Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Imomi A’zam va Imom Buxoriy ilmiy merosi



Download 494,11 Kb.
bet140/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Imomi A’zam va Imom Buxoriy ilmiy merosi
IMOMI A’ZAMAbu Hanifa No’mon ibn Sobit al-Ko’fiy (699, Ko’fa— 767, Bag’dod) — hanafiylik mazhabi asoschisi. Ilohiyotchi, faqih, muhaddis. “Abu Hanifa” uning kunyasi, “Imomi A’zam” («Ulug’ imom») ulug’ligining e’tirofi o’laroq berilgan unvon. Asli fors bo’lib, o’ziga to’q, zodagon oiladan. Olim va fozil insonlar orasida voyaga yetdi. Otasidan qolgan katta boylikni ilm yo’lida sarf etdi. Yoshlikdan Qur’onni yod oldi. Kalom ilmi va mantiqni o’rgandi. 22 yoshida iroqlik ilohiyotchi Hammod ibn Abu Sulaymonga shogird tushib uning ta’limini oldi. Keyin Kufa va Basraning eng obro’li faqihi bo’lib yetishdi va o’zi shogirdlar tarbiyaladi. Kamtar, mehribon, taqvodor inson sifatida hurmat qozondi. Uning 55 marta haj qilganligi haqida rivoyat bor.
Imomi A’zam 747-48 yillarda Iroq hokimi ibn Hubayra ta’qibidan qochib Makkaga ketadi. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Iroqqa qaytib, ulamolik faoliyatini davom ettiradi. Xalifa al-Mansur (754-775) unga yangi poytaxt Bag’dodda qozilik yoki boshqa istagan yuksak lavozimini egallashni taklif qiladi. Biroq Imomi A’zam bu taklifni rad etadi. Shunda Mansur uni qamab turli qiynoqlarga solgan, kaltaklatgan.
Mansur Imomi A’zamga zahar ichirgan va u zot shu sababdan shahid bo’lgan, degan rivoyat ham bor. Imomi A’zam islom ulamolari orasida eng yetuk olimlardan edi. U odamlarga qulay, toliblarga yengil bo’ladigan yo’lni topishga muvaffaq bo’ldi: shar’iy ilmni birinchi bo’lib tasnif qilib, uni boblarga ajratib, tartibga soldi va kitob shakliga keltirdi. Imomi A’zamning ilmi kalom, fiqx, hadis, sarf ilmlariga oid bir necha kitoblari mavjud: «Kitob as-salot» («Namoz ahkomlari kitobi»), «Kitob al-manosik» («Haj kitobi»), «Kitob ash-shurut» («Shartnomalar haqida kitob»), «Kitob al-faroiz» («Meros ilmi haqida kitob»), «Kitob al-olim val-mutaallim» («Ustoz va shogird haqida kitob»), «Kitob al-fiqx al-akbar» («Katta fiqh kitobi»), «Kitobi al-vasiya» («Vasiyatnoma kitobi») va boshqalar. Imomi A’zamning bulardan tashqari hadis sohasida ham asarlari mavjuddir.
Imomi A’zam faqihlarning ustozi. O’rta asr faqihi Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud Xorazmiy Imomi A’zam musnadlarini jam qilib, kitob shakliga keltirgan, u 1326 hijriy (mil. 1907/08) yilda Misrda chop etilgan. Imomi A’zamdan ta’lim olgan shogirdlar zamonasining yetuk peshvolari bo’lib yetishgan. Ana shunday shogirdlardan biri Abu Yusuf bo’lib, Horun ar-Rashid davrida qozilik vazifasida ishlagan. Ikkinchi shogirdi imom Muhammad ibn Hasan o’z navbatida ustozidan olgan barcha ilmini imom Shofi’iyga o’rgatgan. Hadislarni saralashga mohir bo’lgan, har bir masalani dalillay oladigan Zufar ibn Xuzayl ham Imomi A’zamning ko’zga ko’ringan as’hoblaridandir. Yana bir shogirdi Hasan ibn Ziyod Imomi A’zamning «Adab al-kadi» («Qozining odobi»), «Annafaqot» («Nafaqalar»), «Faroiz» («Meros ilmi») kabi kitoblarini yozib tugatdi. Imomi A’zamning o’g’li Xammod va nabirasi Ismoil ham shar’iy ilmlar borasida yetuk allomalar edi, ular turli shaharlarda qozilik mansabida ishlashgan. Xurosonda birinchi bo’lib hadisni yozib olgan Abdulloh ibn Muborak ham Imomi A’zamdan ta’lim olgan.
Dunyoning ko’pgina joylarida, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida, O’zbekistonda musulmonlar Imomi A’zam mazhabi qoidalari asosida ibodat qilib kelmoqdalar.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish