Abjad hisobi haqida
Arab yozuvi o‘zining go‘zalligi, xushxatligi bilan jahon xalqlarining e’tiborini doimo jalb qilib kelgan. Sababi uning boshqa xalqlar yozuvidan farqli o‘laroq bir necha muhim vazifani ado eta olganidadir. Avvalo, arab yozuvi ma’no tashish vositasi sifatida ahamiyatli, qolaversa, o‘quvchiga yuksak estetik zavq ulashuvchi san’at asari sifatida qimmatlidir. O‘tmishda bu yozuv tarixiy yodgorliklar, ulkan inshootlar, osori atiqalar uchun naqsh, bezak vazifasini ham bajargan. Bulardan tashqari, uning yana bir muhim vazifasi bor, u ham bo‘lsa arab alifbosidagi harflarning raqam, son ma’nosini ifoda etish bilan bog‘liqligidir.
Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, arablar (miloddan 2000 yil ilgari) o‘z alifbolarini tuzishda qadimgi yozuvlar bo‘lmish finikiya va oromiy yozuvlaridan harflar nomlarini va ular bilan birga har bir harfning raqamiy tengligini ham olganlar. Demak, abjad hisobining tartibi finikiya va oromiy yozuvlaridan kelib chiqqan. Arablar bu usulni biroz takomillashtirdilar. Ular oltita harf ixtiro qilib, besh yuzdan minggacha bo‘lgan son ifodalarini hosil qildilar. Shu tariqa arablarda yigirma sakkiz harfni o‘zida jamlovchi 8ta atama hosil bo‘lgan. Bular quyidagilar:
kalaman
|
hutti
|
havvaz
|
abjad
|
|
کلمن
|
حطی
|
هوز
|
ابجد
|
|
50 40 30 20
|
10 9 8
|
7 6 5
|
4 3 2 1
|
|
|
|
|
|
|
zazag‘
|
saxxaz
|
qarashat
|
Sa’fas
|
|
ضظغ
|
ثخذ
|
قرشت
|
سعفص
|
|
1000 900 800
|
700 600 500
|
400 300 200 100
|
90 80 70 60
|
|
هوز
|
5
|
–
|
ه
|
|
ابجد
|
1
|
–
|
ا
|
6
|
–
|
و
|
|
2
|
–
|
ب
|
7
|
–
|
ز
|
|
3
|
–
|
ج
|
|
|
|
|
4
|
–
|
د
|
کلمن
|
20
|
–
|
ک
|
|
|
|
|
|
30
|
–
|
ل
|
|
حطی
|
8
|
–
|
ح
|
40
|
–
|
م
|
|
9
|
–
|
ط
|
50
|
–
|
ن
|
|
10
|
–
|
ی
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
قرشت
|
100
|
–
|
ق
|
|
سعفص
|
60
|
–
|
س
|
200
|
–
|
ر
|
|
70
|
–
|
ع
|
300
|
–
|
ش
|
|
80
|
–
|
ف
|
400
|
–
|
ت
|
|
90
|
–
|
ص
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
ضظغ
|
800
|
–
|
ض
|
|
ثخذ
|
500
|
–
|
ث
|
900
|
–
|
ظ
|
|
600
|
–
|
خ
|
1000
|
–
|
غ
|
|
700
|
–
|
ذ
|
Mazkur atamalar muayyan bir ma’noni anglatmaydi, ular harflar mujassami xolos. «Abjad» atamasi ana shu atamalarning birinchisi nomidan olingan. Harflar vositasida son tushunchasini ifoda etish usuli esa «abjad hisobi» deb atalgan. Bu usul harflar sirasini yod olishda qulay bo‘lgani sabab maktablarda maxsus o‘qitilgan va abjad o‘qiyotgan bolalar «abjadxon» deb atalgan.
Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, abjad hisobi musiqa san’atida ham muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan. XV asrda yashab ijod etgan mashhur musiqashunos Zaynobiddin bin Mahmud al-Husayniy Navoiyning topshirig‘i va unga atab yozilgan «Qonuni ilmiy va amali musiqiy» («Musiqaning ilmiy va amaliy asoslari») asarida cholg‘u asboblaridan baland va past tovush hosil bo‘lish sabablari, intervallar va ularning nisbiy munosabatlari kabi masalalarni yoritishda abjad usulidan foydalangan.
Eski o‘zbek yozuvidagi forslar va turklar tomonidan keyinchalik kiritilgan to‘rt harfپ گ چ ژ borasida shuni ta’kidlash joizki, abjad hisobi amalga oshirilayotgan matnda ushbu harflar ishtirok etayotgan bo‘lsa, hisobda ularning shakldoshlari (ب ک ج ز) dan istifoda etilgan. Manbalarda keltirilishicha, arablar qadimda abjad atamalaridan hafta kunlarini nomlashda ham foydalanganlar.
Abjad hisobining ixcham, lo‘nda va qulayligi uning she’riyatda keng qo‘llanishiga sabab bo‘ldi. Biron muhim xodisa, voqealarning sodir bo‘lgan vaqtini, qo‘lyozmalarning yozib tugallangan yilini, mansabdor shaxslarga bag‘ishlab yozilgan qasida va tarixlar sanasini berishda sonlar harflar bilan ifodalangan. Bu usul muayyan sanani she’riyatda ixcham holda ifodalashni ta’minlashi barobar, ularni esda tutishni ham osonlashtirgan. Shuningdek, abjad hisobi o‘tmishda ta’lim-tarbiya sohasida bola tarbiyasi, uning fikriy takomili va tafakkuri rivojida qiziqarli usul hamda ajoyib vosita bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbek va sharq she’riyatining asosiy an’analaridan hisoblangan ta’rix, muammo, muvashshah, lug‘z, chiston kabi qator she’riy san’atlar asosini ham ana shu abjad hisobi tashkil qilgan. Hatto bu usuldan foydalanib maxsus asarlar yaratilganki, ularning ayrim namunalari bizgacha yetib kelgan. Ko‘rinadiki, abjad hisobi o‘z davrida juda katta ahamiyat kasb etgan.
Abjad hisobidan boxabar bo‘lishlikning hozirgi davrda ham ahamiyati katta. Ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan qo‘lyozma manbalar bilan shug‘ullanadigan har bir shaxsning yozma yodgorliklar yaratilgan yoki nusxa ko‘chirilgan yillarini aniq belgilashida hamda abjad hisobi bilan bog‘liq muayyan she’rlar va harfiy san’atlarning ta’rixini aniqlashda abjad hisobidan yaxshi xabardor bo‘lishi talab qilinadi.
Ta’rix san’ati. Ta’rix biron muhim voqea, hodisaning sodir bo‘lgan vaqtini abjad hisobi bilan aniq ifodalaydigan maxsus nazmiy asar bo‘lib, qofiyalanish va hajm jihatidan qat’iy bir qoidaga ega emas. Shu sabab u masnaviy, qasida, g‘azal va boshqa janrlarda ham yozilishi mumkin.
Ta’rixlar asosan qo‘lyozma yodgorliklarning yozilishi, xotima topishi, nusxalar ko‘chirilib tugallanishi, hukmdorlarning taxtga o‘tirishi yoki chetlatilishi, harbiy yurishlar vaqtidagi g‘alaba yoxud mag‘lubiyat, madrasa, masjid, yirik inshootlarining qurilishi, ta’mirlanishi, tabiat hodisalarining sodir bo‘lishi bilan bog‘liq voqealar munosabati bilan bitilgan.
Ta’rix janri ba’zi xususiyati bilan muammoga o‘xshab ketadi. Muammoda biron nom yashirib berilsa, ta’rixda biron raqam, sana yashiringan bo‘ladi. Ana shu sana yashiringan so‘z yoki ibora «ta’rix moddasi» deb atalgan va u she’r mazmuniga ma’nan mos kelishi va tarkibidagi harflarning son ifodasi shoir nazarda tutgan sanani aniq ifodalashi shart bo‘lgan. Raqamlarni she’rga kiritish vazn nuqtayi nazaridan qiyin bo‘lgani sabab, shoirlar abjad hisobiga murojaat qilganlar. Ya’ni ro‘y bergan voqea sanasini harflar orqali ifodalash usulini qo‘llab ta’rixlar yaratganlar. Bu usul turli sanalarni so‘zlar vositasida oson yodda saqlab qolishni ham ta’minlagan.
Mashhur ajdodlarimizdan biri Pahlavon Mahmud o‘limiga “Xivaqiy” so‘zi ta’rix qilib yozilgan.
Mirzo Ulug‘bekning vafotiga yozilgan ta’rix, uning qotili nomi bilan bitilgan, “Abbos kusht” ya’ni, Abbos o‘ldirdi. Mazkur so‘zlar ta’rix moddasi deb yuritiladi. Ular tarkibidagi harflarning raqamlari hijriy yilni keltirib chiqaradi.
Melodiyga aylantirish uchun: Hij – Hij:33+622=Melodiy yil.
Hijriyga aylantirish uchun: Mel – 622+(Mel – 622:32)=Hijriy yil.
12-MA’RUZA
Mavzu: O‘zbek yozuvlarida tinish belgilarining ishlatilish tarixidan.
Reja:
O‘zbek yozuvlarida tinish belgilarining qo‘llanilish tarixidan.
Yangi o‘zbek alifbosida punktuatsion me’yorlar.
O‘zbek alifbosidagi tinish belgilarining miqdori va qo‘llanilishi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Turkistonda gazeta-publitsistik janrining paydo bo‘ldi va unda e’lon qilingan mantlarda tinish belgilari qo‘llana boshlagan. Xususan, «Turkiston viloyati gazeti», «Oydin» va boshqa davriy nashrlarda hozirgi tinish belgilarining ayrimlarini uchratish mumkin.
Tinish belgilari ommaviy ravishda 1921-yildan so‘ng qo‘llana boshlangan. Bu arab yozuviga asoslangan eski o‘zbek yozuvining isloh qilishi bilan bog‘liqdir. 1921-yili arab alifbosidagi o‘zbek yozuvi isloh qilingandan so‘ng o‘qish va yozishda engillik hosil qilish maqsadida hozirgi kunda mavjud bo‘lgan barcha tinish belgilari joriy etildi.
Gaplardagi his-hayajon, so‘roq, darak ma’nolarini berish uchun nuqta, so‘roq, his-hayajon va boshqa belgilar yordamida ifoda etilgan va o‘quvchi tomonidan anglashilgan. Tinish belgilaridan so‘roq va vergul belgilari teskari ko‘rinish holatida yozilishi qabul qilindi: so‘roq belgisi – (؟), vergul - (‘).
Qolgan barcha tinish belgilari hozirgi ishlatilish qoidalariga mos ravishda qabul qilinib, hozirgi kunda qaysi mamlakatda arab yozuvi ishlatilib kelinayotgan bo‘lsa, yozuvda, matbuotda barcha ko‘rinishlari ishlatilish qoidasiga binoan qo‘llanilib kelinmoqda.
Yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda punktuatsiyaning –tinish belgilarining alohidaahamiyati bor. Tinish belgilari yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda ham favqulodda muhim ahamiyatga ega.
Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir. Ilmiy manbalarda, o‘quv qo‘llanmalarida tinish belgilarining qo‘llanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiy-grammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) tamoyillari asosida belgilanishi ta’kidlanadi.
Bunda mantiqiy-grammatik tamoyil nutqning semantik-grammatik tomonini yozuvda to‘g‘ri ifodalashga qaratilgan bo‘lsa, differensiatsiya tamoyili asosidagi qoidalar tinish belgilarining qo‘sh holda qo‘llanishidagi tartibni, gapdagi murakkab mazmunni aniqlashtirish kerak bo‘lganda, ulardan foydalanish yo‘llarini belgilab beradi. Uslubiy tamoyil tinish belgilarining qo‘llanishini nutq uslublari asosida belgilashni nazarda tutadi, lekin bu unchalik to‘g‘ri emas, chunki muayyan bir uslubgagina xoslangan tinish belgisi bo‘lmaydi. Zarurat tug‘ilganda, har qanday uslubda ham xohlagan tinish belgisidan foydalanish mumkin.
Muayyan tildagi punktuatsiya an’analarining mustahkamlanishi va takomillashuvida taniqli yozuvchilarning ijodi hamda tinish belgilarining qo‘llanish qoidalarini umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega.
Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi, rivoji, uning o‘rganilishi Fitrat, S.lbrohimov, H.G‘oziyev, O.Usmonov, G‘.Abdurahmonov, K.Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomlari bilan bog‘liq. Punktuatsiya masalalari bilan bevosita shug‘ullangan H.G‘oziyev («O‘zbek punktuatsiyasining tarixiy taraqqiyoti», 1969, 1979), G‘.Abdurahmonov («Punktuatsiya o‘qitish metodikasi», 1968), K.Nazarov («Tinish belgilari va yozma nutq», 1974; «O‘zbek tili punktuatsiyasi», 1976) kabilarning asarlari nashr etilganiga ancha yillar bo‘ldi va ulardagi tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi fikr-mulohazalar ham bir qadar o‘zgardi.
Buning ustiga, «muallif punktuatsiyasi» tushunchasi, ya’ni muayyan muallif tomonidan tinish belgilarining amaldagi qoidalarga bo‘ysunmagan, unga rioya qilmagan holda individual qo‘llash holatlari uchraydiki, bu ham keng o‘quvchilar ommasini chalkashtiradi, shubhalantiradi. Mazkur holatni hisobga olgan holda va tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog‘liq ayrim chalkashliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining bir guruh yetakchi olimlari: prof. N.Mahmudov, dotsent A.Madvaliyev, dotsent N.Mahkamovlar tomonidan ushbu «O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari» ishlab chiqilgan edi.
«Qoidalar» institut ilmiy kengashi tomonidan ma’qullangach, «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnalining 2o15-yil 1-sonida hamda «Ma’rifat» gazetasining 2015-yil, 1-, 4-, 8-, 11-aprel kunlaridagi sonlarida e’lon qilindi, jurnal va gazeta o‘quvchilaridan olingan maqbul fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar asosida yana-da takomillashtirildi. «O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari» O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi ilmiy-metodik kengashi tomonidan ma’qullangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |