundga uzaygan. Kon analizi: Nv 110g/l, leyk 9,7.10 9/l, EChT – 25mm/s, SRO ++.
1.Yurak cho‘qqisida yumshoq sistolik shovqin eshitiladigan kamida to‘rtta kasallikni sanab bering;

2.To‘liq taxminiy diagnozni ko‘rsating;

3.Yuqori axborotli tekshirish usullari;

4. Ushbu kasallik uchun nisbatan spetsefik bo‘lgan labarator ko‘rsatgichlar va ularning ma’yor raqamlarini ko‘rsating;

5.VOP taktikasi (davolash tamoyillari va ikkilamchi profilaktikasi);
3. 23 yoshli 6 haftalik xomilador ayol xansirashga, yurak urib ketishiga shikoyat qilib UAV keldi. Shikoyatlarini xomiladorlik bilan bog‘laydi. Bemor so‘ziga qaraganda yoshligida bo‘g‘imlarida og‘riq xolatlari bo‘lgan. Ob’ektiv ko‘rganda: lablarida sianoz. Puls minutiga 110 ta, nafas olish soni minutiga 24 ta. Yurak cho‘qqi turtkisi tarqoq, diastolik («mushuk xirillashi») titrash. Auskultatsiyada yurak cho‘qqisida presistolik shovkin, I ton qarsillovchi, ochik mitral klapan turtkisi. O‘pqada veziqo‘lar nafas. EKGda I,II, AVL va V5-6 tarmoqlarda kengaygan 2 o‘rkachli R tishcha. Yurak elektrik o‘ki chapga siljigan, QRS V1da M – simon. Jigar +2 sm.
1.Yurakda diastolik shovqin eshitiladigan kamida to‘rtta kasallikni va ularda ushbu shovqin eshitiladigan joylarni aniq ko‘rsatib sanab bering;

2.To‘liq taxminiy diagnozni ko‘rsating;

3.Yuqori axborotli tekshirish usullari;

4. Ushbu bemorda ExoKG da bo‘ladigan o‘zgarishni va undan kelib chiqib jarroxlik yo‘li bilan davolashga ko‘rsatmani ayting;

5.VOP taktikasi (davolash tamoyillari va ikkilamchi profilaktikasi);
4. 42 yoshli ayol, oyoqlarda shish, jismoniy zo‘riqishda xansirash, umumiy xolsizlikka shikoyat qilib UAVga keldi. Angina o‘tkazgandan keyin o‘zini yomon xis qila boshlangan. Revmatologda revmatizm kassalligi bo‘yicha xisobda turadi. Muntazam bitsillinterapiya oladi. Ob’ektiv ko‘rganda: teri qoplamalari oq rangda, toza. Lablarida sianoz, akrotsianoz. AQB 100/70 mm. sim. ust., pulsi 92 ta/min. Yurak chegaralari o‘ngga va chapga kengaygan. Auskultatsiyada yurak cho‘qqisida qarsillovchi I ton, sistolik va presistolik shovqin, mersal aritmiya. O‘pqada – pastki qismlarda dimlangan xirillashlar. Qorni yumshoq, jigar +1,5 sm, o‘rtacha kattiklikda, oyoklarda shish. EKG-o‘ng va chap qorinchalar va chap bo‘lmacha gipertrofiyasi. UQT: Nv 110, erit. 2,9, ley. 7,2, EChT 28 mm/s.
1.Bir vaqtning o‘zida yurakning tegishli nuqtalarida sistolik va diastolik shovqin eshitiladigan kamida uchta orttirilgan va bitta tug‘ma kasallikni hamda ular yaxshi eshitiladigan joylarni ko‘rsating;

2. Taxminiy diagnoz;

3.Axborotli tekshirish usullari;

4. UAV taktikasi;


5. 45 yoshli bemor juvon, soat 12 gacha davom etuvchi bo‘g‘imlaridagi ertalabki karaxtlik, qo‘l panjalarini mayda bo‘g‘imlarida va tirsak bo‘g‘imida og‘rik, tana xaroratini 38,2 S ko‘tarilishi, xolsizlik shikoyatlari bilan umumiy amaliyot vrachiga murojaat qildi. Ob’ektiv ko‘rganda: tana vazni pasaygan , tiri rangpar, qo‘lning bilak-kaft, falangalararo bo‘g‘imlari deformatsiyalangan, limfaadenopatiya, gepatosplenomegaliya. AQB 100/60mm.sim. ust. Qonda Nv-90 g/l, leyk-3,5 x 10 9/l, EChT 40mm/s. EKG- ritm sinusli, taxikardiya.
1.Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchraydigan kamida 5 kasallikni sanab bering;

2. Ularning xar biriga xos bo‘lgan bo‘g‘imlardagi rentgenologik o‘zgarishlarni ko‘rsating;

3. Birlamchi diagnoz;

4. Diagnozni tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan qo‘shimcha tekshirish usullari;

5. UAV taktika va davolash tamoyillari;
6. Bemor K. 44 yoshli juvon tushgacha davom etuvchi bo‘g‘imlardagi ertalabki karaxtlik, bilak-kaft, falangalararo, boldir tovon hamda tovon bo‘g‘imlaridagi shish va og‘riqlarga shikoyat qilib UAV murojaat qildi. O‘zini bir yildan beri kasal xisoblaydi. Umumiy axvoli o‘rtacha og‘irlikda. Subfebril xarorat. Ekssudatsiya xisobiga bilak-kaft, falangalararo bug‘imlari deformatsiyalangan. Yurak va boshqa a’zolarda o‘zgarishlar yuq. EChT 50 mm/soat. DFA – 0,260.
1.Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchraydigan kamida 5 kasallikni sanab bering;

2.Birlamchi diagnoz;

3. Diagnozni tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan qo‘shimcha tekshirish usullari;

4. Amerika revmatologlar Assotsiatsiyasi bo‘yicha ushbu kasallikning 7 diagnostik mezonini keltiring;

5. UAV taktika va davolash tamoyillari;
7. Bemor Sh. 42 yoshli juvon, tinch xolatda hamda xarakatda qo‘l-oyok bo‘g‘imlaridagi doimiy og‘riklarga shikoyat qilib umumiy amaliyot vrachiga murojaat kildi. Anamnezida 5 yildan beri kasal, kasalligini tez-tez angina bo‘lishi bilan bog‘laydi. Shifoxona va sanatoriya sharoitida davriy ravishda davolanib turadi. Yelka, boldir va son mushaklarida atrofiya mavjud. Panja, bilak-kaft, tirsak, tizza va boldir-tovon bug‘imlarida proliferativ o‘zgarishlar xisobiga yaqqol defiguratsiya va deformatsiya. UQT: Nv 80 g/l; leyk 5,500; EChT: 30 mm/soat. Qonda revmatoid omil aniqlangan.
1.Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchraydigan kamida 5 kasallikni sanab bering;

2.Birlamchi diagnoz;

3. Diagnozni tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan qo‘shimcha tekshirish usullari;

4. Ushbu kasallikning rentgenologik davrlarini batavsil keltiring;


8. 48 yoshli bemor ayol, bilak-kaft va falangalararo bo‘g‘imlarda shish va intensiv og‘rik, ertalab va kechqurun kuchayishiga, ertalabki karaxtlik, xarorat ko‘tarilishi 38 S gacha, nafas olganda o‘ng ko‘krak qafasida og‘irlikka shikoyat qilib umumiy amaliyot vrachiga murojaat qildi. Ko‘rikda panja bug‘imlarini simmetrik zararlanishi, panjalarni bilak tomonga surilishi, bilak bug‘imlari soxasi paypaslaganda qattiq 0,5- 0,8 sm. o‘lchamdagi tugunlar aniqlandi. Panja bo‘g‘imlari rentgenografiyasida – bo‘g‘im yoriqlarini torayishi, bug‘im yuzalarida yakka-yakka naqshlar.Ko‘krak qafasi rentgenografiyasida – o‘ng plevral bo‘shliqda 6-qovurg‘agacha suyuqlik aniqlandi. UPT: solishtirma zichligi 1018, oqsil 5,8, erit. 2/3, ley. ¾, yakka uchrovchi silindrlar.
1.Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchraydigan kamida to‘rtta kasallikni sanab bering;

2.Birlamchi diagnoz;

3. Diagnozni tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan qo‘shimcha tekshirish usullari;

4. Ushbu kasallikda uchrashi mumkin bo‘lgan kamida 6 boshqa a’zolarning shikastlanishi va 1 poliorgan asorat hamda uni ishonchli diagnostikasini ayting;

5. UAV taktikasi;

9. 42 yoshli bemor umumiy amaliyot vrachigi bosh aylanishi va og‘rishiga, tovon bo‘g‘imlarining shishiga va og‘rishiga, biroz jismoniy xarakatda xansirash va yurak urib ketishi kabi shikoyatlar bilan muroajat qildi



Anamnezdan: yoshligida angina byuilan og‘rib turgan, 4 farzandi bor, uy bekasi dietani saqlaydi. Onasi qandili diabet bilan og‘rigan

Ob’ektivno: axvoli o‘rtacha og‘irlikda, terisi oqimtir, akrotsianoz, oyoqda shish.yurak soxasini paypaslagandi II q\o o‘ng tomonda nafas chiqargan vaqtda sistolik dirrillash aniqlanmoqda. Yurak chegarsi chapga kengaygan. Ausqo‘ltatsiyada yurak cho‘qqisida I ton aorta ustida II ton sustlashgan,. II q\o o‘ng tomonda, tochka Botkina va cho‘qqida sistolik shovqin eshitilmoqda, qaysiki o‘yumrov suyagi va uyqu arteriyasiga uzatiladi Puls 66 ta bir min. QB 110/70 mm.rt.st. Jigar katta, talok palpatsiyalanmaydi
Lab.-instrumental tekshiruvlar:

UQT: Nv-110, er-4.0, leyk.-9.2, SOE-18mm/ch

Biokimyoviy taxlil: mochevina-7.3, kreatinin- 0.08, um oqsil-74g/l, qandr-5.4 mmol/l

UST: tiniq, zichligi- 1018oqsil abs., epit.-0-1/1, leyk.-1-2/1,

er-0-1/1


O‘tkir fazali sinamalar –SRB +, titr ASLO 1:300.

EKG: ritm sinusli, yurak urish soni 90 . EOS chapga siljigan. Qorinchalar ichi o‘tkazuvchanligi buzilgan, metobolik o‘zgarishlar bilan

ExoKS:



Ko‘nikmalar ketma ketligi

Bazis daraja

1

Bemor va uning qarindoshlarini so‘rab surishtirish

  • Talaba bilishi kerak-aniq tashhis qo‘yishga yordam beradigan ratsional savollarni berish tnogo diagnoza.

  • Talaba bilishi kerak-bemorning maqsadga o‘o‘nalgan shikoyatlarini baholash.

  • Talaba bilishi kerak-kasallik anamnezini analiz qilish: kasallik boshlanishi, birinchi simptomlar,sababli bog‘liqlik va rivojlanish dinamikasi.

  • Talaba bilishi kerak-hayot anamnezini analiz qilish: xavf omillarini aniqlash,ota onasi va qarindoshlar sog‘ligi.

2

Xavf omllarini aniqlash

Talaba bilishi kerak-

3

Asosiy muammoni aniqlash ya’ni bo‘g‘im sindromi

Talaba bo‘g‘im sindromini takidlashi lozim

13

Tana vazni indeksini hisoblash massa/tana

Talaba bilishi kerak- belgilarni aniqlash:

- tana vazni yetishmovchiligi

- ortiqcha tana vazni.


9

Teri ko‘rigini o‘tkazish

Talaba bilishi kerak-aniqlash

- psoriaz

- keratodermiiya

- aylanasimon eritema

- kapalaksimon o‘zgarishi

- teri induratsiyasi va kattiklashishi



4

Umumiy va Bo‘g‘im ko‘rigini o‘tkazish

Talaba Bo‘g‘imlarni ko‘rigi va palpatsiya texnikasin bilishi kerak.

Talaba bilishi kerak bulgan belgilar:

- defiguratsiya

- deformatsiya

- shish

- giperemiya



-gipertermiya

- kontraktura

- krepitatsiya

- ankiloz

-Bo‘g‘imlar funksional buzilishi

- undagi erkin suyulik

3. Talaba borligini bilishi kerak

- artralgiya

- monoartrit

- oligoartrit

-poliartrit


5

Umurtqa pog‘anasini xolatini Baholash (ko‘rik va palpatsiya, hamda funksional sinamalarni o‘tkazishi) (qadamma- qadam)

  1. Talaba umurtqa pog‘anasini xolatini qadamma- qadam Baholashi(ko‘rik va palpatsiya, hamda funksional sinamalarni o‘tkazishi) kerak.

  2. Talaba bilishi kerak bo‘lgan belgilar:

- patologik lordoz va kifoz

- umurtqa pog‘anasining egriliklari

- funksional buzilishlar

- Shobera

- Otto

- «iyak -to‘sh sinamasi»



- Foreste

- Kushelevskiy

- umurtqa pog‘anasini osteoxondroz va churrasi


6

Mushak kuchini baholash

Talaba bilishi kerak bo‘lgan belgilar - regionar mushaklar atorfiyasi

- mushaklar gipo- yoki giperkineziyasi



12

a’zolarini palpatsiya, perkussiya va auskultatsiyasini o‘tkazish

  1. Talaba zararlangan a’zolardagi belgilar bilishi kerak:

  1. Ob’ektiv tekshiruvlar asosida talaba tayanch xarakat tizimidagi klinik simptomokomplekslarni aniqlashi lozim, xarakterizuyuщie sistemnost porajeniya i na.

Talaba zararlangan a’zolardagi yallig‘lanish belgilar bilishi kerak

7

Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigi

Talaba bilishi kerak-

8

Bakteriologik tekshiruv uchun tanglaydan surtma olish

Talaba bilishi kerak

10

Jinsiy a’zolarni tekshirish

Talaba zararlangan a’zolardagi yallig‘lanish belgilar bilishi kerak - qattiq shankra

- uretradagi patologik ajralmalar

- balanit


11

Bo‘g‘imlarning funksional xolatini aniqlashi lozim

Talaba zararlangan a’zolardagi yallig‘lanish belgilarni bilishi kerak :

- prostatit



14

Klinik, instrumental va bioximik analizlar interpretatsiyasi

Talaba qila olishi kerak :

-ko‘rsatkichlarni normadan oshgani yoki kamaygani.



15

Bo‘g‘im rentgen manzarasini aniqlay olishi kerak

Talaba zararlangan a’zolardagi yallig‘lanish belgilarni bilishi kerak:

- osteoporoz

- bo‘g‘imni kengligi kamayishi

- uzuratsiya (erozii)

- osteofitoz

- o‘pkani sili yallig‘lanishi



16

Bo‘g‘im sindromi bilan kechadigan kasalliklarni qiyosiy taqqoslash

Talaba qila olishi kerak qiyosiy tashhis qilish (anamnez, ob’ektiv ko‘rik va laborator-instrumental tekshiruvlar)

17

Bo‘g‘im sindromi bilan kechadigan kasalliklarni davolashda ratsionaldori vositalarini qo‘llash

Talaba qila olishi kerak samaradorligi isbotlangan preparatlarni tanlash . Preparat tanlovida talaba baholashi kerak:

- samaradorlik

- xavfsizlik

- qabul qilinishi

- tan narhi arzonligi.


18

Bemorlar kuzatuvi va monitoring o‘tkazish

Talaba qila olishi kerak




Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

Yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

2

Vaziyatli masala

50-43 ball

42,5- 35,5 ball

35- 27,5 ball

27-18,5

ball

18 ball


Testlar

1. Podagraning o‘tkir xurujini davolashda qo‘llanilmaydi:

a) kolxitsin

b) kup miqdorda ishqorli suyuqlik ichish

v) indometatsin

g) pirazolon vositalari (butadion, reopirin)

d) antibiotiklar
2. Surunkali podagrik artritga xos rentgenologik belgi:

a) epifizar osteoporoz

b) bo‘g‘imlar yuzasi naqshlanishi

v) suyak chetlari osteofitozi

g) suyakning dumaloq yemirishlari (proboynik belgisi)
3. Podagrani davolashda siydik kislotasi sintezini kamaytirish uchun qo‘llaniladi:

a) anturan

b) etamid

v) allopurinol

g) asetilsalitsil kislotasi

d) indometatsin


4. . Surunkali kechayotgan sistemali sklerodermiyada patogenetik davo sifatida qo‘llanilmaydi:

a) D-penitsillamin

b) vazodilatatorlar

v) dezagregantlar

g) sitostatiklar

d) yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari


5. Tugunchali periarteriitga xos emas:

a) eozinopeniya

b) EChTning tezlashishi

v) trombotsitopeniya bilan kechuvchi anemiya

g) giper-γ-globulinemiya

d) sirqo‘lyatsiyalanuvchi immun komplekslar darajasining ortishi


6. Tugunchali periarteriitni davolashda tanlov vositalari bo‘lib xisoblanadi:

a) sitostatiklarni, glyukokortikoidlar bilan birga qo‘llash

b) D-penitsillamin

v) yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari

g) oltin preparatlari

d) antibiotiklar


7. Osteoartrozga xos emas:

a) ertalabki qotib qolishlar

b) start og‘riqlar

v) og‘riq sindromining «mexanik» xarakterda bo‘lishi

g) bo‘g‘imlardagi qisirlash

d) bo‘g‘im bloqadasi


8. Bexterev kasalligida og‘riqni bartaraf qilishda tanlov vositasi xisoblanadi:

a) kortikosteroidlar

b) nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar

v) oltin preparatlari

g) tetrasiklin qatoridagi antibiotiklar

d) sitostatiklar


9. Bexterev kasalligini davolashning asosiy yo‘nalishlariga kirmaydi:

a) bitsilin teropiyasi

a) yallig‘lanish jarayonii bartaraf qilish

b) og‘riqni qoldiruvchi fizioterapiya

v) muntazam davo gimnastikasi

g) balneoterapiya


10. Umurtqa pog‘onasi bel bo‘limining ildizcha sindromi bilan kechuvchi osteoxondroziga taaluqli emas:

a) Bel-dumg‘aza sohasidagi va qisman oyoqqa tarqaluvchi (lyumboishialgiyalar) og‘riq (lyumbago)

b) Lasegining musbat belgisi, paypaslaganda paravertebral sohada og‘riq

v) neytrofilli leykotsitoz

g) bel lordozining tekislanishi

d) umurtqa pog‘onasi harakatchanligining cheklanishi, tomonlardan birida bel mushaklari tonusining ortishi






Baho

A’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

Yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball




      1. organayzer grafigi: romashka



4.3. AMALIY KISMI

Dars tugagach UASh uzlashtirishi kerak bulgan amaliy kunikmalar ruyxati

  1. artrit va artralgiyasi bor bemorlarda kurik utkazish.

  2. Artrit va artralgiyasi bor bemorlarni laborator-instrumental malumotlarini tushuntirish.





Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

Yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


5. Mashg‘ulot, ko‘nikmalar va bilimlarni nazorat qilish shakllari

  • Og‘zaki

  • Yozma

  • Vaziyatli masalalarni yechish

  • O‘zlashtirilgan amaliy ko‘nikmalarni namoyish qilish


5.1. Talabalarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini Baholash mezonlari.



Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

Yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

1

Nazariy qism

20-17,2

ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball

2

Vaziyatli masalalar

50-43 ball

42,5- 35,5 ball

35- 27,5 ball

27-18,5

ball

18 ball

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


6. JORIY BAHOLASh MEZONLARI

Baholash darajasi

Reyting

ballari

Talaba uzlashtirish xarakteristikasi.




20

Amaliy mashg‘ulotga qatnashish bali. Savollarga javob bermaydi. Amaliy ko‘nikmani bajara olmaydi.

Qonikarsiz

20 - 54,9

Talaba qoniqarsiz javob beradi.

Talaba asosiy bilimlarga va ko‘nikmalarga ega emas.

Shuningdek:



  • Bo‘g‘im sindromi bilan kechadigan kasalliklarni bilmaydi.

  • Bo‘g‘im sindromi bilan kechadigan nogironlikka olib keladigan kasalliklarni bilmaydi

  • infeksion artritni bilmaydi

  • infeksion artritni diagnostik tekshiruv usullarini bilmaydi

  • infeksion artritni alomatlarini bilmaydi

  • infeksion artritni diagnostik mezonlarini bilmaydi.

  • infeksion artrit»ni qo‘llaniladigan dorilarni bilmaydi

  • infeksion artrit bilan og‘rigan bemor bilan muloqatni anamnez yig‘ishni bilmaydi

  • infeksion artrit bilan og‘rigan bemor xolati belgilay olmaydi

  • infeksion artrit bilan og‘rigan bemorlarga tekeshiruv rejasini tuza olmaydi.

  • infeksion artrit differensialuyu diagnostika o‘tkaza olmaydi.

Asosiy bilimlar va ko‘nikmalar taminlash

Qonikarli
55-70,9%

55-60,9

Past sifatli qoniqarli javob Talabaa asosiy bilimlar va ko‘nikmalar yega bo‘lishga xarakat qiladi, lekin jabov berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadi.

61-65,9

Urta sifatli qoniqarli javob.

Talabaa asosiy bilimlarga va ko‘nikmalar yega, lekin jabov berishda yoki ko‘nikmalarni bajarishda xatolarga yo‘l qo‘yadi.



66-70,9


Yukori sifatli qoniqarli javob. .

Talaba asosiy bilimlar va ko‘nikmalarga ega:



  • Bo‘g‘im sindromi bilan kechadigan kasalliklarni biladi.

  • Bo‘g‘im sindromi bilan kechadigan nogironlikka olib keladigan kasalliklarni biladi

  • infeksion artritni biladi

  • infeksion artritni diagnostik tekshiruv usullarini biladi

  • infeksion artritni alomatlarini biladi

  • infeksion artritni diagnostik mezonlarini biladi.

  • infeksion artrit»ni qo‘llaniladigan dorilarni biladi

  • infeksion artrit bilan og‘rigan bemor bilan muloqatni anamnez yig‘ishni biladi

  • infeksion artrit bilan og‘rigan bemor xolati belgilay oladi

  • infeksion artrit bilan og‘rigan bemorlarga tekeshiruv rejasini tuza oladi.

  • infeksion artrit differensialuyu diagnostika o‘tkaza olmadi

Yuqori barajadagi bilim

Xorosho
71-85,9%


71-75,9

  • Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) 66-70,9» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega

  • infeksion artrit etiologiya va patogenezini biladi.

  • infeksion artritda qo‘llaniladigan dori vositalarining ta’sir mekxanizmini biladi.

  • Bo‘g‘im sindromi bilan og‘rigan bemorga dori larni to‘g‘ri tanlay oladi.

76-80

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) 71-75,9» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • infeksion artrit rivojlanish patogenezini biladi.

  • Turli genezli bo‘g‘im sindromida birlamchi , ikkilamchi va uchlamchi profilaktika usullarini biladi.

81-85,9

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) + «71-75,9» va «76-80» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini qo‘llagan xolda medikamentoz va nomedikamentoz davolash masalalari bo‘yicha konsultatsiya o‘tkaza oladi.

  • Infeksion artritni dispanserizatsiya va reabilitatsiya tamoillarini biladi.


A’lo
86-100%

86-90

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) +«81-85,9» bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Infeksion artritni davolash tamoillarini biladi.

  • Infeksion artritni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini nojo‘ya ta’siri biladi

  • Infeksion artrit to‘g‘rida internet saytlarida ishonarli ma’lumotlar biladi.


91-95


Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) + «86-90, bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Infeksion artrit rivojlanish eitopatorgenezini chuqur biladi

  • Infeksion artrit laboratorno-instrumental tekshiruv usullarrini biladi. v

96-100

Talaba boshlang‘ich darajadagi to‘liq bilimga va malakaga (yuqoriga qarang) + «91-95 bandida ko‘rsatilgan bilimga, hamda quyidagi bilimga va malakaga ega:

  • Ilmiy isbotlangan dalillar va qo‘shimcha bilan javob beradi (maqola va internet)

  • Ingiliz tilida shikoyat, anamnez yig‘di va qisqa bo‘g‘im sindromi haqida gapirdi

  • Mavzuni auditoriyaga tushinarli qilib yangi ped texnologiyani qo‘llagan xolda tushintirdi.

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish