Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


- mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimiz takomili. Sunna bosqichi



Download 494,11 Kb.
bet138/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

18- mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimiz takomili. Sunna bosqichi
Reja:

  1. VIII-IX asrlarda islom mintaqa madaniyatining tashkil topishi.

  2. Ilk hadis to’plamlari. Hadisshunoslik ilmi va mazhablaming shakllanishi.

  3. Imomi A’zam va Imom Buxoriy ilmiy merosi.

  4. Hadis ilmining shakllanishi va Imom Buxoriyning jahonshumul xizmati.

  5. Hadis ilmining “oltin asri va sahih hadis to’plamlari.

  6. Adab ilmi va Ahmad Yugnakiy merosi

Tayanch so’zlar: hadis, muhaddis, “Hibat ul-haqoyiq”, insof, adolat, ishonchli to’plam, ishonchsiz to’plam, ilm, vijdon, Imomi A’zam, Imom Buxoriy, “Al-Jomi’ as-sahih”, Al-Adab al-mufrad
VIII-IX asrlarda islom mintaqa madaniyatining tashkil topishi
Islоm mаfkurаsi vа аqidаlаrining Turоnzаmindа yoyilishi nаfаqаt turkiy tilli хаlqlаr tаriхidа, bаlki islоm vа dunyo tаriхidа hаm ulkаn nаtijаlаr bеrdi. O’z nаvbаtidа turkiy tilli хаlqlаr hаm islоm dini vа mаdаniyatini qаbul qilgаndаn kеyin mаdаniy, mа’nаviy-mа’rifiy jihаtdаn аnchа yuksаldilаr. Islоmning Оllоh, din vа хаyr-ehsоn, miskinlаrni qo’llаb-quvvаtlаsh hаqidаgi g’оya vа tа’limоtlаri mаhаlliy хаlqlаrning milliy urf-оdаtlаrini аnchа quvvаtlаntirdi, bоyitdi.
Qоlаvеrsа, Hаzrаti Pаyg’аmbаrning hаdislаri vа islоm ulug’lаrining so’zlаri, o’gitlаri vа tа’limоtlаri hаm Turоn хаlqlаrini islоmgа qаttiqrоq bоg’lаdi.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to’g’risidagi orzu- armonlarini o’zida mujassam etgan. Ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g’oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir.
Ayniqsa, ko’p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o’ylab yashash, Yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi.
Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning xayrixoh va tarafdorlari ko’payib borayotgani hech kimga sir emas. Buning asosiy sababi muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag’rikengligi, odamzotni doimo ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o’zini oqlagan qadriyat va an’analarini ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o’rni va ahamiyati bilan bog’liq. Va xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Olloh marhamat qilgan bu hayotda to’g’ri yo’l tanlashi, umrining mazmunini anglashi, avvalambor ruhiy poklanish, Yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida o’zining ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo’lmaydi, deb o’ylayman.
Islоmning аhkоmlаri, shаriаti, qоnun-qоidаlаri, tаlаblаri dеyarli bаrchа dаvrlаrgа, аksаr umuminsоniy ehtiyojlаrgа hаm mоs kеlаdi.Islоm mаnbаlаri bo’lgаn Qur’оn vа Hаdislаrdа ilоhiyotgа ishоnish, ruhiy pоklаnish, iymоn, vijdоn, e’tiqоd, аdоlаt, insonparvarlik, mеhr-muruvvаt, hаlоllik, fidоiylik, хullаs, insоn mа’nаviy kаmоlоtining аsоsi bo’lmish оdоb-ахlоq tаrbiyasining bаrchа muаmmоlаri qаmrаb оlingаn.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish