Fan bo`yicha baholash mezonlari
“Boshkaruv tizimlarida kompyuter va texnologiyalar” fani o`kuv rejada belgilangandek, “Avtomatika vositalari va nazorat-o`chov asboblarini montaj kilish, ishlatish va xizmat ko`rsatish texnigi” yo`nalishlarida 3-kursning V-semestrida va VI-semestrida o`kitiladi. Fan uchun jami 118 soat, shu jumladan, 50 soat ma’ruza, 30 soat amaliy mashg`ulot va 38 soat mustakil ta’lim uchun ajratilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi va O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markasining 2008 yil 30 apreldagi 01-148K/K, 118, 16/KK-son karori bilan tasdiklangan “Akademik litseylar va kasb-hunar kolledjlari o`kuvchilarining bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat kilishining reyting tizimi to`g`risidagi Nizom”da ko`rsatilganidek, talabalar bilimini nazorat kilish va reyting tizimi orkali baholash kuyidagi turlar orkali amalga oshiriladi:
- Joriy nazorat (JN) – so`rovlar, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar va testlar tarzida bilim, malaka va ko`nikmalar tekshiriladi;
- Oralik nazorat (ON) – semester tugaganda va o`kuv dasturining tegishli bo`limi tugallangandan keyin amalgam oshiriladi. Uning asosida o`kuvchi reytingi aniklanadi. Bilim, malaka va ko`nikmalar baholash uchun oralik nazorat imtihonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida o`tkaziladi;
- Yakuniy nazorat (YaN) – o`kish tugagandan keyin davlat attestatsiyasi: imtihonlar, testlar, malaka ishlari, dimlom loyihalarini himoya kilish shaklida amalgam oshiriladi.
“Boshkaruv tizimlarida kompyuter va texnologiyalar” fanidan talabalarning semester davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi besh ballik (“5”, “4”, “3”, “2”) usulida butun sonlar yordamida baholanadi.
Joriy nazorat ajratilgan har bir mavzu bo`yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustakil ijodiy fikr-mulohazalari, amaliy jadval va topshiriklarni yechishi, mustakil ishi natijalari va amaliy ko`nikmalarini aniklab borish nazarda tutiladi.
Oralik nazorat semester davomida ___ marta o`tkaziladi. Oralik nazoratda talabalarning o`zlashtirish ko`rsatkichi ma’ruzalar o`tilgan mavzular bo`yicha og`zaki, yozma ish, test o`tkazish usullari va talabaning mustakil ishi nazarda tutilgan holda baholanadi.
Yakuniy nazorat semester yakunida o`tkaziladi. Yakuniy nazoratda talabaning bilim, ko`nikma va malakalari ishchi o`kuv dasturidan kelib chikgan holda fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy nazorat yozma ish yoki test o`tkazish usulida amalga oshiriladi.
Talabalarning semester mobaynida to`plashi mumkin bo`lgan umumiy balli (R semester) maksimum “5” balni tashkil kilib, kuyidagicha hisoblanadi:
Yillik umumiy ball sifarida semestrlarda to`plangan umumuy ballarning o`rtachasi olinadi:
“Boshkaruv tizimlarida kompyuter va texnologiyalar” fani bo`yicha talabaning har bir nazorat turlari ballarda ifodalangan o`zlashtirishi kuyidagi mezonlarga asosan aniklanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |