| TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI |
“Tasdiqlayman”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
N.X.Raxmankulova _____________
“_____”_________________2021-yil
“Kreativ pedagogika” fanidan
SILLABUS (ishchi dastur)
Sirtqi(5 yillik)-2 kurs
Fanning kodi:
|
KrPed2004
|
Bakalavriat ta`lim yo`nalishi:
|
5110900 – Pedagogika va psixologiva
|
Semestr:
|
4, 5
|
Kreditlar soni:
|
10
|
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
IV
|
V
|
Nazariy (ma’ruza)
|
26
|
12
|
14
|
Amaliy
|
30
|
12
|
18
|
Mustaqil ta’lim
|
244
|
104
|
140
|
Kurs ishi
|
-
|
-
|
-
|
Jami auditoriya soatlari
|
56
|
24
|
32
|
Umumiy o’quv soatlari
|
300
|
150
|
150
|
Toshkent – 2021
Fanning ishchi o‘quv dаsturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil “____”_________dagi ______-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Kreativ pedagogika” fanidan tuzilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
U.N.Abirova – Nizomiy nomidagi TDPU “Ijtimoiy pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchilar:
F.O.Mirzayeva – Nizomiy nomidagi TDPU “Ijtimoiy pedagogika” kafedrasi
mudiri, pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (Phd)
D.A.Mustafayeva – TIQXMMI ”Professional ta`lim va ijtimoiy madaniyat”
kafedrasi pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (Phd)
“Pedagogika va psihologiya” fakulteti dekani:
2021-yil “____”______________ ________________ G.N.Ibragimova
(imzo)
“Ijtimoiy pedagogika” kafedrasi mudiri:
2021-yil “____”______________ ________________ F.O.Mirzayeva
(imzo)
Fanning ishchi o‘quv dаsturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2021-yil “ ___” ________dagi _____ - sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Professor-o’qituvchi: Abirova Umida Nazarovna
Ish joyi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Bog’lanish uchun telefon nomeri: (+99890) 175-20-37
E-mail: ped71@bk..ru
(Eslatma: tayanch Sillabus asosida har bir o’qituvchi o’zining individual-shaxsiy ishchi dasturini tuzadi).
Prerekvizitlar:
Mazkur fanni o’zlashtirgunga qadar baklavr talabalari quyidagi fanlarni o’zlashtirgan bo’lishlari shart: “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Psihologiya nazariyasi va tarixi”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Ijtimoiy psihologiya”.
Postrekvizitlar:
Fan tugallanganidan so’ng, bakalavr talabalari quyidagi modular bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi lozim: “Pedagogika fanlarni o`qitish metodikasi”, “Pedagogik mahorat”, “Pedagogik texnologiya”, “Oila pedagogikasi”.
Fanni o’rganishning zaruriyati.
Respublikamiz ta'lim tizimini isloh qilishda xorijiy tajribalarga asoslangan xalqaro standartlarga mos keluvchi o‘quv dasturlari bilan muvofiqlashtirish oliy pedagogik ta'lim tizimini takomillashtirishga asos bo‘ldi. Bu borada 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta'kidlanganidek, mamlakatimizda “Ta'lim va ta'lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta'lim muassasasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish...” kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Fanning maqsadi – bakalavr talabalariga ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va strategiyasi, tanqidiy va ijodiy fikrlash, yangiliklarini o‘zlashtirish, ularni amaliyotda sifatli qo‘llash, to‘ldirish va yangilash qobiliyatiga ega bo‘lishga yo‘naltiradigan nazariy va amaliy ma’lumotlar berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |