Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor Xodjaniyozov. S. U



Download 498 Kb.
bet38/61
Sana13.12.2022
Hajmi498 Kb.
#884467
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Bog'liq
Маgistrlar Metodika Ozbekchai

Pedagogik texnologiya – o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarning barcha tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi kabilarni ishlash mumkin.
O’qitish texnologiyasi – birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli harakat aspektini anglatadi. Bu ta’lim jarayonini o’zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi usul va vositalar (texnologik operatsiyalar)ning tartibli birligini o’zida mujassamlashtirgan ta’lim modulini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni; ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli – bayonli aspektini ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo’yicha pedagogik hamda o’quv faoliyatini loyihasini bajarishning bayonidir (texnologik xarita).


7. O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasining tarkibiy tuzilishi, ularni ishlab chiqishga bo’lgan talab va qoidalar.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib boromoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsan, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi.
Shuning uchun oliy o’quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egallarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchi-talabalarni bilimli, etuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’lik foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
- o’quvchi-talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
- o’quvchi-talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi;
- o’quvchi-talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
- pedagog va o’quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.


8. O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi mazmuni, tuzilishi. O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasini ishlab chiqishga bo’lgan talab va qoidalar.
Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o’qituvchi va o’quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq deb hisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchi – talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, anna shu, o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Bu jarayon darsning texnologik xaritasida o’z aksini topadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’kuvchi-talabaning extiyojidan kelib chikkanholda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Maqasadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o’qituvchi, ham o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, tanlagan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog’liq.
O’qituvchi va o’quvchi-talabaning maqsadli natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’quvchi-talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, massalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bular o’kituvchi va o’quvchi-talabaga bog’liq.
Shu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu darayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va extiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o’quvchi-talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
9. O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasiga ilovalar mazmuni va ularni ishlab chiqishga bo’lgan talab va qoidalar.
O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o’quvchi-talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p metodlar. Usullarni bilishi kerak bo’ladi. Xar bir darsni rang-barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq.
Darsning texnologik xaritasini qay ko’rinishda yoki shaklda tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Texnologik xaritani tuzilishi o’qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining barcha qirralari o’z aksini topadi.
Mustahkamlash uchun savollar:

  1. O’quv jarayonida ta’lim vositalarining o’rni va ahamiyatini asoslab bering.

  2. Ta’lim vositalarini tasniflab bering.

  3. O’UM va ulardan foydalanish haqida fikroaringizni bayon qiling.

  4. Grafik tashkil etuvchilarning o’rni va ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

  5. O’quv jarayonida adabiyotlar, ko’rgazmali qo’llanmalarning turlari va ulardan foydalanish haqida fikrlaringizni bayon qiling.

  6. Maxsus fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarining tutgan o’rni haqida fikrlaringizni bayon qiling.

  7. O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasining tarkibiy tuzilishi, ularni ishlab chiqishga bo’lgan talab va qoidalar haqida nimalarni bilasiz.




Download 498 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish