1.1. Tashkiliy boshlanish. O`quvchilarni amaliyotga tayyorgarligini, sanitariya-gigiyena holatini, tashqi ko`rinishi tekshiradi. Yo`qlama qiladi, texnika xavfsizligi jurnaliga imzo qo`ydiradi.
1.2. Mavzuga kirish O`quvchilarni mashg`ulot nomi va maqsadi bilan tanishtiradi. Uyga berilgan vazifani tekshiradi. Mashg`ulot tartibini tushuntiradi. Baholash mezonlarini e’lon qiladi ( 1Ilova) .
Amaliyotga texnika havfsizligi, sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilgan xolda mahsus kiyimda keladi, texnika xavfsizligi jurnaliga imzo qo`yadilar
Tinglaydilar,
2- bosqich
Asosiy qism
(210 min)
Kirish yo`riqnomasi (60 min) O`quvchilar bilimini faollashtirish.
2.1. O`quvchilarni faol ishtiroq etishlari uchun egallagan bilimlari yetarligini og`zaki savol – javob shaklida aniqlaydi (2-Ilova) va “BBB” jadvalining 2ta ustunini (3-Ilova) to`ldirishni taklif qiladi. Aniqlangan bilimlar va fanlararo bog`likligi asosida dvigatelning moxiyatini tushuntiradi.
2.2. Qismlarga ajratish va yig`ish ishlari turlarini, ularni farqini, qo`llanishini, Qismlarga ajratish va yig`ish ishlariga joy tayyorlashni, kalitlardan foydalanishni tushuntiradi.
2.4 Ish vaqtida asbobdan to`g`ri foydalanish, to`g`ri ushlash qoidalarini tushuntiradi
2.6. O`quvchilarni mavzu bo`yicha berilgan materialni o`zlashtirgani savol-javob qilib aniqlaydi (4-Ilova).
Joriy yo`riqnoma (130 min)
YAngi o`quv material bo`yicha amaliy mashq bajarish 2.7. O`quvchilarni ish joylariga tahsimlab Qismlarga ajratish va yig`ish ishlari jarayoniga yo`riqnoma (texnologik xarita) beradi va o`quvchilar ishlarini nazorat qiladi.
2.8. Ishlash jarayonida o`quvchilar tomonidan ko`ygan xatolarni ko`rsatadi.
Yakuniy yo`riqnoma (20 min)
2.9. Mashg`ulot tugaganidan so`ng ish joylarini talab darajasiga keltiradi ishni va asboblarni qabul qiladi.
2.10. Faollik mashqlaridaqatnashadilar (6-ilova)
Savollarga javob beradi ,”BBB” jadvalini to`ldiradi.
Tiglaydilar, yozib oladilar.
Tomosha qiladilar, o`rganadilar
Savollarga javob beradi
Tasniflaydilar (5-ilova)
Tiglaydilar, asboblarni tanlaydilar
Tiglaydilar, yozib oladilar
O`quvchilar o`z ish joylariga turadilar va mashg`ulot raxbari ko`rsatmalariga rioya qilgan xolda ishlarini bajaradilar.
Bajargan ishlarini va asboblarni mashg`ulot rahbariga topshiradilar
Ish joyini tozalaydilar
3-bosqich
Yakuniy
(15 min)
Yakunlash. 3.1.O`quvchilarni amaliy mashg`ulot bo`yicha baxolarni elon qiladi (1a-Ilova).
3.2 Kelgusi kasbiy faoliyatlarida bu ishlarni puxta o`rganish axamiyati muhumligiga o`quvchilar etiborini qaratadi
3.3 Kelgusi mashg`ulot bilan tanishtiradi va mustaqil ish tariqasida mavzuni o`qib ”Raqamni aniqla” jadvalini (Ilova-6) to`ldiradi vazifa beradi
Tinglaydilar
Topshiriqni yozib oladilar
Mavzu: Neksiya avtomobilining diafragma prujinali ilashish muftasini ishlash tartibini o’rganib qismlarga ajratish va yig’ish.Ilashish muftasi
Ilashish muftasi quyidagi vazifalarni bajaradi: > dvigatel tirsakli valini uzatmalar qutisidan vaqtincha ajratish va
ravon ulash;Bu esa:avtomobilning ravon qo zg ‘alishini ta ’minlaydi;
detallardagi yuklanishlarni oshirmay pog‘onalarni almash-tirishni ta ’minlaydi;
dvigatelni to ‘xtatmay turib avtomobilni to ‘xtatish imkonini beradi.
> keskin tormozlanish jarayonida kuch uzatmasi detallarning ortiqcha
yuklanishidan saqlaydi va ularning xizmat muddatini uzaytiradi. Ilashish muftasi yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlardan tashkil topgan:
yetaklovchi qismga tirsakli val bilan bog‘langan (doimo aylanuvchi) detallar kiradi;
yetaklanuvchi qismga ilashish muftasi dvigatel va kuch uzatmasi o‘zaro ajratilganda yetaklovchi qismdan ajraladigan detallar kiradi.
Turlari: yetakchi va yetaklanuvchi qismlar orasidagi bog‘lanish tasnifiga asosan ilashish muftalarini friksion, gidravlik va elektromagnit (kukunli) turlarga ajratiladi. Eng ko‘p taralgan - bu friksion ilashish muftalaridir. Ularda burovchi moment yetakchi qismdan yetaklanuvchi qismga, shu qismlarning ta’sirlashish yuzalaridagi ilashish kuchi yordamida uzatiladi. Gidravlik (gidromufta) ilashish muftalarida yetakchi va
yetaklanuvchi qismlar bog‘lanish, shu qismlar orasida harakatlanayotgan suyuqlik oqimining bosimi bilan amalga oshiriladi, elektromagnit ilashish muftalarida esa magnit maydon yordamida amalga oshiriladi.Gidravlik yuritmali ilashish muftasi 45-rasmda ko‘rsatilgan. Yetakchi qismga dvigatel maxovigi, g‘ilof va siquvchi disk, yetaklanuvchi qismga-yetaklanuvchi disk tegishli. Siquvchi disk g‘ilof bilan bikr plastinkalar yoki bir boshqa o‘zaro harakatchan bog‘lanishga ega. Bu g‘ilofdan siquvchi diskka burovchi momentni uzatishni va ilashish muftasi ajratilganda yoki ulanganda siquvchi diskni o‘q bo‘yicha harakatini ta’minlaydi. Bundan tashqari, friksion ilashish muftasini ulashni, ajratishni amalga oshiruvchi va ilashish muftasining yuritmasini tashkil etuvchi detallar alohini guruhni tashkil etadi.
Ilashish muftasini ulash prujinalar hosil qilgan kuch ta’sirida amalga oshiriladi, ajratish esa richaglarni (odatda ular 3 yoki 4 ta bo‘ladi) g‘ilofga makamlangan nuqtalariga nisbatan burganda yuqoridagi siqish kuchini yengish tufayli amalga oshiriladi. Richaglar g‘ilof bilan birga aylanadi, shuning uchun ularga aylanmayotgan detallardan harakatni uzatish uchun ularga aylanmayotgan detallardan harakatni uzatish uchun ezuvchi podshipnikli ajratish muftasi ishlatiladi.
Avtomobil harakatlanishi uchun ishlab turgan dvigatel validagi burovchi momentni silkinmasdan turkisiz va tebranishsiz yetkchi g’ildiraklarga uzatilishi lozim. Bundan tashqari avtomobil turli yo’l sharoitilrida yurganda uning yetakchi yetakchi g’ildiraklariga keltiralayotgan kuchning kattaligini yoki harakat yo’nalishini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Buning uchun kuch uzatmaning ishlab turgan dvigateldan qisqa muddatga uzib, yana ulash kerak bo’ladi. Bu vazifani bajarish uchun dvigatel bilan kuch uzatmani kerakli paytda ilashtiruvchi yoki ajratib qo’yuvchi tuzilma–muftasi kerak bo’ladi.
Demak ishlashish muftasi avtomobilning turgan joyidan silkinmasdan
turtkisiz va tebranmasdan qo’zag’alishini taьminlash va tezliklarini almashtirishda
kuch uzatmani dvigatelni tirsakli validan qisqa vaqtga vaqtincha ajratish va ravon
qo’shish vazifasini bajaradi. Ilashish muftasi yetaklovchi va yetaklanuchi qism dvigatel ishlaganda tirsakli valni uchiga o’rnatilgan bo’lib ishlashi muftasii
dvigateldan ajralganda aylanishdan to’xtaydi.
Etaklovchi va yetaklanuvchi qismlarini ulash usuliga ko’ra ilashish muftasi
friktsion gidravlik va elektro magnitli bo’ladi. Ilashish muftalari yetakchi diskalrni
soniga qarab bir, ikki diskali siquvchi purjinalarning turiga va joylashuviga qarab doira bo’ylab joylashgan purjinali yoki bitta markaziy diafragmali purjinali bo’ladi. Ilashish muftasi bilan uzatmalar qutisining orasiga dvigatelning maxovigi o’rnatilgan. Friktsion ilashish muftasining yuritmasi mexanik, gidravlik, elektromagnit bo’lishi mumkin. Ko’pgina yengil va yuk avtomobillarida mexanik va gidravlik yuritmalar ishlatiladi. Elektromagnit yuritmalarni asosan yengil avtomobillarda ilashish muftasini boshqarishni avtomatlashtirishda qo’llaniladi. Ilashish muftasini boshqarishni osonlashtirish uchun mexanik (servoprujinalar) pnevmatik yoki vakuumli kuchaytirgichlardan foydalaniladi.