Ta’limda izchillikka rioya qilib o‘qitish lozim, toki bugun urganilgan bilimlar kecha urganilganlarni mustaxkamlasin, ertaga urganiladiganlarga zamin xozirlasin.
Ta’limning tizimli bo‘lishi uning izchil bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Izchillikka asoslangan ta’limning Harakterli belgisi shundaki, u o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgan bilim va malakalari zaminida yangi bilim, kunikma va malakalar xosil qiladi.
Tizimlilik va izchillik o‘quvchilarda Har qaysi o‘quv fanlarining bir-biri bilan o‘zviy bog‘liq bo‘lishini kursatishda ham muhim ahamiyatga ega.
Tizimlilik va izchillik qoidalari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan aloxida o‘quv fanlarini hamda kundalik o‘quv materiallarini mantiqiy jihatdan bir-biriga mustahkam bog‘liq holda va muayyan bir tartibda o‘qitish hamda ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tizimli ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirib olishlarini ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish va o‘qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Auniksa, ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlamok uchun:
bayon qilinayotgan o‘quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi;
o‘qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyati ochib berilishi, ta’lim jarayonida hadislardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi;
bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustaxkam o‘zlashtirilishi va turmushda unga amal kilinishi;
ta’limda muammoli jarayonni vujudga keltirish, o‘quvchilarning qizikishlari, aktivlik va tashabbuskorliklarini ta’minlashga e’tiborning kuchaytirilishi.
ta’lim jarayonida o‘quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o‘zaro yordam xislarini tarbiyalashni ta’minlamok zarur.
Ta’lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasining izchillik bilan amalga oshirilishi okibatidagina o‘quvchilar o‘quv materialining tub moxiyatini, tabiat va jamiyat tarakkiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to‘g‘ri, chukur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan maxorat, kunikma va malakalar xosil qiladilar.
Huquq ta’limi darslariga qo‘yiladigan didaktik talablar
O‘qituvchi huquq ta’limi darslarini o‘qitishda u yoki bu metod va usullarni, didaktik vositalarni qo‘llash zarurati va samaradorligini farqlay olishi kerak bo‘ladi.
Metodlarni tanlashda har bir yangi mavzu buyicha qo‘yidagilar inobatga olinadi: metodlarning tarbiyaviy samara berayotganligi: didaktik maqsadga sifatli erishayotganligi, Huquq va bugungi dunyoning voqealariga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirayotganligi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog‘lash orqali amalga oshiriladi.
Huquq ta’limi darslarini o‘quvchi va talabalarga tushunarli, va aniq qilib etkazib berish uchun bir necha didaktik talablar qo‘yiladi.
Masalan: ongli ta’lim, ilmiylik, kursatmalilik, o‘quvchilarni bilish imkoniyati va yosh psixologik xususiyatlari, uzviylik va uzliksizlik, huquq darslarini zamon bilan bog‘lash.
Do'stlaringiz bilan baham: |