Fan metodlari.
O‘qitishning mavjud hozirgi tizimida fanlarni o‘qitishning ko‘p turli metodlari va metodikalari joriy etilgan. Mazkur maxsus kursning vazifalariga talabalarda huquq ta’limi fanlarini o‘qitishning barcha eng ahamiyatli va dolzarb masalalari bo‘yicha umumiy tasavvurni shakllantirish kiradi. SHu bilan birga ushbu fan mavzularini o‘rganishda barcha aniq va ijtimoiy fanlarda keng qo‘llaniladigan ilmiy bilishning umum falsafiy va ilmiy metodlari, xususan, ilmiylik, ob’ektivlik, tizimlilik, qiyosiy-huquqiy, modellashtirish va b.metodlar qo‘llaniladi.
Hozirgi o‘tish davrida mamlakat ichkarisida va xalqaro maydonda yuz berayotgan murakkab jaryonlarni o‘rganishda va tahlil etishda qaror topgan an’anaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari va nutqlarini o‘rganish shubhasiz muhim hisoblanadi. Auniqsa, keyingi vaqtlarda Prezidentning davlat hokimiyati va boshqaruv tizimida ishlovchi davlat xizmatchilari va yuridik soha mutaxassis-kadrlarining kasbiy mahorati, mas’uliyatliligini ko‘tarish, kompetentliligini takomillashtirish masalasida aniq fikrlar va tavsiyalar berilgan asarlarini o‘rganish magistrlar uchun o‘ta muhimdir. Prezidentimizning «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori»(1997 y.), «Barkamol avlod orzusi» (1999 y.) kabi asarlarida hamda xalq deputatlari viloyat kengashlari sessiyalarida so‘zlagan nutqlarida kadrlar masalasi keng yoritilib, unda turli bo‘g‘in rahbar xodimlarga davr sharoitidan kelib chiqilib qo‘yilayotgan talablar, ularning axloqiy qiyofasi, o‘zi mas’ul bo‘lgan soha uchun fidoiyligi va jonkuyarligi, boshqalarga ibratli bo‘la olish xususiyatlari alohida ko‘rsatib o‘tildi. “Islohotlarni amalga oshirish borasidagi bundan buyonga olg‘a siljishlarimiz tobora qiyin muammoga borib taqalishi mumkin: u ham bo‘lsa – yuksak malakali xodimlarning, eng avval, davlat hokimiyati va boshqaruvi, jamoat idoralari, bank va moliya tizimini boshqaradigan darajadagi rahbarlarning etishmasligidir.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fani predmetining vazifalaridan biri ham yosh o‘qituvchilarga va magistrlarga Prezidentning oliy yuridik ta’lim tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq fikrlari va g‘oyalari ifodalangan asarlarni o‘rganish zarurligini tushuntirish hamda ulardan o‘qitish va ilmiy faoliyat jarayonida o‘rinli qo‘llashga o‘rgatish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |