Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Milliy ma’naviyat tarixining millat ma’naviy takomil jarayoni bilan bog’liqligi. Ma’naviy hayot mezonlari



Download 494,11 Kb.
bet35/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Milliy ma’naviyat tarixining millat ma’naviy takomil jarayoni bilan bog’liqligi. Ma’naviy hayot mezonlari.
Tariximizning boyligi va buyukligi, avvalo, xalqimizning yuksak ma’naviyati va ma’rifati bilan bog’liqdir. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan, ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo’shganlar. Temuriylar, Boburiylar tomonidan yaratilgan buyuk saltanatlar, ular rahnamoligida barpo etilgan muhtasham tarixiy obidalar bugun ham xalqimiz dahosining yorqin namunalari sifatida dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda.
Inson kamoloti va yuksak ma’naviyati haqida gap ketganda, ijtimoiy muhit haqida ham fikr yuritish joiz. Chunki qadimda ota-bobolarimiz o’z farzandlari tarbiyasi masalasiga katta mas’uliyat, jiddiy e’tibor bilan yondashganlar. Masalan, bola tarbiyasi bilan asosan diniy-dunyoviy ilm sohasida oqila enagalar yoki ilm-ma’rifatda katta obro’-e’tiborga ega ustoz-murabbiylar shug’ullangan. Dono xalqimizda “Qush uyasida ko’rganini qiladi” degan ibratli so’zlar bejiz aytilmagan. Ya’ni, har bir shaxsning o’sib kamol topishida u yashagan oila muhiti, ustozlari va mavjud ijtimoiy sharoitlar muhim o’rin tutadi.
Tarix sinovidan o’tgan haqiqat shuki, ezgu g’oyalarga, ma’naviy merosga, an’analar va zamonaviy talablarga asoslanmagan har qanday davlat tizimi uzoqqa borolmaydi. Bu haqiqatni yetmish yilning nari-berisida patorat topgan sobiq ittifoqning qismati yaqqol isbotladi. Ayni vaqtda mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, sha’ni va g’ururi poymol etilgani, ko’hna tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani, ma’naviy qaramlik ostida taqdirimiz jar yoqasiga kelib qolganini aslo unutib bo’lmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy targ’ibot faoliyati o’zining mazmun-mohiyat va ahamiyati jihatidan eski davrdagi “propaganda-agitatsiya ishlari”dan yer bilan osmoncha farq qiladi.
Mustaqil mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizning 12-moddasida: “O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas”, deb belgilab qo’yilganini eslash maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda olib borilayotgan ma’naviy targ’ibot-tashviqot jarayoni zamirida yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa, kasbu korga mansub bo’lgan kishilarni ma’naviy tajovuzlardan asrash, ularni ogohlikka chorlash, mavjud xavf va tahdidlarning oqibatlarini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g’oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu g’oyalarga sadoqat tuyg’ularini tarbiyalashga qaratilgan tizimli va aniq maqsadli amaliy harakatlar mujassamdir.


Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish