Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


O’zbekistonning siyosiy va iqtisodiy rivojida xalq ma’naviyatini yuksaltirishning ahamiyati



Download 494,11 Kb.
bet10/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

O’zbekistonning siyosiy va iqtisodiy rivojida xalq ma’naviyatini yuksaltirishning ahamiyati
O’zbekiston xalqi mustaqilligini qo’lga kiritib, suveren demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishni oliy maqsad qilib belgilab oldi.
Demokratik davlat xalq tomonidan saylovlar yo’li bilan shakllantiriladigan, uning vakillik organlari orqali boshqariladigan, fuqarolik jamiyati institutlari yordamida nazorat qilinadigan davlatdir. Demokratik davlat xalqning yuksak ma’naviyatiga asoslanadi.
Mustaqillik yillarida milliy istiqlol gʻoyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. Gʻoyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, buzgʻunchi gʻoyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017-yildan boshlab Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol koʻrsatmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida taʼkidlandi. 2019-yil 8-aprel kuni Prezidentimizning Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy gʻoyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoyishi qabul qilindi.
Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon boʻladi? Rivojlangan mamlakatlarda milliy gʻoya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uygʻunlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” eʼtiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yoʻlida safarbar qilganiga misollar koʻp. Ularning aksarida milliy gʻoya milliy qadriyatlarga bogʻlab singdirilganini koʻramiz.
Masalan, “Tarix – sintoizm – konfutsiylik – samuraylik irodasi” qadriyatlari negizida yapon milliy gʻoyasi ishlab chiqildi. Odamlarga ishonch, ragʻbat berildi. Maktabning tarbiyaviy ishlar tizimi, gʻoyasi isloh qilindi. Uyushgan millatning juda qattiq mehnati oʻlaroq, dunyo “Yapon moʻjizasi”ning guvohi boʻldi. Xitoyda ham milliy zaminga – Konfutsiy taʼlimotiga murojaat qilindi. Konfutsiy merosidan diniy taʼlimot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida foydalandi. Yoshlar tarbiyasi “Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq boʻlish” gʻoyasi asosida tashkil etildi. Yoshlarga shaxsiy va milliy manfaatlarni uygʻun tutish oʻrgatib borildi.
AQSHda davlat mafkurasi yoʻq, deb hisoblanadi. Ammo amerikaliklarning maʼnaviyatini oʻrgangan olimlar AQSH kabi mafkuralashgan davlatni topish qiyin, deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi” (American Dream) bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yigʻindisi, millatning maʼnaviy onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi. Amerikaliklar mafkura boʻlmasa, davlat boshqaruvida tizimlilik boʻlmaydi, tizimsiz esa samarali siyosat boʻlishi mumkin emas, deb hisoblashadi. Shu bois, amerikalik davlat arboblaridan biri U.Sefayr “Agar Amerika tuzumi – skelet boʻlsa, amerikancha orzu – uning qalbidir“ degan edi.
Janubiy Koreyada ham milliy gʻoya xalqning milliy oʻzligiga va yoshlar tarbiyasiga qurildi. Maktabda milliy gʻoya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallar orqali singdirib borildi. Yoshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha taʼlimga alohida eʼtibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning ellik olti foizi bolaning taʼlim-tarbiyasi, inson kapitali – Human Capital uchun sarflanmoqda.
Mamlakatimizda milliy gʻoyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qoʻyilmoqda.
Ilgari milliy gʻoyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy gʻoya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin koʻzlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni koʻrar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan notoʻgʻri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi. Chunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qoʻporib tashlash qiyin kechyapti. Milliy gʻoya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanmoqda.
Ilgari milliy gʻoya ijtimoiy-gumanitar, maʼnaviy-maʼrifiy masala, deb tushunildi. Bugun uning iqtisodiy-siyosiy poydevori – Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi – har yilning bosh Dasturi, mablagʻi, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy gʻoya gumanitar masala boʻlib qolmaydi. Chunki uning natijasiga qaratilgan iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy gʻoya roʻyobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi rol oʻynaydi. Demokratiya – toʻgʻrilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti. Nohaqdan – haqni, zolimdan – mazlumni, zoʻravondan – ojizni himoya qilishga xizmat qiladi. Shu haqda jar soladi. Jamoatchilik nazoratini ishga soladi. Chunki milliy gʻoya aholining bir toifasi emas, hamma yaxshi yashasin, hayotdan rozi boʻlsin, deydi. Mamlakatda adolat, qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy gʻoya ham quruq shiorlar boʻlib qoladi. Xalq norozi boʻladi. Xalq norozimi, demak, milliy gʻoya oʻz bongini urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan boʻladi.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish