"Tasdiqlayman" Toshkent Moliya instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektor i f. d., prof



Download 3,09 Mb.
bet16/36
Sana12.01.2017
Hajmi3,09 Mb.
#371
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Pedagogik vazifalar

O’quv faoliyati natijalari:.

Iqtisodiy hayotni shakllanti-rish va rivojlantirish-ma’na-viyatning o’zigi xos shakli ekanligini yoritib berish

Ma’naviyat jamiyatning yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishishning omili ekanligi-ni izohlab beradi, Iqtisodiyot tushuncha-siga ta’rif beradi

Bozor iqtisodiyotini ma’na-viylik nuqtai nazaridan tah-lil qilish

Bozor iqtisodiyotiga o’tish yuksak taraq-qiyot imkoniyati ekanligini aytib beradi

Ma’naviyatning iqtisodiy muammolarni hal qilishda mamlakat aholisini uyushti-ruvchi va faollashtiruvchi kuch ekanligini yoritib berish

Rivojlangan iqtisodiyot – yuksak ma’na-viyat mezoni ekanligini tahlil qiladi

O’qitish usullari va texnika

Ma’ruza, aqliy hujum, «Baliq skeleti» va «Kaskad» texnikalari, «Blits-so’rov» uslubi.

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor, video-tasma..

O’qitish shakllari

Jamoa, juft-juft bo’lib ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash

Og’zaki nazorat, savol-javob, o’z-o’zini nazo-rat qilish, reyting tizimi asosida baholash.

Ma’ruzaning texnologik kartasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

o’qituvchi

talaba

I-bosqich. Mavzuga kirish.

(10 minut)



1.1. Ma’ruzaning mavzusini e’lon qila-di, o’quv mashg’ulotining maqsadi va natijalarini tushuntiradi

Mavzuni nomini yozib oladilar

1.2. Har bir tinglovchiga mavzu bo’yicha tarqatma materiallarni tarqatadi.

Tarqatmalardan foydalanadi.

1.3. Mavzu bo’yicha ma’ruza mashg’uloti-ning tayanch iboralari va ma’ruza rejasiga izoh beradi. Mavzu yuzasidan blits-so’rov usulida ma’lum bo’lgan tushunchalarni faollashtiradi

O’UM ga qaraydilar. O’z fikrini erkin bayon etadilar

II-bosqich. Asosiy

(60 minut)



2.1. O’quv mashg’ulotining birinchi savoli bo’yicha ma’ruza qiladi. Ma’ruza mash-g’ulotini «Aqliy hujum» uslubi bilan boshlaydi. Talabalarda bilimlar mav-jud, uni bevosita mustahkamlash uchun «Iqtisodiyot nima?» deb savol beradi, umumlashtiradi

O’UM ga qaraydilar. O’z fikrini erkin bayon etadilar

2.2. Birinchi rejada berilgan, mustaqil O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’lini, «Kaskad» texnikasi orqali tushuntiradi (1-ilova). Talabalarning fikrini unum-lashtiradi

Erkin o’z fikrlarini bildiradilar. Yozadilar

2.3. Ma’naviyat va ma’rifat jamiyatning yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishish-ning sharti ekanligini jonlantiruvchi savollar bilan yoritiladi:

1. Ma’naviyat ma’rifat va iqtisodsiz jamiyat taraqqiy etadimi?

2. Bozor iqtisodiyoti deganda nimani tushunasiz?

3. O’zbek modeli nima?

Javoblarni tinglab, ularni to’ldiradi va umumlashtiradi.


Javob beradilar. O’UM ga qaraydilar. Tinglaydilar

2.4. Mavzu yuzasidan uchinchi savolni tushuntirishda talabalarni erkin bahs-munozaraga tortish maqsadida «Baliq skeleti» texnikasidan foydalanilgan holda «Nima uchun ma’naviyat va iqti-sodiyot o’zaro bog’liq?» deb yozilgan tarqatma materiallar bilan ishlashni taklif qiladi. (2-ilova).

Talabalarning fikrini umumlashti-rib, ularni xulosalaydi. Video - lavha namoyish etadi



Juft-juft bo’lib, organayzerni to’ldiradilar

2.5. Tayanch iboralarga qaytiladi (3-ilova). Talabalarning bilimlarini mus-tahkamlash maqsadida «Blits–so’rov» o’tkazdi. (4-ilova)

Har bir tayanch tushuncha va ibo-ralarni muho-kama qiladilar. Javob beradilar

III-bosqich.

Yakuniy bosqich.

(10 minut)


3.1. Ma’ruzada qilingan har bir savol qanday hal qilinganligi to’g’risida yakuniy xulosa beradi

Eshitadi

3.2. Talabalarning faolligi rag’batlan-tiriladi

O’zini qiziqtirgan savollar beradi

3.3. Kelgusi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun topshiriqlar va foydala-niladigan adabiyotlar ro’yhati tavsiya etiladi. Uyga vazifa sifatida test-larni ko’rib chiqish topshiriladi (5-ilova)

O’UM ga qaraydilar

1(3.1.)-Ilova

«Kaskad» texnikasi



Ushbu texnologiya g’oyalar tizimini ishlab chiqishga ko’mak beradi: Asosiy maqsadi: aniq va ijodiy fikrlash qobiliyatini faollashtirish.






Мустақил Ўзбекистоннинг бозор иқтисо-диётига ўтишнинг ўзига хос йўли















2(3.1)-Ilova


«Baliq skeleti» texnikasi


Ushbu texnologiya katta muammolarning echimini topishga qaratilgan. Yuqori qismida muammolar turi yozilsa, pastki qismida esa misollar bilan izohlanadi.



Нима учун маънавият ва иқтисодиёт ўзаро боғлиқ



3(3.1)-Ilova

1-slayd


Iboralar asosida vizual materiallar



1.

Iqtisodiyot

9.

O’zbekistonning iqtisodiy

Salohiyati



2.

Ishlab chiqarish

10.

Intellektual salohiyat

3.

Bozor munosabati

11.

Davlat suvereniteti

4.

Bozor iqtisodi

12.

Yangini qurmay, eskini

Buzmang


5.

Tadbirkorlik

13.

Eksport

6.

Taraqqiyotning o’zak modeli

14.

Bozor iqtisodining sharti

7.

Qonun ustuvorligi

15.

Bozor iqtisodining talabi

8.

Turizm darajasi

16.

Ma’rifat

O’quv vizual materiallar

2-slayd

Ma’naviyatning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi








Tarix














Falsafa




Huquq











Ma’naviyat















Iqtisod




Psixologiya














Din



3-slayd


Iqtisodiy yo’nalishning ta’riflari







Iqtisodiy

tiklanish
















Sog’lom kuchli

jamiyat





Iqtisodiy

Rivojlanish






Iqtisodiy









yo’nalish













Ma’naviy

yuksalish






Ma’naviy

O’nglanish
















Ma’naviy

poklanish








4(3.1)-Ilova

Mavzuni mustahkamlashga qaratilgan

«Blits-so’rov» savollari




Savollar

Javoblar

1.

I.Karimov Oliy Majlisning qaysi sessiya-sida «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» mavzusida ma’ruza qildi?




2.

«Har qaysi ijtimoiy toifa va qatlamning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda umumiy gaplar bilan emas, amaliy ishlar bilan ma’naviyatni yuksaltirish diqqatimiz markazida bo’lishi shart», - degan so’zlar I.Karimovning qaysi asarida keltirilgan?




3.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Oliy Majlisning qaysi sessiyasida qabul qilindi?




4.

Oltin zaxirasi bo’yicha O’zbekiston dunyoda nechanchi o’rinda turadi?




5.

O’rta Osiyodagi barcha resurslarning necha foizi O’zbekiston hissasiga to’g’ri keladi?




6.

O’zbekiston paxta mahsulotini eksport qiladigan mamlakatlar ichida nechanchi o’rinni egallaydi?






5(3.1)-Ilova

1-o’quv topshiriq


Testlar
1. Ma’naviy barkamol inson deganda qanday odamni tushunasiz?

a) Milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni chuqur egallagan va unga amal qilgan ziyoli shaxs;

b) Adabiyot, sanat, falsafa, huquqqa doir chuqur bilimga ega bo’lgan kishilar;

v) Jamiyatda mavjud barcha qonun-qoidalarni, axloq normalarini mukammal o’zlashtirgan shaxslar;

g) Diniy bilimlarni chuqur o’zlashtirgan, unga to’la amal qiladigan shaxs;

d) O’z kasbini yaxshi egallagan, ma’naviy jihatdan etuk shaxs.

2. Milliy manaviy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?

a) O’zbek millatiga tegishli barcha og’zaki va yozma badiiy, ilmiy, falsafiy ta’limotlar;

b) Muayyan millatga tegishli bo’lgan barcha axloqiy, diniy badiiy, huquqiy, siyosiy, ma’naviy meros;

v) Faqat bir millat tomonidan yaratilgan, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan, barcha moddiy meros;

g) Badiiy adabiyot, teatr, musiqa, me’morchilik soxasida yaratilgan, barcha yodgorliklar;

d) Axloq-odob, siyosat, falsafa soxasida yaratilgan milliy-ma’naviy qadriyatlar.

3. Milliy ong nima?

a) Biron-bir mamlakatga tegishli bo’lgan ong;

b) Muayyan millatning ilg’or kishilari tomonidan ishlab chiqilib, ushbu millat kishilari o’rtasiga yoyilgan ijtimoiy-siyosiy qarashlar;

v) Faqat biron-bir millatga xos bo’lgan milliy ruxiyat, kayfiyat, tuyg’ular, qarashlar, nazariyalar va g’oyalar majmuasi;

g) Millatni ravnaqi uchun xizmat qiladigan, uning mustaqilligini ta’minlovchi g’oyalar;

d) Biron-bir millatning siyosiy erkinligini, huquqlarini, axloq normalarini yaratish uchun xizmat qiluvchi qarashlar.

4. O’zbekiston jahonda paxta xom-ashyosi etishtirish bo’yicha nechanchi o’rinda turadi?

a) 2 b) 3 v) 4 g) 6 d) 8 o’rinda.

5. Milliy g’urur nima?

a) Insonning o’z millati erishgan yutuqlaridan, g’alabalaridan, muvaffaqiyatlaridan g’ururlanish;

b) Biron-bir millatning yoki millat vakilining boshqa bir millatga nisbatan afzalligini xis etish;

v) Biron-bir millat vakilida shu millatga tegishli bo’lgan madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, milliy qahramonlar, tarixiy shaxslar mavjudligidan mamnunlik xissiyotlari;

g) Insonning millatdoshi tomonidan ilm-fan, texnika soxasida qilgan kashfiyotlari, erishgan yutuqlaridan faxrlanish tuyg’usi;

d) Biron-bir millat yashaydigan hudud xadlarining kattaligi, er osti qazilmalarining ko’pligidan, shuningdek er usti boyliklarining ko’pligidan g’ururlanish.

6. Huquqiy madaniyat deganda nimani tushunasiz?

a) Davlat tomonidan belgilangan huquqiy normalar va munosabatlarga, qonunlarga, sud, prokuratura organlariga nisbatan bo’lgan qarashlar;

b) Jamiyat a’zolarining huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan barcha qonun-qoidalar va unga tegishli bo’lgan adabiyotlarning o’zlashtirilishi;

v) Muayyan jamiyatda mavjud huquq normalariga, qonun-qoidalariga, tartibga bo’lgan munosabat va unga amal qilinishi;

g) Huquq soxasida chiqarilgan adabiyotlarni muntazam o’rganish natijasida xosil bo’lgan bilimlar;

d) Umumjahon huquq normalarini mufassal o’rganish va unga o’z hayot tajribasida amal qilish.

7. Jamiyatning ma’naviy qiyofasi ijtimoiy taraqqiyotga qanday ta’sir ko’rsatadi?

a) iqtisodiy isloxotlarni tez rivojlantiradi;

b) inqilobiy tarzda tub o’zgarishlarga olib keladi;

v) ilmiy-texnik, texnologiya jarayonlarining yangilanishiga olib keladi;

g) jamiyat hayoti taraqqiyotini tezlashtiradi;

d) jamiyat taraqqiyotiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.

8. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ida aks ettirilgan ranglarning mohiyati?

a) moviy rang - tinchlik, musaffo osmon, obi hayot. Oq rang - tinchlik, poklik. Yashil rang - ezgulik (yam-yashil ekinzorlar). Qizil rang - tetiklik (tomirlardagi oqayotgan qon).

b) moviy rang - dengizdek ulkan yurt. Oq rang - tinchliksevarlik. Yashil rang - Islom diniga mansublik. Qizil rang - tomirlardagi qon.

v) moviy rang - Amir Temur Bayrog’i rangi. Oq rang - poklik, halollik. Yashil rang - ko’m-ko’k dalalar. Qizil rang - kuch, qudrat.

g) moviy rang - musaffo osmonga qiyos. Oq rang - ochiq ko’ngillik. Yashil rang - yam-yashil paxtazor. Qizil rang - sho’rolar tizimiga mansublik.

d) moviy rang - musaffo osmon, obi hayot. Oq rang - oppoq paxtazor. Yashil rang - mevali daraxtlar. Qizil rang - kuch-qudrat.

9. Milliy o’zlikni anglash deganda nimani tushunasiz?

a) O’z ona tiliga, milliy qadriyatlariga, o’z tarixiga egalik qilinishini;

b) Insonning o’ziga yoki o’z millatiga tegishli moddiy va ma’naviy qadriyatlarning jamiyat hayotida tutgan mavqeini anglab etishni;

v) Har bir insonning u yashab turgan jamiyatda egallagan mavqeini, o’z qadr-qimmatini anglab etish tuyg’usini;

g) Mustaqil ravishda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishni anglashni;

d) Madaniyat, ma’rifat, ijtimoiy taraqqiyot soxasida erishilgan yutuqlardan faxrlanishni.

10. O’zbekiston Respublikasi BMT ga qachon a’zolikka qabul qilindi?

a) 1991 y. 22 dekabr

b) 1992 y. 10 yanvar

v) 1992 y. 2 mart

g) 1993 y. 23 fevral

d) 1993 y. 10 may.

11. Vatan tuyg’usi deganda nimani tushunasiz?

a) Vatanni doim eslab yurish, avlodlar yashab o’tgan va dafn etilgan joylarni ziyorat etish, yaqin oshna-og’aynilarni sog’inish xissiyotlari;

b) Vatan haqida doim qayg’urish, uning g’am-tashvishlaridan ogoh bo’lib turish, uni turli balo-qazolardan avaylab-asrash;

v) Kishi tug’ilib o’sgan joyi, mahalla, el-yurt, oshna-og’ayni, qarindosh-urug’ kabi yurtdoshlarni sog’inish;

g) Vatan uchun jon fido qilgan vatandoshlarni eslash, moddiy va ma’naviy milliy qadriyatlarni qumsash;

d) O’zi tug’ilib voyaga etgan, avlodlari hoki to’kilgan Vatanni sevish, e’zozlash, uni himoya qilish, uning ravnaqi uchun mehnat qilish, undan faxrlanish tuyg’usi.

12. O’zbekiston Respublikasi aholisining soni qancha?

a) 23 mln. kishi

b) 24 mln. kishi

v) 25 mln. kishi

g) 26 mln. kishi

d) 27 mln. kishi.

13. Oila barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillar?

a) ma’naviy ruxiy uyg’unlik, o’zaro hurmat, sevgi sadoqati, ishonch, moddiy ta’minlanganlik;

b) Sadoqatli sevgi, iqtisodiy ta’minlanganlik;

v) Qaynona-kelin o’rtasidagi totuvlik;

g) Sevgi, muhabbat, moddiy ta’minlanganlik;

d) Qudalar o’rtasidagi yaxshi munosabat.

14. Burch deganda nimani tushunasiz?

a) Insonning muayyan jamiyat, turli ijtimoiy guruhlar (oila, mahalla, qarindosh-urug’, jamoa va h.k.) tomonidan qabul qilingan qonun-qoidalar, axloqiy me’yorlarning bajarilish, unga amal qilish;

b) Insonning Alloh oldida bajarilish lozim bo’lgan talablarni anglab etishi, uni bajarishi, unga amal qilishi;

v) Jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va hayotga tadbiq qilinayotgan qonunlarga to’la amal qilish;

g) Ota-onalar bilan farzandlar, qariyalar bilan yoshlar, er va xotin o’rtasida bajarilishi shart bo’lgan me’yorlar;

d) Davlat tomonidan o’rnatilgan barcha qonun-qoidalarga so’zsiz amal qilish.

15. «Temir Xotin», «Eshik qoqqan kim bo’ldi?» asarlarining muallifi kim?

a) Sharof Boshbekov;

b) Said Axmad;

v) O’tkir Xoshimov;

g) Xurshid Do’stmuxammad;

d) Xurshid Davron.

16. «Demokratiya va ma’naviyat» nisbatlariga munosabatingiz?

a) Demokratiya va ma’naviyat bir birlarini istisno qiladi, bir-biriga sig’ishmaydi;

b) Demokratiya va ma’naviyat bir-birlariga daxlsiz;

v) Demokratiya siyosiy termin bo’lganligi uchun ma’naviy hayotga befarq;

g) Demokratik tartiblar ma’naviy etuklik natijasidir;

d) Demokratiya va ma’naviyat bir-birlariga daxldor, bir-birini to’ldiradi.

17. Mamlakat barqarorligini ta’minlovchi asosiy shartlar?

a) mamlakatimiz aholisining mintaqa aholisi tarkibidagi miqdoriy salmog’ining ko’pligi;

b) milliy qadriyatlar, tariximizning chuqur ildizi, milliy o’zlikni anglash, umuminsoniy manfaatning ustuvorligini e’tirof etish;

v) kuchli ijtimoiy siyosat va odamlarni da’vat etuvchi ijtimoiy omillarni ro’yobga chiqarish;

g) Millatimizga xos bo’lgan sabr-qanoat, mehnatsevarlik, mehmon-do’stlik, ochiq ko’ngillilik sifatlarining mavjudligi;

d) Islomiy axloq-odobning kishilarimiz ruxiyatiga singib ketganligi, xalqimiz tabiatidagi baynalmilallik qarashlari.

18. Vijdon erkinligi nima?

a) Vijdon - insonning o’z qilmishlari uchun ruxiy azoblanishi;

b) Vijdon - qilgan gunoh ishlari uchun Olloh oldida qo’rqish xissi;

v) Vijdon - oilaviy munosabatlarda sevgi sadoqatiga hiyonat qilish;

g) Vijdon - el-yurt, qarindosh-urug’ oldida o’z burchini ado etish;

d) Vijdon - insonning o’z xatti-harakatlari uchun ma’suliyatni sezish.

19. Jaloliddin Manguberdi kim?

a) Chingizxon boshliq mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashgan milliy qahramon;

b) Iskandar Zulqarnaynga qarshi mardonavor jang qilgan milliy qahramon;

v) Arab bosqinchilariga qarshi xalqni kurashga etaklagan mard jangchi;

g) XVI-XVII asrlarda yashagan buyuk xattot, musavvir;

d) 1127-1156 yil Xorazm taxtida o’tirgan xukmdor.

20. Madaniyat tushunchasini to’g’ri ta’rifini belgilang.

a) Insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy qadriyatlar;

b) Insoniyat tomonidan yaratilgan va insonlarga xizmat qiladigan ma’naviyat va ma’rifat muassasalari;

v) Insonlar tomonidan yaratilgan barcha kuy, qo’shiq, rassomchilik mahsulotlari tarixiy yodgorliklar, teatr va shu kabilar;

g) Maktab va maorif orqali kishilarga singdirilgan bilimlar tizimi;

d) Teatr, kino, televidenie, radio, gazeta va jurnallar orqali ommalashtiriladigan eshittirish va ko’rsatuvlar majmui.


4-Amaliy mashg’ulot mavzusi. Ma’naviyat, siyosat, huquq va mafkura.



Amaliy mashg’ulotni olib borish texnologiyasi



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish