"tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo`yicha prorektor



Download 2,39 Mb.
bet80/152
Sana27.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#711700
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   152
Bog'liq
05.10.21y

birinchidan, huquqiy ta’limni jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanish;
ikkinchidan, an’anaviy o’qitish tizimida yozma va og’zaki usullarning ijobiy tomonlarini qo’llash; uchinchidan, huquqiy axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi sababli ularni tizimli ravishda yoritish va tushuntirish;
to’rtinchidan, har bir ta’lim oluvchining potensial imkoniyatlarini rivojlanish kabilarni taqazo etadi.
Oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan ishlar hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish, auniqsa, yoshlarning ma’naviy, ijtimoiy-huquqiy yuksalishida mustahkam zamin yaratdi.
Davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlarda ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida umumiy o’rta ta’lim tizimida “Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya olamiga sayohat”, “Davlat va huquq asoslari”, “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” fanlari bo’yicha darslar joriy etildi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining sakkiz yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida ta’kidlaganidek, «Konstitutsiyani bolalar bog’chasidan boshlab o’rgatishni, maktablarda darslik tariqasida o’qitishni, o’quv yurtlarida maxsus bir dars sifatida o’rganishni bugun barcha mutassaddi rahbar va tashkilotlarimizga topshiriq tariqasida aytmoqchiman. Toki unib-o’sib kelayotgan yosh avlodimiz Konstitutsiyaning ma’no-mazmunini, u xalqimizning istiqlol yillarida erishgan ulkan tarixiy yutug’i ekanini teran anglab yetsin»6.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida huquqiy ta’limga doir qabul qilingan Davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi kabi me’yoriy hujjatlarning maqsadi yuqoridagi vazifani amalga oshirishda muhim hisoblanadi.
Huquqiy ta’lim standartining asosiy maqsadlaridan biri kuchli huquqiy demokratik davlat qurishda yoshlarimizning huquqiy ongini oshirish, qonunni yoshlarning hayotiy dasturiga aylantirish, jamiyatda ularning huquqiy faolliklarini oshirishdan iborat, deb belgilangan. Huquqiy ta’lim standartining oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida huquqiy ta’lim modeli yaratildi. Unga ko’ra uzluksiz huquqiy ta’lim aniq bir maqsadlarga qaratilgan alohida-alohida bosqichlarga ajratilgan.
Ma’lumki, maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda eng murakkab davr hisoblanadi. Oila o’zida milliy urf-odatlar va an’analarni mujassamlashtiradi, ularni saqlab qoladi va avloddan avlodga uzatadi. Oila sog’lom bo’lsa, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam bo’lsa, mamlakat barqarordir. Bolalarni voyaga yetkazish va tarbiyalash bir-biridan ajratib bo’lmas jarayondir. SHaxsning mustaqillik darajasi uning jinsi, yoshi va odamlarga munosabati, shuningdek, madaniy va ma’naviy qadriyatlar va afzalliklarni hurmat qilish, shaxsiy odatlar – erta bolalikdanoq shakllanib bo’ladi.
Oilada bolalar kattalar va qo’shnilarga, jamoat fikri va muallim-ustozlarga nisbatan chuqur hurmat, to’g’riso’zlik, mehnatsevarlik, jamoachilik, o’zaro yordam va o’zaro qutqarish, mustahkam oila qurish va uni saqlab qolish, ta’lim olishga intilish tuyg’ulari bilan tarbiyalanadi.
SHunday bo’lsa-da, o’yin faoliyati orqali bola shaxsida ijobiy xulq va odob malakalarini shakllantirish mumkin. Bunda o’yin ko’rinishlarining ko’lamini kengaytirish, nafaqat oilaviy turmushdagi voqealar aks etgan o’yin ko’rinishlari, balki sayrlarga olib borish, tabiatni kuzatish, do’konlarni ko’rish, transport vositalariga chiqish, yo’l harakati qoidalari bilan tanishish kabi o’yin turlarini ham ko’paytirish mumkin.
Maktabgacha ta’limda bola o’yin faoliyati bilan umumiy o’rta ta’limga tayyorlanib borishi bois maktabgacha ta’lim muassasalarida “Konstitutsiya saboqlari” mashg’ulotlari bolalarning yoshi, ongi, idrok saviyasi, har bir bolaning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o’rgatish faoliyati o’yinlar orqali amalga oshirilishi sababli, Konstitutsiyadagi qoidalar turli xil mashg’ulotlarda tushuntiriladi. Aunan shu o’yinlar orqali bolalar o’z huquq va erkinliklarini, burchlarini anglab olishadi. Bu davrda konstitutsiyaviy qoidalar sodda, oddiy, bolalar uchun tushunarli va qiziqarli tarzda bayon etilib, birinchidan, bolalarga inson tushunchasi, uning ahamiyati, jamiyatdagi o’rni, inson sifatida bolalarning huquq va erkinliklari tushuntirilib, insonni sevish, uni hurmat qilishga odatlantiriladi, insoniylikning yovuzlik, vahshiylikdan farqi ertaklar aytib berish, ertaklardagi voqealarni tahlil qilish mobaunida o’rgatiladi;

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish