Huquq ta’limda interaktiv metodlarning maqsad va vazifalari.
O‘zaro faol (interaktiv) metodlardan foydalanish maqsadlari quyidagilardan iborat:
1) ma’lumot (axborot)ni olish va baholash;
2) axborotni muhokama qilishda ishtirok etish;
3) o‘z muammolarini hal etishda ishtirok qilish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish;
4)jamiyat va hokimiyat har qanday institutining pozitsiyasi, qarori, harakatini umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan baholashga yordam beruvchi umumjahon andozalari (me’yorlari)dan foydalanish;
5) o‘z fikrlari, g‘oyalarini guruhning boshqa a’zolari, jamiyat va davlat rahbarlari, yo‘lboshchilariga etkazish;
6)guruhning boshqa a’zolari bilan ishlash va hamkorlik qilishni o‘rganish.
O‘zaro faol (interaktiv) usullarning asosiy vazifalari:
I.Bilim :
- talabalarda davlat va jamiyat institutlari qanday faoliyat ko‘rsatishlari haqida tasavvur yaratish, shular haqida tushunchalar berish;
- jamiyat va davlat siyosatiga ta’sir ko‘rsatish va uni nazorat qilish usullari to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish, bu usullar haqida tushunchalar berish.
II. O`quv va ko‘nikmalar.
2.1.Intellektual ko‘nikmalar - mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini o‘quvchilarda rivojlantirish;
2.1.1.Ijtimoiy ahamiyatli masalalar bo‘yicha talabalarning o‘z pozitsiya (qarash)larini shakllantirish ko‘nikmalari;
2.1.2.Vaziyatni baholay olish ko‘nikmasi;
2.1.3.Bahsli muammolar yuzasidan qaror qabul qila bilish va bu qarorni himoya qila bilish ko‘nikmasi.
2.2.Kommunikativ ko‘nikmalar - o‘z pozitsiyasini tasavvur qilish va aniq, qat’iy shakllantirish, guruhda o‘zaro munosabatga kirishish ko‘nikmalari.
III.Qadriyatlar - talabalar muayyan qadriyatlarni o‘zlashtirishlari lozim, bularsiz ular to‘laqonli mas’uliyatli va kompetentli mutaxassis kadr sifatlariga javob bera olmaydilar.
Auniqsa, quyidagi qadriyatlarga e’tibor berilishi lozim:
- inson qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qilish;
- konfliktlarni tinch yo‘l bilan hal qilish;
- hamkorlik;
-sabr-qanoat, bag‘rikenglik;
-adolatlilik;
-oshkoralik;
-halollik;
-qonunga itoat qilish;
-mas’ullik;
-vatanparvarlik;
-qat’iylik;
-hokimiyat va uning vakillarini hurmat qilish;
-o‘zining va o‘zgalarning mehnatini qadrlash va h.
O‘zaro faol (interaktiv) usullar qo‘llanilganda talaba ham, o‘qituvchi-trener ham hamkorlikda bir-birlaridan o‘rganadilar. O‘qituvchi-trenerning roli faqatgina ta’lim jarayonining tajribasi ko‘proq ishtirokchisi (tashkilotchisi) bo‘lishligi bilan farqlanadi. Ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada, muloqotda bo‘ladilar, fikr almashadilar, muammolarni birgalikda hal qiladilar, turli vaziyatlarni o‘ylab topadilar, boshqa ishtirokchi (hamkasabasi)ning va o‘zlarining hatti-harakatlarini kuzatib baholaydilar. Ishtirokchilar o‘zlarini muayyan ko‘nikmalar hosil qilish va muammolarni hal qilish uchun nihoyatda zarur bo‘lgan hamkorlikda ishlash muhitiga tushganday his qiladilar.
Interaktiv usullar tasnifiga asos sifatida tinglovchi (o‘quvchi, talaba)ning ta’lim jarayonidagi tutgan roli olinadi, bu rol sust usullardan faol va o‘zaro faol usullarga o‘tgan sari tobora ortib boradi. Kasbiy ko‘nikmalar hosil qilishda o‘zaro faol usullarga ko‘proq e’tibor beriladi, chunki ular ko‘nikmalarni namoyish qilish va kasbiy fazilatlarni ko‘rsatish uchun tabiiy bir muhit yaratadi.
O‘zaro faol(interaktiv) usullar nafaqat inson ongiga ta’sir etadi, shu bilan birga uning his-tuyg‘ulari, erk-irodasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni ta’lim jarayoniga insonni “to‘lig‘icha” jalb qiladi. Bu esa o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini oshirishga imkon beradi.
Ilm-fan, texnika, aholi turmush darajasi va saviyasi hamda ishlab chiqarish sohalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi, turli axborot oqimlarining mavjudligi pedagogik faoliyat uslublarining samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish lozimligini talab etmoqda. “O‘qish va o‘qitish – inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir. Lekin uning samarasi tezda yoki darhol ko‘zga tashlanavermaydi. Iqtisodiy tuzumlar nima ishlab chiqarayotgani bilan emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa ishlab chiqarish vositalaridan foydalanayotganligi bilan biri ikkinchisidan farqlanadi, degan g‘oya o‘qish va o‘qitish ishlariga ham to‘la taalluqlidir”3.
Huquqni o`qitish metodikasi bo`lajak o`qituvchilarga dars berish yo`llarini o`rgatadi. Umuman, fanni o`qitish, sifatini belgilashda metodika fani katta o`rin egallaydi. Metodika bilan qurollangan har bir o`qituvchi to`g`ri, ijodiy va samarali ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Huquq fani o`qtiuvchisi zimmasiga yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol avlod qilib tarbiyalash singari katta va ma`suliyatli vazifalarni yuklaydi. Huquqni o`qitish va tarbiyalash metodikasi o`quvchilarga nimani o`qitish va qanday o`rgatish kerak degan savolga javob berib:
a) O`quvchilarga fan asoslarini singdiradi;
b) Ularni o`rgatish metodlarini aniqlab beradi.
Fan asoslari, huquq bo`yicha bilimning hajmi esa huquqshunoslik fani dasturida belgilab berilgan. Huquqni o`qitish metodikasi kursining o`ziga xos bir qancha xususiyatlari mavjud:
1.Dars ob`yektlari har xil bo`lib, mashg`ulotlarning mazmuni bir – biridan tubdan farq qiladi;
2.Darsning mazmuni, mohiyati, yo`nalishlarini belgilashda o`qituvchi xislati, bilim darajasi, mahorati va hokazolar muhim o`rin egallaydi;
3.Darslarda berilgan bilimlar hayotiy hamda amaldagi tartib – qoidalar va me`yoriy normalar bilan bevosita bog`liq bo`ladi;
4.Huquq fani asoslari doimiy ravishda yangilanayotganligi hisobga olinadi.
O`qitishning dialektik qonuniyatlariga amal qiluvchi huquq o`qituvchisi metodika fanining turli uslub va tamoyillarga ega ekanligini bilib olishi shart.
-Har bir mavzuni turlicha usullar bilan o`qitish qonuniydir;
-Har bir mashg`ulot turli – tuman huquq manbalari asosida tashkil etiladi;
-Huquq mashg`ulotida asosan me`yoriy qoidalar o`rgatiladi.
-Darslarda hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosatning huquqiy asoslari o`rgatib boriladi va boshqalariladi.
Mustaqillikni qo`lga kiritgach O`zbekistonda barcha sohada bo`lgani singari ta`lim sohasida ham tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Davlat ta`lim standarti joriy etildi. O`qitish jarayoniga katta talablar qo`yildi. Ulg`ayib kelayotgan yosh avlodga mukammal bilim berish vazifasi dolzarb masalaga aylandi.
Bu muammoni hal qilish umumdavlat ishiga aylantirildi, sababi navqiron O`zbekistonimizni yosh o`spiringa qiyoslasak, o`spirinni barkamol inson bo`lib etishishi uchun unga saviyasi baland ustoz darkor. Ta`lim sohasini saviyali tarzda tashkil etilsa, unda o`sib ungan malakali kadrlar mamlakat taraqqiyotini belgilab beradi.
Mustaqillik sharofati bilan Huquqga xolisona munosabat o`zgardi. Yangi davlat ta`lim standartlariga javob bera oladigan darsliklar yaratish imkoni tug`ildi. Shu jumladan, huquq faniga nisbatan ham ancha jiddiy yondashila boshlandi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida huquqiy poydevor yaratildi. Faqatgina I-chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o`z vakolati davrida 300 dan ortiq mukammal qonunlar qabul qildi. Mamlakatimiz 1-Prezidenti I.A.Karimov har bir shaxs o`z huquqlarini bilishi, undan foydalana olishi, bu uchun esa aholining huquqiy madaniyatini, huquqiy ongini oshirish nechog`lik muhim ekanligini eslatib o`tadi.
Biz huquqiy demokratik jamiyat barpo etishdek sharafli yo`lni tanlagan ekanmiz, bu yo`lda kishilarda huquqiy ongini shakllantirish dolzarb masala. Mustaqillikka erishganimizdan keyin o`tgan davr ichida olingan tajribaga tayanib aytadigan bo`lsak, shu narsa ayon bo`ladiki, yohlarimizning umuman aholining (ko`pchilik qismi) huquqiy madaniyati yetarli darajada emas. Shu bois huquqshunoslik faniga bo`lgan e`dibor davlatimiz tomonidan. jonlantirildi. Boshqa fanlardan farqli o`laroq faqatgina huquqshunoslik fanini o`qitish sifatinii yaxshilash huquqiy ta`lim va tarbiyani rivojlantirish maqsadida maxsus dastur 1997 yil 29 avgusdda “Jamiyat huquqiy madaniyatini yuksaltirish milliy dasturi”ning qabul qilinishi ham bu soha davlatimiz siyosatining ustivor yo`nalishiga ayllanganidan dalolat beradi.
Har bir fan o`z predmeti va shu fanni o`qitish metodikasiga ega. O`zbekiston davlati va huquqi asoslari kishilik jamiyatiling rivojlanish qonunini o`rganuvchi ijtimoiy – huquqiy fan hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu fan kommunistik mafkuraga tobe` holda umumta`lim maktablarida “Sovet davlati va huquqi asoslari” fani sifatida o`rganib kelindi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach “Davlat va huquq asorlari” fani o`qitila boshlandi. U mafkuraviy jihatdan bizga yot qarashlaridan tozalangan bo`lsada, uning haftada bir soat o`tilishi juda murakkab, o`quvchining yosh qobiliyatlari to`la inobatga olinmay tashkil etildi. Bir o`quv yili davomida o`quvchi huquqning barcha sohalarini jumladan, Konstitusiyaviy huquq, ma`muriy huquq, mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi va boshqa huquq sohalarini o`zlashtirib olishi shart edi. 1997 yil 29 avgustda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 martdagi “O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish to`g`risida”gi Qarori Huquqshunoslik fanining o`qitilishini butunlay qaytadan tashkil etishga turtki bo`ldi. Unga asosan 8-sinfda “O`zbekiston davlati va huquqiy asoslari”, 9-sinfda “Konstitusiyaviy huquq”, o`rta va maxsus kasb – hunar ta`limida barcha huquq sohalari, oliy ta`limda esa butun huquqshunoslik fani mukammal o`qitilishi yo`lga qo`yildi.
Har bir huquqiy bilim beruvchi ustoz o`z oldiga aniq maqsad qo`yishi lozim. Huquqiy bilimning asosiy maqsadi shaxsda, guruhda huquqiy tafakkurni shakllantirish va uning asosida huquqiy ta`lim va tarbiyaga erishishdan iboratdir.
Huquqiy bilim olish jarayonida tinglovchilar qonunlarini bilishga, ulardan foydalanishga, hayotga tadbiq etishga erishishlari, o`z huquq erkinliklarini mukammal bilib, qonunga rioya qilish burch va majburiyatlarini o`rganishlari lozim. Demak, huquqiy bilim bilan bog`liq huquqiy tarbiyada shaxslar huquqbuzarlik sodir etmasliklari, qonun doirasida ish tutishlari, o`zlarini va boshqa shaxslarni hurmat qilishlari, davlat, jamiyat va oilada o`rnatilgan tartib – qoidalarni buzmasliklari kabi huquqiy tarbiyaga erishishlari kerak. Bu maqsadni amalga oshirishda eng birinchi o`rinni huquqiy ta`lim va shunday ta`limni beruvchi shaxs egallaydi. Ushbu o`qitish metodikasi kursining asosiy vazifasi ham shundadir.
Huquqiy bilim to`laligicha maxsus huquqiy o`quv muassasalarida beriladi, u erda mutaxassis – huquqshunoslar tayyorlanadi. Boshqa ta`limda esa umumiy huquqiy bilim o`rganiladi. Masalan, maktab o`quvchisiga jinoiy ish yuritish asoslarini o`rgatish shart emas. Ammo, u mehnat va oila huquqidan hamda boshqa huquq sohalaridan o`ziga tegishli huquqiy ma`lumotlarga ega bo`lishi lozim. 2001 yil 4 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Kontitusiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi farmoyishi asosida mamlakatimiz ta`lim tizimining barcha bosqichlarida “O`zbekiston Konsitutsiyasini o`rganish” o`quv kursi joriy qilindi. Mazkur o`quv kursi O`zbekiston Konstitutsiyaviy huquqining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u uzluksiz ta`limda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni ekanligi, unda davlat suverenligi, inson huquq va erkinliklari, burchlari, shaxsning qanday huquqlari mavjud va kafolatlanganligi, davlat hokimiyati kabi muhim savollar javobini egallash darajasida tinglovchi bilim olishi kerak.
Shuningdek, nafaqat konstitutsiyaviy huquqlarni o`rganish, balki bunday qoidalarning hayotga hamohangligini o`zlashtirib borish, milliy qonunchiligimizda konstitutsiyaviy qoidalarning kafolatlanishining qay darajadaligini o`rganish, unga ilmiy yondashish darajasigacha o`zlashtirib borishi o`ta dolzarb masaladir.
Huquqiy bilim olgan shaxs o`z bilimini hayotda amalga oshirishi, tadbiq eta olishi kerak. Fuqarolar huquqiy erkinliklari, burchlari bo`yicha dars jarayonida o`rganganlarini hayotda foydalana olishi, shaxsning qonun asosida o`zini himoya qilishi, o`z burchlarini bajarishi uning o`z hatti – harakatlaridan kelib chiqadi. Bunday hatti – harakatlarning faollashib yoki aksincha susayib borishiga bir qancha omillar o`z ta`sirini ko`rsatishi mumkin. Masalan, ta`lim muassasalarida ma`sul shaxslar hatti – harakatlari yoki oiladagi shart – sharoitlar bunga o`zining ijobiy yoki salbiy ta`sirini ko`rsatishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ta`lim muassasalaridagi ma`sul shaxslar o`z faoliyatlarining samaradorligini oshirishi kerak. Aytish joizki, mehnat huquqidan olingan bilim doirasida shaxs o`z mehnat faoliyatini huquqiy tartib doirasida amalga oshiradi va o`zining huquqlarini himoya qila oladi. Ariza, talabnoma, dalolatnoma va boshqa ma`lumotlarni yozish, mehnat shartnomasini tuzish qoidalari haqida, umumiy mehnatga oid huquqiy munosabatlarning hayot taqazo etgan qismini o`rganishga zamin yaratiladi.
Ma`muriy huquqni o`rganishda o`quvchi (talaba) davlat boshqaruvi haqida, boshqaruv sohalari, davlat xizmati haqida, ma`muriy huquqiy munosabatlar, ma`muriy huquqbuzarlik tushunchasi, ma`muriy javobgarlik, jazo va hokazolar haqidagi bilimga ega bo`lishadi. Ma`muriy huquqbuzarlikning sodir etilishi inson hayoti uchun havfli oqibatlarni keltirishini tinglovchi chuqur his qila olishi asosiy masaladir.
Fuqarolik huquqi fanini misol tariqasida olib qaraydigan bo`lsak, unda fuqarolik huquqiy munosabatlarning kelib chiqish asoslari, mulkiy munosabatlarning inson huquqlari sifatida e`tirof etilishi jamiyatda yashayotgan insonlarga davlat tomonidan, o`z jamiyatini rivojlantirish uchun imkoniyat sifatida qarash mumkin. Masalan, oliy o`quv yurtida yuqoridagi keltirilgan misollardan eng muhim jihatlari ochib berilsa, huquq normalarining elementlarini tinglovchining o`zi bilib olishiga zamin yaratib beriladi va natijada o`quvchi, talaba bunday bilimni o`zi mustaqil egallashga intiladi. Bu esa o`qituvchining mahoratiga juda ham bog`liqdir.
Ta`limning barcha turlarida huquqni o`qitishda eng muhim tamoyil – “uzluksizlik”ni esdan chiqarmaslik va “bosqichma - bosqichlik” g`oyasiga tayanish maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqib, huquqiy ta`lim jarayonida tinglovchilarga quyidagilar o`rgatilishi lozim:
Birinchidan, bilim berilishi, ya`ni u davlat va huquq bilan bog`langan bo`lishi kerak. Ikkinchidan, olingan bilimni hayotga tadbiq etish mahorati o`rgatiladi.
Uchinchidan, shaxs doimo o`z ustida ishlashi, izlanishi va oqibatda biror natijaga ega bo`lishlikka harakat qilishi kerak.To`rtinchidan, davlat va jamiyat taraqqiyoti ishlari bilan qiziqish hislatlariga ega bo`lishni shakllantirishdan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Har qanday jamiyatda ham demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, qonunlarning xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir”- degan fikrida jamiyat har bir a`zosining o`ziga tegishli huquqlarni qay darajada qo`llay olishi, to`g`rirog`i foydalana olishi haqida so`z yuritiladi.
Huquqiy ta`limning asosini huquqiy bilim tashkil etadi. Bilim shaxsning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. O`qituvchi dars jarayonida jamiyat va davlatdagi yangiliklarni o`zi mukammal bilishi va ularni tinglovchilarga o`rgatishi lozim. Masalan, yangi qonunning kelajakka, istiqbolga tegishli tamoyillarini o`quvchi o`qituvchidan o`rganadi.
Dars jarayonida tinglovchilar: davlat va uning boshqarilishini, huquqqa bog`liq tushunchalarni, huquqiy munosabatlarning kelib chiqish asoslarini, huquqbuzarlik tushunchasi va turlari hamda huquqiy javobgarlik tushunchasi va boshqa bir qancha huquqiy ma`lumotlarni bilib olishlari lozim. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni tinglovchilarga o`qituvchi sharhlab berishi kerak.
O`qituvchi tinglovchiga har bir qonunning jamiyat uchun, inson hayoti uchun zarur va afzal tomonlarini (yangi qonunning) ochib bera olishi shart. Har bir qonun yangiliklarini o`quvchi ilk marta o`qituvchisidan eshitishi maqsadga muvofiqdir. Chunki boshqalar qonun sharhini yetarli darajada bilmasligi tufayli noto`g`ri tushuncha hosil qilib qo`yishlari ham mumkin. Demak, o`qituvchi darsga kirishdan oldin mavzu bo`yicha maxsus huquqiy hujjat (na`munaviy dastur va ishchi o`quv reja)lar bilan tanishib, dars matnini tayyorlab, tinglovchilardan tushadigan savollarga javob berish darajasida tayyorgarlik ko`rishi lozim. Agar u yoki bu savolga javob berishga qiunalsa, o`qituvchi tinglovchilarga kelgusi darsda bu savolga javob berishini aytishi mumkin. Tegishli qonuniy hujjatlar yoki adabiyotlardan foydalanib har bir javobsiz qolgan savol kelgusi darsda tushuntiriladi.
Tinglovchilar orasidan davlat, jamiyat hayoti bilan qiziquvchilar, rahbarlik xususiyatiga ega shaxslar ham aniqlanadi. Ular davlat va huquq nazariyasi, davlatdagi mavjud qonunlar, ularning yaratilishi bilan alohida qiziqadi. Ularni to`g`ri yo`lga yo`naltirish uchun o`qituvchilar avvalambor o`zi yaxshi huquqiy bilimga ega bo`lishi, qonun yangiliklari bilan tanishgan bo`lishi shart. Agar o`qituvchining ma`lumoti u yoki bu huquq sohasi bo`yicha to`la bo`lmasa, tinglovchiga maxsus maktablar yoki mutaxassislar bilan uchrashuviga yordam berishi lozim. Ana shundagina jamiyatimizda haqiqiy bilimdon, o`z kasbini sevadigan, uning huquqiy asoslarini biladigan mutaxassislar yetishib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |