1-mashq. a sonini 9 chi darajasigacha hisoblash.
Bajarish:
o‘nta ustun va oltita satrli jadval hosil qilamiz;
birinchi satr kataklari tugmasi yordamida birlashtirilib, “Berilgan sonning darajalarini hisoblash” matni yoziladi;
A ustunga a soninig qiymatlari kiritiladi;
MS Excelning Вставка- вставка формулу ketma-ketligini tanlab, a ning quyidagi darajalarini yozamiz:
B4 katakda berilgan sonning kvadrati ya’ni =$A4*A4 amali bajariladi. Ushbu katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmasi bosilgan holda ustun bo‘yicha pastga qarab siljitiladi va B7 katakda to‘xtatiladi;
B7 katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichi keltirilib, chap tugmasi bosilgan holda B7:I7 oraliqda siljitiladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:
2- misol. Karra jadvalini hosil qiling (E6- rasm). Quyidagi ketma-ketlikdagi ishlami bajaramiz:
B2:H2 blokidagi katakchalarni piktogrammasi yordamiili birlashtiramiz va "Nechalik jadval kerak?" matnini kiritamiz;
D3 katakchaga "=:", E3 katakchaga biror sonni (masalan, 6 in) kiritamiz;
C4 katakchadan E3 katakchaga absolyut murojaatni kiritamiz, ya‟ni C4 katakchaga "=E3"ni yozib, F4 klavishni bosamiz;
D4 katakchaga "*" belgisini, E4 katakchaga 1 sonini, F6 katakchaga "=" belgisini kiritamiz;
G4 katakchaga "=C4*E4" formulani kiritamiz;
C4:G4 blokini belgilab, blokning o`ng quyi burchagidagi % belgisidan sichqoncha yordamida G ustun bo`yicha pastga tortib nusxalaymiz;
7 ) Katakchalarga katakcha formati yordamida rang beramiz.
Tekshirib ko`rish mumkinki, E3 katakchadagi qiymatni o`zgartirsak, G ustundagi qiymatlar karra jadvaliga mos ravishda o`zgaradi.
Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to`plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to`plamida 400 dan ortiq funksiya bo`lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo`linadi.
Funksiyalarni formulalarda ishlatishning umumiy qoidasi quyidagilardan iborat:
har bir funksiya boshqa takrorlanmaydigan o`z nomiga ega;
funksiyalarga murojaatda ularning nomidan keyin qavs ichida nuqtali vergul bilan ajralib turuvchi argumentlar ro`yxati yoziladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tezkor savollardan foydalanamiz:
MS Excel 2010 ning menyularini sanab bering.
MS Excel 2010 ning satrlar soni nechta.
MS Excel 2010 ning ustunlar soni nechta.
MS Excel 2010 ning satrlari qanday belgilanadi.
MS Excel 2010 ning ustunlari qanday belgilanadi.
MS Excel 2010 da karra jadvalini hosil qilishni tushuntiring.
MS Excel 2010 elektron jadvallarini nusxalashning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
MS Excel 2010 elektron jadvalida matn ko‘chirish qanday amalga oshiriladi?
3 soninig 10 darajasigacha hisoblovchi jadval hosil qiling.
UYGA VAZIFA
O‘quv qurollarini xarid qilish jadvalini hosil qiling.
1+22+33+44 ifodani MS Excel 2010 da hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |