Guliston-2021 yil
Mazkur ishchi oʻquv-mavzuiy reja Markazning 2021-yil ____-yanvardagi
__-sonli Ilmiy- metodik Kengashi yigʻilish qarori bilan tasdiqlangan.
Asos: XTVning 2021 yil 18 yanvardagi 11-sonli buyrugʻi.
-
Tuzuvchilar:
|
O.Daminov., Y.E.Djumoboyeva. - Аniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedra katta oʼqituvchilari
|
KIRISH
Ushbu ishchi о‘quv reja va dastur О‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim tо‘gʻrisida”gi Qonuni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘gʻrisida”gi PF 4947-sonli Farmoni, 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari tо‘gʻrisida”gi PQ – 393-sonli Qarori, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘gʻrisida”gi 187-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-noyabrdagi PF-6108-sonli farmoni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘gʻrisida”gi PQ – 4884-Qarorida kо‘rsatib о‘tilgan hamda 2020-yil 30-oktabrdagi videoselektorda ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish bо‘yicha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bо‘lib, u zamonaviy talablar asosida pedagog xodimlarning malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazarda tutadi.
Ushbu о‘quv reja va dasturga tinglovchilarning talab va ehtiyojlarini о‘rganish asosida mavzular kiritilgan bо‘lib, ta’lim jarayonini sifati va samaradorligini yanada oshirish nazarda tutilgan.
Ishchi о‘quv reja va dastur mazmuni о‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qо‘llash, ta’limda media mahsulot (video, audio, taqdimot va gipermatn)lardan foydalanish usullarini о‘z ichiga oladi. Ta’lim fanlari bо‘yicha tegishli yangi bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yо‘naltirilgan.
Dastur doirasida berilayotgan mavzular umumiy oʼrta taʼlim maktablari xodimlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qо‘yiladigan malaka talablari va о‘quv rejasi asosida shakllantirilgan bо‘lib, xalq ta’limi xodimlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini о‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahorati va о‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish kompetensiyalarini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |