1-daraja o’zlashtirish-tanib olish darajasi. Bu o’zlashtirish darajasiga erishgan talabaga predmetlar, jarayonlar, ob’ektlarning o’zlari (moddiy ko’rinishda) yoki ularning bayoni, tasviri, xarakteri taqdim qilingandagina, u ularni tanishi zarur. Ushbu darajada talaba tanib olish bilan bog’liq bilimlarni egallaydi va u tanib olishda farq qilishni amalga oshira oladi. Bu holda o’quv axborotni talaba tomonidan chuqur tushunishga, xotirada mustahkam saqlashga, aqliy va mantiqiy operatsiyalarni bajarishga bo’lgan talab katta emas. Tanib olish darajasida o’zlashtirgan talabaga faqat savol (topshiriq) taqdim qilinmasdan, balki javoblar ham beriladi.
2- daraja o’zlashtirish-esda saqlab qolish (xotirada tiklash) darajasi. Ushbu bosqich o’zlashtirish darajasiga ko’tarilgan talabalar auditoriyalarda o’rganilgan axborot, operatsiya, faoliyatlarni takrorlashlari, tipik masalalarni mustaqil echishlari mumkin. Ya’ni, ular nusxa olish bilimlarga ega bo’ladilar. Ta’lim jarayonida axborot, operatsiya, xarakatlar qay ko’rinishda va qanday ketma-ketlikda bayon qilingan bo’lsa, ularni shunday takrorlab aytib berishga-so’zma-so’z eslab aytib berish deb aytiladi. O’quv axborotlarni so’zma-so’z takrorlab aytib berish bu ularni chuqur tushunmaslik va ongli ravishda anglamaslik mevasidir. O’quv axborotni so’zma-so’z aytib berish turli fanlar asosiy qonunlarining ta’rifi, qabul qilingan umumiy belgi, belgilangan termin va h.k.lar uchun xarakterlidir. Fan asoslari bo’yicha bilimlarni so’zma-so’z eslab aytib berish talabalarning o’zlashtirishini nazorat qilishda tez-tez uchrab turadi. Jumladan, teoremalarni isbatlab berishda; tenglamalarni chiqarishda; sinfda qarab chiqilgan masalalarga o’xshash, lekin son kattaliklari o’zgartirilgan masalalarni echishda; amaliy mashg’ulotlarda o’zlashtirilgan operatsiyalarni bajarishda va h.k. hollarda talabalardan so’zma-so’z eslab aytib berishni talab qilish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi darajada nusxa-bilimlarni va faoliyatni o’zlashtirish birinchi daraja tanish-bilimlarga nisbatan talabalardan o’quv axborotlari bilan ishlashda tamomila boshqa, yuqori sifatiy yondashishni, ya’ni axborotlarni nafaqat chuqur tushunishni va xotirada saqlashni, balki uni eslash (puxta takrorlash)ni, masalalarni echishni, mashq qilishni talab qiladi. Talaba bunday faoliyatda o’quv axborotiga ta’rif berishda o’zi tuzgan variatlarni taklif qila oladi. U o’rgangan o’quv elementlarini tushuntirish uchun o’qituvchi darsda aytmagan, o’quv darsligida bayon qilmagan misollarni ham keltirishi mumkin. Bunday rivojlanish darajasiga faqatgina o’quv axboroti mazmunining mohiyatini ongli ravishda tushunib olish yo’li bilan erishish mumkin. Talabalar o’quv faoliyatini tashkil etishda ongli va chuqur tushunilgan o’quv axborotni oson esda qolishini va u xotirada uzoq saqlanishina pedagog esdan chiqarmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |