Harf
|
Harf nomi
|
Harf tovushi
|
Arab alifbosida
|
1
|
A а
|
a
|
o, a (til orqa)
|
alif, hoye havvaz
|
ﺍ, ﻩ
|
2
|
В в
|
be
|
b
|
be
|
ﺏ
|
3
|
С с
|
che
|
ch
|
chim
|
ﭺ
|
4
|
Ç ç
|
je
|
J (qorishiq)
|
jim
|
ﺝ
|
5
|
D d
|
de
|
d
|
dol
|
ﺩ
|
6
|
E e
|
e
|
e
|
yo
|
ﻯ
|
7
|
Ə ə
|
ə
|
ä (til oldi)
|
alif, hoye havvaz
|
ﺍ, ﻩ
|
8
|
F f
|
ef
|
f
|
fe
|
ﻑ
|
9
|
G g
|
ge
|
g
|
gof
|
ﮒ
|
10
|
Ǵ ǵ
|
g‘a
|
g‘
|
g‘ayn
|
ﻍ
|
11
|
H h
|
he
|
h
|
hoye havvaz, hoye huttiy
|
ﻩ, ﺡ
|
12
|
I i
|
i
|
i (til oldi)
|
yo
|
ﻯ
|
13
|
J j
|
je
|
j
|
jim
|
ﺝ
|
14
|
K k
|
ka
|
k
|
kof
|
ﮎ
|
15
|
L l
|
el
|
l
|
lom
|
ﻝ
|
16
|
M m
|
em
|
m
|
mim
|
ﻡ
|
17
|
N n
|
en
|
n
|
nun
|
ﻥ
|
18
|
Ŋ ŋ
|
iň
|
ng
|
Nun va gof
|
ﻧﮓ
|
19
|
O o
|
o‘
|
o‘ (til orqa)
|
vov
|
ﻭ
|
20
|
Ѳ ѳ
|
ѳ
|
ö (til oldi)
|
vov
|
ﻭ
|
21
|
P p
|
pi
|
p
|
pe
|
ﭖ
|
22
|
Q q
|
qi
|
q
|
qof
|
ﻕ
|
23
|
R r
|
er
|
r
|
re
|
ﺭ
|
24
|
S s
|
es
|
s
|
sin
|
ﺱ
|
25
|
Ş ş
|
sha
|
sh
|
shin
|
ﺵ
|
26
|
T t
|
te
|
t
|
Te, itqi
|
ﺕ, ﻁ
|
27
|
U u
|
u
|
u (til orqa)
|
vov
|
ﻭ
|
28
|
V v
|
ve
|
v
|
vov
|
ﻭ
|
29
|
X x
|
xe
|
x
|
xe
|
ﺥ
|
30
|
Ỳ ỳ
|
u
|
ü (til oldi)
|
vov
|
ﻭ
|
31
|
Z z
|
ze
|
z
|
zol, ze, izg‘i
|
ﺫ, ﺯ, ﻅ
|
32
|
Ž ž
|
že
|
ž sirg‘aluvchi
|
je
|
ﮊ
|
33
|
Ї ї
|
i
|
ї (til orqa)
|
yo
|
ﻯ
|
belgi
|
‘
|
apostrof
|
tutuq belgisi
|
ma’qul
|
ﻉ
|
6-MA’RUZA
Mavzu: O‘zbekistonda rus grafikasi asosidagi (Kirill) yozuviga o‘tish jarayonlari.
Reja:
1. Rus grafikasiga o‘tish harakatlarining boshlanishi.
2.O‘zbekistonda Kirill alifbosining shakllanishi va joriy qilinishi.
3. O‘zbek alifbolari orasida kirill alifbosining tutgan o‘rni.
O‘tgan asr boshlarida qabul qilingan lotinlashtirilgan o‘zbek alifbosi va orfografiyasiga 1934 yilda muayyan o‘zgartishlar kiritilishiga qaramay, unda hali ko‘plagan islohtalab holatlar mavjud edi. Bunday nomukammallik omma orasida, ziyoliylarning ma’lum qatlamida, hattoki hukumat rahbarlarida imloga nisbatan norozilik tuyg‘ularining shakllanishiga olib kelgan. Natijada, amaldagi yozuvni rus grafikasiga ko‘shirish g‘oyasining ma’lum darajada qo‘llab-quivvatlanishiga zamin yaratgan.
Aytish mumkinki, 1939-yil rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvini shakllantirish yili bo‘lgan: shu yilning boshida bu alifboni (shuningdek, orfografiya qoidalarini ham) tuzish ishi A.S.Pushkin nomidagi Til, adabiyot va tarix institutining lingvistika sektori rejasiga kiritiladi. Uni bajarish esa, F.Kamolov, O.Nosirova va Z.Ma’rufovlarga topshiriladi.
1939-yilning 25-27 mart kunlari shu institutda alifbo va orfografiya masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu sessiyada garchi lotin grafisadiga o‘zbek orfografiyasining 1938-yil dekabr oyida e’;on qilingan yangi loyihasi va uning muhokamasi yakunlari ko‘rilgan bo‘lsa-da, unda rus grafikasi asosidagi yangi alifboga o‘tish haqida ko‘plab takliflar bo‘lganligi, bu masalaning kata ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’klidlandi.
Masalan. Institute direktori Sotti Husainov o‘zining kirish nutqida shunday deydi: “…endi so‘z oxirida muhim masalaga to‘xtalmoqchiman. U ham bo‘lsa, bizning tilimizning orientatsiyasi masalasi…”, “…biz hozir buyuk rus xalqidan sal ajratiladigan to‘siqlarni madaniyatimizdan olib tashlashimiz kerak…; bizning quvvatimizning tomirlaridan eng kuchlik bittasi – milliy birlik”, degan fikrlari ishtirokchilarning qarashlarini tubdan o‘zgartiradi.
Faxri Kamolovning ma’ruzasida esa, orfografiya qoidalarining yangi loyihasi lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvi bo‘yicha tuzilgan bo‘lsa-da, buni tuzish jarayonida rus alifbosiga o‘tish, yozuvimiz va orfografiyamizning keying istiqboli, sovet-internatsional so‘zlarini ko‘p tillarda bir xil yozishga intilish tendensiyasi mavjudligi ham hisobga olingani alohida ta’kidlanadi. Bunday fikrlar Mirzakalon Ismoilov nutqida ham uchraydi.
1939-yil, 13-oktabrda Toshkentda (Hukumat uyining majlislar zalida) poytaxt ziyolilarining shahar partiya komiteti tomonidan uyushtirilgan yig‘ilishi bo‘ladi. Unda rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosiga o‘tish masalasi ko‘riladi. Majlisda Usmon Yusupov, Yo‘ldosh Oxunboboyev, Qori Niyozov, Borovkov kabi ko‘plagan olimlar, shoir va yozuvchilar, davlat arboblari ishtirok etadilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Xalq Komissarlari Soveti Raisining 1-o‘rinbosari Qori Niyozov doklad qiladi. Dokladda arab va lotin grafikalariga asoslangan yozuvlarimizning o‘ziga xos tomonlari haqida gapirilib, shunday deyiladi: “Lotinlashtirilgan alifbe arab alifbesidan ko‘ra anchagina oson bo‘lib, savod chiqarishni tezlashtirgani sababli bu alifbe o‘zining ijobiy samarasini berdi. Lekin shuni ham ko‘rsatib o‘tish kerakki, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida lotinlashtirilgan alifbening ijobiy roli endi tugadi… hozirgi tarixiy etapda o‘zbek yozuvining bundan keying rivojlanishi sohasida yuqori bosqich – hech shubhasiz, rus grafikasi, ya’ni rus tilining alifbesi asosida tuzilgan yangi alifbedan iborat ekanini ko‘rsatib o‘tish kerak”.
Dokladchining fikricha, bunday xuloslarga quyidagilar asos bo‘ladi:
1. Barcha xalqlarning (ittifoq tarkibidagi) o‘zaro zich aloqa o‘rnatish xohishi;
2. Hozirgi vaqtda barcha xalqlarning rus tili va rus alifbosiga juda qiziqib qarayotganligi, shu munosabat bilan barcha milliy Respubliklarda lotinlashtirilgan alifbodan rus alifbesiga ko‘chish harakatining avj olganligi;
3. Rus grafikasi asosidagi yangi alifboga ko‘chish problemasining kata siyosiy ahamiyatga egaligi, rus tiulining dunyodagi eng kata davlatlar tomonidan rasmiy til sifatida tan olinganligi, uning ko‘pgina kapitalistik mamlakatlarda o‘qitilayotganligi;
4. O‘zbek va rus alifbolarining birlashtirilishi natijasida o‘zbek bolalarining rus tilini, rus bolalarining esa o‘zbek tilini o‘rganishi ancha osonlashishi;
5. Rus tili orqali o‘zlashgan va o‘zlashtirilayotgan internatsional so‘zlarning talaffuz xususiyatlarini o‘zbek yozuvida to‘g‘ri ifodalash imkoniga ega bo‘lish;
6. Poligrafiya sanoatida bir qator qulayliklarning yaratilishi: bir xil linotiplardan, bir xil harf kassalaidan foydalanilishi.
Shulardan so‘ng dokladchi dokladchi o‘zbek va rus alfavitlarini birlashtirishning amaliy tomonlari va alifbo tuzish prinsiplari haqida gapirib, quyidagi ma’lumotlarni beradi:
1. Alifboning dastlabki loyihasi A.S.Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan ishlangan, so‘ng bu loyiha lingvistlar, grafiklar va poligrafiya sanoati mutaxassislari ishtirokidagi kengashda muhokama qilinib, ba’zi o‘zgarishlar kiritilgan;
2. Yangi alifboni (loyihani) tuzishda quyidagi prinsiplarga asoslanilgan:
a) alifbolarda mumkin qadar birlashtirish manfaatlarini ko‘zda tutib, rus alifbosini maksimal darajada saqlash;
b) rus alifbosiga o‘zbek tilining o‘ziga xos tovushlarini ifodalash uchun kerak bo‘lgan qo‘shimcha harflarni kiritish. Bunda harflarni tanlash yoki shakllantirishning besh xil yo‘li o‘ylab ko‘rilgan. Xususan:
-o‘zbekcha tovushlarni ifodalashda shu vaqtgacha qo‘llab kelingan lotincha harflarni rus alofbosiga shu holicha kiritish;
-rus alofbosidagi harflar ishtirokida qo‘shma harflar tuzish;
-butunlay yangi shakldagi harflarni yasash;
-ruscha harflarga diakritik belgilar qo‘yib, yangi harflarni shakllantirish.
Sobiq ittifoq hukumatining oldindan tuzib qo‘yilgan rejalariga muvofiq ziyoliylarimiz oldiga qo‘yilgan vazifalarni ana shu tarzda itoatkorlik bilan ado ettirilgan. O‘sha paytdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni esga oladigan bo‘lsak, ko‘pchilik ma’rifatparvar, ziyoliy kishilarning qatag‘on qilinishi endi ishlab turganlar uchun qattiq sinovlar ostida fikr bildirishlariga majbur etadi.
Umuman olganda, kirill alifbosiga o‘tishning poydevori ming yillik yozuvimizni isloh qila boshlangan paytdayoq qo‘yilgan edi deb hisoblash mumkin. Demak, rus grafikasi o‘tish rasmi ravishda 1940-yil deb belgilansa-da, uning harakatlari ancha oldin boshlangan lini yuqorida keltirilgan tarixiy faktlar ko‘rsatib turibdi. Rus grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zbek tili tovushlarini to‘liq ifodalash uchun alfavit oxiriga 4 ta harf: Ў,Қ,Ғ va Ҳ harflari kiritiladi. Mazkur alifboga ham muayyan davrlarda turli xil o‘zgarishlar kiritib borilgan. Masalan, dastlabki davrlarda qisqa unlilar ifodalanmagan, ya’ni bilan, bir kabi so‘zlar блан, бр tarzida yozilgan va hokazolar.
Tarixiy jarayonlardan ma’lumki, mazkur yozuv rasman 1993-yilgacha to‘liq amalda bo‘lib kelganligi qayd etiladi. Garchi hozirgi davrda ham kirill alifbosi ma’lum sohalarda ishlatilib turganligiga qaramay, turmushning barcha tarmoqlarini qamrab olaytotgani yo‘q. Xususan, ta’lim tizimi to‘liq lotinlashgan deb hisoblash mumkin.
7-MA’RUZA
Do'stlaringiz bilan baham: |