"tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo`yicha prorektor



Download 2,39 Mb.
bet81/152
Sana27.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#711700
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152
Bog'liq
05.10.21y

ikkinchidan, davlat inson manfaatini himoya qilishini, insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati eng oliy qadriyat hisoblanishini bolalar tilida tushuntirilib, inson sifatida, avvalo, o’zining qadr-qimmatini bilishga va uni hurmat qilishga o’rgatiladi;
uchinchidan, bolalar qanday vazifalarni ado etishlari o’rgatiladi. Madaniyat, ma’naviy va tarixiy merosni avaylab asrashga, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga odatlantiriladi;
to’rtinchidan, qiz bolalar va o’g’il bolalarning bir-birini hurmat qilishlari, o’zaro munosabatlari ham bayon etilib, ularning teng huquqli ekanliklari tushuntiriladi;
beshinchidan, jamiyatda oilaning o’rni, oilaning davlat tomonidan muhofaza qilinishi, farzandlar ota-onaga g’amxo’r bo’lishi, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilishi lozimligi bayon etiladi;
oltinchidan, Vatanni sevishga, uni himoya qilishga o’rgatiladi. Davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiyaning ma’no-mazmuni bayon etiladi. Konstitutsiyaviy ta’lim berish natijasida bir neta bayroq va gerblar ichidan O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i, Gerbini ajrata olish malakasi shakllantiriladi. Bularning barchasini amalga oshirishda shuni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, bolalar shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o’zlashtirib kelgan bo’lsalar, endi o’z xohish-irodasi bilan kerakli ma’lumotlar yig’ishga harakat qiladilar. Bolaning ana shu faolligi uning mustaqillik, erkinlik, mas’uliyatlilikka olib keladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni umumiy axloq qoidalariga rioya qiladigan, shaxs sifatida kamolga yetkazishga asos bo’la oladigan bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.
Umumiy o’rta ta’limda huquq fanlarini o’rganish 4 bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich - (1-4 sinflarda);
II bosqich - (5-7 sinflarda);
III bosqich - (8-sinfda);
IVbosqich - (9-sinfda).
V (10-11 sinf)
Ma’lumki, bola maktab ta’limiga maktabgacha ta’lim muassasasida tayyorlanadi. Dastlab u maktabda o’quvchilarga qo’yiladigan turli talablar bilan tanishadi. “Boshlang’ich ta’limda o’quvchi idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o’zining qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi”7. SHunday ekan, bu o’quvchilar ma’lumot va hodisalarni puxta esda saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’ladi. Lekin uzluksiz ta’lim tizimida boshlang’ich umumiy ta’limning o’ziga xos xususiyati doimo e’tirof etiladi. Ta’lim tizimining ushbu bosqichi bola shaxsi shakllanishi, uning ijtimoiylashuvi, shaxslararo munosabatlarga kirib borishi va ijtimoiy ko’nikmalarning shakllanishida xizmat qiladi. O’quvchilar orasida boshqalarga nisbatan ancha faol, vaziyatlarga tez moslashuvchan, atrofdagilar bilan chiqishib keta oladigan, o’z kechinma va tuyg’ularini yaqqol namoyon eta oladiganlari mavjud bo’lib, ular orasida o’zini chetga oluvchi, kamsuqum, beozor, ko’pchilik ichida bo’lishga qiunaladigan bolalar ham uchrashi mumkin. Bu toifa o’quvchilar bilimlarni o’zlashtirish iqtidori yuqori bo’lsa ham, shaxsalararo munosabatlarga kirishishda qiyinchiliklarga duch keladi. SHaxslararo munosabat ijtimoiy xarakterdagi jarayon bo’lganligi bois, bolada o’qituvchisi, sinfdagi o’rtoqlari bilan munosabatlarga kirishishida to’sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash pedagog oldidagi asosiy vazifalardan biri sanaladi.
Ushbu xususiyatlarni inobatga olib, boshlang’ich ta’limda “Konstitutsiya alifbosi” ni o’zlashtirish darajasi tadqiq etilganda, boshlang’ich sinflarda ayrim konstitutsiyaviy qoidalarni yodlashga berish ijobiy natijalarga olib keldi.
Boshlang’ich ta’limda o’qish, odobnoma, ona tili, atrofimizdagi olam, rus tili, rasm, ashula, matematika darslari tarkibida “Konstitutsiya alifbosi” o’rgatiladi. Masalan, o’qish darslarida “Maktab” , “Nima yaxshi-yu, nima yomon”, “Mehnat baxt keltirar”, “Qush va hayvonlar – bizning do’stimiz”, “O’zbekiston – mening Vatanim”, “O’tmishni o’rganish – burchimiz”, “Vatan himoyachilari”, “Konstitutsiya – hayotimiz qomusi”; odobnoma darslarida – “Oila – muqaddas dargoh”, “Farzand burchi”, “Tabiatni asrash burchi”, “Ota-onam – davlatim”; ona tili darslarida – “Davlat tili”, “O’zbek alifbosi yoki alfavit” kabi mavzularni o’zlashtirishda Konstitutsiyaning tegishli qoidalari o’rgatiladi. Ushbu darslar jarayonida fanlar bo’yicha beriladigan amaliy topshiriqlar, mashqlar mazmuniga konstitutsiyaviy me’yorlarni misol tariqasida kiritish ijobiy natijalar beradi.
Boshlang’ich ta’limda (3-4 sinflarda) xatto matematika darslarida ham Konstitutsiya o’rgatilishi mumkin, deb hisoblaymiz. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishiga oid misollar va masalalar tuzish mumkin. Ya’ni har bir bo’limga tegishli boblarni qo’shish natijasida Konstitutsiya necha bobdan iborat ekani, boblarga tegishli moddalarni qo’shish natijasida esa Konstitutsiya necha moddadan iboratligi, u yoki bu bo’limda nechta bob, nechta modda borligi ham turli matematik ifodalar bilan aniqlanishi mumkin.
Ona tili darslarida gap, ega, kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol kabi grammatik qoidalarni o’rgatishda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matnidagi me’yoriy qoidalar misolida grammatik, leksik tahlilni amalga oshirish mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega (Topshiriq: Ushbu gapdagi so’z turkumlarini aniqlang).
5-7-sinflarda “Konstitutsiya olamiga sayohat” fanida dastlabki tushunchalar murakkablashib, hayotiy misollar orqali davlat va shaxsning o’zaro munosabati, shaxsiy mustaqillik, barchaning qonun oldida tengligi, so’z erkinligi, axborot olish kafolatlari erkinligi, voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi va javobgarligi, o’smir va qonun kabi mavzular yoritiladi.
8-sinfda “Davlat va huquq asoslari”, 9-sinfda “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” asosiy fanlar tarkibida o’qitilib, bunda huquqiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi o’quvchilarda davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ilmiy, madaniy taraqqiyoti yo’nalishlariga mos darajadagi bilimlar tizimini shakllantirish, ijodiy fikrlay oladigan, hayotiy muammolarga mustaqil munosabat bildira oladigan, yoshlarni shakllantirishga qaratilgandir. 10-11 sinfda Davlat va huquq asoslari fani tarkibida huquq soxalari davomi o’rgatiladi.



Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish