Agar foydalanuvchi va niyati buzuq odam bir segmentdabo'Isa, ARP-so‘rovni ushlab qolish va yolg‘on ARP-javobni yomonlash mumkin bo‘ladi. Bu usulning ta’siri faqat bitta segment bilan chegaralanganligi tasalli sifatida xizmat qilishi mumkin. ARP bilan bo‘lgan holga o‘xshab DNS-so‘rovni ushlab qolish vo'li bilan Internet tarmog‘iga yolg‘on DNS-servemi kiritish mumkin.Bu quyidagi algoritm bo‘yicha amalga oshiriladi: DNS-so‘rovni kutish;
- olingan so‘rovdan kerakli ma’lumotni chiqarib olish va tarmoq bo‘yicha so‘rov yuborgan xostga yolg‘on DNS-javobni haqiqiy DNS-server nomidan uzatish. Bu javobda yolg‘on DNSserveming IP-adresi ko‘rsatilgan bo‘ladi;
- xostdan paket olinganida paketning IP-sarlavhasidagi Ipadresni yolg‘on DNS serveming IP-adresiga o‘zgartirish va paketni serverga uzatish (ya’ni yolg‘on DNS-server o‘zining nomidan server bilan ish olib boradi);
- serverdan paketni olishda paketning IP-sarlavhasidagi IPadresni yolg‘on DNS-serveming IP-adresiga o‘zgartirish va paketni xostga uzatish (yolg‘on DNS servemi xost haqiqiy hisoblaydi).
Yolg‘on marshrutni kiritish. Ma’lumki, zamonaviy global tarmoqlari bir-biri bilan tarmoq uzellari yordamida ulangan tarmoq segmentlarining majmuidir. Bunda marshrut deganda ma’lumotlami manbadan qabul qiluvchiga uzatishga xizmat qiluvchi tarmoq uzellariniug kctma-ketligi tushuniladi. Marshmtlar xususidagi axborotni almashishni unifikatsiyalash uchun marshrutlami boshqaruvchi maxsus protokollar mavjud. Internetdagi bunday protokollarga yangi marshrutlar xususida xabarlar almashish protokoli - ICMP (Tarmoqlararo boshqaruvchi xabarlar protokoli) va marshrutizatorlami masofadan boshqarish protokoli SNMP (Tarmoqni boshqarishning oddiy protokoli) misol bo‘la oladi. Marshmtni o‘zgartirish hujum qiluvchi yolg‘on xostni kiritishidan bo‘lak narsa emas. Hatto oxirgi obyekt haqiqiy bo‘lsa ham marshmtni axborot baribir yolg‘on xostdan o‘tadigan qilib qurish mumkin
Marshmtni o‘zgartirish uchun hujum qiluvchi tarmoqqa tarmoqni boshqamvchi qurilmalar (masalan, marshrutizatorlar) nomidan berilgan tarmoqni boshqamvchi protokollar orqali aniqlangan maxsus xizmatchi xabarlami jo’natishi lozim. Marshrutni muvaffaqiyatli o‘zgartirish natijasida hujum qiluvchi taqsimlangan tarmoqdagi ikkita obyekt almashadigan axborot oqimidan to‘la nazoratga ega bo‘ladi, so‘ngra axborotni ushlab qolishi, tahlillashi, modiflkatsiyalashi yoki oddiygina yo‘qotishi mumkin. Boshqacha aytganda, tahdidlaming barcba turlarini amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi.