O‘quv dasturi tuzilishida rioya qilinadigan talablar:
1.Ta’lim-tarbiya maqsad va vazifalarini hisobga olish.
Didaktik prinsiplarga rioya qilish.
O‘quv fanlarining amaliy qimmatini kuchaytirish.
Pedagogik texnologiya nuqtai nazaridan dastur tuzilishini hisobga olish.
O‘quvchining real o‘zlashtirish imkoniyatlarini nazarda tutish.
Ta’lim mazmuni va vaqt imkoniyatlari nisbatini hisobga olish kerak.
Ta’lim mazmunining keyingi bosqichda oydinlashtirilishi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari orqali amalga oshiriladi va u o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.
YOshlarning qalbi va ongiga milliy g‘oya, mafkuraviy e’tiqodni shakllantirish uchun, «g‘oya» va «mafkura» tushunchalari, ularning ma’no-mohiyati va shakllari, ko‘rinishlari, insoniyat hayotida g‘oyaga g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tamoyiliga amal qilib yashashning ahamiyati, dunyodagi va mintaqadagi mafkuraviy jarayonlarning bugungi manzaralari, taraqqiyotning o‘zbek modeli, g‘oyaviy bo‘shliq va uning to‘ldirish zarurati haqidagi tushuncha va tamoyillarini zamonaviy ta’lim - tarbiya vositalari orqali ta’sirchan usullarda va soddalashtirilgan holda yosh avlod ongiga etkazish talab etiladi.
SHuningdek, milliy mafkuraning ma’no va mazmuni, mohiyati va asosiy tamoyillari, O‘zbekistonda kechayotgan demokratik jarayonlar va mafkura haqidagi tushuncha va g‘oyalarni o‘quvchilar ongiga har tomonlama chuqur singdirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Ma’naviy barkamol bo‘lib etishishning asosiy tamoyil va mezonlaridan sanalgan odob - axloq tarbiyasi doimiy va uzluksiz bulmogi lozim. Buning uchun o‘qituvchilarga insonparvarlik va mehr-oqibat, saxovat va muruvvat, do‘stlik va sadoqat, sabr-qanoat kabi vazifalarni singdirish asosiy o‘rinda turmog‘i kerak.
O‘quvchilarning olgan nazariy bilim va tushunchalarini sinab ko‘rish, ularning o‘qish jarayonida, maktab, oila va jamoatchilik o‘rtasida ana shu bilimlarni qo‘llay olish ko‘nikmalari hosil qilishga e’tiborni qaratish maqsadida ba’zi darslarni amaliy mashg‘ulot tarzida ham tashkil qilish mumkin.
Bunday tajriba «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» fani oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda ijobiy samara beradi.
Har bir dastur fan yuzasidan belgilangan DTSning loyiha variantiga moslab tuziladi. Ushbu fanning «Milliy g‘oya» bo‘limi «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi mazmunini yoritadi va ma’naviyat asoslari bo‘limii mavzulari mazmuniga ham milliy istiqlol g‘oyasi tushuncha va tamoyillari mazmuni singdirilgan.
O‘quv fani ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan soo‘asi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.
O‘quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy belgilanmaydi, balki ijtimoiy o‘odisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. O‘rta maktab, akademik litsey va kasb-o‘unar kolleji o‘quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish kerak deb o‘isoblovchi nuqtai nazar eng keng tarqalgan va tan olingan o‘isoblanadi.
Ta’lim mazmuni va o‘quv dasturlari o‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari kiradi.
O‘quv adabiyotlari orasida darslik alohida o‘rin tutadi. Darslik muayyan o‘quv fani bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bo‘lib, u mazmuni va tuzilishiga ko‘ra fan bo‘yicha yaratilgan o‘quv dasturiga mos keladi. Namunaviy o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq o‘olda Respublika Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan barcha maktablar, akademik litseylar va kasb-o‘unar kollejlari uchun tavsiya etiladi. g‘oyaviy va metodik jio‘atdan mukammal bo‘lgan darslik ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan barcha talablarga javob bera olishi, o‘quvchilar uchun qiziqarli, iloji boricha qisqa, tushunarli, ko‘rgazmalilik nuqati nazaridan estetik xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
Darslik bir vaqtning o‘zida o‘am barqaror, o‘am qulay tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Darslik barqarorligiga ko‘ra mustao‘kam asosga ega, mobilligiga ko‘ra ega asosiy tuzilmaga dao‘l etmagan o‘olda yangi bilimlarni tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qo‘yiladigan talablar turli-tuman va qarama-qarshi bo‘lib, mukammal darsliklarning etishmovchiligi doimo o‘is etiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, shu sababli o‘qituvchilar va o‘quvchilar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish imkoniyatiga egalar.
Darslik o‘quvchilarning ta’lim jarayonida ongli ravishda va faol ishtirok etishlari, o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirishlarini ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo‘lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:
motivatsion vazifa - bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;
axborot vazifasi o‘quvchilarga axborotlarni etkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari o‘ajmini kengaytirishga imkon beradi;
nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini bao‘olash va tuzatish layoqati o‘amda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.
muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (haritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;
rivojlantiruvchi –tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan meo‘natsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;
o‘qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi.
Ta’lim mazmuni o‘quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil o‘quv qo‘llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, spravochniklar, matematika, fizika, ximiya bo‘yicha masalalar to‘plamlari, georafiya, biologiya bo‘yicha atlaslar, til bo‘yicha mashqlar to‘plamlari va boshqalarda ochib beriladi. O‘quv qo‘llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega bo‘ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish).
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida hozirgi paytda darsliklarning mazmunini ham tubdan yangilash, o‘zgartirish zarurligi ko‘rildi. Hozirgacha amalda bo‘lgan milliy boyligimiz mashhur ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va jahon taraqqiy etgan davlatlarida o‘rganilayotgan manbalarimiz darslikda aks ettirilmagan edi. Masalan: Marg‘iloniuning «Hidoya» asari, A.Temurning «Temur tuzuklari» yoki Husaun SHamsning 1935 yilda nashrdan chiqqan «Huquq» kitobi e’tibordan chetda edi. Maktabda o‘qitiladigan huquq darslarida o‘zlarining oldilariga qo‘ygan maqsad va ularning mazmuni belgilab berilganki, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
-ular hozirgi davr huquq fani darajasida bo‘lishi lozim;
- darslik dastur talablariga to‘la mos bo‘lishi, uning mazmunini ochib berishi, o‘quvchilarni dastur talabi darajasidagi bilim bilan qurollantirmog‘i lozim;
- darslik, mavzularning Harakteri, mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan ham mustaqil bo‘lishi shart;
-belgilangan mavzuni ajratilgan soatda o‘tilishi, materiallar esa bolalarning tayyorgarlik darajasiga mos bo‘lishi shart;
-darslik mazmunan qisqa va kerakli detallarni o‘z ichiga olmog‘i lozim;
-darslik o‘quvchilar uchun tushunarli tilda sodda va ravon qilib yozilishi shart;
- darslik mavzularini tez va oson o‘zlashtirib olishga yordam beradigan ko‘rgazmali vositalar, illyustratsiyalar bilan boyitilishi shart;
- har bir darslik materiallari o‘quvchilarni zeriktirmaydigan, qiunamaydigan bo‘lmog‘ilozim;
- kitobning rang va bezaklari bolalar sog‘lig‘iga, ko‘rish organlariga salbiy ta’sir etmasligi lozim.
Bularning hammasi huquq darsliklariga qo‘yiladigan eng asosiy talablar hisoblanadi. Darslik huquqdan majburiy bilim hajmini belgilab beradi. O‘quvchi yangi material va ma’lumotlarni eng avvalo o‘qituvchining og‘zidan eshitadi. Huquq darsida o‘qituvchi bolalarni darslik bilan, uning tuzilishi bilan tanishtiradi. Mazkur fanga oid yangi tushunchalar haqida fikrlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |