Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor Xodjaniyozov. S. U


O’qitishning qo’shimcha vositalari



Download 0,77 Mb.
bet45/100
Sana01.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#286745
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
Bog'liq
Maruzalar

O’qitishning qo’shimcha vositalari – bu ta’lim oluvchilardagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi masalalar, mashqlar to’plami, ma’lumotnomalar, tarqatma materiallar, ko’rsatmali va ko’rgazmali vositalar, disketlar, EHM va boshqalardir.

O’qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari – bu mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va predmetdagi tegishli mavzular bo’yicha dars jarayonini takomillashtirishga imkon beruvchi intellektuallashtirilgan dasturlar va uni amaliyotga joriy etishga sharoit yaratuvchi dasturiy – texnik vositalardir.

Demak, ta’lim vositalari muayyan o’qitish metodi yoki usullarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materialidir. Ular: asbob – uskunalar, dastgohlar, labaratoriya jihozlari, axborot – kommunikatsion texnologiyalari vositalari, ko’rsatmali qurollar, rasmiy belgilar, maketlar, darslik va o’quv qo’llanmalari, uslubiy tavsiyanomalar va ko’rsatmalar, radio, televidenie va internet tarmog’i va shu kabilar.

Ta’lim jarayonida o’qitish vositalaridan foydalanish tabiiy yoki tasviriy ko’rgazma materiallari (predmet, sxema, tashkiliy – tuzilmaviy model, diagramma, gistogramma, sur’at va h.k.), labaratoriya yoki demonstratsiya (namoyishli) mashg’ulotlarida qo’llaniladigan asbob – uskunalari, o’quv qurollari, maketlar, shuningdek, mavzuga oid dalillar (spravochnik ma’lumotlar, ta’rif, qonun, qoida, tamoyil, xossa, xususiyat, formula va h.k.)ning dars jarayonida ishlatilishini anglatadi.

Ta’lim jarayonida va uni olib borishning samaradorligini oshirishda ta’lim shakli, turi, metod va vositalarining alohida – alohida ahamiyatlari bor. Bu borada ta’limda ko’rgazmalilik metodini amaliyotda joriy etishda ta’lim vositalarining o’rni va roli beqiyos bo’lib, ta’limda ko’rgazmalilik metodining quyidagi turlaridan foydalaniladi: namoyish etish; tasvirlash va ekskursiya. Bundagi namoyish etish va ekskursiya metodlari ta’lim oluvchilarning o’quv materiallarini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

O’quv materiallarining og’zaki bayon qilish metodining asosiy turlaridan biri – bu darslik va kitob bilan ishlash turidir. Bunda o’quv adabiyotlari bilan ishlash murakkab psixologik jarayondir. U ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi tomonidan bayon qilingan bilimlarni o’quv materiallarini kitob matnidan ko’rib, ongli idrok qilish faoliyatini rivojlantirishni ham nazarda tutadi.
Ta’lim vositalaridan foydalanishda ko’rgazmalilik didaktik tamoyili muhim o’rin tutadi. O’qituvchilar o’quvchilarga o’quv materialini bayon etishda didaktikaning eng muhim prinsiplaridan biri — ko’rsatmalilik prinsipidan foydalanadilar.  Didaktikada ko’rsatmalilik prinsipi konkret bilan abstraktning birligi to’g’risidagi qoida asosida ko’rib chiqiladi. Narsa yoki hodisaning aslini yoki tasvirini idrok etish inson uchun atrofdagi borliqni, biror haqiqatni bilishning dastlabki va eng oddiy akti hisoblanadi hamda o’rganilayotgan narsalar, jarayonlar, hodisalar to’g’risida aniq tasavvurlar va abstrakt tushunchalar hosil qilish uchun asos vazifasini o’taydi.

O’qitishning texnik vositalari - didaktik ta’minlangan barcha texnik qurilmalar, optimalik bilan axborotlarni qayta ishlashga mo’ljallangan va o’quvtarbiya jarayonida foydalanish uchun qo’llaniladi. O’qitishning texnik vositalari - ikkita tushunchaga ega: texnik qurilmalar (apparat) va o’qitishning didaktik vositalari (axborotlarni ifodalash), Ingliz tili manbalarida O’TV audiovizual vositalar, ba’zan qattiq (hardvare) va yumshoq (softvare) ifodalanadi.


O’qitishning texnik vositalarining tasnifi O’qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik voitalari,bilimlarni nazorat qilish, O’qish va mustaqil o’qish,trenajyor,ko’makchi,kombinatsiya ќilingan. O’qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik voitalari diaproektorlar, grafoproektorlar, epiproektorlar, magnitofonlar, radioqurilmalar, musiqiy markazlar (audiosistemalar), proigrivatellar, radiouzllar, kinoproektorlar va kinoustanovka, televizorlar, videomagnitofonlar.
Ba’zi chet el pedagoglari o’quv jarayonida o’qitishning texnika vositalaridan keng ko’lamda foydalanish o’qituvchining mashina va uni boshqaruvchi muhandis bilan almashtirilishiga olib boradi, deb hisoblaydilar. Bunda o’qituvchi tashkilotchi rolini bajaradi, o’qitish vazifasi esa texnika vositalariga yuklanadi. Ammo o’qitish jarayonida faqat bilim berilibgina kolmay, o’qituvchi shaxsining murakkab ta’siri amalga oshiriladi hamki, buning natijasida o’quvchining dunyoqarashi, xulq – atvor me’yorlari shakllanadi. Bunga esa o’qituvchining ishtirokisiz erishib bulmaydi: uning axlokiy prinsiplari chuqur bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda har gal takrorlanmaydigan intelektual aloqaning shunday sharoitini yaratadiki, bunday sharoitsiz okibat natijada o’qitish va tarbiyalashda muvaffakiyat kozonish mumkin bulmaydi. Darslarda yangi materialni bayon etishda o’qituvchi go’yo eshittirib fikrlaydi, bunda u o’quvchilarga bilim beribgina kolmasdan, ularga mantikan fikrlash, fan muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish uquvlarini singdiradi. O’qituvchi o’quvchilar uchun bilimlar manbai va o’quv jarayonini raxbarigina emas, balki taklid qilish uchun namuna xamdir.

Xonalarni o’qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak: 1. O’quv kabinetlarini o’qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda o’quv jarayonida ulardan komleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur. 2. O’quv xonasining istagan joyida kurish va eshitish uchun yaxshi sharoit ta’minlash lozim. 3. O’quv xonalarida o’qitishning texnika vositalari ishlatilganda shovqin manbalarini yo’kotish kerak. 4. Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor. 5. Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo’lishi kerak. 6. O’qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda oqilona foydalanish lozim. 7. Ishlatilishi ta’lim maqsadiga muvofiq bo’lishi zarur. O’quv kinosi – o’qitishning eng ko’p tarqalgan texnika vositasi bo’lib, ob’ekt hamda xodisalarni harakatda va rivojlanishda namoyish qilishga, materialni tekshirish va umumlashtirishga, shuningdek, aniq idrok etishdan abstrakt idrok etishga utishga imkon beradi. O’quv filmidan o’qituvchi o’quv materialini bayon etishida illyustratsiya sifatida, shuningdek, o’quvchilar uni mutaqil o’rganishi uchun foydalanishi mumkin. Film bilan ishlashning so’nggi bosqichida o’quvchilar savollar berishiga imkoniyat yaratish kerak. Javob kaytarishga film materialni yaxshi bilib olgan o’quvchilarni jalb etish lozim. Diafilm va diapozitivlar, o’quv kinosi kabi, ko’rsatmalilik vositasi hamda o’quvchilar bilimlarining dastlabki manbai bo’lishi mumkin. Ko’pincha diafilmdan ko’rsatmalilik vositasi sifatida foydalaniladi, bu xolda yassi ko’rsatma qo’llanmalarga qanday talablar qo’yilsa, diafilmlarga xam shunday talablar qo’yiladi.

2. O’UM turlari va ulardan foydalanish. O’quv-uslubiy majmua (O’UM)-to’plam sifatida emas, balki alohida komponentlarining funktsiyalari jihatidan o’zaro almashinuvchanligi mumkin bo’lgan o’qitish vositalari tizimi sifatida ishlab chiqilishi kerak. Bu – didaktik vositalarning ochiq tizimi bo’lib, darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalardan tashqari turli xil adabiyotlarni ham o’zida qamrab oladi. Ushbu o’quv-uslubiy majmua tuzilmasidagi invariant mazmunning tashuvchisi bo’lib, tayyorgarlik yo’nalishi bo’yicha asosiy tushunchalar va terminlarning lug’at-ma’lumotnomasi xizmat qilishi mumkin. Qolgan ma’lumot beruvchi materiallar variativ hisoblanadi.

Mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv-uslubiy majmualarning asosiy qismlariga quyidagilar kiradi:



  • mutaxassislik fanining mazmunini, hajmini va o’qitish tartibini belgilovchi hujjatlar va materiallar (o’quv rejasi, o’quv dasturi, fanni o’qitish metodikasi va boshqalar);

  • o’quv jarayonini nazorat qilish, mustaqil ta’lim olishni, hamda bilimlarni mustahkamlash bo’yicha materiallar va hujjatlar; o’quv uslubiy (darsliklar, mavzuiy rejalar va boshqalar), mustaqil o’rganish va bilimlarni mustahkamlash bo’yicha manbalar (mustaqil o’rganish bo’yicha kitoblar, lug’atlar, ma’lumotlar to’plami, qayta takrorlash uchun ko’rsatmalar, praktikumlar va boshqalar);

  • o’quv tarbiya jarayonining texnologik jihatlarini ta’minlovchi materiallar (asl ob’ektlar va narsalar, asboblar, modellar, maketlar, plakatlar, tarqatma materiallar, kompyuter texnikalari uchun vositalar, diakino va video texnikalar);

  • o’qituvchilar uchun mo’ljallangan o’quv- uslubiy materiallar.

O’quv - uslubiy majmuaga kiruvchi komponentlarning mazmuni va tarkibi o’quv predmetining turi bo’yicha aniqlanadi. Chunki o’quv predmetining turi bo’yicha zaruriy va qo’shimcha o’quv materiallari, mashqlar, topshiriqlar, mustaqil o’rganish bo’yicha materiallar turlicha darajada aniqlanadi. Mutaxassislik fanlari o’quv - uslubiy majmuasi komponentlarining va o’qitish metodikasining mazmuni ta’lim turi bo’yicha ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan o’quv dasturiga muvofiq aniqlanadi.

Mutaxassislik fanlari o’quv uslubiy majmuasiga kiruvchi har bir o’qitish vositasi didaktik jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Majmuaning barcha o’qitish vositalarida asosiy tushunchalar, terminlar, shartli belgilar bir xil bo’lishiga rioya qilinishi, hamda talabalarning mutaxassislik fanni o’rganish bo’yicha egallashi kerak bo’lgan bilim va ko’nikmalarga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.

Mutaxassislik fanlarini o’qitish sifatini yaxshilash uchun o’quv-uslubiy majmua tarkibiga quyidagi o’qitish vositalari kirishi kerak:

1. Asosiy o’qitish vositalari – tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha ta’lim standartlari, o’quv rejalari va fan dasturlari, bosma va elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar, uslubiy qo’llanmalar, o’qituvchilar uchun metodik qo’llanmalar;

2. Qo’shimcha o’qitish vositalari-dars jarayonini tashkil etish bo’yicha yo’riqnoma, mashq va masalalar to’plami, plakatlar, slaydlar, elektron multimediali o’quv qo’llanmalar, nazorat va test savollari to’plami, tarqatma materiallar, nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha metodik qo’llanmalar.

3. Amaliy o’qitish vositalari –multimedia, kompyuter, laboratoriya jihozlari, maketlar, mahsulotlar, mashinalar, uskunalar.

O’quv-uslubiy majmuasini yaratishda o’quv davri hajmi bo’yicha ilmiy texnikaviy topshiriqlarni ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning faoliyatidagi psixologik jihatlarini ham o’rganish talab qilinadi.

Mutaxassislik fanlari o’quv -uslubiy majmuasini tahlil qilish o’qituvchiga, mashg’ulotlarni o’tkazish uchun kerakli o’qitish materiallarini loyihalash, ishlab chiqish va tayyorlash imkoniyatini yaratadi.

Mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini o’quv-uslubiy majmualar yordamida tashkil qilish va o’tkazish ta’lim sifatini yaxshilaydi, ta’lim oluvchilarning mashg’ulot davridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishda, ularda ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yordam beradi.

Ta’lim maqsadlariga erishish uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqishda quyidagi umumiy talablar bo’yicha komponentlarni kiritish zaruriyati aniqlandi:

- birinchidan, ta’lim muassasasida samarali o’qitishni ta’minlash uchun bilim, ko’nikma va malakalarni tizimlashtirish;

- ikkinchidan, mutaxassislik fanlarini kasbiy faoliyatga amaliy jihatdan yo’naltirish, qaysiki, amaliy vaziyatlarda qo’llash uchun yetarli va mustahkam bilim, hamda ko’nikmalarni ta’minlash kerak bo’ladi;

- uchinchidan, o’qitishning tarbiyalovchi, izlanuvchanlik va rivojlantiruvchi funktsiyalarini kuchaytirish kerak. Ishlab chiqilgan amaliy mashqlar va topshiriqlar sistemasi ta’lim oluvchilarning ijodiy va mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi (fikrlash, taqqoslash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish va boshqalar). O’qitishning tarbiyaviy yo’naltirganligi esa talabalarning mehnatga estetik, ekologik, texnik va texnologik jihatdan tarbiyalashga yo’naltirilgan topshiriqlar va mashqlarni tanlash orqali ifodalanadi;

- to’rtinchidan, mutaxassislik faniga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish. Ta’lim oluvchilarda o’rganishga bo’lgan ijobiy motivatsiyani shakllantiruvchi o’quv materiallari ishlab chiqish lozim.

Mutaxassislik fanlari o’quv-uslubiy majmuasiga qo’yiladigan yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, quyidagi qo’shimcha talablarni kiritish ham maqsadga erishishni osonlashtiradi. Mutaxassislik fanlari o’quv-uslubiy majmuasida tayyorgarlik yo’nalishi va mutaxasisiligi bo’yicha ekologik, tarixiy, milliy va iqtisodiy aspektlarning yoritilishi, ta’lim oluvchilarga turli vaziyatlardagi amaliy faoliyatning modeli tavsiya qilinishi, ularning ijodiy faolligini oshirishni ta’minlashi kerak.

Bizning fikrimizcha mutaxassislik fanlari o’quv-uslubiy majmuasining asosiy funktsiyasi - talabalarning mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatini rivojlantirish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishdan iborat bo’lishi kerak.

Demak, maxsus fan o’quv-uslubiy majmuasi ta’lim jarayonida talabalarning mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatini amalga oshirishni ta’minlashi lozim. Erkinlashtirilgan ta’lim jarayonida o’quv-uslubiy majmuaning yadrosi bo’lib–mehnat metodlari, faoliyatlar va jarayonlar ketma-ketligi, usullari, turlari va maqsadlari to’g’risida bilim uzatuvchilar xizmat qilishi kerak.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish