“tasdiqlayman” O„quv ishlari bo„yicha prorektor


Mavzu: O„zbek imlosi borasidagi muammolar boyicha



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/79
Sana18.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#390869
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   79
Bog'liq
IMLO MAJMUA 21-22

Mavzu: O„zbek imlosi borasidagi muammolar boyicha 

mutaxassislarning ilmiy qarashlari tahlili.  

Reja:  

1.

 



Asr boshlaridagi imlo masalalarining yoritilishi.  

2.

 



Mustaqillikdan oldingi davr olimlarining qarashlari.  

3.

 



Mustaqillik yillaridagi imlo bo„yicha qilingan chiqishlar.  

4.

 



Eng  so„nggi  davrlardagi  imlo  yuzasidan  bildirilayotgan  fikrlar 

muhokamasi.  

 

O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2019-yil  21-oktabrdagi  “O„zbek 



tilining  davlat  tili  sifatidagi  nufuzi  va  mavqeyini  tubdan  oshirish  chora-tadbirlari 

to„g„risida”gi  hamda  2020-yil  20-oktabrdagi  “Mamlakatimizda  o„zbek  tilini 

yanada  rivojlantirish  va  til  siyosatini  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to„g„risida”gi  farmonlari  xalqimiz  hayotida  tub  burilish  yasadi,  til  borasidagi 

islohotlarning  yangi  bosqichini  boshlab  berdi.  Zero,  oxirgi  yillarda  til  siyosati 

borasida  amalga  oshirilgan  ishlar  o„zbek  tilining  nufuzi  va  mavqeyini  tubdan 

oshirishga  xizmat  qilayotganini  har  kuni,  har  soniyada  ko„rib,  quvonib,  bilib 

turibmiz.  Endilikda  “bu  ishlarni  qilish  zarur”  deb  emas,  balki  “bu  ishlar  amalga 

oshirildi”, “bu g„oya amaliyotga tatbiq etildi”, deb e‟tirof etmoqdamiz.  

Prezidentimiz  farmonlariga  asosan  o„zbek  tilini  davlat  tili  sifatida 

rivojlantirish,  uni  himoya  qilish,  amal  qilishini  ta‟minlash  bo„yicha  qilinayotgan 

tashkiliy va amaliy ishlar hamda o„zbek tilini targ„ib etish, tadqiq qilish, o„zbek tili 

bo„yicha ta‟lim berish ishlariga Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish 



57 

 

departamenti  bosh  bo„lmoqda.  Tashkil  etilganiga  ko„p  vaqt  bo„lmagan  bo„lsa-da, 



qisqa muddat ichida Departament keng ko„lamli tashkiliy, tatbiqiy ishlarni amalga 

oshirdi.  

Ulardan  ayrimlarini  sanab  o„tishimiz  mumkin:  har  bir  soha  vazirliklarida 

o„zbek  tilini  himoya  qiladigan,  “Davlat  tili  haqida”gi  qonun  ijrosini  ta‟minlash 

bo„yicha  mas‟ul  shaxslar  –  o„rinbosar  maqomidagi  rahbar  maslahatchilari 

lavozimlari joriy qilinib, bu lavozimlarga filolog va jurnalist mutaxassisligiga ega 

bo„lgan  fidoyi  kadrlar  tanlov  asosida  tayinlandi,  “O„zbek  tilini  rivojlantirish 

jamg„armasi”  tashkil  qilindi  (bugungi  kungacha  bir  necha  kitoblar  mazkur 

jamg„arma  hisobidan  lotin  alifbosida  nashr  qilinib,  bepul  tarqatildi), 

Atamashunoslik  qo„mitasini  tashkil  etish  bo„yicha  Vazirlar  Mahkamasining 

qarorlari  ishlab  chiqildi,  respublikamizning  nufuzli  olimlari  ishtirokida  2020–

2030-yillarda  o„zbek  tilini  rivojlantirish  hamda  til  siyosatini  takomillashtirish 

konsepsiyasi  va  davlat  dasturi  ishlab  chiqildi,  davlat  tilida  ish  yuritish  bo„yicha 

malaka oshirish hududiy markazlari tashkil qilindi.  

O„zbek  tilining  qo„llanish  doirasini  kengaytirish,  har  bir  sohada  amal 

qilinishini ta‟minlash uchun alifbo, imlo, lug„atlar masalasi muhim ahamiyat kasb 

etadi. Shu ma‟noda Departament “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri va 

lotin  alifbosiga  qisqa  muddatda  to„liq  o„tish  masalasining  qonuniy  asoslari  bilan 

jiddiy  shug„ullandi  va  natijada  2021-yilning  10-fevralida  “Lotin  yozuviga 

asoslangan  o„zbek  alifbosiga  bosqichma-bosqich  to„liq  o„tishni  ta‟minlash  chora-

tadbirlari  to„g„risida”gi  Vazirlar  Mahkamasining  61-qarori  va  “Yo„l  xaritasi” 

tasdiqlandi.  

To„g„ri,  lotin  yozuviga  asoslangan  yangi  o„zbek  alifbosiga  to„liq  o„tish 

masalasi  nisbatan  cho„zildi.  Bunda  bosqichma-bosqich  o„tish  jarayoni  hisobga 

olindi.  Hozirga  qadar  katta  avlodni  bu  jarayonga  tayyorlash  uchun  hujjatlarning 

tashkiliy qismi, teleko„rsatuvlar nomi, gazeta nomlari va boshqa barcha sohalarda 

bosqichma-bosqich  lotin  yozuviga  to„liq  o„tish  jarayoni  kechmoqda.  Hujjatga 

asosan 2023-yildan to„liq lotin yozuviga o„tilishi ko„zda tutilgan.  

Bu  jarayonda  joriy  alifbo  va  imloni  takomillashtirish  masalasi  birinchi 

o„ringa  chiqadi.  Zero,  alifboni  tartibga  solmay  turib,  imloni  takomillashtirish 

mantiqqa  to„g„ri  kelmaydi.  Shu  sababli  yaqinda  hukumatimiz  tomonidan  lotin 

yozuviga  asoslangan  o„zbek  alifbosiga  o„zgartirishlar  kiritish  haqidagi  qonun 

loyihasi  muhokama  uchun  e‟lon  qilindi.  Albatta,  bu  shoshma-shosharlik  bilan, 

bugun qabul qilingan qaror emas. Bu muammoning o„z tarixi bor.  

Ona  tilimizni  rivojlantirish  kabi  xalqimizning  asriy  ezgu  niyatini  amalga 

oshirish,  xalqimiz  dunyodagi  boshqa  xalqlar,  millatlardan  orqada  qolmasligi  va 

ular  bilan  taraqqiyot  sari  baqamti  qadam  tashlab  borishini  ta‟minlash  maqsadida 

1993-yilning  2-sentabr  kuni  O„zbekiston  Respublikasining  “Lotin  yozuviga 




58 

 

asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu 



qonun tom ma‟nodagi lisoniy mustaqillik nishonasi bo„ldi. Shunday qilib, o„zbek 

lotin alifbosi 26 harf va 3 harf birikmasidan iborat bo„ldi.  

Biroq  til  amaliyotidan  kelib  chiqqan  holda  1995-yil  6-mayda  mazkur 

alifboga  ayrim  tuzatishlar  kiritildi.  1995-yil  24-avgustda  mazkur  alifboga 

asoslangan  “O„zbek  tilining  asosiy  imlo  qoidalari”  tasdiqlandi.  1996-yildan 

boshlab  barcha  ta‟lim  muassasalarida  ta‟lim-tarbiya  jarayoni  o„zbek  lotin 

alifbosida  olib  borildi.  Ta‟lim  jarayoni  uchun  barcha  darslik  va  qo„llanmalar, 

ko„rgazmali  vositalar  lotincha  imloda  nashr  qilindi,  ko„plab  badiiy  adabiyotlar 

lotin yozuvida chop etildi.  

Bu  alifboning  o„ziga  xos  yutug„i: 




Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish