|
|
“Tasdiqlayman”
Samarqand davlat universiteti O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining ANIQ-TABIIY FANLAR VA JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI Aniq fanlar kafedrasi mudiri
__________N.N.Raximov
“6“dekabr 2021y.
|
|
|
|
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI O‘ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTINING ANIQ-TABIIY FANLAR VA JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI ANIQ FANLAR KAFEDRASINING TALABALAR TURAR JOYIDA “KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI” MAVZUSIDAGI TADBIRI
BAYONNOMASI
Samarqand
|
6.12.2021y il
|
Rahbarlik qildi:
|
SamDU O’zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti ANIQ-TABIIY FANLAR VA JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI ANIQ FANLAR kafedrasi mudiri N.N.Raximov
|
Qatnashdilar:
|
Kafedra professor– o’qituvchilari,fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.O‘ .Rasulov
, Fakul’tetlar tyutorlari, SamDU O’zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti ANIQ-TABIIY FANLAR VA JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI talaba qizlari,
|
|
|
KUN TARTIBI:
1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini yaratilishi tarixidan.
Ma’ruzachi: Kafedra Ass. o’qituvchisi X.Xaknazarova
2.Savol-javoblar va munozaralar.
1.ESHITILDI: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini yaratilishi tarixidan kafedra Ass o’qituvchisi X.Xaknazarovaning ma’ruzasi.
Kafedra ass. o’qituvchisi X.Xaknazarova – O’zbek davlatchiligi shakillangandan buyon o’zining huquqiy asoslari yaratilgan. O’z nomi bilan qat’iy o’rnatilgan Qjnun nomi bilan ishlab chiqilgan ‘Avesto’ni misol qilishimiz mumkin. U o’z davriga mos va xos bo’lgan.
Keyinchalik islom dinining qabul qilinishi bilan Quroni karim konstitutsiya vazifasini o’tadi. Mo’gillar istilosi davrida “Yoso” Qonunlar majmuasidan foydalanildi.
Amir Temur markazlashgan mustaqil davlatni tashkil qilgandan so’ng “Temur tuzuklari” asosiy qonunlar majmuasi vazifasini o’tadi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ham “Temur tuzuklari”ga yuqori baho berib: “Temur tuzuklari”ni o’qiganimda bugungi kundagi ko’pgina muammolarga javob topganday bo’laman” – deb ta’kidlagan edilar.
Podsho Rossiyasi o’lkamizni zabt etgandan so’ng “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi Nizom”ni qabul qildi.
Milliy hududiy chegaralanish natijasida O’zbekiston sovet sotsilistik respublikasi tashkil topgandan so’ng 3 marta respublika konstitutsiyasi qabul qilinadi.Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi
Haqida ma’lumot berildi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - mustaqil davlating Asosiy qonuni.Mustaqillik qo'Iga kiritilgach, bir qator omillar respublika Konstitutsiyasini yaratishni zarur qilib qo'ydi.Mamlakatimizda milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi. Vujudga kelayotgan yangi siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari, jamoat tashkilotlarining yuridik manfaatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, milliy totuvlikni ta'minlash masalalari yangi Konstitutsiya qabul qilishga ehtiyoj tug'dirdi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining xalqaro huquq subyektiga aylanishi, mustaqil davlat sifatida jahonga tanilishi ham Konstitutsiya qabul qilinishini talab qilardi. "Mustaqillik Deklaratsiyasi" qabul qilingan O'zbekiston Oliy Kengashining 1990- yil 20- iyunda bo'lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo'jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi.
Konstitutsiyaviy komissiya O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi. Konstitutsiyaviy komissiyaning 1991- yil 12- aprelda bo'lgan yig'ilishida komissiya a'zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiya bo'limiarini tayyorlash bo'yicha 50 kishidan iborat 6 ta kichik guruhlar tuzildi. 1991- yil 31- avgustda O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida" gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy maqom berilishi Konstitutsiyaviy komissiya mas'uliyatini yanada kuchaytirdi.
Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o'rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo'lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g'oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi.
1992- yil 26- sentabrda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992- yil 26- noyabrda matbuotda ikkinchi marta e'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulo-hazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli bo'ldi. Prezident I. A. Karimov O'zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o'zining katta hissasini qo'shdi.
Oliy Kengashning 1992- yil dekabrda bo'lgan XI sessiyasi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. "Shuni alohida ta'kidlashimiz kerakki, - degan edi Prezident I.A.Karimov sessiyada so'zlagan nutqida, - yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha e'tirof etgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qo'shma Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining Konstitutsiya tajribasidan ijodiy foydalanildi".
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o'zgartirish, qo'shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992- yil 8- dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun - 8- dekabr umumxalq bayrami - O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e'lon qilindi. 8- Dekabr dam olish kuni hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo'lim, 128 moddadan iborat. U "Mustaqillik Deklaratsiyasi", "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida" gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g'oyalarni o'zida to'la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi.
O'zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi Konstitutsiya sobiq Ittifoq davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, yangi qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo'lib, barcha moddalari haqiqiy mustaqillik g'oyalari bilan sug'orilgan. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa O'zbekistonning mustaqilligini ta'minlay olmaydigan, respublikaning "suveren" ligi haqida quruq so'zlar yozilgan, huquqiy qoidalari qog'ozda qolib ketadigan, rasmiy bir hujjat edi.
Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya ijodkor xalqimizning xo-hish-irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to'p-langan eng ilg'or Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. llgarigi Konstitutsiyalar esa Markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko'chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi Asosiy qonunimiz mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi O’quvchilarga slaydlar yordamida KO’RSATILDI.O’QUVCHILAR TOMONIDAN BERILGAN SAVOLLARGA JAVOB BERILDI.
Yig‘ilish qaror qiladi:
1. Aniq-tabiiy fanlar va Jismoniy madaniyat fakulteti dekanining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi X .Xaknazarovaning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin
2. . Aniq-tabiiy fanlar va Jismoniy madaniyat fakultetida Xotin-qizlarni O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qabul qilingan xotin qizlarga va ta’lim yunalishiga ta’alluqli qismi o’rganilsin va huquqiy bilimi kuchaytirilsin. Xotin-qizlarni sha’ni va huquqlarini himoya qilish ishlari jonlantirilsin.
Yig’ilish kotibi:
Do'stlaringiz bilan baham: |