2-bosqich. Mashg’ulot oldi bosqichi. Tadqiqot mavzusi bo’yicha ilmiy faraz taklif qilinadi. Tadqiqot metodlari aniqlanadi va faoliyat ketma-ketligi belgilanadi.
3-bosqich. Mashg’ulot oldi bosqichi. Talabalar tomonidan axborot manbalari bilan ish tashkil qilinadi. Adabiyotlar, internet veb-sahifalari, o’rganiladi, statistik va boshqa tegishli ma’lumotlar yig’iladi, tadqiqot olib boriladi.
4-bosqich. Mashg’ulot oldi bosqichi. To’plangan ma’lumotlar atroflicha tahlil qilinadi.
5-bosqich. Mashg’ulot oldi bosqichi. Eksperimental baza yaratiladi. Tajriba-sinov uchastkasi tanlandi. Talabalar tajriba-sinov ishlarini olib boradilar, natijalarni umumlashtiradilar, statistik qayta ishlaydilar.
6-bosqich. Mashg’ulot oldi bosqichi. Ma’lumotlarga asoslanib, talabalar qo’yilgan muammoni echish bo’yicha muayyan xulosalarga keladilar.Talabalar qo’lga kiritilgan natijalari bo’yicha prezentatsiya shaklida ma’ruza, hisobot, ilmiy maqola tayyorlaydilar.
7-bosqich.Taqdimot. Tadqiqot natijalarini aniq shakllantiradilar(doklad, hisosbot, prezentatsiya, publitsistik yoki ilmiy maqola, loyiha) va mashg’ulotda muhokamaga qo’yadilar.
8-bosqich.Tahlil. Talabalar tomonidan olib borilgan mustaqil tadqiqot ishlari natijalari ekspertlar tomonidan tahlil qilinadi. Talabalarning tadqiqot ishlari davomida qo’lga kiritgan yutuqlari va kamchiliklari atroflicha muhokama qilinadi.
9-bosqich. Yakun.O’qituvchi talabalar faoliyatini baholaydi, ular tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari, shuningdek, guruhdagi jipslik, hamjihatlik, hamkorlik masalalariga ham e’tibor qaratadi. O’qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydi.
Loyihaviy ta’limning psixologik-pedagogik tamoyillari Mustaqil tadqiqot ishlari keng qamrovda to’g’ri tashkil qilinishi uchun o’qituvchi quyidagi omillarni e’tiborga olib, talabalarning faoliyatini yo’naltiradi:
Tadqiqot ishini to’g’ri tashkil qilish;
tadqiqot yo’nalishini aniq belgilash;
tadqiqot uchun motivatsiyani vujudga keltirish, muammoning mavjudligini, uning muhimligini e’tirof qilish;
yakka, juftliklarda, kichik guruhlarda mustaqil tadqiqotchilik ishlarini olib borishni tashkil qilish;
maqsad va vazifalarini belgilash, ilmiy farazni ilgari surish;
tadqiqotning mantiqiy izchillikda olib borilishini ta’minlash uchun bosqichlar ketma-ketligini belgilash;
tadqiqot metodlarini belgilash;
axborot manbalari bilan ishlash, ma’lumotlar yig’ish, ularni tahlil qilish, umumlashtirish bo’yicha faoliyatni belgilash;
tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish. Tajriba-sinov materiallari va vositalarini ishlab chiqish;
tajriba-sinov ishlarini olib borish;
aniq natijalarni qo’lga kiritish, ularni tahlil qilish, umumlashtirish;
xulosalarni referat, doklad, hisobot, ilmiy maqola, taqdimot, albom, loyiha shaklida himoyaga tayyorlash.
Mustaqil tadqiqot ishlarini tashkil qilishda talabalarning ilmiy-amaliy manbalar bo’yicha ishlarini to’g’ri yo’naltirishga e’tibor qaratiladi. Bunda o’qituvchi talabalarga ilmiy- amaliy manbalar ro’yxatini e’lon qilish bilan cheklanmaydi, balki ular ustida tahliliy faoliyatni ham tashkil qiladi. O’qituvchi manbalar bilan ishlash tizimi, ma’lumotlarni to’plash, taqqoslash, xulosalar qilganda nimalarga e’tibor qaratish to’g’risida tushuntiradi. Shuningdek. talabalarga elektron manbalar, internet telekommunikatsiya tarmog’i orqali m’lumot izlash bo’yicha yo’l-yo’riqlar beradi, veb-sahifalarining aniq manzillarini ko’rsatadi.
Talabalar ilmiy-uslubiy manbalarni mustaqil o’rganishlari mobaynida ba’zi qiyinchiliklarga duch kelishlari, ayrim ilmiy tushunchalar, atamalar mohiyatini chuqur anglab etmasliklari mumkin. Bu singari muammolar o’z vaqtida hal qilinmasa, tadqiqot natijalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu esa talabalarda noto’g’ri g’oya va tushunchalarning shakllanib qolishiga olib keladi. O’qituvchi buning oldini olish maqsadida aniq belgilangan kunlarda maslahatlar tashkil qilib, talabalarning faoliyatini to’g’ri yo’naltirib boradi.
Tadqiqot ishlarining borishi davomida talabalarning internet telekommunikatsiya tarmog’i orqali ma’lumot to’plash bo’yicha ishlarini tashkil qilish kerak. Internet tarmog’i orqali talabalar o’rganilayotgan muammo bo’yicha jahon tajribasiga murojaat qiladilar, tadqiqot keng qamrovda olib boriladi. Bu esa o’z navbatida talabalarning intellektual rivojlanishi uchun yaxshi imkoniyatdir.
Talabalar jahon axborot manbalari orqali ma’lumotlar izlaydilar, ularni tahlil qiladilar, qiyosiy o’rganadilar. Bu jarayonga ular tanqidiy yondoshgan holda ma’lumotlarni saralaydilar.
Tadqiqot ishlarini tashkil qilishda fanlararo integratsiya masalasiga ham e’tibor beriladi. Tadqiqotlarni olib borishda aniq natijalarni qo’lga kiritish uchun nafaqat lokal, balki integral jarayonlarni o’zaro aloqadorlikda o’rganish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |