4. Nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi. O’quv dasturlarida nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi birinchi navbatda, eng avvalo, ilmiy bilimlarning hayotda, ishlab chiqarish amaliyotida tutgan o’rnini ko’rsatib beradi.
5. O’quv dasturi ikki usul bilan: ketma-ket (muntazam) va kontsentrik (markazlashgan) tarzda joylashtirilishi mumkin. Ketma-ket joylashtirilganda o’quv materialining har bir keyingi qismi avvalgi qismining davomi bo’lsa, har bir qismdagi materialning mazmuni talabalar uchun tushunarli bo’lishini hisobga olgan holda to’la yoritiladi.
Dasturning markazlashgan tuzilishida mazkur fanga tegishli o’quv materiali o’qitishning keyingi bosqichlarida murakkablashgan ko’rinishda takrorlanadi.
Savol va topshiriqlar:
1. Davlat ta’lim standartlarining mazmunini ochib bering
2. O’quv rejasi nima?
3. O’quv dasturini mazmuni va tuzilishi?
4. O’quv dasturlariga qo’yiladigan talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |