Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha prorektor


-mavzu: Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi va milliy manfaatlar



Download 0,71 Mb.
bet37/115
Sana11.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#490472
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115
Bog'liq
МАЖМУА ГЛОБАЛЛАШУВ 2021

5-mavzu: Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi va milliy manfaatlar.


Reja:



        1. Halqaro mehnat taqsimoti.

        2. Tabiiy qazilmalarning qazib olish, qayta ishlash, takroriy ishlab chiqarishda hamkorlik.

        3. Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi sharoitida O’zbekiston manfaatlari.

XX asrning 60-yillaridan boshlab 30 yil davomida AQSH iqtisodiyoti katta sur’atlar bilan muttasil o‘sib bordi va bu davlat shubhasiz dunyoning eng qudratli mamlakatlaridan biriga aylandi. Dunyo aholisining 4,5 foizi istiqomat qiladigan davlatga jahon bo‘yicha bir yilda yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotning 21 foizi va butun xalqaro bozor aylanmasining deyarli yarmi to‘g‘ri keladi. Amerika ilm-fan, ayniqsa, yuqori axborot texnologiyalari soha -sida boshqa davlatlardan ancha o‘zib ketdi. Jahon axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorining 40 foizini qo‘shma SHtatlar ta’minlaydi. harbiy sohada, xususan, qurollanish borasida ham u dunyoda eng oldingi o‘ringa chiqib olgan. 2000 yilgacha Amerikaning harbiy byudjeti yiliga 300 mlrd. dollarni tashkil etdi.


SHuni unutmaslik lozimki, AQSH bu darajadagi taraqqiyotga, masalan, YAponiya singari sof ilmiy-texnikaviy salohiyat orqaligi na erishmagan. Garchi rasmiy doiralarda ochiq tilga olinmasa-da, ko‘plab siyosatshunoslar, diplomatlar, tahlilchilarning tadqiqotla rida, kitoblari va maqolalarida bot-bot ta’kidlanganidek, bunday rivojlanish darajasiga etish uchun ikki xil standartli tashqi siyosat, milliy manfaatlar yo‘lida o‘z ittifoqchilarini ham chetlab o‘tish, bosim o‘tkazish singari usullar ham xizmat qilgan. O‘tgan asr davomida AQSH “dunyoga sotsializmning tarqalishiga qarshi turish” niqobi ostida, 1991 yilda Sovet Ittifoqi tanazzulga yuz tutganidan so‘ng esa “demokratik qadriyatlarni tarqatish”, “tashqi kuchlarga, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish” bahonasi bilan yuqori darajadagi qurollanish sur’atlarini saqlab turibdi.
So‘nggi yillarda Amerikaning gegemonlik siyosati sayyoramiz -ning barcha qit’alarida va xalqaro munosabatlarning har bir soxasida ko‘zga tashlanmoqda.
E’tiborga molik jihati shundaki, barcha amerikaliklar – davlatni boshqarayotganlardan tortib, oddiy fuqarolargacha bunday siyosat to‘g‘ri ekan-ligiga qattiq ishonadi va boshqalar ham shunday o‘ylashga majbur degan e’ti-qod bilan yashaydi. Bunga juda ko‘p misol keltirish mumkin. Oddiy amerika-liklar, siyosatshunoslar, olimlar, biznesmenlar yoki amerikalik jurnalist-larni qo‘yib turaylik-da, zamonaviy tashqi siyosatda chuqkr iz qoldirgan dip-lomatlardan biri, AQSHning sobiq davlat kotibi Genri Kissenjerning “Amerikaga tashqi siyosat kerakmi?” deb nomlangan kitobidan bir parcha keltira -miz: “YAngi ming yillik bo‘sag‘asida Amerika o‘tmishdagi barcha imperiyalarni ham ortda qoldirib, o‘z kuch-qudratining samarasini ko‘rmoqda. Harbiy sohadan to biznesgacha, ilm-fandan, to texnologiyalargacha, oliy ta’limdan ommaviy madaniyatgacha Amerika butun dunyoda cheksiz miqyoslarda ustun kelmoqda. XX asrning so‘ngi 10 yilligida har jihatdan ustun pozitsiyaga ko‘tarilish natijasida Amerika xalqaro barqarorlikni asrashning yagona kafolatiga aylandi”. Muallifning fikricha, jahonning istalgan nuqtasidagi har qanday ziddiyatni hal etishda AQSHga teng keladigani yo‘q. Mamlakatning bunday gegemonlik siyosatiga qarshi bo‘lgan har qanday harakat Kissinjerning ta’kidlashicha, “milliy manfaatlarga tahdid”dir.
Globallashuv jarayoni ayniqsa moliyaviy va iqtisodiy sohada jadal sur’atlar bilan kechmoqda. U avvalo, tabiiy boyliklar va savdo bozorlari ustidan nazorat o‘rnatish borasida raqobatning keskinlashuvida namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda davlatlar bilan bir qatorda transmilliy korporatsiyalar (TMK) ham etakchi o‘rin tutadi.
Transmilliy korporatsiyalar — industrial rivojlangan davlatlarning global ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p funksiyali milliy trest va konsernlari, xalqaro firma, kompaniya va korpora-siyalari.
Ular faoliyati asosan ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshlab, hozirgi davrda yirik TMKlar keng tashqi iqtisodiy ekspansiya siyosatini yuritmoqda. Masalan, jahon miqyosidagi savdo hajmining qariyb uchdan ikki qismi TMK ulushiga to‘g‘ri keladi, dunyodagi patentlar, litsenziya va nou-xaular - ning beshdan to‘rt qismi ham ularga tegishli. Mutaxassislarning fikricha, 2004 yilda er yuzida 64 ming atrofida TMKlar mavjud bo‘lib, ularning dunyo bo‘yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan. (Taqqoslash uchun raqamlarga murojaat etsak, 1939 yilda dunyo miqyosida 30 ta TMK bo‘lgan bo‘lsa, 1970 yilda 7 mingtaga, 1976 yilda 11 mingtaga etgan). Dunyo miqyosida etakchi mavqega ega 100 ta eng yirik TMKlar xalqaro savdoning umumiy hajmidan 16%ni nazorat qiladi va bu TMKlarning uchdan bir qismi AQSHga to‘g‘ri keladi. XX asr so‘ngida etakchi 100 ta TMKlarning chet ellardagi aktivlari 1,4 trln. doll. tashkil etdi.
Ta’kidlash lozimki, zamonaviy TMKlarga xos bo‘lgan xususiyat, bu “ikki andozalik” yondoshuvidir. Bir tomondan ular dunyo iqtisodiy makonining liberallashuvi va demokratlashuvidan manfaatdor bo‘lsa, ikkinchi tomondan TMK ichida dunyoda mavjud erkin bozor qonuniyatlari ishlamaydi (bozor asosida emas, balki korporatsiya strategiyasidan kelib chiqib narxlar belgilanadi). Umuman, TMKlar faoliyati o‘zlari joylashgan (ro‘yxatdan o‘tgan) davlat manfaatlari bilan mustahkam bog‘langan bo‘ladi.
Yirik TMKlar ko‘pgina mamlakatlarda faoliyat yuritib, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta’sir etishga intiladi. Ayrimlari esa muayyan davlatlarning iqtisodiy va siyosiy nazoratidan butunlay xalos bo‘lishga va birinchi galda, qanday yo‘llar bilan bo‘lmasin, o‘z moddiy manfaatlarini himoya qilishga harakat qiladi. TMKlar va muayyan mamlakat hukumati o‘rtasida ziddiyatlar vujudga kelgan hollarda ular mazkur mamlakatni tark etishib boshqasiga borib joylashadi.
TMKlar faoliyatidan tashvishga tushgan jahon hamjamiyatini tinchlantirish uchun 70-80 yillar mobaynida BMT darajasida TMKlar faoliyatini izga solish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida o‘ziga xos ahloq kodeksini ishlab chiqishga urinishlar ko‘p bo‘lgan. Biroq, bu urinishlar TMK vakillarining qattiq zarbasiga duch keladi va 1992 yilda bu borada olib borilayotgan muzokaralar to‘xtatiladi.
Vaholanki, TMKlar faoliyatida ko‘pgina, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida quyidagi salbiy holatlar namoyon buladi:
- mamlakatning eskirgan va ekologik jihatdan xavfli texnologiyalar axlatxonasiga aylanib qolish extimoli;
- mamlakat sanoat ishlab chiqarishining eng rivojlangan segmentlari va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari, istiqbolli mahalliy korxona va firmalarni egallab olinishi xavfi;
- mahalliy kompaniyalarga nisbatan TMK manfaatlariga mos istiqbolli yo‘nalishlarni tiqishtirilishi mumkinligi;
- iqtisodiy yoki moliyaviy inqiroz yuz bergan hollarda korxonalarning yopilishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlikning kuchayishi; Bunday hollarda TMKlar sarmoyasini mamlakatdan olib chiqib ketishga harakat qiladi;
Ma’lum bo‘ladiki, TMKlar jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi, zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojiga hissa qo‘shsada, milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga salbiy ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Xulosa qilib aytganda, jahon xo‘jaliklararo aloqalarida TMKlar ancha murakkab va jadal rivojlanib kelayotgan hodisadir. Urushdan keyingi g‘arbiy Evropa, YAponiya va “yangi industrial mamlakatlar”ning bosib o‘tgan yo‘li shuni ko‘rsatadiki, TMKlar bilan raqobatga dosh berish uchun milliy kapital faol tashqi iqtisodiy siyosat olib bora oladigan baquvvat moliyaviy va sanoat tuzilmalariga birlashmog‘i lozim.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish