O‘qitish jarayonida ongli ta’lim talabi o‘quvchilarda tafakkur va nutqni rivojlantirishni nazarda tutadi.Onglilik va faollik qoidasi o‘quvchilarni mehnat va o‘qishda ijodiy faoliyat usullariga o‘rgatishni talab etadi.
Ilmiylik ta’limning didaktik masalalarini belgilashda fanning abstraksiya pog‘onalaridan to‘g‘ri foydalanish hisobiga erishiladi. O‘qitish nazariyasi va o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish texnikasini doimiy ravishda rivojlantirish shart. SHundagina zamonaviy ta’lim to‘g‘risida ijobiy fikrlar aytish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim-tarbiya jarayonini uzluksiz tadqiq qilishni, uning natijalarini amaliyotda qo‘llash zarurligini ko‘zda tutadi.
Ta’limning ilmiyligi qoidasi o‘quvchining o‘quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir.
Didaktikaning ilmiylik qoidasi maktab ta’limining mazmunigagina alokador bo‘lib kolmay, o‘qitish usullariga ham alokadordir. U ta’lim jarayonida fan-texnika yutuklaridan foydalana oladigan o‘qitish usullarini takomillashtirishni ham talab qiladi.
Xozirgi zamon didaktikasi o‘qitishda xususiydan umumiyga karab borishni talab kiluvchi klassik qoidaga o‘zgartirishlar kiritdi.
Ko`rsatmalilik deganda, avvalo o`qitish va o`rganishning ko`rsatmali usuli, o`qituvchilar bayonining ko`rsatmali bo`lishi, o`quv materiallarini bayon qilish vaqti ko`rsatmali qurollardan foydalanishi va ko`rsatmali qurollar vositasida o`quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish hamda ularning o`rganilayotgan huquqiy voqea va hodisalarni aunan o`zini yoki ularning tasvirlarini ko`rish yordamida o`rganishlari tushuniladi.
Ko`rsatmalilik metodi:
1. Huquqiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri bo`lib xizmat qiladi.
2. O`quv manbalarining ta`lim-tarbiya vazifalarni
3. O`quvchi bayonining kontrakt, obrazli va immotsional bo`lishiga yordam beradi.
4. O`quvchilarning o`quv materiallarining o`zlashtirishiga qiziqishini oshiradi va ularning bilish faoliyatini aktivlashtiradi.
5. O`qituvchining va uning bayonining darsda qo`llagan boshqa o`quv usullarining o`quvchilarning tushinib olishini yengillashtiradi.
6. O`quvchilarning fikrlash faoliyatini va ijobiy qobiliyatini o`stiradi.
7. O`quvchilar bilimining chuqurroq va mustahkamroq bo`lishiga yordam beradi.
O`qituvchi ko`rsatma qurollardan foydalanganda quyidagilarga e`tiborni qaratish lozim:
O`quvchilarning yoshi bilimi va malakasi o`sib borgan sari ko`rsatmali qurollarga qiziqishi ortib boradi.
Har bir dars uchun ko`rsatmali qurol mazmuni, g`oyaviyligi, ilmiyligi jihatdan talabga javob berishi lozim.
O`quvchi ko`rsatmali qurolni ongli ravishda puxta o`zlashtirishiga erishishi kerak.
4. Ko`rsatmali qurollar o`qituvchining bayoni jarayonida ko`rsatib borishi ma`qul. Huquqshunoslik nazariy va amaliy ahamiyatga molik fan bo`lganligi uchun uni o`qitishda ko`rgazmali vositalardan keng foydalanish yaxshi natijalar berishi amaliyotda o`z ifodasini topgan. Aunan siyosiy, huquqiy va iqtisodiy hayotga oid bo`lgan tushunchalarni bayon etishda bunday vositalardan foydalanish yaxshi natija beradi va berilgan ma`lumotlar o`quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin.
Ko`pchilik pedagog olimlar bu borada tadqiqot ishlari olib borib o`zlarining xulosalarida shunday ma`lumot berganlar. O`quvchilar tomonidan o`zlashtirib olingan materiallarni uch haftadan keyin tekshirib sinovdan o`tkazganlar. Sinov natijasiga ko`ra raqamlardan 18 foizi, bo`g`inlardan 21 foizi, so`zlardan 36 foizi, proza asarlardan 38 foizi, she`rlardan 68 foizi va rasmlardan 92 foizi o`quvchilarning xotirasida saqlanib qolganligi ma`lum bo`ldi. Demak, ko`rgazmali qurollar – rasm, tablitsa, slayd, jadvallar tinglovchilarning xotirasida eng ko`p saqlanib qolishi aniqlangan.
Huquqshunoslik fanining deyarli barcha mashg`ulotlarini tashkillashtirish jarayonida kartochkalar, sxemalar va jadvallardan foydalanish katta samara berishi va shuni hisobga olgan holda doimo diqqat e`tibor qilinishi maqsadga muvofiq ekan. O`qituvchi yoki o`quvchilar tomonidan tayyorlangan bunday ko`rgazmalar estetik – gigienik talablarga javob berishi lozim.
O`zbekistonda davlatchilikni shakllanishi mavzusini o`tish davomida o`qituvchi yirik mutaxassislar, allomalar, davlat boshliqlari tomonidan berilgan ta`riflar kartochka holatida tayyorlanishi mumkin. O`zbekiston suveren mustaqil davlat mavzusi o`tilayotgan darsda bir necha kartochkalardan foydalanish mumkin. Davlat suvereniteti masalasini kengroq va chuqurroq bayon etish maqsadida o`qituvchi o`zi tayyorlagan kartochkalarni ma`lumotlari bilan o`quvchilarni tanishtiradi. O`qituvchi davlat huquqi mavzusini o`tayotgan darsda asosiy diqqat e`tiborni Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni degan masalaga qaratmog`i lozim. Buning uchun o`qituvchi maxsus bir necha kartochkalar tayyorlaydi va unda Konstitutsiyaning tuzilishi, mazmuni va mohiyatini aks ettirgan ma`lumotlar berilgan bo`lishi shart.
Har bir darsda o`tiladigan mavzuning mazmuni, Harakteri va o`rganish ob`ektlarining hajmi hamda miqdoriga ko`ra, shuningdek, dars o`tilayotgan sinf o`quvchilarining bilim darajasi va o`qituvchining tayyorgarligiga qarab mashg`ulotlar har xil shaklda qurilishi, turli usullar bilan tashkil etilishi mumkinki, uni hozirgi davr talabidan kelib chiqib yangi texnologik ta`lim degan tushuncha bilan ifodalash mumkin.
Ta`limning texnologik usullaridan biri darslarda modellashtirilgan ta`lim usulini qo`llab borishdir. Modellashtirish deganda har bir dars mashg`ulotini tashkil etishda o`tiladigan mavzuga tegishli majburiy bilim hajmini qamrab oluvchi materiallarni to`la aks ettira oladigan asosiy yo`nalish va tamoyillarni belgilab olish tushuniladi. Dars mashg`ulotlari uchun belgilangan modellashtirilgan ma`lumotlardan u yoki bu mavzuni o`tishda foydalanish, darsning samaradorligini oshiradi, uning maqsadini aniq belgilab olishga yordam beradi. O`qituvchining ishini ancha osonlashtiradi. Shularni hisobga olib o`qituvchi har bir huquq darslarini tashkil etishda modellashtirishga oid ma`lumotlarni to`plab borishi, ularni bir tizimga solib aniq maqsadlar bilan dars o`tishni o`zining odatiy ishiga aylantirishi lozim.
Masalan:
-O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning davlatni boshqarish va iqtisodiyotni rivojlantirishning besh tamoyillari ishlab chiqilgan, ular jumlasiga I.Karimovning milliy davlatchilik bo`yicha asosiy tamoyillari ham beshta, ularni yuqoridagi tamoyillarga aralashtirmaslik shart.
Vatanparvarlikka asoslangan huquqiy davlat.
Sharqona demokratiyaga asoslangan siyosiy tizim.
Qonun ustuvorligiga asoslangan huquqiy davlat.
Erkinlikka asoslangan fuqarolik jamiyati.
Buyuk kelajakka yuz tutgan ozod va obod Vatan.
Huquqshunoslik darsida modellashtirish ta`lim usulidan foydalanib o`tiladigan boshqa bir mashg`ulotda o`qituvchi quyidagi huquqiy normalarni o`quvchilar e`tiboriga havola etishi mumkin:
Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini ifoda qiladi.
Ularni turmushga dadillik bilan tadbiq etadi.
Xalqning madaniy saviyasini belgilab beradi.
Rivojlanish xususiyatlarini eks ettiradi.
Turmush qoidalarini va urf – odatlarini o`zida aks ettiradi.
Darslarda, O`zbekiston Respublikasi Asosiy qonunini o`rganish jarayonida o`qituvchi bu hujjatning quyidagi eng muhim demokratik tamoyillarini o`quvchilarga singdirishga harakat qiladi:
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi (2 - modda).
Xalq davlat hokimiyatining birdan – bir manbai (7 - modda).
O`zbekiston xalqini millatidan qat`iy nazar O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi (8 - modda).
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi (9 - modda).
O`zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin (10 - modda).
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari faravonligi va xavfsizligini ta`minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin (17 - modda).
Fuqarolar O`zbekiston xalqining Huquqiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar (49 - modda).
Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibida, xalqning umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega (74 - modda).
Prezident o`z lavozimiga kirishayotib o`z xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qiladi (92 - modda).
Prezident saylovlari umumxalq saylovi tarzida o`tkazilishi shart (90 – 96 moddalar).
Huquq o’qitish tajribasiga ko’ra maktabda ta’limning quyidagi texnika vositalaridan foydalaniladi:
1.Oddiy texnika qurollari: ko`chma sinf doskasi
2.Ovozli apparatlar: magnitafon, radiopryomnik, plastinka, magnit lentasi.
3.Kompyutr, teleko`rsatuv: texnika vositalari kabineti… diafil’m, fil’maskop.
Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida hayotimizga kirib keldi. Multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o`quv materiallarini
magnit lentasi.
Multimedia vositalari asosida o`quvchilarni o`qitish 2 baravar umumlidir va vaqtdan yo’tishmumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo`lib olingan bilimlar esa xotirada uzoq saqlanib qoladi.
Bundan tashqari elektron kitoblar mavjud, bu axborot interaktiv tizimi foydalanuvchi (o`quvchi) uchun sahifama – sahifa tashkil etilgan axborotga kirishni ta`minlaydi.
Elektron kitobni to`rt sinfga: qomusiy, axborot, o`qituvchi va imtihon oluvchilarga bo`lish mumkin. 1-xili muayyan mavzu bo`yicha ulkan hajmdagi axborotni o`zida saqlaydi. 2-xili -siga o`xshamaydi, biroq bu kitoblarda saqlanuvchi axborot unchalik katta emas va maqsadga yo`naltirilgan xususiyatga ega. 3 xil elektron kitoblar amaliyotida keng tarqalgan va ta`lim jarayonida, bolalar bog`chalarida, malaka oshirish kurslarida foydalanish mumkin. Bundan tashqari, mazkur kitoblar badiiy asarlarni o`zida saqlashi mumkin.
4-xil kitoblarda uch muhim komponent, masalalar banki, testlar va javoblar moduli, tahlil va baholash uchun o`quvchi javoblaridan foydalanuvchi ekspert tizimi mavjud.
Shunday qilib, huquq darslarida texnika vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega bo`lib, dars samaradorligini oshiradi.
Buning uchun, avvalo o`quvchilar kompyutrlar bilan ishlashning texnika xavfsizligi qoidalarini bilishlari va amal qilishlari kerak. Zamonaviy kompyutrlarning tuzilishi, asosiy qurilmalari va o`zaro aloqalari, texnik Harakteristikalari haqida tasavvurga ega bo`lishlari lozim.