Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi



Download 494,11 Kb.
bet15/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko’lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag’ishlangan haftalik o’tdi.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo’lib o’tdi. YUNESKO to’lonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag’ishlangan ko’rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur no’li berilgan bog’lar, ko’chalar barpo etildi.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko’lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag’ishlanib kechalar o’tkazila boshlandi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bag’ishlab,Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o’rinda turadigan “Al-Jome as-Sahih”(“Ishonarli to’plam”), “Al-adab, al-mufrad” (“Adab durdonalari”) o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi3.
1998-yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg’oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi4. Respublikada yubileylar munosabati bilan allo’lalar hayotiga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko’rgazmalar ochildi.
1992-yil Birinchi Prezidentimiz farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
Milliy ma’naviyat nazariyasining shaklianishida davlat rahbarining o’rni va roli
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda milliy madaniyatimiz, adabiyot va san’atimizni rivojlantirish bilan bog’liq dolzarb masalalar, ularni hal etish yo’llari, bu borada ijodiy uyushmalar va davlat tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi.
Unda mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlar qatori madaniyat va san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari rivojiga katta e’tibor berilayotganligi ta’kidlangan edi.
Xalqimizning boy madaniy merosini tiklash va o’rganish maqsadida bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, poytaxtimizda O’zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi barpo etilmoqda. O’zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, O’zbekistonning yangi tarixi markazi faoliyati yo’lga qo’yilmoqda. Kitobxonlik madaniyatini oshirish, madaniyat va san’at sohasini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilib, hududlarda ulug’ san’atkorlarimiz nomi bilan ataladigan ijodiy maktab va markazlar tashkil qilinmoqda.
Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida yosh iste’dod egalarining iqtidorini yuzaga chiqarish borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining uchrashuvdagi ma’ruzasida madaniyatimiz va san’atimizning rivojlanish jarayonlari, bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotiga ta’siri xolisona va tanqidiy baholanib, o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari haqida atroflicha fikr yuritildi. Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyati chuqur tahlil etildi. Ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi o’rni va vazifasi haqida muhim va dolzarb fikrlar bayon qilindi. Prezidentimiz xalqimizning ma’naviy kamolotida ijodkorlarning xizmati beqiyos ekanini alohida ta’kidlab, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida barcha sohalar vakillari qatori madaniyat va san’at ahlidan ham yanada faollik, yangi-yangi ijodiy g’oya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi talab etilayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi.
Maʼlumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. 

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish