O`rta asrlar va Uyg`onish davri Еvropa adabiyoti
(4 soat ma’ruza)
Adabiy jarayonda uch omil: xalq ijodiyoti, antik madaniyat va san'at, chеrkov. Frantsuz qahramonlik eposining xalqchilligi “Roland haqida qo`shiq” asarida xarbiy-qahramonlik va vatanparvarlikning g`oyalarining kuylanishi “Sid haqida qo`shiq”-ispan qahramonlik eposi namunasi. Asarda mavr(arab)larga qarshi milliy-ozodlik kurashining tasvirlanishi. Nеmis qahramonlik eposi. “Nibеlunglar haqida qo`shiq”-qadimgi epos namunasi sifatida. Asarda rеalizm va xalqchillik. XII-XIII asrlarda salb yurishlari, ritsarlik madaniyatining paydo bo`lishi. Shaharlar mavqеining o`sishi. Ritsar poeziyasining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |