"TASDIQLAYMAN"
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
tibbiyot fanlari doktori, dotsent Azizova F.L.
"____" ____________ 2022 yil
3-kurs magistranti Gadoyeva D.A.ning 5A510101- Akusherlik va ginekologiya mutahasisligida “Aнализы течения и исхода беременности у женщин с бесплодием в анамнезе и невынашивнием” mavzusidagi dissertatsiya ishi bo`yicha kafedralararo ilmiy seminar xulosasi №
Sana: 11.04.2022
Kengash raisi: 2-sonli akusherlik va ginekologiya kafedrasi t.f.d., professor Karimov A.X.
Kotib: t.f.n., ass. Irnazarova D.X.
Qatnashdilar: Professorlar: Babajanova G.S.., Saidjalilova D.D., Magzumova N.M.,; dotsentlar :Yuldasheva D.Y., Muminova Z.A., Sidikxodjayeva M.A. Ataxodjayeva F.A., Qayumova D.T., Abdullayeva L.M.; magistrantlar: Ergasheva N., Narzillayeva D., Rixsiboyeva Sh., Egamova S.,Ikromova M.D., Abrayeva N., Gaipova N.M., Zohidova Sh.U., Mahmudova N.A., Yuldasheva M.A., Baltabayeva G., Axtamova M.
Kun tartibi: 5А510101 - Akusherlik va ginekologiya yo’nalishi boýicha magistratura talabasi Gadoyeva D.A.ning akademik magistrlik darajasini yoqlash uchun taqdim etilgan “ Aнализы течения и исхода беременности у женщин с бесплодием в анамнезе и невынашивнием” nomli dissertasiya ishi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Magzumova N.M.
Kengash raisi: Dissertasiya ishi boýicha asosiy ma’lumotlarni taqdim etish uchun so’z navbati Gadoyeva Dilshodaga beriladi.
Dissertasiya ishi boýicha asosiy ma’lumotlar, natijalar o’zbek tilida eshittirildi va taqdimot ko’rinishida namoyish etildi (davomiyligi 8 daqiqa). Ilmiy ish 2-sonli Akusherlik va ginekologiya kafedrasi tasarrufida olib borilgan.
Kengash raisi: Taqdimot tugadi va kimda savollar mavjud?:
T.f.d., professor Babajanova G.S.:
1. Yo`ldosh- homila koeffitsiyenti qanday aniqlandi?
2. Normada ushbu ko`rsatgich nechiga teng?
3. Ushbu koeffitsiyentning o`zgarishi nimadan dalolat beradi?
Javob:
Yo`ldosh –homila koeffitsiyenti tug`ruq yakunlangandan so`ng aniqlandi. Yo`ldosh vazni o`lchanib homila tana vazniga nisbati aniqlandi.
Normada ushbu ko`rsatgich 0,12-0,14 ni tashkil qiladi.
Ushbu koeffitsiyentning 0.12dan pasayishi gipoplastik surunkali yo`ldosh yetishmovchiligidan, 0.14dan ortishi esa giperplastik surunkali yo`ldosh yetishmovchiligidan dalolat beradi.
Kengash raisi t.f.d., professor Karimov A.X.:
Ultratovush va dopplerometriya tekshiruvi qayerda amalga oshirilgan?
Javob:
Ultratovush va dopplerometriya tekshiruvlari Toshkent tibbiyot akademiyasi tug`ruq kompleksi ayollar sog`lomlashtirish markazida UTT shifokori Dadamuxamedova G.Sh boshchiligida hamda Mediofarm Eco klinikasi UTT shifokori Xodjayeva N.X. boshchiligida bajarilgan.
Kengash raisi t.f.d., professor Karimov A.X.:
Izoh: dissertatsiya ishi 2- bobi funksional tekshiruv usullari qismida ko`rsatilgan Ultratovush uskunasi modeli hamda 3- bobda keltirilgan dopplerometriya suratlardagi uskuna modeli mos emas. Ushbu qismlar kerakli tartibga keltirilsin.
Taqrizlarning barchasi ijobiy va ular quyidagilar tomonidan berilgan:
Tibbiy mutaxasislar kvalifikatsiyasini oshirish markasi professori, t.f.d. Niyazmetov R.E.
1-sonli akusherlik va ginekologiya kafedrasi t.f.d., Abdullayeva L.M.
Qaror qilindi: Magistratura talabasi Gadoyeva D.A.ning akademik magistrlik darajasini yoqlash uchun taqdim etilgan “Aнализы течения и исхода беременности у женщин с бесплодием в анамнезе и невынашивнием” nomli dissertasiyasi tugallangan ilmiy ish deb topilganligi, magistrlik dissertatsiyasi talablariga javob berganligi va aytib o`tilgan tanqidiy izohlar tartibga keltirilgandan so`ng himoyaning keyingi bosqichiga tavsiya etiladi.
Kengash raisi:
t.f.d., professor Karimov A.X.
Kotib:
t.f.n., assistent Irnazarova D.X.
Do'stlaringiz bilan baham: |