«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor



Download 2,07 Mb.
bet47/139
Sana16.02.2023
Hajmi2,07 Mb.
#911707
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139
Bog'liq
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bо‘yicha prorektor

Adabiyotlar:
1. Hоshimоv K., Nishоnоvа S., Inоmоvа M., Hаsаnоv R. Pеdаgоgikа tаriхi. – T.: O’qituvchi, 1996.
2. Hаsаnbоеv J., Hаsаnbоеvа О., Hоmidоv H. Pеdаgоgikа tаriхi. – T.: O’qituvchi, 1997.
3. Hоshimоv K., Sаfо Оchil. O’zbеk pеdаgоgikаsi аntоlоgiyasi. – T.: O’qituvchi, 2010.
4. Аtаеvа N., Rаsulоvа F., Hаsаnоv S. Umumiy pеdаgоgikа (Pеdаgоgikа tаriхi). – T.: “Fan va texnoligiya”, 2011.
5. Аmir Tеmur o’gitlаri.- T.: CHo’lpоn, 1992.
9-MAVZU: XVII АSRDАN XIX АSRNING YARMIGАCHА TАRBIYA, MАKTАB VА PЕDАGОGIK FIKRLАR RIVOJI (2 soat)
Reja:

  1. Buxоrо amirligi, Qo’qоn vа Xivа xоnliklаridа ta’lim-tarbiya.

  2. Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni.

  3. Qizlаr mаktаbi va unda ta’lim mazmuni.

  4. Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnixatga doir dastlabki qo’llanma sifatida.

  5. Muhаmmаd Sоdiq Qоsh-g’аriyning “Оdоb аs-sоlihin” аsаri – yuksаk mа’nаviy-аxlоqiy sifаtlаrni yorituvchi mаnbа.

Buxоrо amirligi, Qo’qоn vа Xivа xоnliklаridа ta’lim-tarbiya
XVII-XIX asrlarda О‘rta Osiyoda bir nechta turdagi ta’lim muassasalari (maktab, madrasa, qorixona, daloilxona, otinoyilar maktablari) mavjud edi. Ayniqsa Qо‘qon, Toshkent, Buxoro kabi shaharlarda ularning soni tez kо‘paygan.
Maktablar boshlang‘ich ta’lim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va о‘qish о‘rgatilgan, din haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi о‘quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al-xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
XIX asrdagi Qо‘qon xonlari arxivlarida beklar va xonlar saroylarida sag‘ir (yetim)lar uchun ochilgan maktablar haqidagi ma’lumotlar saqlanib qolgan. Bunday maktablar davlat mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritgan.
Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni
Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etilgani bois savod о‘rganish kо‘p vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni о‘rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan ham kо‘p vaqt sarflanar edi. О‘quvchilar dastlabki о‘qish kо‘nikmalarini egallaganlaridan sо‘ng «Haftiyak»ni (fors. “Qur’onning yettidan bir qismi”) о‘qishni boshlaganlar
О‘quvchilar «Haftiyak»ni tugatganlaridan sо‘ng «Chor-kitob» (Tо‘rt kitob)ni о‘qishga kirishganlar. «Chor-kitob» fors-tojik tilida yozilgan bо‘lib, uning birinchi qismida diniy marosimlar (tahorat olish, namoz о‘qish, rо‘za tutish va h.q.) she’riy usulda bayon etilgan, ikkinchi qismida yuqoridagi masalalar katexizis (izoh) shaklda ancha keng yoritilgan parchalar о‘rin olgan. “Chor-kitob”ning “Musulmonlikning muhim masalalari” deb nomlangan uchinchi qismi о‘quvchilarni shariatning asosiy ustuni -musulmon diniy huquqlari bilan tanishtirgan. Kitobning “Pandnoma” (Nasihat kitobi) deb nomlangan va XIII asrda yozilgan tо‘rtinchi qismida Qur’oni karimdan olingan odob-axloq masalalariga oid qoidalar she’riy shaklda bayon etilgan.
Shundan sо‘ng о‘quvchilar mutlaq din masalalariga bag‘ishlangan “Sabotul ojizin” kitobini о‘qishni boshlaganlar. Ushbu asar kо‘pincha uning muallifining nomi bilan, ya’ni – “Sо‘fi Olloyor” deb yuritiladi. Bu sof diniy asar bо‘lib, unda diniy masalalar she’riy usulda bayon qilingan.
Maktabni tamomlagan о‘quvchilar ta’limni davom ettirish uchun madrasalarga kirganlar.
Madrasa odatda ikki bо‘limdan, ya’ni: quyi (ibādat al-’islām) va yuqori (mas’ola) bо‘limlardan iborat bо‘lgan. Lekin barcha madrasalarda ham bо‘limlar shunday nomlanmaganini qayd etish lozim. Masalan, Buxoro madrasalarida quyi bо‘lim «mushkulāt» deb yuritilgan.
Birinchi bо‘limda talabalar din ahkomlarini о‘rganganlar. Ikkinchi bо‘limda esa – Qur’oni karimga muvofiq holda bayon etilgan islomning asosiy qonunlari о‘qitilgan. Bundan tashqari, arab tilshunosligi, mantiq, tarix, she’r yozish ilmi, metafizika va boshqa fanlar ham о‘qitilgan. Madrasalarda barcha mashg‘ulotlar arab tilida olib borilgan.
Madrasa talabalarini shartli ravishda uchta kursga bо‘lish mumkin.
Birinchi, ya’ni boshlang‘ich kurs adnā (quyi), ikkinchi kurs – avsat (о‘rta) va uchinchi kurs – a‘lo (yuqori) deb nomlangan. Biroq, kurslarning nomlari hamma madrasalarda ham bir xil bо‘lmagan. Shu о‘rinda bunday kurslarga ajratish faqat yirik madrasalarda mavjud bо‘lgani, talabalar soni 20 kishiga yetmagan kichik madrasalarda esa talabalarning barchasi faqat bitta mudarrisga mashg‘ulotga qatnaganlarini qayd etish lozim.
Madrasada darsni tashkil etish tartibi quyidagicha bо‘lgan: bitta darslikdagi aynan bir bobni о‘rganayotgan 10-15 nafar talaba bir sinf xonasiga tо‘planishgan va о‘zlariga oqsoqol (sardor) saylab olishgan. Bu guruh «jamoa», uning oqsoqoli esa «qori jamoa» deb nomlangan. Darsni boshlash uchun oqsoqol mudarrisning huzuriga borar va undan mazkur guruh bilan mashg‘ulot о‘tkazish uchun izn sо‘rardi.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish