Oraliq nazorat (ON) – talabaning ma’ruza va seminar mashg’ulotlari va
mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, semestr davomida o`quv dasturining
tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan
keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash uchun
olinadigan sinov natijalari asosida baholanadi. “Tabiat bilan tanishtirish”
fanidan oraliq nazorat bir semestrda bir marta o`tkaziladi va shakli (yozma,
og`zaki, test va hokazo) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib
chiqqan holda belgilanadi. Oraliq nazoratdan «2» baho olgan talaba yakuniy
nazoratga kiritilmaydi.(Umumiy hajmi 38 soatdan ortiq bo’lgan fanlardan oraliq
nazorat olinadi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |